1
Qarmatlik harakati IX asr oxirida Janubiy Iroqda vujudga kelgan. XI asrning
oxiri XII asrning boshlarida yo‘qolib ketgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
koniyatlariga suyanib talqin qilishga qarshi chiqqan bo‘lsalar,
Abu Abdullo M uham m ad ibn-Idris ash-Shofi’iy (767—820-y.)
asoschisi bo'lgan shofl’ya maktabi tarafdorlari Qur’oni Karim
qoidalarini, Hadisi Sharif talablarini an ’anaviy axloq norm a-
lari bilan bog‘lashga harakat qildilar. Abu Hanifa a n -N u ’mon
asos solgan hanafl’ya maktabi tarafdorlari esa, aksincha, Qur’oni
Karim qoidalari, Hadisi Sharif talablarini tushuntirish, sharh-
lash, ya’ni tafsir qilish, ushbu m asalalar yuzasidan erkin
fikr-mulohaza yuritish m umkin, degan g'oyani olg‘a sura bosh-
ladilar.
Bahs-munozaralarning avj olib borishi bilan sunniylik diniy-
falsafiy ta ’limotida biri ikkinchisiga zid bo'lgan qutblar vujudga
keldi. Chunonchi, sunniylik ta ’limotining klassik an’analari, ya’ni
uning g'oyaviy-nazariy asosi bo'lgan Qur’oni Karim qoidalari,
Hadisi Sharif talablari yuzasidan erkin fikr-mulohaza yuritishni
taqiqlovchilar, o'sha qutblanishning bir qutbida, sunniylik qoi
dalari yuzasidan erkin fikr-munozara yuritishni istovchilar ik
kinchi qutbida to'plana boshladilar. Alqissa, bahs-m unozaralar
natijasi o'laroq VIII asrning oxiri IX asming boshlarida sunniy
lik tarkibida yana ikki ta ’limot — mutakallimlik va m u’taziliylik
vujudga keldi.
Mutakallimlar «Qur’on» aqidalari qanday yozilgan bo'lsa,
uni sira o'zgartirmasdan, turlicha sharxlamasdan tushunish va
tushuntirish lozim, deydi. Zero, u Ollohning kalomi ekan,
bandalar uni o'zgartirishga haqlari yo'q. Qur’oni Karim talab
larini so'zsiz, muhokamasiz bajarish lozim. Chunki odam lar
Xudo xohlagan narsani xohlashlari darkor, ularda erkin istak
yo'q, degan fikr-mulohazalarini bayon qilib, inson erkinligini
inkor etadilar.
Mutakallimlar odam ning olamni bilish borasidagi imkoni
yatlarini ham tan olmadilar. Olamni bilishda inson sezgilari
asosiy ahamiyatga ega ekanligini nazar-pisand qilmadilar. Olam
va odam to'g'risida hissiy bilishda ehtimollik, tavakkalchilikning
rolini bo'rttirib ko'rsatdilar. Qur’oni Karimda nimani m a’qullash
lozim deyilsa, o'shani m a’qullash, m a’qullamaslik zarur deyil-
gan bo'lsa, o'shani rad etish darkor. Olam bilan odam o'rtasidagi
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘zaro aloqadorlik jarayonini faqat Q ur’oni Karim yoki Hadisi
Sharifdan olingan u yoki bu qoida yordamida asoslash kerak.
Bundan tashqari, tasdiq yoki uslublar yordamida chiqadigan
hukm yoki xulosani inkor qildilar.
Mutakallimlik alohida ta ’limot sifatida shakllanib borishi b i
lan sunniylik va uning g‘oyaviy-nazariy asosi Qur’oni Karim
qoidalari, Hadisi Sharif yo‘l-yo‘riqlarini aql-idrokka mos qilib
talqin etish, tafakkur imkoniyatlariga suyanib ish yuritish, is
lom dinining mazmun-mohiyatini yanada tiniqroq tasaw ur etish
ehtiyojini oshirib yubordi.
0
‘z navbatida bunday ulkan ehtiyoj
xalifalik hududida yashovchi fuqarolar turmush tarzini islomdan
oldingi dinlar (zardushtiylik, moniylik, mazdakiylik) ta ’siridan
xoli qilish bilan bog'liq edi. Shuningdek, bunday ehtiyojning
ortib borishi VII asr oxiri, VIII asrning boshlarida ilk islomda
shakllangan turli oqimlar: havorijiylar, qadariylar, jaboriylar,
murji’iylarning o ‘zaro munozaralari ta ’siridan ozod qilish bilan
ham aloqador edi. Xuddi shu tarixiy zaruriyat Kalom ilmini
shakllantirishga turtki bo‘ldi.
Kalom («Ilm ul-kalom) — o 'rta asr musulmon falsafasida
Q ur’oni Karim suralari, oyatlari, Hadisi Sharif talablari yuza
sidan erkin fikr-mulohaza yuritish malakasi, o'sha qoidalarni
tafsirlash, tavsiflash san’ati, shuningdek, islom dinida obro'-
e ’tibor topgan shaxslar, xususan, Muhammad payg'ambar va
uning sahobalariga taqlid qilish madaniyati sifatida vujudga keldi.
Asta-sekin islom dinining ilmiy-nazariy asoslarini har tom on
lama tahlil qilish, Qur’oni Karim aqidalari, Hadisi Sharif ta
lablarini musulmonlar turmush tarziga singdirish usullari va us-
Iublarining bir butun sistemasi, musulmon e ’tiqodining shakl-
lanish jarayonini o'rganuvchi ilm sifatida shakllandi va rivojlanib
bordi.
Kalom ilmining shakllanishida imom A’zam Abu Hanifa an-
N u ’mon as-Sobit al-Kufiyning (699—767-yillar) xizmatlari be-
qiyosdir. Shuningdek, kalom ilmi rivojiga Movarounnahr olim
lari Abu al-H asan al-Ash’ariy asos solgan ash’ariya va Abu
Mansur al-M oturidiy yaratgan moturidiya maktablari munosib
hissa qo'shdilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Al-Ash’ariy
1
o'z qarashlarini bayon etishda sunniylik tarkibi
dagi shofi’ya va malakai’ya mazhablari qoidalariga asoslangan
bo‘lsa, al-M oturidiy o ‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishda Abu
Hanifa an-N u’mon asos solgan hanafi’ya mazhabiga tayandi. Ka-
lomning ikki yirik maktabi: ash’ariya ham, moturidiya ham sun
niylikning dastlabi mazhablari qoidalariga asoslangani uchun ham
ushbu ta ’limotlar orasida umumiylik va o'xshashliklar mavjud.
Awalo shuni ta ’kidlash joizki, ushbu maktablaming asoschilari
al-Ash’ariy va al-M oturidiy bir davrda tarix sahnasiga kirib kel-
dilar. Ikkala maktab asoschilari bir g‘oyaviy muxolifga, ya’ni
m u’taziliylarga qarshi kurash olib bordilar. Shuningdek, al-
Ash’ariy, aw al m u’taziliylik tarafdori bo'lgan bo'lsa, keyinroq
ibn Hanbal asos solgan sunniylikdagi hanbaliylar tomoniga
o'tishga intildi. Al-Moturidiy esa hanafiylaming ishonchli namo-
yandasi sifatida shakllandi. Umrining oxirigacha ushbu diniy-
falsafiy oqim tarafdori bo'lib qoldi.
Al-Moturidiy yaratgan moturidiya ta ’lim oti1, inson e ’tiqodida
sodir bo'layotgan o'zgarishlam i tahlil qilganda nafaqat «Qur’on»
aqidalariga, aql-idrok, m antiq dalillariga, balki naql, ya’ni ibrat
va tajriba ma’lumotlariga ham asoslanmog'i darkor, degan g'oyani
ilgari suradi.
Al-M oturidiy Q ur’oni Karim aqidalari va Hadisi Sharif
normalari yuzasidan bir-birlari bilan uzluksiz munozara, bahs
yuritayotgan turli oqim lar tarafdorlariga murojaat qilib, o'zining
Do'stlaringiz bilan baham: |