81
Arnold, A. Afghanistan: The Soviet Invasion in Perspective. - Stanford:
Hoover Institution Press, 1981. -P. 68.
bo'ylab 6 gektar (ga)dan ortiq yeri bo'lgan zamindorlaming yeri
tortib olindi va yersizlarga 1 ga hajmda taqsimlab berildi. Natijada
300 ming nafarga yaqin yersiz kambag‘allar yer bilan ta ’minlandi.
Biroq, hukumat yangi yer olganlami kredit, texnika, ekiladigan
urug‘lik, o‘g ‘it va eng asosiysi, suv bilan ta ’minlay olmadi.
Oqibatda hukumat ko'zlagan maqsadiga yeta olmadi va yer islohoti
barbod b o ‘ldi. AXDP hukumati islom dini ruhoniylariga ham qarshi
targ'ibot-tashviqot kampaniyasini boshlab yubordi va bunday salbiy
harakat diniy qadriyatlar kuchli bo'lgan afg‘on jamiyatida partiyaga
nisbatan norozilikning shakllanishiga sabab bo'ldi. Tashqi siyosat
masalasida ADR hukumati Sovet Ittifoqi bilan yanada yaqinlashish
yo'lidan bordi hamda ikki tomonlama munosabatlar qardoshlik va
inqilobiy hamjihatlik ruhida olib borilishini e ’lon qildi.
1978-yil iyulida Afg'oniston Sovet Ittifoqidan 250 mln. AQSH
dollari miqdorida harbiy texnika va qurol-aslaha sotib olish bo‘yicha
kelishuvni imzoladi. Shu vaqtdan boshlab Afg'onistonda ko'plab
sovet harbiy mutaxassis va maslahatchilari faoliyat yurita boshladi.
1979-yil aprelida ulaming soni ming nafardan oshib ketdi.
Savr inqilobidan so'ng Afg'onistonning Bolgariya, Germaniya
Demokratik Respublikasi, Chexoslovakiya, Polsha, Vengriya,
Mongoliya, Kuba va Vetnam kabi sotsialistik blokdagi davlatlar
bilan aloqalari rivojlanib bordi. Bunga teskari ravishda Saudiya
Arabistoni, Misr, Eron va Pokiston bilan esa munosabatlar salbiy
tus ola boshladi va mazkur davlatlar Savr inqilobini “islom diniga
tahdid” va “g'ayriislomiy kommunistik g'oya ta ’sirining oshishi”
sifatida kutib oldilar.
Bu vaqtga kelib xalqaro vaziyat ham murakkablashib borayot-
gan edi. Xususan, Ikkinchi jahon umshidan keyingi o 'n yilliklar
davomida jahondagi geostrategik raqobatda Buyuk Britaniya о 'm ini
Amerika Qo'shm a Shtatlari egallay boshladi. Bir tomondan Sovet
Ittifoqi, ikkinchi tomondan AQSH ikki qutbli dunyodagi qarama-
qarshilik taraflari sifatida jahonning eng muhim mintaqalaridan
bir-birini siqib chiqarish va o'sha joylarda o 'z ta ’sirini o'm atishga
harakat qildilar. Tabiiyki, bu ziddiyat Yaqin va O 'rta Sharqning ug-
levodorodli xomashyoga boy va strategik jihatdan muhim hududla
rini, shuningdek, ularga qo‘shni mintaqalami ham chetlab o‘tmadi.
1970-yillar so‘nggidan 1990-yillar boshiga qadar Afg‘oniston
uchun olib borilgan kurash XIX asrdan buy on davom etib kelayotgan
“Katta o ‘yin” siyosatining navbatdagi bosqichi bo ‘ldi. A fg‘oniston
uchun kurashga ikkala blok ham juda katta resurslami safarbar etdi.
J.Karter rahbarligidagi AQSH hukumati Afg‘onistondagi 1978-
yil aprel inqilobini “dunyodagi xavfsizlikka nisbatan x av f ’ deya
baholadi. Shunday bo‘lsa-da, dastlabki bosqichda AQSH ADR
bilan munosabatlami buzmaslikka va muayyan darajada hamkorlik
qilishga intildi. Biroq, AQSH A fg‘onistonda ADR hukumatiga
qarshi tobora kuchayib borayotgan muxolifat kuchlami yashirin
tarzda qo‘llab-quvvatlashni boshlab yubordi.
1979-yilning fevralida Kobulda noma’lum sabablarga ko‘ra
AQSHning Afg‘onistondagi elchisi A.Dabs o‘ldirildi. Mazkur
voqeadan so ‘ ng rasmiy Vashington va ADR о ‘ rtasidagi munosabatlar
salbiy tomonga o ‘zgara boshladi. AQSHning Afg‘onistonga
nisbatan strategiyasini butkul o ‘zgartirish tashabbuskori Prezident
J.Karteming milliy xavfsizlik masalalari bo ‘yicha maslahatchisi
Z.Bjezinskiy edi.
1978-yilgi aprel to‘ntarishidan so‘ng mamlakatda AXDPdan
boshqa siyosiy partiyalaming faoliyati taqiqlangan bo‘lsa-da, AXDP
saflarida ham yakdillik yo ‘q edi va mazkur partiya yetakchiligidagi
hukumat ham barqaror emas edi.
1978-yil iyunida ro‘y bergan bo‘linish natijasida hukumatni
“Xalq” oqimi vakillari to ‘la egallashdi va “Parcham” oqimi
yetakchilaridan ba’zilari chet mamlakatlarga diplomatik vazifalarga
tayinlanishi orqali ular davlat boshqaruvidan chetlatilgan bo‘lsa,
b a’zilari esa jismonan yo ‘q qilindi.
AXDPning oliy rahbariyatida hokimiyat uchun kurash avj olib,
1979-yil sentabr-oktabr oylarida ro ‘y bergan hukumat inqirozi
“Xalq” oqimi orasida ham yakdillik yo ‘ qligini ко ‘rsatib berdi. 1979-
yil 16-sentabrda amalga oshirilgan to ‘ntarish natijasida hukumat
rahbari va “Xalq” oqimi yetakchisi N.M.Tarakiyning o ‘rinbosari
b o ‘lib kelgan Hafizulla Amin hokimiyatni to‘la egalladi. Shuning
dek, ADR Inqilobiy Kengashining raisi N.M.Tarakiy “inqilobga
qilgan xoinligi uchun” H.Am in tom onidan hibsga olinadi va
8-oktabr kuni o ‘ldirildi.
Ichki vazivatning keskinlashuvi va Sovet Ittifoqi qo‘shinlarining
Afg‘onistonga kiritilishi. AXDP hokimiyatda bo‘lgan davr diniy
ulamolar faoliyati cheklanishi, diniy qadamjo va markazlar
faoliyati to‘xtatilishi va davlat tomonidan islom diniga qarshi
ateistik siyosat yuritilishi bilan xarakterlidir. Yangi hukumatning
islohotlar o‘tkazishdagi shoshma-shosharligi va qo‘pol xatolari,
savodsiz xalq orasida islohotlaming ahamiyati to ‘g ‘risida tushun-
tirish ishlari olib borilmaganligi hamda aholi orasida hali-hamon
kuchli ta ’sirga ega din ulamolariga nisbatan tazyiq va qatag‘onlar
din ulamolarining xalqni hukumat siyosatiga qarshi qayrashiga va
ommaviy noroziliklar boshlanishiga olib keldi. Shunday vaziyatda
diniy ulamolaming “Islom xavf ostida!” chaqirig‘i bilan afg‘on
xalqining keskin noroziligi ko‘tarildi va “jihod” (muqaddas urush)
e ’lon qilinib, din yo ‘lida kurashuvchilar mujohidlar deb atala
boshlandi.
1978-yil may oyidan boshlab “mujohidlar” - din uchun
kurashuvchilar, islom himoyachilari mavjud kommunistik rejimga
qarshi kurashni boshladilar. 1978-yilning yozi o ‘rtalaridan boshlab
afg‘on viloyatlaridan biri Nuristonda markaziy hukumatga qarshi
birinchi qurolli qo‘zg‘olon alanga oldi va ushbu harakat shu yil-
ning oktabriga kelib shafqatsiz ravishda bostirildi. Biroq,
Nuristondagi xalq harakati butunlay to ‘xtab qolmadi. 1979-yil
bahoridan yangi kuch bilan qayta boshlangan ushbu xalq harakati
natijasida qo‘zg‘olonchilar tomonidan “Ozod Nuriston” tuzilganligi
e ’lon qilindi. 1979-yilning mart oyida Hirotda boshlangan xalq
qo‘zg‘olonidan so‘ng, norozilik harakatlari shu yilning aprel-may
oylarida Bag‘lon, Uruzgon, Faroh, Bodg‘is, G ‘ur va Lugar kabi
viloyatlariga ham tarqaldi82.
Do'stlaringiz bilan baham: |