80
Wahab, Sh.& Youngerman, B. A Brief History o f Afghanistan. - New
York: Facts On File, 2007. - P. 130.
boshlandi. Pokiston tomoni ushbu g‘alayonlarda rasmiy Kobul
ning qo‘li borligini bildirib, A fg‘onistonni Pokiston ichki ishlariga
aralashishda aybladi. Muhammad Dovud Pokistonning yuqoridagi
kabi ayblovlariga keskin javob berib, Pokiston hududidagi Shimoliy-
g‘arbiy chegara provinsiyasi aslida Afg‘onistonning tarixiy hududi
ekanligini, inglizlar bosqini davrida afg‘on davlatiga majburan
imzolatilgan noteng shartnoma (Dyurand bitimi) natijasida ush
bu hududlar Pokiston davlatiga o ‘tib qolganligini ta’kidladi.
1976-yildan boshlab Afg‘oniston va Pokiston munosabatlarida bi-
roz yumshash alomatlari ko‘zga tashlana boshladi. Bunda, albatta,
vositachi sifatida rol o ‘ynagan Eron va Turkiyaning xizmatlari bor.
1976-yil iyunda Pokiston bosh vaziri Zulfiqor Ali Bxutto
rasmiy tashrif bilan Kobulga keldi. Muzokaralar chog‘ida ikkala to-
mon mavjud muammolami muzokaralar orqali bartaraf etishga keli-
shib oldilar. 1976-yil avgustda Muhammad Dovud rasmiy tashrif
bilan Pokistonga bordi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki oy avval
Kobulda kelishilgan masalalarga rioya qilishlarini m a’lum qildilar.
1977-yil iyunida Pokiston bosh vaziri Zulfiqor Ali Bxutto yana
A fg‘onistonda b o ‘ldi. 0 ‘z navbatida Muhammad Dovud 1978-yil-
ning martida yana bir bor Pokistonga tashrif buyurdi.
1978-vil aprel inqilobi va A fg‘oniston Demokratik Res-
publikasining vujudga kelishi. XX asming 70-yillari ikkinchi
yarmiga kelib A fg‘onistonda turli ijtimoiy harakatlar va siyosiy
guruhlaming faoliyati yana jonlana boshladi. Ushbu guruhlaming
tashkillashtirilishi va moliyalashtirilishida Eron, Saudiya Arabistoni
kabi Pokiston ham asosiy rol o ‘ynadi. Bu davrda A fg‘oniston siyosiy
sahnasida yetakchi muxolifat tashkiloti sifatida shubhasiz AXDPni
ko‘rsatib o ‘tish mumkin. Ikki oqimga bo ‘lingan partiya Muhammad
Dovud hukmronligi davrida o ‘z imkoniyatlarini birlashtirish va
umumiy ravishda mavjud tuzumga qarshi faol kurash olib borish
yo‘lini tanladilar. Jumladan, AXDP yetakchilari sekin-asta afg‘on
armiyasi saflariga kirib borib, o‘rta va quyi darajadagi zobitlami
o‘z g‘oyalari bilan yaqindan tanishtira bordilar. Biroq, AXDPning
ko‘plab sa’y-harakatlariga qaramasdan Muhammad Dovud rejimi
o ‘z muxoliflariga qarshi murosasiz bo‘lib keldi.
Afg‘onistonda Muhammad Dovud boshqaruviga barham ber-
gan inqilobning boshlanish
nuqtasi sifatida 1978-yil 17-
aprelida AXDP faollaridan
biri Mir Akbar Xaybaming
noma’lum sabablarga ko‘ra
o‘ldirilishi va 19-aprelda
uni dafn etish marosimining
katta norozilik chiqishiga
aylanib ketganligini olish
mumkin.
Mazkur noro
zilik
harakatiga
AXDP
yetakchilari boshchilik qiladilar va bunday yirik xalq harakatidan
cho‘chib ketgan Muhammad Dovud norozilik harakati yetakchilari
AXDP rahbariyatini qamoqqa olishga buyruq berdi.
1978-yil 26-aprelida AXDPning yetti nafar yetakchi rahbarlari,
shu jumladan, N.M.Tarakiy va B.Karmal qamoqqa olindi. Uy
qamog‘ida saqlanishi lozim bo‘lgan partiyaning yana bir yetakchisi
Hafizulla Amin o‘z o ‘g‘li orqali afg‘on armiyasidagi AXDPga
sodiq zobitlarga qurolli qo‘zg‘olonni boshlash rejasini yetkazdi.
Mazkur reja hukumat tomonidan partiya yetakchilariga qilinadigan
har qanday tajovuzli (favqulodda) holatlarda harakat qilish
uchun Hafizulla Amin tomonidan ishlab chiqilgan hamda partiya
rahbariyati tomonidan m a’qullangan edi.
1978-yil 27-aprelida afg‘on armiyasining AXDPga sodiq
zobitlari o ‘z harbiy qismlari bilan prezident saroyini shturm qilish-
ni boshladi. Mazkur davlat to‘ntarishiga afg‘on armiyasi zobitlari
- podpolkovnik Abdul Qodir va kapitan Aslam Vatanjar bosh
chilik qilishdi. Bu paytda Muhammad Dovud hukumat a ’zolari
bilan yig‘ilish o ‘tkazayotgan edi va nima bo‘layotganligini anglab
yetmaydi. Muhammad Dovud soqchilari bilan bo‘lgan qisqa
to‘qnashuvdan keyin prezident saroyi egallandi va to ‘qnashuvda
Muhammad Dovud hamda oila a ’zolari o ‘ldirildi. Shu kuni kechki
paytga qadar poytaxtning barcha strategik nuqtalari inqilobchilar
qo‘liga o‘tdi hamda AXDP yetakchilari qamoqdan ozod etildi.
Hukumat Nur Muhammad Tarakiy boshchiligidagi Inqilobiy
Kengash qo‘liga o‘tdi. Uning o‘rinbosari sifatida Babrak Karmal,
to‘ntarishning faol ishtirokchilari - Abdul Qodir
mudofaa vaziri,
Hafizulla Amin - tashqi ishlar vaziri, Aslam Vatanjar - aloqa vaziri
lavozimlariga tayinlandi.
Shu tariqa 70-yillar davomida Afg‘oniston ichki siyosatidagi
xatolar 1978-yili 27-aprel kuni navbatdagi davlat to‘ntarishining
amalga oshirilishiga olib keldi. Mazkur to‘ntarish Afg‘oniston
tarixida “Savr inqilobi” nomini oldi. “Savr” - A fg‘onistonda qabul
qilingan hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha 22-apreldan 21-maygacha
boMgan davmi o ‘z ichiga oladi va shu sabab oy nomiga bog‘liq
holda mazkur harbiy to‘ntarish “Savr inqilobi” deyiladi. Sovet It
tifoqi tomonidan “Aprel inqilobi” deb talqin etilgan mazkur qurolli
to‘ntarishni Afg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi amalga oshirdi.
Bu to‘ntarishdan keyin mamlakatning rasmiy nomi Afg‘oniston
Demokratik Respublikasi (ADR) deb o ‘zgartirildi. Yangi hukumat
mamlakatda Sovet Ittifoqi manfaatlariga mos boMgan sotsialistik
jamiyat qurish dasturini eMon qildi. Sovet Ittifoqi Afg‘oniston yangi
hukumatini 30-apreldayoq tan oldi. Afg‘on inqilobi haqida xabarlar
tarqalganidan so‘ng, Farblik siyosatchilar ushbu to‘ntarishning
tashabbuskori sifatida rasmiy Moskvani hisoblay boshlaydilar81.
Ular Sovet Ittifoqini ushbu voqealami tayyorlashda va bevosita
ishtirok etishda ayblashdi. 1978-yilning 9-mayida “Afg‘oniston
Demokratik Respublikasi hukumatining asosiy inqilobiy vazifalari”
deb ataluvchi mamlakat hayotini keskin o‘zgartirishga qaratilgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi qabul qilindi.
1978-yilning noyabridan boshlab yangi hukumat zudlik
bilan butun Afg‘oniston bo‘ylab qishloq xo‘jaligida foydalanilib
kelinayotgan yerlami musodara qilish va kambag‘al hamda
yersizlarga boMib berish siyosatini boshlab yubordi. Butun mamlakat
Do'stlaringiz bilan baham: |