ekansan. m enga q o ‘shilsang, bundan ham yaxshiroq ishlarni amalga
oshirasan” . D em okrit Protagorni falsafa olam iga olib kiradi.
Protagor professional ritorika va eristika o'qituvchisi. so ‘z san’ati va
bahs yuritish san’ati ustasi bo‘lgan. U birinchilar
qatorida falsafadan
saboq bergani uchun haq olgan. U nga Perikl yaxshi m unosabatda
bo ‘lgani uchun bu davlat arbobi Protagorga eramizdan avvalgi 444-yili
asos solingan Furiyadagi panellinistik koloniya uchun konstitutsiya
tuzishni topshirgan. eramizdan avvalgi 431-yili Peloponnes urushi
boshlanganda Protagor Afmaga qaytadi va u yerda Periklning ikki o ‘g ‘li
vabo kasali tufayli hayotdan ko‘z yum ganining guvohi bo'ladi.
Diogen
Laertskiyning aytishicha, Protagor xudolar to‘g'risida yozgan kitobida
xudolarni haqoratlaganlikda ayblanadi, lekin u sud bo‘lgunga
qadar
qochishga ulguradi; biroq Sitsiliyaga ketayotganida y o ‘lda suvga cho'kib
o ‘ladi, kitoblari esa bozor m aydonida yoqib yuboriladi. Platon
“M enon”da bergan m a’lumotga k o ‘ra esa, Protagor hurm atga loyiq inson
sifatida o ‘z o ‘limi bilan hayotni tark etgan.
Protagor qalam iga 10 tadan k o ‘proq asarlar mansub: “M avjudot
haqida”, “Fanlar to ‘g ‘risida”, “Davlat haqida”, “X udolar haqida”,
“Haqiqat yoxud rad etuvchi nutqlar” v a shu kabilar.
U lardan faqat ayrim
parchalargina bizgacha yetib kelgan. Protagor haqidagi m a’lum otlam i
Platonning “Protagor” va “Tetet”, Sekst-Em pirikning “O lim larga qarshi”
va “Pirron fikrlarining uchta kitobi”dan olamiz.
Protagor falsafiy ta ’limotini Demokrit, Geraklit, Parm enid va
Em pedokl taTim otiarining relyativizm ruhida
qayta ishlanishi natijasi
desa b o ‘ladi.
Ontologiyasida
Protagor
m ateriyaning
o'/.garuvchanligi
va
idrokning nisbiyligini ta ’kidlagan. A tom istlarning borliq va noborliqning
birday realligi to ‘g ‘risidagi fikrini rivojlantirib, har bir fikrga unga zid
b o ‘lgan fikrni topish va qarama-qarshi q o ‘yish
m um kinligini asoslagan
va shu tariqa relyativizm ga yon bosgan.
Protagor relyativizm i asosida m uayyan ontologik tasavvurlar yotadi.
Xususan, u “barcha narsalarning sababini m ateriyada deb biladi” (Sekst-
Em pirik flkri). Uningcha, m ateriyaning asosiy xususiyati uning obyektiv
tarzda mavjudligi ham da boshlang‘ich asos ekanligida emas,
balki
o ‘zgaruvchanligi, oquvchanligidadir. Protagor m ateriyaning m utlaq
o ‘zgaruvchanligini subyektga ham xos deb hisoblaydi: nafaqat tashqi
dunyo, balki uni idrok etuvchi jonli tana ham o ‘zgarib turadi. Buning
isbotlari quyidagicha:
Birinchi isbot:
subyekt ham, obyekt ham to ‘xtovsiz о 'zgarib turadi.
125