A. N. Samadov, O. S. Jumanov


 . 2 .   A s a l ,   o v q a t l i l i k   q i y m a t i ,   a s s o r t i m e n t i   v a   s i f a t i g a



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

3 . 2 .   A s a l ,   o v q a t l i l i k   q i y m a t i ,   a s s o r t i m e n t i   v a   s i f a t i g a  
q o ‗y i l a d i g a n  ta l a b l a r    
 
Mamlakatimiz  yuqori  darajada  rivojlangan  asalarichiligi  bilan 
mashhurdir.  Qulay  iqlim  sharoiti,  asal  beruvchi  o„simliklarning  mo„l-
ko„lligi  asalarichilikni  xalq  xo„jaligining  muhim  tarmog„iga  aylantirdi. 
O„zbekiston asalari oilalarining soni jihatidan va asal  etishtirish bo„yicha 
MDH  ichida  birinchi  o„rinda  turadi.  Mamlakatdagi  asal  etishtiruvchi 
asosiy  xo„jaliklar-jamoa  xo„jaliklari  hisoblanadi.  Ularning  asalarichiligi 
har  yili  mamlakatimizga  minglab  tonna  asal  va  juda  ko„p  mum  etishtirib 
beradi. Asal etishtirish yildan-yilga o„smoqda.  
Umuman,  asal  engil  hazm  bo„luvchi  shakarlardan,  ya‟ni  glyukoza 
bilan fruktozadan iborat bo„lib, ularning miqdori asalda 65 dan 80% gacha 
bo„ladi.  Bundan  tashqari  asal  tarkibida  15  -  25%  suv,  organiq  kislotalar 
(olma  kislotasi,  vino  kislotasi,  limon,  sut,  shovul  kislotasi),  oz  miqdorda 
oqsil,  vitaminlar,  xushbo„y  va  bo„yoq  moddalari  bor.  Asal  yuqori 
kaloriyali  oziq-ovqat  bo„lib,  u  organizmda  to„la  hazm  bo„ladi.  Uning 
shifobaxsh  xususiyati  ham  bor,  ya‟ni  ichaklarning  ishini  yaxshilaydi, 
asablarni mustahkamlaydi, yurak muskullarining faoliyatini oshiradi.  
Asal  olinish  usuliga  qarab,  ikki  turga  bo„linadi:  mumli  asal  va 
tsentrifuga yordamida olingan asal Mumli asal savdoga kam chiqariladi; u 


53 
 
umuman  xavaskor  asalari  xo„jaliklarida  olinadi.  Mumli  asalning 
sotilishidan foyda, yo„q, chunki qimmatli xom ashyo mum chikitga chikib 
ketadi.  Tsentrifuga  yordamida  olinadigan  asal  savdo  asalining  asosiy  turi 
hisoblanadi. U mumdan tsentrifugalash usuli bilan tortib olinadi.        
Tabiiy  asal  shirin  ta‟mli,  o„z  turiga  xos,  nafasi  xushbo„y  hidli, 
quyuq, bir xilda cho„ziluvchan, rangi oqish va qizg„ish va hatto jigar rang 
bo„lishi  kerak;  idishlarning  achchiq  ta‟mi  va  hididan,  achish  belgisidan, 
asalari, qurt, kapalak,  mum bo„lakchalari va boshqa qo„shilmalardan holi 
bo„lishi  talab  etiladi.  Asalning  qand,  kraxmal,  patoka,  un,  o„simlik 
bargidagi shiradan olingan asal bilan aralashtirib qalbakilashtirilishiga yo„l 
qo„yilmaydi.  Suvda  eritilgan  asal  loyqalanmasligi  va  cho„kindi  hosil 
qilmasligi kerak. shakarlanib qolgan asal nuqsonli hisoblanmaydi .  
Asal  32  va  48  kg  sig„imli
 
lipadan  yasalgan  yog„och  bochkalarga, 
250,  500  va  1000  glik  shisha  bankalar  hamda  sut  flyagalari,  bidonlar, 
tunuka  va  oqartirilgan  temir  bankalarga  joylanadi.  Asalni  quruq,  salqin, 
yaxshi  shamollatib  turiladigan,  harorati  5-10°C  va  havosining  nisbiy 
namligi ko„pi bilan 60-70% bo„lgan xonalarda saqlash tavsiya etiladi.  
Sun‘iy  asal  shakardan  olinadi.  shakar  suvda  eritiladi,  unga  limon 
yoki vino kislotasi qo„shiladi va hosil bo„lgan eritma qaynatiladi. Natijada 
saxaroza - glyukoza va fruktoza aralashmasi paydo bo„ladi. shu aralashma 
pishiriladi  va  xushbo„y  moddalar  yoki  tabiiy  asal  qo„shilib  xushbo„y 
qilinadi.  Sun‟iy  asalning  sifat  belgilari,  joylanadigan  idishlar  va  saqlash 
shartlari tabiiy asalniki bilan bir xildir.  
 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish