Miloddan avvalgi II asrdan boshlab Afg'oniston
hududiga
bostirib kirgan ko‘chmanchi qabilalar orasidan yirik birlashma
sifatida yue-chjilami ko‘rsatib o ‘tish mumkin. Xitoy manbalarida
yue-chji nomi bilan mashhur b o ‘lgan ushbu qabilalar Afg'oniston
hududidan o'zlari uchun qulay yaylovlar va keng qir-adir hamda
dalalami topishdi.
Taxminan mil. aw . 130-yildan so‘ng Baqtriya hududiga ko‘chib
kelgan hamda beshta tarmoqqa bo ‘linib
ketgan yue-chji qabilalari
orasidan Guyshuan qabilasi qo‘l ostida boshqa qabilalar ham bir-
lashtirildi. Barpo etilgan yangi davlat yue-chji qabilalari orasidan
yetakchi qabila bo‘lmish Guyshuan qabilasiga nisbat berilib, Ku
shon nomini oldi. Kudzula Kadfiz Kushon sulolasi asoschisi bo‘lib,
u bir necha qabilalar o‘rtasidagi mustahkam
ittifoqning yuzaga
kelishiga munosib hissa qo‘shdi.
Yue-chji qabilalariga Afg‘oniston hududida o ‘zaro urush olib
borish taqiqlangan edi. Kushon davlati hukmdorlari o ‘z yerlarini
kengaytirish siyosatini olib bordilar va parfiyaliklar tomoni
dan boshqarib kelingan Seyistonni (hozirgi Eron va A fg‘oniston
o ‘rtasidagi chegara hudud) va Qandahor shahri atroflarini o‘z
mulklariga qo‘shib oldilar.
Kushon davlati hukmdorlarining dastlabki qarorgohi Baqtriya
shimolidagi Dalvarzin qal’asi (Surxondaryo viloyati)da joylashgan
edi. Keyinchalik Kushon hukmdorlarining olib borgan bosqinchilik
urushlari natijasida hozirgi Afg'oniston hududi, Pokiston hududi va
Hindistonning m a’lum bir qismi zabt etildi.
Bunday ulkan davlat-
ning poytaxti sifatida Taksila shahri (hozirgi Peshovar) tanlandi.
Milodiy I asr davomida Parfiya imperiyasidan va hozirgi
Eron hududidagi saklar ittifoqi tomonidan berilgan jiddiy harbiy
zarbalarga bardosh bergan Kushonlar o ‘z davlati chegaralarini
mustahkamlab oldi.
M ilodiy II asr boshlarida Kushon
davlati podsho Kanishka
(m ilodiy 78-123-yillar) hukm ronligi davrida o ‘z qudratining
cho‘qqisiga erishdi. D avlat hududlarini kengaytirish siyosatini
olib borgan K anishka hind zam iniga yurishlari davomida
buddaviylik dini bilan tanishadi va ushbu dinni o ‘z
davlati d i m
sifatida e ’lon qiladi.
Milodiy III asrga kelib Kushonlar Eron forslarining Sosorjjy.
lar sulolasi tomonidan ancha kuchsizlantirildi va Kushon d av latig a
tegishli ko‘pgina hududlar Sosoniylar tomonidan tortib olindi. S o-
soniylar sulolasi asoschisi Ardasher I (224-241) Parfiya davlatini
milodiy 224-yilda qulatdi. Ardasher g‘arbiy va shimoliy Afg‘o n isto n
hududlarini o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi.
Kanishka boshqaruvi davrida Kushon davlati hududida o ‘z a ro
tovar aylanmasi o ‘sdi va chet mamlakatlar bilan savdo-sotiq
ishlarini olib borish rivojlandi. Bu davrda Buyuk Ipak y o ‘li gullab-
yashnadi va Kushon davlati tranzit savdodan juda katta foyda o la r
edi. Xususan, Xitoy hamda Hindistonda
ishlab chiqarilgan m ah -
sulotlaming Yevropaga yetkazilishida va aksincha Rim im periya_
si hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlaming Xitoyga yetka^ib
berilishida Kushon davlatining vositachilik о ‘m i benihoya katta
bo‘lgan edi. Rim imperiyasidan qimmatbaho metallar (Suriya Va
Misrda ishlab chiqarilgan), jun va surp matolar, shisha mahsulotlar
va vino Sharq mamlakatlariga yetkazib berilgan bo‘lsa, Xitoyning
ipak
mahsulotlari, Baqtriyaning uchqur otlari va Badaxshonning
bir qator qimmatbaho tosh (la’l, marjon, qahrabo hamda dur)l^ri
xalqaro savdo-sotiqda qadrlanar edi.
Hindistondan paxta hamda nil bo‘yog‘i, dorivor o ‘simliklar,
marvarid va yarim nodir toshlar, Kashmir juni, po‘lat qilichlar va
m o‘yna keltirilgan bo‘lsa, Sibir va Manjuriyadan m o‘yna, ot va
chorva mollari olib kelingan.
Hozirgi Afg‘onistondagi Bagrom
shahri Kanishkaning yoz-
gi qarorgohi bo ‘lib, Kushon hukmdori o ‘zining ulkan saltana% i
shu yerdan turib boshqarishni m a’qul ko‘rgan. Bu yerdan
Do'stlaringiz bilan baham: