XX
asr 30-40-yiIlarida olib borilgan qazishma ishlarida II asrga oid
m a’muriy inshootning topilganligi va unda shohona darajadagi 2000
dan ortiq san’at asarlarining mavjudligi kishini hayratga soladi.
Shu bilan birga, Hindistondan ham Kushon davrida oid bir
qator tarixiy topilmalar topib o ‘rganilgan. Fil suyagidan ishlangan
turli buyumlar, barelef usulidagi yunon-rim haykal va medallari,
Pompey uslubidagi bronza haykallar shular jumlasidandir.
Kushon davlati mavjud bo ‘lgan davrda buddaviylik dini ham
Afg‘oniston hududiga tarqalib rivojlandi. Garchi buddaviylik
Hindistonda vujudga kelgan b o ‘lsa-da, uning taraqqiy etishida
Kushonlaming xizmati katta. Jumladan, Afg‘onistonning markaziy
qismi bo‘lgan Bomiyonda milodiy III-IV asrlarga oid Buddaning
eng katta haykallari (36 va 53 metr balandlikda) qoyatoshlarga o ‘yib
ishlangani Kushon hukmdorlarining buddaviylikka bo'lgan alohida
hurmatini ko‘rsatib beradi12. Ushbu haykallar va shunga o ‘xshash
boshqa yana ko ‘plab kichik hajmdagi Budda haykallarining
butun Afg‘onistondan topilganligi Kushonlar davrida san’at,
haykaltaroshlik va qurilish ishlari yuksak darajada taraqqiy
etganidan dalolat beradi.
Kushonlar davrida hozirgi Afg‘onistonning markaziy va shi
moliy qismlarida ko‘plab buddaviylik ibodatxonalari mavjud
b o ‘lib, ularda VII asrgacha, y a’ni arablar bosqiniga qadar minglab
buddaviylik ruhoniylari yashagani haqida m a’lumotlar bor.
Kanishka buddaviylik dini homiysi sifatida hind falsafasi va
adabiyotini ham qadrlagan, garchi u zardushtiylikni ham qo‘llab-
quvvatlagan bo‘lsa-da buddaviylik aynan shu davrdan boshlab
Osiyoning boshqa hududlariga keng tarqala boshladi. Xususan,
buddaviylikning Gandahara maktabi Buyuk Ipak yo ‘li orqali Xi-
toyga va M o‘g‘ilistonga hamda Koreyaga yoyilgan va keyinchalik
esa Yaponiyaga ham tarqaldi13.
A fg‘onistonning Bomiyon vodiysidagi yodgorlik majmuasi bu
tun Osiyo madaniyati va san’ atiga katta ta’sir ko‘rsatgan buddaviylik
dinining ajoyib qadamjosi edi. Eramizning boshida hozirgi
Afg‘oniston hududida keng yoyilgan buddaviylik Kobul, Jalolobod,
Qandahor va Balx shaharlarida katta yodgorliklar qoldirgan b o ‘Isa
12 Wahab, Sh.& Youngerman, B. A Brief History of Afghanistan. - New
York: Facts On File, 2007. - P. 48.
13 Qarang: Samad, R. The Grandeur of Gandhara: The Ancient Buddhist
Civilization of the Swat, Peshawar, Kabul and Indus. - New York: Algora
Publishing, 2011. - P. 286.
ham, ammo Bomiyondagidek ulug‘vor majmuani buddaviylikning
vatani bo‘lgan Shimoliy Hindistonda ham topib bo ‘lmaydi.
Bomiyonga mamlakat poytaxti Kobuldagi Xojikek do-
voni orqali bosib o ‘tiladigan masofa 150 km bo ‘lib, uning eng
baland cho‘qqisi 3000 metrdir. Bomiyonga olib boradigan yo‘l
butunlay qirrali xarsang burilishlaridan iboratdir. Dovon balandligi
yo‘lovchiga sezilarli ta ’sir etadi. Pastda shunday manzara ochiladiki,
gullagan vodiy tomon cho‘qqilardan qorli choyshab yoyilgandek
tuyuladi. Qizg‘ish yer va qor chegarasida archalar ko ‘kka b o ‘y
cho‘zganki, ular kichik butalardek ko‘rinadi. Dovondan oshib, 5
soatda Bomiyonga kirib borish mumkin.
Bomiyonga
yaqinlashib,
to‘satdan
bosh
aylantirgudek
balandlikda osilib turgan qizg‘ish qoyalarda qadimgi shahaming
qudratli qal’alari qoldiqlarini ko ‘rish mumkin. Ular xuddi Shahri
Zaxxok (Zaxxokning shahri)ning qadimgi qal’asiga kirish yo ‘lini
qo‘riqlayotgandek tasavvur tug‘diradi. Firdavsiy o‘zining mashhur
dostoni bo‘lgan “Shohnoma”da haddan tashqari zolim siymosini
Zaxxok shaxsida tasvirlagan ediki, xalqni uning zulmidan temirchi
Kova qutqargan edi. Bomiyondan unchalik uzoq bo‘lmagan tog‘li
vodiyda rivoyatlarga qaraganda Kova yashagan va shuning uchun
ham hozirgacha bu yemi temirchilar vodiysi deb atashadi.
Pishgan g‘ishtdan barpo qilingan Zaxxok qo‘rg‘onining qudratli
devor qoldiqlarini hamon o‘zida saqlagan bo‘lib, ulaming balandligi
20 metrgacha yetadi. U deyarli qizg‘ish tog‘ cho‘qqilari bilan
qo‘shilib ketgan b o ‘lib, xalq orasida Qizil shahar deb nom olgan.
Taxmin qilishlaricha, bu shaharga eramizning birinchi asrlarida
(Kushonlar davrida) asos solingan. Arxeologlaming fikricha,
Bomiyonda barpo etilgan g‘orlardagi ibodatxona va Buddaning
haykallari Kushonlar davriga taalluqlidir.
Xitoylik rohib buddaviy Fa Shen Hindiston va Seylon bo ‘ylab
15 yil sayohat qilgandan keyin, 400-yilda karvonlaming biri
bilan Bomiyonga keladi va o ‘z kundalik daftarida quyidagilami
yozadi: “Bu mamlakatda toshga o ‘yib ishlangan, sadaqalar uchun
ko‘zlangan Buddaning kosasi bor. U yerda Buddaning tishi ham
bo ‘lib, uning uchun kishilar qadamjo barpo qilgandirlarki, unda
1000 dan ortiq rohiblar xizmat qiladilar... Bu mamlakat piyozshakl
tog‘lar о ‘rtasida joylashgan bo ‘lib, unda qor yozda ham, qishda ham
mavjud. U yerda zaharli ajdaholar ham borki, agar ulami bezovta
qilinsa, ular og‘izlaridan zaharli havoni puflab, qor bo ‘ronlarini,
qumli va toshli bulutlami yog‘diradilar va bunday xavf-xatarga
yo‘liqqan hech kim najot topa olmaydi” .
Bomiyon vodiysiga islom dini kirib kelgandan keyin qayta
qurilgan eski Bomiyon 1221-yilda Chingizxon qo‘shinining birin-
chi zarbalarini qabul qildi. Aytishlaricha, qal’aga hujum vaqtida
shafqatsiz istilochining yaxshi ko‘rgan nevarasi o‘ldirilgach, u
shaharda va uning atrofida bo‘lgan barcha tirik jonni yo‘q qilishga
buym q bergan. Ulug‘vor qal’a juda yaxshi himoyalangan bo ‘lib,
agar tasodif yordamga kelmaganida m o‘g ‘ul bosqinchilari uni
ololmas edilar. Aytishlaricha, Bomiyon hokimining qizi Lali Xo-
tunning xoinona sotqinligi bo‘lmasa, Bomiyon taslim bo‘lmas edi.
U o ‘z otasining ikkinchi marta uylanganligi uchun o‘ch olish niyatida
Bomiyonni suv bilan ta ’minlovchi soy yo ‘lini maxfiy ravishda
Chingizxonga m a’lum qilgan. Bomiyonni ishg‘ol qilib, barcha
aholini qilichdan o ‘tkazgan Chingizxon o ‘z otasiga xoinlik qilgani
uchun bu qizni ham qatl qilishga hukm chiqargan.
Eski shahar xarobalari tepasidan Bomiyon vodiysi kaftdek te-
kis ko‘rinadi. Qoyalardagi g‘orlardagi ibodatxona o ‘zining ko‘p
sonli bir-biriga tutashgan chuqurliklari bilan yaxshi ko‘rinadiki,
ulaming soni mingdan oshadi. Majmuani qoyatosh jinsiga ke-
sib ishlangan ikki bahaybat Buddaning 35 va 53 metrlik haykali
yakunlaydi. Bahaybat buddalardan eng qadimgisi Kichik Budda deb
ataladi. Uning pastida kvadrat shaklida g‘or bo ‘lib, ehtimol, ushbu
ibodatxonaga kirish qismini qo‘riqlovchi qorovulga m o‘ljallangan
bo‘lishi mumkin14.
Eramizdan oldingi II—
I asrlarda buddaviylik Afg‘oniston bilan
bir qatorda 0 ‘rta Osiyoga, Sharqiy Turkiston va Xitoyga kirib
14
Wahab, Sh.& Youngerman, B. A Brief History of Afghanistan. - New
York: Facts On File, 2007. - P. 48.
keldi. Buddaviylik ushbu mamlakatlaming mafkurasi, hayot tarzi,
maishiy va madaniy jihatlariga katta ta ’sir ko‘rsatdi. Tabiiyki,
buddaviylik madaniyati ham ular hisobiga boyib bordi. Jahonga
mashhur bo'lgan I-V III asrlar davomida Sharqiy Turkistonda barpo
etilgan g‘orlarda qurilgan ibodatxona majmuasi “Ming uy (Mingta
g‘or)” o ‘zida m e’morchilik, haykaltaroshlik va rassomchilik sin-
tezini ifodalab, hind, eron, xitoy va Sharqiy Turkiston san’atlari
bir-birini boyitganligini ko ‘rsatadi.
Kushonlar davriga oid Surxko‘tal diniy kompleksida o'tkazilgan
qazishmalar fanga katta yangiliklar olib kirdi. Ikkinchi Jahon Uru
sh i dan keyingi yillarda amerikalik va fransiyaliklar ekspeditsiyasi
tomonidan Afg'oniston janubidagi ibtidoiy jam oa davri yodgor-
liklarini o'rganish boshlandi.
В agramdagi qazishmalar natij asida yuksak badiiy mahorat bilan
yasalgan bir qancha buyumlar topildi. Bundan tashqari Qunduzdagi
buddaviylik monastiri, Kobul yaqinidagi Xayr-xona braxmanlar
ibodatxonasi, Bagramdan uncha uzoq bo'lm agan Shotarak manzil
gohi va Fundukistondagi monastirda olib borilgan qazishma ishlari
natijasida qadimgi Afg'oniston tarixiga oid ko'plab m a’lumotlar
oydinlashdi. Bu ishlar vaqtida mashhur rassomlik, haykaltarosh
lik va arxitektura yodgorliklari sinchiklab o'rganildi hamda o'nlab
yodgorliklar ochildi, ulaming ko'pchiligi hozirda Kobul tarixiy
muzeyida saqlanmoqda.
Milodiy III asrda Kushonlar hukmronligi davrida Afg'oniston
hududiga yana bir diniy qarash - moniylik dini tarqaldi. Bu dinning
yetakchisi Moniy (217—275-yillar yashagan) o'zini payg'am bar deb
e ’lon qildi. M a’lumotlarga ko'ra, bu din Afg'onistonning markaziy
qismi bo'lgan Bomiyonda rivojlangan. Moniylik dini butun qadim
gi dunyoda ko'plab kuchli tarafdorlariga ega bo'lib, u xristianlik,
jaynizm, buddaviylik va zardushtiylik elementlarini o 'z ichiga ola
di. Bu din keyinchalik Afg'onistonda islom dinining tarqalishi bilan
o'z ta’sirini yo'qotdi.
Ushbu davr tarixini o'rganish bo'yicha bir qator qadimshunos
olimlar yetakchiligidagi ilmiy ekspeditsiyalar Afg'onistonda
muvaffaqiyatli izlanishlar olib bordilar. Jumladan, 1957-yilda
Gardin tomonidan Balxda, 1946-yilda Girshman tomonidan
Bagramda olib borilgan tadqiqotlar alohida ahamiyatga ega
bo‘ldi. Kuvayamaning 1974, 1991-yillarda Bagramda olib borgan
tadqiqotlari, Misunoning 1968-yilda D o‘rmontepada, 1970-yilda
Chakalaktepada olib borgan tadqiqotlari, Bemardning 1964-yilda,
Fussmanning 1990-yilda Qo‘hna Masjidda olib borgan tadqiqotlari
natijasida Baqtriyaning Kushon davriga oid yodgorliklari tadqiq
qilindi. D.Shlyum berje (1945-64) va P.Bernar (1964-1978)
rahbarliklaridagi ekspeditsiyalar tomonidan Oyxonim yodgorligi
xarobalaridan ellin madaniyatiga doir shahar qoldiqlarining topili-
shi alohida ahamiyatga egadir.
Kobul Yunon-baqtra hukmronligi davri, ayniqsa Kushonlar
hukmronligi davrida oriylaming siyosiy-madaniy va diniy hayotida
muhim rol o‘ynagan. Hindikushdan janubda (Paropamis) Sind
daryosi qirg‘og‘igacha bo‘lgan katta hududni egallagan Gandxara
sivilizatsion-madaniy havzasi buddaviylik davri madaniyati va
san’atiga katta hissa qo‘shgan. Uning muhim markazlaridan biri,
shubhasiz, o‘zining 3 mingyillik tarixidan hikoya qiluvchi ko‘plab
madaniy va tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan Kobul shahri
bo ‘lgan.
Ushbu davrda hozirgi Afg‘oniston hududida bir qator tillar
muomalada bo ‘lganligini ko ‘rishimiz mumkin. Bunday tillar
orasidan Baqtriya tili alohida e ’tibomi talab qiladi. Baqtriya tili
Shimoliy A fg‘onistonning 0 ‘rta eron tillari guruhiga kiruvchi til
sifatida m a’lum edi. Bu til Kushon davlati hukmdori Kanishka
davridan Arablar bosqiniga qadar bo‘lgan uzoq davrgacha asosiy
mahalliy til edi. XX asming ikkinchi yarmida Baqtriya tili haqidagi
asosiy manbalar - bizgacha yetib kelgan tangalar va muhrlar
ustidagi afsonalar hisoblanar va ularda faqatgina hukmdorlaming
nomlari zikr etilgan edi. 0 ‘z navbatida, Baqtriya kursiv yozuvidagi
bu m a’lumotlami qiyoslab o‘rganish uchun qo‘shimcha manbalar
ham yetarli emas edi. XXI asrga qadar topib o ‘rganilgan bu tildagi
yodgorliklar quyidagilar:
- Afg ‘ onistondan topilgan ikkinchi Kushon shohi Vima Taktoga
tegishli maxsus Dasht-e-Navur yozuvi;
-ja n u b iy 0 ‘zbekistonda Termiz yaqinidan topilgan Huvishka
davriga tegishli Ayritom yozuvi;
- 1905-yilda A.Fon Le-Кок tomonidan Sharqiy Turkiston-
ning Turfon vodiysida Tuyoq daryosi vohasidagi ibodatxona
xarobalaridan topilgan qog‘oz, beresta va palma barglariga yozilgan
manixey, xristian va budda qo‘lyozmalari;
-jan u b iy 0 ‘zbekistondagi Qoratepa budda monastiri devoridagi
baqtriya kursiv yozuvi;
- shoh Kanishka va uning vorislariga tegishli muhr hamda
tangalar;
- Sharqiy Turkistondagi Lou-Lan xarobalaridan topilgan va
F.Tomas tomonidan nashr qilingan “London fragmenti”;
- 1952-yilda Shimoliy A fg‘onistondan topilgan ilk Kushon
davriga oid Delbarjin yozuvi;
- 1957-yili fransuz arxeologlari tomonidan B ag‘lon yaqinidagi
Surh K o‘tal yodgorligidan topilgan baqtriya yozuvi. Ushbu topilma
bu boradagi ilmiy ishlaming rivojlanishi uchun yangi yo‘l ochdi.
Topilgan yozuv haqidagi ilk maqola 1957-yili “Kushonlar im
periyasi va Kanishka” nomi ostida Andre Marik tomonidan nashr
qilingan. Topilma mazmunini o ‘rgangan lingvist olim V.B.Xenning
maTumotlariga ko‘ra, bu matn Kanishka davrining 30-yilida,
aniqrog‘i, uning vorisi Huvishka (II asr boshlarida) hukmronligi
davrida Nukunzuk ismli yuqori mansabdor tomonidan qazdirilgan
bir quduq va uning qurilishiga oid maTumotlardan iborat. Bu
tarjimalaming to ‘g ‘riligini esa arxeologik topilmalar isbotlagan.
Bu kashfiyotdan qirq yil o‘tib, Surh K o‘taldagi baqtriya yozuvi
Baqtriya tarixini o‘rganish borasidagi eng muhim manba bo ‘lib
qolaverdi. Qo‘shimcha yozuvlar topildi, ammo ular baqtriya tili
borasidagi maTumotlarga keng va aniq darajadagi hissa qo‘shmadi.
1993-yilda kashf qilingan hamda 1995-1996-yillarda Jo Gribb
va Nikolas Sims Vilyams tomonidan o ‘rganilib, ommaga e’lon
qilingan ravatak yozuvi. Baqtriya tili va yunon yozuvi (yunon-
boxtar) asosidagi bu yodgorlik Doro I buyrug‘iga binoan yaratilgan
Behistun bitiklariga o ‘xshab ketadi, unda Kanishka va undan ol-
dingi davming ayrim voqealari tasvirlagan. Bundan tashqari, ushbu
topilmada ikki shoh - Kanishkaning ilgari nom a’lum bo‘lgan bo-
bosi va Vima Takto haqida m a’lumot topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |