A n V a r c h o r iy e V


d) Inson manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

d) Inson manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish,
huquqlarini himoyalash yo‘llari va vositalarini izlab topish
harakatining avj olishi
Renessans davri Yevropa falsafasining inson tomon keskin 
burilishi, odamlarning ezgulik, yaxshilik haqidagi azaliy orzu- 
umidlarini ushalishi uchun zamin yaratdi. Inson manfaatlari va 
ehtiyojlarini, insoniy haq-huquqlarini ulug'lash avj oldi. O'sha 
davrda yashagan va ijod etgan mutafakkirlar inson manfaatlari 
va ehtiyojlarini qondirishning, haq-huquqlarini himoya qilishning 
eng muhim sharti — markazlashgan qudratli davlat bunyod 
etishdir, degan g'oyani olg'a sura boshladilar. Davlatning mohi-
www.ziyouz.com kutubxonasi


yati va genezisini xristian dini aqidalariga asoslanib emas, balki 
inson manfaatlari va ehtiyojlari, insoniy haq-huquqlariga asos­
lanib talqin qila boshladilar.
Renessans davri Yevropa faylasuflari, huquqshunoslari har 
tomonlama ulug'lagan markazlashgan qudratli davlat qurish 
g'oyasining antropotsentrik xususiyatini ilg‘ab olmoq uchun ushbu 
g‘oyaning shakllanish jarayoni haqida tasawurga ega bo'lish darkor. 
Birinchidan, ushbu g‘oya VIII—XIV asrlarda jahon ijtimoiy-fal- 
safiy fikrlar taraqqiyotining hosilasi ekanligi e’tibordan chetda 
qolmasligi kerak. Darhaqiqat, markazlashgan davlat qurish g‘oyasi 
bir kunda yoki bir mamlakatda paydo bo'lgani yo‘q. Chunon­
chi, uning kurtaklari Eron va Turonda sosoniylar hukmronlik 
qilgan kezlardayoq vujudga kelgan edi. Muhammad payg‘ambar, 
undan so‘ng esa xalifalar: Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar 
sosoniylarning markazlashgan davlat qurish g'oyasi va tajribasini 
o'zlashtirib, tarqoq, ko'chmanchi va qoloq arab qabilalarini 
yagona davlatga birlashtirdilar. Buning natijasi o'laroq, musul- 
mon madaniyati misli ko'rilmagan muvafifaqiyatlarga erishdi.
Eramizning 711 -yilida arablaming Ispaniyani ishg'ol etishi 
bilan markazlashgan qudratli davlat qurish g'oyasi Yevropaga 
kirib keldi va Rim imperiyasi halokatidan so'ng inqirozga yuz 
tutgan Yevropaning rivojlanishiga zamin hozirladi. Oradan bir 
asrdan ko'proq fursat o'tgach, mazkur g'oya asosida birlash- 
tirilgan arab Ispaniyasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishga 
erishdi, aholi turmush darajasi yuksaldi. Markazlashgan qudratli 
davlat qurish g'oyasi eng e’tiborli ijtimoiy nazariyaga aylandi. 
Ushbu nazariya nafaqat Ispaniyaga, balki unga qo'shni bo'lgan 
mamlakatlar, xususan, Italiya va Fransiyada ham obro' qozoni- 
shi tabiiy bir hoi edi.
Ikkinchidan, markazlashgan qudratli davlat qurish g'oyasi 
Italiya va Fransiya uchun ijtimoiy — falsafiy fikrlar taraqqiyo­
tining xotimasi, o'z navbatida, jamiyatda vujudga kelgan inqi- 
rozni bartaraf etishning o'ziga xos muhim nazariyasi bo'ldi. Arab- 
lar sharofati bilan Sharqdan G'arbga eksport qilingan markaz­
lashgan qudratli davlat qurish g'oyasi Yevropani ishg'ol eta- 
yotgan bir paytda Italiya bir-biriga bo'ysunmaydigan, ko'p hol­
larda bir-biriga dushman bo'lgan shaharlardan iborat edi. Aho- 
lining turli qatlamlari markazlashgan davlat barpo etish orqali 
tarqoqlikka barham berish mumkinligini tobora tushunib yetmo-
www.ziyouz.com kutubxonasi


qda edilar. Eramizning XIII asriga kelib, markazlashgan davlat 
qurish sa’y-harakatlari keskin tus oldi. «Aholi, — deb yozadi 
taniqli o'zbek olimasi F. Sulaymonova, — ikki guruhga: gvelflar 
(Rim papasi qo'l ostida milliy birlashuvning tarafdorlari) va 
gibellinlaiga (German imperatori tobeligida feodal birlashuv taraf­
dorlari) bo'linib, ular o'rtasida keskin kurash ketadi»1.
E’tiborli tomoni shundaki, XIV asrda gvelflarning gibellinlar 
ustidan g'alaba qozonishi ham ushbu kurashga nuqta qo‘ya olma- 
di. Oxir-oqibatda gvelflarning o'zi imperator va papa tarafdorla- 
riga bo'linib ketdilar. Buning sababi shundaki, hali Italiyada 
markazlashgan qudratli davlatning mohiyati, uning tuzilishi, 
asosiy institutlari va ularning funksiyalari haqidagi yagona g'oya 
shakllanmagan edi. Jamiyatdagi ixtiloflami bartaraf etadigan va 
millat ravnaqini ta’minlaydigan qudratli umumdavlat g'oyasini 
shakllantirishga ehtiyoj endigina shakllanayotgan edi, xolos.
Markazlashgan qudratli davlat qurish g'oyasi fiiqarolaming 
haq-huquqlari to'g'risidagi tasawuri bilan bevosita bog'liq. Xud­
di shuning uchun ham Renessans davri ijtimoiy falsafiy fikr- 
mulohazalarning shakllanishida o'sha davr mutafakkirlari yarat­
gan huquq to'g'risidagi tasawurlaming ahamiyati beqiyosdir.
Renessansgacha bo'lgan davrda «huquq» tushunchasi mohi- 
yatan ikki xil yondashuv asosida talqin qilinardi. Zotan, bir 
tomondan, u Xudo irodasining ifodasi bo'lgani uchun zaru- 
riylik, mutlaqlik va abadiylik xarakteriga ega, deb ta’riflangan 
bo'lsa (bunday yondashuv o'rta asrlarda norma hisoblangan), 
ikkinchi tomondan, huquq kishilar orasidagi kelishuvning 
mahsuli bo'lib, o'zgaruvchan va nisbiy xarakterga ega, deb 
hisoblangan (bunday yondashuv esa qadimgi zamon mutafak­
kirlari tomonidan ishlab chiqilgan). Biroq «huquq» tushuncha- 
sini talqin etishda uchinchi yondashuv ham mavjud. Unga ko'ra, 
huquq insoniylikning namoyon bo'lishidir, lekin u zaruriy 
xarakterga ega, chunki uning mohiyati inson tabiati bilan bog'liq. 
Xullas, «tabiiy huquq» tushunchasi qadimgi yunon stoiklari va 
o'rta asr sxolostlari (jumladan, Foma Akvinskiy) tomonidan 
ham shakllantirilgandi. Lekin yangi davr arafasiga kelib, ya’ni 
Renessans davrida bu tushuncha har tomonlama rivojlantirildi.
Shunday qilib, Renessans davri Yevropa falsafasi mar-


Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish