A n V a r c h o r iy e V



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

М о г T .
Utopiya. М., 1978, 227-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


mo'jizalar ko‘rsatib, odamlarga o'zi haqida xabar berib turadi. 
Inson joni ham abadiydir. Uning bu dunyodagi qilmishlari narigi 
dunyoda baholanadi, ya’ni yoki mukofotga, yoki jazoga mu- 
nosib topiladi. Orolning ilk hukmdori Utop aholining turli elat 
vakillaridan tarkib topganini inobatga olib, din erkinligini joriy 
etadi. Hatto xudosizlar ham jazoga loyiq topilmaydilar.
Tomas Mor «Utopiya» nomli asarida inson shaxsi tuban- 
lashuvining sabablarini tushuntirib berdi. Uning fikriga ko'ra 
o'g'irlik, daydilik shaxs tubanlashuvining ko'rinishlaridir. Jamiyat­
da sodir bo'layotgan qashshoqlik, huquqsizlik kabi sharmandali 
g'ayriinsoniy holatlarni tugatmoq uchun, eng awalo, kishilar- 
dagi turli порок yo'llar bilan topilgan moddiy boyliklami yo'qotish 
darkor. Ingliz mutafakkirining ta’kidlashicha, jamiyatdagi eng 
yuksak qadriyat insondir. Shuning uchun ham u «inson oltinga 
nisbatan arzon bo'lishi» kabi yaramas holat bilan hech qachon 
murosaga kela olmagan. Uning tushuntirishicha, inson hayoti hech 
narsaga tenglashtirib bo'lmaydigan qadriyatdir, chunki uni 
«dunyodagi hech qanday in’om bilan tenglashtirib bo'lmaydi». 
Mor insonda eng buyuk talant va qudratli mo'jizani ko'radi.
Tomos Morning inson to'g'risidagi qarashlari barcha odam­
lar ekspluatatsiyadan xoli, bir-birlari bilan teng bo'lgan ideal 
ijtimoiy tuzum haqidagi fikr-mulohazalari bilan uyg'unlashib 
ketdi. Jamiyatning har bir a’zosi umumiy ishga o'zining hissa- 
sini qo'shadi. Odamlarning faoliyati jamiyat ishiga qo'shgan his- 
sasi bilan baholanadi. Bunday jamiyatda fuqarolar faqat olti 
soat ishlashadi. Qolgan bo'sh vaqtlarini o'zlarining madaniy- 
ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun sarflaydilar, hordiq 
chiqaradilar, musiqa, she’riyat, fan bilan shug'ullanadilar. Jami­
yatning barcha a ’zolari xayrli, savob ishlar bilan band bo'ladilar.
Inson kelajagi, uning taqdiri haqidagi fikr-mulohazalar ita- 
liyalik gumanist Tommazo Kampanella1 asarlarida ham bayon

Tommazo Kampanella Renessans davri falsafasining yirik namoyandasi. U 
1568-yilning 5-sentyabrida Italiyada tug‘ilgan. Qadimgi zamon va o‘rta asr faylasuf­
larining asarlari, ayniqsa, Aristotel falsafasi, Foma Akvinskiy qarashlari, o ‘z 
zamonasining naturfilosofiyasi bilan yaxshi tanish bo‘lgan. Protestanlarning hokimi­
yatni restavratsiya qilishlariga qarshi bo‘lgani uchun inkvizitsiya agentlarining uzluksiz 
quvg'iniga giriftor b o ‘lgan. 1639-yil 21-mayda vafot etgan. Uning falsafiy qarash­
lari «Sehrgarlik va narsalarning his etishi haqida» (1620), «Quyosh shahri* 
(1629), «G‘alabaga erishgan ateizm» (1631), «Universal falsafaning uch qismi 
yohud narsalar haqida metafizik ta ’limot» (1638), «Falsafa, hissiyot yordamidagi 
isbot* (1591) kabi asarlarida bayon etgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


etilgan. Tommazo Kampanella cherkov va dunyoviy hokimiyat 
tarafdori edi. Protestantlaming hokimiyatni restavratsiya qilish- 
lariga mutlaqo qarshi edi. Rim papasining butun xristianlar 
ustidan hukmron bo'lishini istar edi.
Kampanellaning fikriga muvofiq Xudoning butun yer yuzida 
hukmronligini ta’minlamoq uchun jamiyatda jiddiy qayta qurish- 
ni amalga oshirmoq darkor. Buning uchun, eng awalo, turli 
nopokliklar bilan topilgan mulkni va zulmni tugatmoq zarur. 
Bunday ulug'vor vazifa hamkorlik, tenglik va erkinlikka asoslan­
gan ijtimoiy tuzum yaratish yo'li bilan amalga oshiriladi, degan 
g'oyani ilgari suradi.
Kampanellaning 1629-yilda yozilgan «Quyosh shahri» asa­
rida uning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy qarashlari ba­
yon etilgan. Asarda olg'a surilgan g'oyalar kitob muallifming 
ijtimoiy-siyosiy, m a’naviy-axloqiy qarashlariga, shaxsiy 
kechinmalariga to'la mos tushadi. Tomas Mordan farqli 
o'laroq, u iqtisodiy muammolarga, xususan, iqtisodiyotni 
qayta qurish masalalariga kam e’tibor beradi. Xristianlarning 
xohish-irodasiga qarab xususiy mulkni tugatish mumkin 
bo'lardi, deb hisoblaydi.
«Quyosh shahri»da orzu qilingan davlat tuzumi ideal- 
lashgan teokratik sistema namunasi bo'lib, uning boshida 
quyosh ramzi bo'lgan Qohin, birinchi dindor, yirik metafizik 
turadi. Bir umrga saylab qo'yiladigan bosh hukmdor o'z 
davrining barcha bilimlari bilan tanish bo'lm og'i darkor. 
Bosh hukmdor jamiyat oldida turgan, yechilishi o 'ta zarur 
bo'lgan barcha muammolar yechimini topish yo'llari, us­
lub va usullarini bilishi zarur. Jamiyatning turli jabhalari 
yumushlari bilan uning yordamchilari shug'ullanadi. Yor- 
damchilar yirik olimlar orasidan saylab qo'yiladi. Urush va 
tinchlik masalalari bilan shug'ullanuvchi yordamchining xulq- 
atvori, xatti-harakatida kuch-quvvat, san’at, hunarmand- 
chilik va fan masalalari bilan shug'ullanuvchi yordamchida 
donishmandlik, tug'ilish va bolalar tarbiyasi masalalari bilan 
shug'ullanuvchi yordamchida muhabbat ustuvorlik qilmog'i 
lozim.
Fuqarolik hayoti va faoliyati bilan bevosita shug'ullanish turli 
lavozimlami egallab turgan kishilarga topshiriladi. Bunday kishi­
lar ham fuqarolar orasidan saylab qo'yiladi. Mansabdor kishi-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lami saylashda ularning bilimi, ishbilarmonligi, xolisligi, jami­
yatni boshqarish qobiliyatlari hisobga olinadi. Lekin Kampanella 
orzu qilgan davlat-jamiyat modelida uni boshqarish ishlaridan 
din, cherkov ajratilmaydi. Jamiyatning boshqarish mexanizmini 
ushlab turgan mansabdorlarning ko‘pchiligi dindorlar bo'ladi. 
Jamiyatni boshqarish ishlarida, hatto sehrgarlar ham ishtirok 
etadilar. Ko'rinib turibdiki, Kampanella orzu qilgan jamiyatda 
siyosiy-dunyoviy hokimiyat din va cherkov bilan uyg'unlashib 
ketadi. O'z navbatida, Quyosh shahri fuqarosining diniy dunyo- 
qarashi tabiat falsafasi bilan qo'shilib-qorilib ketadi. Ulaming 
uyg'unlashuvini ta’minlash Quyosh shahri hokimiyatining eng 
muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Kampanellaning davlat-jamiyatni boshqarish dasturi asosida 
butun dunyo fuqarolarini birlashtirish g'oyasi yotadi. Lekin 
o'sha butun dunyo fuqarolari birlashgan yagona davlatni Rim 
papasi boshqarishi shart, deb hisoblaydi. Uning fikriga ko'ra, 
turli davlat vakillaridan tashkil topgan Rim senati barcha 
muammolami, bahsli-munozarali masalalarni tinchlik yo'li bilan 
yechishi lozim.
Kampanella ijtimoiy-siyosiy qarashlarining asosida yangi jamiyat 
qurish g'oyasi yotadi. Yuqorida ta’kidlab o'tganimizdek, u qur- 
moqchi bo'lgan yangi jamiyatning hamma sferasida aql-farosat 
ustuvor, jamiyatda o'matilgan barcha tartib-intizom aqlga, ijti­
moiy adolat prinsiplariga asoslanadi. Shuning uchun ham bu 
yerda birovlar hisobidan kun ko'ruvchi tekinxo'rlar, ishyoq- 
maslar yo'q. Barcha fuqarolar, jumladan, xotin-qizlar ham ishlab 
chiqarishda teppa-teng ishtirok etadilar. Odamlarning halol mehnati 
tufayli jamiyatda mo'l-ko'lchilik yaratilgan. Jamiyatda ishlab chiqa- 
rilgan noz-u ne’matlar ham fuqarolaming ehtiyojlariga qarab 
adolatli taqsimlanadi.
Kampanella orzu qilgan jamiyatda xususiy mulk yo'q, hatto 
oila ham yo'q. Bu yerda qashshoqlik ham, o'g'rilik ham, mol- 
u dunyoning quli bo'lish kabi holatlar ham yo'q. Uning 
tushuntirishicha, turli nopokliklar bilan topilgan mulkdan xoli 
bo'lgan jamiyatgina ko'pchilik manfaatini himoya qilishga qodir 
bo'ladi. Insofli, diyonatli kishilaming katta avlodini shakllan- 
tirishga muvaffaq bo'ladi. Bunday jamiyatda odamlar o'z vatan- 
lariga tasawur qilib bo'lmas darajada muhabbatni vujudga kel- 
tiradilar, barcha «tengdoshlar bir-birlarini og'a, deb ataydilar».
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bunday yangi odamlar eski jamiyatning barcha illatlaridan xoli 
bo'ladilar.1
Kampanella bunyod etmoqchi bo'lgan jamiyatda yoshlar tar- 
biyasiga katta e’tibor beriladi. Chunonchi, bolalarni o'qitish va 
tarbiyalash ishlariga g‘amxo‘rlikni jamiyat o'z zimmasiga oladi. 
Mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor beriladi. Bolalar foydali 
mehnatda uzluksiz ishtirok etadilar. Har qanday og'ir mehnat 
bolalar uchun kamsitish yoki haqorat hisoblanmaydi. Jamiyat 
bolalaming jismoniy tarbiyasiga, ayniqsa, talantli, iste’dodli bola- 
lami o‘qitishga alohida e’tibor beradi. Quyosh shahrida ta’lim va 
tarbiya jarayonini tashkil etish ixtiyoriylikka asoslaniladi va sayo- 
hatga chiqish, turli o'yinlarni uyushtirish, jismoniy mashqlarni 
bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Fan, madaniyat ishlari bilan 
shug'ullanish har tomonlama qo'Ilab-quwatlanadi. Bir ibora bi­
lan aytganda, Kampanella orzu qilgan jamiyatda shakllangan 
yangi kishi har tomonlama rivojlangan bo'ladi.
Shunday qilib, Yevropa Renessans davrining mashhur gu- 
manisti Tommazo Kampanella qarashlarida jamiyatda oddiy fu- 
qaroning erkin, farovon bo'lishi, har bir jamiyat a’zosining 
baxt-saodatga erishishi yo'Uari haqida ajoyib g'oyalar olg'a surilgan 
edi. U o'z zamonasining ijtimoiy munosabatlarida mavjud bo'lgan 
turli ziddiyatlami bartaraf etish uchun fuqarolar tarbiyasiga 
e’tibor berish lozimligini alohida ta’kidladi.
Xullas, Yevropa Renessans davri gumanistik falsafasi, inson 
faoliyat ko'rsatayotgan g'ayriinsoniy ijtimoiy muhitga xayoliy 
(utopik) bo'lsada, o'z noroziligini bildirdi. O'z navbatida, in­
sonning insonga zulmini, insonning inson tomonidan eksplu- 
atatsiya qilinishini tugatish zarur ekanligini kun tartibiga qo'ydi. 
Har bir kishi va barcha jamiyat a’zolarining erkin, har tomon­
lama rivojlanishini ta’minlovchi yangi jamiyatning ideal modeli 
haqidagi fikr-mulohazalarni yanada rivojlantirdi. Jamiyatni boshqa­
rish san’atini takomillashtirish yo'l-yo'riqlarini ko'rsatadi. 
Boshqarish mexanizmini qo'lida ushlab turgan hukmdorlarning 
ma’naviy-axloqiy qiyofasiga dastlabki chizgilar chizildi.
Qarang: 

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish