tahdidlar ayniqsa, mil.avv. Ill asrda podsho Ashoka hukmronligi
davrida kuchaydi va Afg‘onistonning
janubiy viloyatlari deyarli
tinch emas edi.
Diodot I Salavkiylarga qarshi kurashayotgan parfiyaliklar bilan
ittifoqchi bo‘lib, shohlik tojini kiyish huquqini qo‘lga kiritgan edi.
Diodot I ning shoh unvonini olishda uning tashqi siyosatda omadi
kelishida u yetakchi b o ‘lgan harbiy qo‘shinning benihoya hissasi
katta. Biroq, Diodot I ning muvaffaqiyatlarida uning harbiy qo‘shini
roli ustunligi haqida biror-bir manbada aytib o ‘tilmagan.
Diodot II davrida shoh hokimiyatiga nisbatan ellinlar orasida
ishonchsizlik bildirildi. Oqibatda u
magneziyalik ellin Evtidem
tomonidan taxtdan ag‘darildi. Evtidem shoh hokimiyatini mustah-
kamlashga harakat qildi va shaxsan Salavkiy hukmdor Antiox III
tomonidan shoh sifatida tan olinishiga erishdi. Uning davrida mam-
lakat har tomonlama rivoj topdi.
Mustaqillikka erishgandan keyin Yunon-Baqriya o‘z hudu-
dini kengaytirish siyosatini yuritdi. Mil.avv. 170-yilga kelib
uning
hududlari shimoliy Erondan Hindiston g‘arbidagi Gang daryosiga-
cha yetib boradi. Biroq, yunonlar va ellinlashgan mahalliy hukm-
dorlar orasidagi ichki qarama-qarshiliklar davlatni zaiflashtirdi.
Keyinroq, davlat chegaralarini sharqqa, y a’ni
Hindiston tomonga
bosqinchilik orqali kengaytirishga b o ‘lgan harakatlar Yunon-Baqtri
ya davlatining halokatiga sabab bo‘ldi.
Eramizdan oldingi
180-yilda Yunon-Baqtriya hukmdori
Demetriy (mil.avv. 199-167) Hindistonga bostirib kirdi va yunon-
hind podshohligiga asos soldi. Mazkur
yurish Maurya davlatining
mustahkamligiga jiddiy zarba berdi.
Evtidem I avlodlari Hindiston yarim oroli hududlarigacha
bo‘lgan yerlami qo‘shib oldilar. Aynan Evtidem I avlodlari davrida
hukmronlik qilib o‘tgan shohlami ilohiylashtirish an’anaga aylangan
edi. Biroq Demetriy I va uning avlodlari hokimiyat uchun kurash-
da Evkratid I ga imkoniyatni boy beradilar. Evkratid I Evtidem
avlodlari bilan kurashda o‘z hokimiyatining
kuchsizlanishiga olib
keladi va oqibatda o‘z o‘g‘li tarafidan o ‘ldiriladi. Evkratid avlod-
luri davrida kushon qabilalari bosqini oqibatida Baqtriya ustidan
nazoratni qo‘ldan boy beradilar.
Yunon-Baqtriya davlatida hukmronlik qilgan har bir hukmdor
hokimiyati harbiy xarakterga ega bo'lgan. Evtidem I faqatgina An
tiox III bilan Areya daryosi bo‘yidagi jangda to‘qnashgan.
Dastlab
jang avvalida uning qo‘shinini sarkarda Menandr boshqargan.
Mcnandr halok bo‘lgach, Evtidemning o‘zi boshlab borgan.
Yunon manbalariga ko ‘ra, shohning o ‘zi davlatining huquqiy
Do'stlaringiz bilan baham: