Shu bilan birga, amir Abdurahmon inglizlaming A fg‘oniston
uchun og‘ir b o ‘lgan bir qator shartlarini qabul qildi. Jumladan,
Gandamak shartnomasida bo‘lganidek, yana A fg‘oniston tashqi
dunyodan uzib qo‘yildi va mustaqil
tashqi siyosat yurgizishdan
mahrum qilindi. A fg‘onistonning tashqi dunyo va boshqa davlatlar
bilan bo‘ladigan diplomatik aloqalari Hindistondagi Britaniya
m a’muriyati orqali olib borilishi lozim edi. Shuningdek, amir
Abdurahmon bir qator hududlar (Kurram, Pishin va Sibi)ning inglizlar
qo‘l ostiga o ‘tganligini tan oldi hamda Xaybar va shu kabi bir qator
muhim tog‘li dovonlami inglizlar nazoratiga berilishiga rozi bo‘ldi53.
Inglizlar yuqoridagi shartlari qatorida yana Afg‘onistondagi
ingliz qo‘shinining mamlakatdan xavfsiz chiqib ketishini ta’minlab
berish masalasini ham Abdurahmonxon oldiga qo‘ydilar va bu
bilan afg‘on xalqidan yana imkoni boricha qasos olishga urindilar.
Mustamlakachilaming maqsadi
mamlakat janubidagi muhim
strategik shahar - Qandahomi afg‘on davlatidan ajratib olish va o‘z
mulklariga aylantirish edi.
Afg‘onistonni parchalash b o ‘yicha siyosatiga sobiq amir
Yoqubxonning vorisi Ayubxon qarshi chiqdi va Qandahomi
mustamlakachilardan qaytarib olish bo ‘yicha muqaddas umsh e ’lon
qildi. 0 ‘sha paytda Hirotni egallab turgan Ayubxon Qandahorga
yurish boshladi. 1880-yilning 27-iyulida Ayubxon yetakchiligidagi
afg‘on jangchilari hamda general Berrouz
boshchiligidagi ingliz
armiyasi o ‘rtasida Qandahordan 55 kilometr uzoqlikdagi Mayvand
qishlog‘i yaqinida hal qiluvchi jang bo ‘lib o‘tdi. Jangda mardlarcha
kurashgan afg‘onlar uyushgan ingliz armiyasini m ag‘lub etdi va
inglizlaming qolgan qutgan qismi Qandahorga chekinishga majbur
b o ‘ldi. Mayvand jangi inglizlaming “afg‘onlar faqat partizanlik
urushi olib bora oladi va hech qachon dushman bilan ochiq jang
maydonida jang qilishga yuragi dov bermaydi”,
degan gapiga mu-
nosib javob bo‘ldi.
Mayvand jangidagi m ag‘lubiyatdan so‘ng sarosimaga tushgan
inglizlar Qandahordagi ingliz gamizoniga yordam berish uchun
shoshilinch choralami ko‘rdilar va Kobuldan general F.Roberts
boshchiligidagi kuchli ingliz qo‘shini qisqa muddatda Qandahorga
yetib keldi. Ayubxonning Qandahomi qamal qilish bo ‘yicha sa’y-
harakatlari naf bermadi. Chunki uning qo‘shini
saflari Mayvand
jangida berilgan qurbonlar tufayli siyraklashgan va aksincha,
inglizlaming mavqei esa yangi kuchlar evaziga birmuncha
kuchaygan edi. Qandahor qamali hech bir samara bermagach,
Ayubxon o ‘z qo‘shini bilan Hirotga
qaytadi va Hirot xalqi uni
dushmanni m ag‘lub etgan g‘olib hukmdor sifatida qarshi oldi.
Inglizlaming qanday bo‘lmasin Qandahomi o ‘z nazoratlarida
tutib turish bo‘yicha harakatlari samarasiz tugadi va bu harakat
katta mablag‘ hamda qurbonlami talab qilar edi. Shu sababli,
ingliz hukumati Qandahor shahri
va uning atrofini ham amir
Abdurahmonga topshirishga qaror qildi.
1881-yilning aprelida butun ingliz gamizoni Qandahor
shahridan olib chiqib ketildi va shahar amir Abdurahmonning
vakillariga topshirildi. Shu tariqa ikki yarim yildan ortiq vaqt
mobaynida davom etgan ikkinchi ingliz-afg‘on umshi tugadi. Bu
safar ham afg‘on zaminiga bostirib kirgan inglizlaming 40 ming
kishilik qo‘shini muvaffaqiyatsizlikka uchradi va 1881-yilda cheki-
nishga majbur bo‘ldi. Mazkur umshdan so‘ng Afg‘oniston o ‘z ichki
siyosatini
mustaqil amalga oshirsa-da, davlatning tashqi siyosati
to ‘laqonli ravishda Buyuk Britaniya nazorati ostida edi.
Do'stlaringiz bilan baham: