miloddan aw algi V asr boshidan miloddan avvalgi II asr boshiga-
cha bo‘lgan davrga oid. Ulaming ichida
Iskandar davriga tegishli-
lari juda kamchilikni tashkil qiladi. Tangalaming asosiy qismi
miloddan aw algi III asr va II asming boshiga oid. Lekin xazinada
o ‘sha davrda keng tarqalgan miloddan avvalgi II asr o ‘rtalariga oid
Baqtriya hukmdorlari Yevkratit va Geliokl, Parfiya podshosi Mitri-
dat I ning tangalari uchramaydi. Tekshiruvlardan so‘ng xazinadagi
tangalar va qimmatbaho buyumlami miloddan avvalgi 170-yilga
oidligi aniqlandi. Ushbu buyumlarda yunon madaniyatiga xos
belgilardan tashqari, fors va mahalliy madaniyat belgilarini kuzatish
mumkin. Demak bu xazina yunon va mahalliy xalq madaniyatining
aralashuvi natijasidir. Bu xazina aslida Baqtriya hududiga qarashli
Taxti-Sangin shaharchasidagi ibodatxonaga tegishli bo‘lgan. Ular
1897-yilda Londondagi Britaniya muzeyiga olib ketilgan.
Yunon-Baqtriya davri madaniyatini tadqiq etishda fransuz
arxeolog olimlari ham katta hissa qo‘shdilar. 1922-yilda mam-
lakatda Fransuz arxeologik missiyasi tashkil qilindi. Ushbu
missiyaga taniqli san’at
tarixchisi, professor A.Fushe rahbarlik
qildi. Fransuz arxeologik missiyasi Janubiy Baqtriya tog‘liklari
va tekisliklarida Yunon-Baqtriya san’ati yodgorliklarini topish
uchun o ‘z faoliyatini boshladi. Fransuz arxeologik missiyasi 30 yil
muddatga Afg‘onistonni arxeologik tadqiq etish huquqini qo‘lga
kiritdi.
Fransuz arxeologik missiyasi A.Fushe rahbarligida 1924-
1925-yillarda 0 ‘zbekistonning Surxondaryo viloyati markazi
Termiz shahridan 70 km janubda joylashgan Baqtriya poytaxti
Qadimgi Balx shahri yodgorliklarida arxeologik qazishmalar
olib bordi. Fransuz arxeologlarini “oddiy”, maishiy arxeologik
materiallar qiziqtirmas edi. Afsuski, fransuz
arxeologlari bu yerda
o‘zlari xohlagan shahar yodgorliklari va tosh haykallarini topa
olmadilar. Fransuz arxeologik missiyasi ko‘plab shaharlar, qal’alar
va manzilgohlami tadqiq etdilar, ko‘plab buddaviylik yodgorlik
lari, haykallar va bitiklami ochdilar. Ushbu yodgorliklar milodiy
I mingyillikka oid bo‘lib, qal’alar va manzilgohlar esa Qadimgi
Baqtriyaning yodgorliklari edi. Lekin A.Fushe va keyinchalik
uning o‘m ida ishlagan J.Aken ham Yunon-Baqtriya
tarixiga doir
yodgorlik topa olmadilar.
A.Fushe Yunon-Baqtriya tarixi va san’atini sarob deb e ’lon
qildi. XX asr 20-30-yillarida ilm-fanda “Baqtriya sarobi” tezisi
mashhur bo‘lib ketdi. Lekin hamma tadqiqotchilar ham fransuz
olimining pessimistik ruhdagi fikriga qo‘shilmadi. Janubiy Baqtriya
hududida (Afg'oniston) esa fransuz arxeologlari - R.Girshman
(1936-1941), D.Shlyumbeije (1945-1964), P.Bemar (1964-1978)
rahbarliklaridagi ekspeditsiyalar arxeologik tadqiqotlami olib
borishgan va o‘z tadqiqotlarining natijalari bo'yicha tegishli ilmiy
ishlar chop etishgan edi.
Keyingi yillarda b a’zi olimlar, shu jumladan, Daniel Shlyum-
herje “Amudaryo xazinasi”ga tegishli
yodgorliklami Yunon-
Haqtriya madaniyatiga oid ekanligini tasdiqladilar.
Uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida yunon-
baqtr madaniyati va san’atiga oid yodgorlik topilgandek bo'ldi. Rim
qazilmalarida topilgan yunon-baqtr madaniyatiga oid tangalarda
hukmdor Evtidemning tasviri aks etganligi m a’lum bo'lgach,
yunon-baqtr madaniyatining mavjud bo'lganligiga shubha kamayib
bordi. Lekin Evtidemning aslida Kichik Osiyoning Magneziya
shahridan bo'lganligini hisobga olsak, tangalar uning vatandoshlari
lomonidan zarb etilgan bo'lishi mumkinligi ehtimoldan xoli emas
edi.
Yunon-Baqtr madaniyatining mavjudligini isbotlovchi dalillar
uzoq vaqt topilmagan bo'lsada, A.Fushe va uning tarafdorlari
likriga qaramasdan, ushbu madaniyatning
mavjudligi bashorat
qilingan edi. Daniel Shlyumberje Baqtriya madaniyatining keyingi
bosqichi, Kushon davrini tahlil qilib, Yunon-Baqtr madaniyatining
tnuvjud bo'lganligini taxmin qilgan edi. Fransuz tadqiqotchisining
ushbu xulosasi 1960-yilda nashr qilindi, bir necha yildan so‘ng
knshf qilingan arxeologik yangiliklar bu bashoratni tasdiqladi.
“ Amudaryo xazinasi” topilganidan so‘ng 55 yil o ‘tgach,
1932-yil oktabrda Termiz shahridan 13 km uzoqlikdagi Ayirtom
hududida Amudaryo qirg‘og‘idan uch musiqachi ayolning haykalini
topishdi. Topilmalar bir necha oydan so‘ng Toshkentga jo ‘natildi.
Ayirtomda arxeologik tadqiqotlar boshlandi. Izlanishlar
natijasida qadimiy buddaviylik ibodatxonasining yodgorligi topildi.
Ibodatxonaning plitalari yillar o‘tishi bilan
daryoga siljib tushgan
edi. Og‘irligi 250-300 kg bo ‘lgan plitalaming Shimoliy Baqtriyada
o ‘yib ishlanganligi m a’lum bo‘ldi. Bundan tashqari ushbu san’at
durdonalari Hindiston madaniyati va buddaviylik bilan qiziquvchi
tadqiqotchilaming diqqatlarini o‘ziga tortdi. Chunki ular Gandhar
madaniyati yodgorliklariga juda o‘xshashligi m a’lum bo‘ldi.
Baqtriya tarixini o ‘rganishga qiziqish keyingi yillarda avj
oldi. Qadimgi Baqtriyaning bronza, temir davrlari va Ahmoniylar,
Yunon-Baqtriya, Kushon davrlariga oid yodgorliklari 0 ‘zbekiston,
Turkmaniston, Tojikiston va Afg'oniston hududlarida joylashgan.
Xorijiy
mutaxassislar
Afg'oniston
hududidagi
Baqtriya
yodgorliklarini tadqiq etishni boshlashdi. Ushbu tadqiqotlar turli
yillar davomida olib borildi.
Bu davrda Afg'oniston
hududida
Do'stlaringiz bilan baham: