A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


partiyadan xoli bo‘lgan hukumat a’zolarini boshqaruvdan



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R


partiyadan xoli bo‘lgan hukumat a’zolarini boshqaruvdan 
chetlashtirdi. Bunday holat mamlakatda siyosiy inqirozning yanada 
chuqurlashuviga olib keldi. Sovet qo‘shinlari olib chiqilgan bo‘lsa- 
da, mujohidlar qarshilikni to‘xtatmadilar. Endilikda ular Najibullo 
hukumatini ag‘darish payiga tushdilar.
1989-yilning may oyida qo‘shni Pokiston tomonidan Jalolobod 
shahriga o‘n minglab qurollangan mujohidlar guruhi hujum qila 
boshladi. Garchi mujohidlaming hujumi shiddatli bo‘lsa-da, 
hukumat qo‘shinlari ushbu hujumni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi.
Jalolobod jangi butun mamlakatni titratib yubordi. Bu vaqtda 
hukumat qo‘shinlari harbiy qurollanish jihatidan mujohidlardan 
ustun turar edi. Chunki Sovet qo‘shinlari o‘zining barcha harbiy 
texnikasi va qurol-aslahalarini hukumat harbiylari ixtiyoriga top- 
shirib ketgan edi. Afg‘on armiyasining havodan va quruqlikdan 
uyushtirgan shiddatli hujumlari mujohidlami qiyin ahvolga so- 
lib qo‘ydi. Mazkur operatsiya davomida mujohidlar qo‘shinlari 
ikki tarafdan o‘rab olinib, chekinishga majbur qilindi. Hukumat 
qo‘shinlari Bagram aviabazasida joylashtirilgan havo kuchlari 
yordamida hujumga o‘tdilar va mujohidlar armiyasiga havodan 
kuchli zarbalar berdi. Hukumat qo‘shinlarining bunday kuchga 
ega ekanligi mujohidlaming hatto, tushiga ham kirmagan edi. 
Shundan so‘ng mujohidlar katta talafotlar ko‘rib, chekinishga 
majbur bo‘ldilar. Hukumat qo‘shinlari aytarlicha zarar ko‘rmadi. 
Shundan so‘ng xalqning katta qismi Najibullo qo‘shinlariga ishona 
boshlaydi. Chunki afg‘on armiyasi ilk marta mamlakatni Sovet


qo‘shinlarisiz o‘zi himoya qildi. Shu sababli xalqda hukumat 
o‘zini-o‘zi himoya qila oladi, degan fikr paydo bo‘ldi. Bu albatta, 
Najibullo hukumatining g‘alabasi edi. Bu voqeadan so‘ng Najibullo 
hukumatni isloh qilishga kirishdi.
Mamlakat siyosatini liberallashtirish ishlari jadal ravishda 
davom etib bordi. Ko‘plab jamoat tashkilotlariga siyosiy erkinliklar 
berildi, joylardagi mahalliy hukumat vakolatlari kengaytirildi.
1989-yilda mamlakatda birinchi mustaqil, nodavlat tashkiloti 
tuzildi. Shu yilning 20-sentabrida Kobulda “Afg‘onistonni qutqarish 
milliy jamiyati” tashkil etildi. Bu jamiyat a’zolari mamlakatning 
barcha sohalarini erkinlashtirish yo‘lidan borib, birinchi navbatda 
erkin saylov tizimini joriy etishni talab qildilar.
1960-yillarda Afg‘oniston Adliya vaziri bo‘lgan Muhammad 
Asqar mamlakatning eski siyosiy elitalarini birlashtirdi. M.Asqar 
tashkil etgan jamiyat Kobul hukumatini yoqtirmas edi. Shaxsan 
M.Asqaming o‘zi jumalistlarga bergan intervyularidan birida 
Najibulloni diktator deb atadi. Najibulloning siyosiy tizimini 
Muhammad Doud rejimi bilan tenglashtirdi va hali hanuz mamlakat 
kommunistik mafkura yo‘lidan borib, sotsializmga xos bo‘lgan jami­
yat yaratmoqda, deya Najibullo hukumatini aybladi. M.Asqaming 
asl maqsadi AXDPni mamlakat siyosatidan chetlashtirish bo‘lib, 
u bu yo‘lda Najibullo hukumatini obro‘sizlantirish usulidan bordi. 
Ammo AXDPning katta siyosiy hokimiyatga ega ekanligi bunga 
imkon bermadi.
Yangi siyosiy rejim yaratish yo‘lidan borayotgan Najibullo 
hukumati mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish ishlarini boshlab 
yubordi. Yangi yer islohoti o‘tkazilib, ADR hukumati tomonidan 
tortib olingan yerlar egalariga qaytarildi. Ommaviy ravishda davlat 
yerlari xususiy qilib berila boshladi. Xususiy xo‘jalikni rivojlantirish 
ishlari boshlandi. Najibullo hukumati xo‘jalik yuritishning oldingi 
tartiblarini bekor qilib yangi sivilizatsiyalashgan xo‘jalik yaratish 
yo‘lidan bordi.
1989-yilning avgust oyida Kobulda hukumatga qarshi 
qo‘zg‘olonlar boshlandi. Qo‘zg‘olonchilar orasida davlatga qarshi


chiqqan jangari kuchlar va harbiylar bor edi. Shu yilning oxirida 
100 dan ortiq davlatga qarshi chiqqan shaxslar qamoqqa olindi. 
Bular orasida yuqori lavozimdagi armiya generallari ham bor edi. 
Qo‘zg‘olonchilar orasida “Xalq” oqimi a’zosi bo‘lmish mudofaa 
vaziri general Shohnavoz Tanay ham bor edi. Shohnavoz Tanay 
mudofaa vazirligi generallarini ozod qilish haqida fikr bildirdi va 
mamlakat mudofaa vazirligi Prezidentga generallami ozod qilish 
talabini qo‘ydi. Najibullo qo‘zg‘olon ishtirokchisi bo‘lmish 4 nafar 
generalni ozod etgan bo‘lsa-da, mudofaa vazirligi va Prezident 
o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik yo‘qolmadi.
1990-yilning 6-martida Shohnavoz Tanay AXDPning “Xalq” 
oqimi tarafdorlarini Naj ibulloga qarshi qurolli qo ‘ zg ‘ olonga chaqirdi. 
Shu kuni ertalab u bir guruh ofitserlar va kuchli himoyachilar bilan 
Kobuldan 50 km shimolda joylashgan Bagram aerodromiga yetib 
keldi. Uning tarafida afg‘on armiyasining 15 tank brigadasi hamda 
40-diviziyasi bor edi.
General Shohnavoz Tanay shaxsan Kobulga shturmlar bilan 
zarba berish to‘g‘risida buyruq berdi. Buning oldini olish maqsadida 
Najibullo zudlik bilan butun harbiy kuchlami Shohnavoz Tanay 
boshchiligidagi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinayotgan 
kuchlaming qarshiligini sindirish uchun safarbar etdi. Najibullo 
Bagram aerodromini bombardimon qilishga buyruq berdi. 
Najibullo bu haqda keyinroq shunday deydi: “Men shu tariqa 
Bagramni bombardimon qildim, hattoki o‘zim uchun zararli bo‘Isa 
ham”. Ushbu operatsiya chog‘ida Uragan nomli qiruvchi samolyot 
qo‘zg‘olonchilami tashvishga solib qo‘ydi. Shundan so‘ng chorasiz 
qolgan Shohnavoz Tanay va uning safdoshlari 7-mart kuni Bagram 
aerodromidan uchib ketdi va Pokistonga borib qo‘ndi. Shu tariqa 
Shohnavoz Tanay boshchiligida davlat to‘ntarishini amalga oshirish 
muvaffaqiyatsiz tugadi hamda 1990-yil martidan boshlab Bagram 
aerodromi hukumat qo‘shinlari nazorati ostiga o‘tdi.
Mazkur davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish yangidan 
“Vatan” partiyasi nomi bilan faoliyat yuritayotgan sobiq AXDPning 
siyosiy sustligi va hukumatning Shohnavoz Tanay yetakchiligidagi


qo‘zg‘olonchilarga yetarlicha baho bermaganligi bilan xarakter- 
lidir. Qo‘zg‘olonchilaming harakati hukumatni ancha shoshirib 
qo‘ydi. Qo‘zg‘olon aslida Kobul rejimini ag‘darishga qaratilgan 
boMib, afg‘on armiyasi zobitlari guruhi hukumatga ishonchsizlik 
bildirdi va “Xalq” oqimi tarafdorlariga qo‘shilib ketdi.
1990-yil mart voqealari Afg‘oniston siyosiy sahnasida hamon 
yakdillik yo‘qligini, xususan AXDP saflarida bo‘linish yaqqol 
namoyon bo‘lib turganligini ko‘rsatib berdi. Bu AXDPning “Xalq” 
oqimi hukumatga qarshi radikal kayfiyatda ekanligining, mamlakat 
rahbari va AXDPning “Parcham” oqimi yetakchisi Muhammad 
Najibullo esa AXDP saflaridagi kelishmovchiliklami hal etishda 
faqat “Parcham” oqimiga tayanganligi va undan foydalanmoqchi 
bo‘lganligining natijasidir.
1990-yilda Kobulda AXDP o‘miga “Vatan” partiyasi tuzildi. Bu 
Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish