48
Ferrier, J.P. History o f the Afghans. - London: John Murray, 1858. - P.
401—402.
qiladilar. Natijada, Do‘st Muhammadxonning ikkinchi hukm
ronligi davri boshlanganidan beri afg‘on davlati tarkibiga kirmay
kelayotgan Qandahorga amir qo‘shinlari 1855-yil noyabrida yu
rish qilib, shahami egallaydi va Qandahor D o‘st Muhammadxon
mulklariga qo‘shib olinadi. 1856-yil oktabrida Hirot shahrining
Eron tomonidan bosib olinishi Buyuk Britaniya va Eron o‘rtasida
urush kelib chiqishiga sabab bo‘ldi va Eronning bosqinchilik
harakatlari inglizlami Do‘st Muhammadxon bilan yanada yaqin
munosabatlar olib borishga undaydi. Ingliz-eron urushida qisqa
muddatda g ‘alaba qozongan inglizlar Eronni Hirot shahridan but-
kul voz kechishga hamda ushbu shaharga nisbatan kelgusida
hech qachon da’vo qilmaslikka majbur etadilar. Biroq, ingliz
hukumati Eron qo‘shinlaridan ozod etilgan Hirot shahrini Do'st
Muhammadxon qo‘l ostiga topshirishga shoshilmadi. Inglizlar
uchun Hirot bir betaraf va kuchsiz mahalliy hukmdor qo‘l ostida
bo‘lgani hamda Buyuk Britaniyaning 0 ‘rta Osiyoga kirib borish
bo‘yicha kelgusi rejalari uchun muhim rol o‘ynaydigan shahar
bo‘lib qolishi lozim edi.
Amir Do‘st Muhammadxon va Ost-Indiya kompaniyasi
o ‘rtasida 1857-yil yanvarida yana bir ingliz-afg‘on shartnomasi
imzolanadi. Mazmuniga ko ra harbiy masalalar aks etgan mazkur
shartnomada Do‘st Muhammadxon va uning vorislari Ost-Indiya
kompaniyasining “dushmanlariga dushman, do‘stlariga do‘st” bo‘-
lishlari yana bir bor ta’kidlab o‘tildi hamda amirga ingliz hukumati
har oyda 100 ming rupiy to‘lab turishini m a’lum qildi. Mazkur
mablag‘ hisobiga amir o‘z qo‘shinini 18 ming nafarga ko‘paytirishi
va Eron tomonidan tug‘iladigan tahdidga tayyor bo‘lib turishi
belgilab qo‘yildi. Shuningdek, amirning Eron bilan bo‘ladigan
munosabatlari Kobulda faoliyat olib boradigan maxsus ingliz
m a’murining nazorati ostida olib borilishi ta’kidlab qo‘yildi.
Garchi Hirot shahri Eron qo‘shinlaridan tozalangan va u yerga
inglizlaming Teylor boshchiligidagi missiyasi yuborilgan bo‘lsa-
da, Hirotni Eronning ta’sir doirasidan chiqarib olish mushkul
vazifa edi. Bunga 1857-yilda Hindistonda boshlanib ketgan yirik
xalq qo‘zg‘oloni ham xalaqit berardi. Mazkur qo‘zg‘olonni bosti-
rish uchun katta xarajatlami sarf etgan inglizlar Hirot shahriga
nisbatan o ‘z e ’tiborlarini biroz susaytirdilar. Buning natijasida Eron
shohining ushbu shahardagi ta’siri kengaya bordi. Eron shohining
Hirotdagi ta ’siriga chek qo‘yish maqsadida ingliz m a’muriyati
nihoyat 1862-yilda ushbu shahami amir Do‘st Muhammadxon qo‘l
ostidagi mulklarga qo‘shib olinishiga ijozat berdi.
Do‘st Muhammadxon qo‘shini 10 oylik qamaldan so‘ng
1863-yil may oyida Hirotni egallaydi. Yana bir yirik siyosiy-
iqtisodiy markazni qo‘shib olish bilan mamlakatni birlashtirish
yo‘lida katta qadam tashlangan bo‘lsa-da, bu uzoqqa cho‘zilmaydi.
1863-yil iyunida amir Do‘st Muhammadxon Hirotda vafot etadi.
Do‘st Muhammadxonning nisbatan uzoq muddatli hukmronligi
Afg‘oniston tarixida o ‘ziga xos iz qoldirdi va shu sababli afg‘on
xalqi tomonidan u “Amir-i Kabir” ya’ni “Ulug‘ Amir” deb atalib
kelinadi.
Do‘st Muhammadxon vafotidan so‘ng dastlab uning o‘g‘li
Sheralixon (1863-1879) amir deb e ’lon qilinadi. Biroq, tez orada
“Ulug‘ Amir”ning ko‘p sonli o ‘g ‘illari o ‘rtasida toj-u taxt uchun
kurash boshlanib ketadi. 1864-yil boshida boshlangan ushbu
kurashda Sheralixonning asosiy raqibi Do‘st Muhammadxonning
katta o ‘g ‘li Muhammad Afzalxon edi. Markazi Balx shahri bo‘lgan
Afg‘on Turkistonining hokimi Muhammad Afzalxon taxtga o ‘z
ukasi Muhammad A’zamxonni o ‘tkazish harakatida boMadi. Ush
bu kurash davomida Muhammad Afzalxon 1866-yilda Kobul va
1867-yilda Qandahor shaharlarini egallaydi va Sheralixon Hirotga
chekinishga majbur bo‘ladi. Biroq, tez orada Muhammad Afzalxon
vafot etadi va hokimiyat ukasi Muhammad A’zamxon qo‘liga
o ‘tadi. Shundan so‘ng yangi kuch bilan kurashni davom ettirgan
Sheralixon yana Kobul va Qandahomi qayta egallaydi va unga qarshi
birlikda kurashayotgan Muhammad A’zamxon hamda Muhammad
Afzalxonning o ‘g‘li Abdurahmonga 1869-yil Zurmatda bo‘lib
o ‘tgan hal qiluvchi jangda qaqshatqich zarba beradi. Natijada 1869-
yil boshiga kelib Sheralixon otasi Do‘st Muhammadxon hukmron-
ligi davridagi barcha yerlarni o ‘z hokimiyati ostida birlashtirishga
muvaffaq bo ‘ladi.
Sheralixon o ‘z hokimiyatining mustahkamligini ta’minlash
yoMida inglizlar bilan o ‘zaro munosabatlarga aniqlik kiritib ol-
moqchi bo‘ladi. Shu maqsadda 1869-yil Buyuk Britaniyaning
Hindistondagi vise-qiroli lord Mayo bilan uchrashadi hamda
o ‘zaro muzokaralar olib boradi. Mazkur muzokaralar chog‘ida
amir Sheralixon tomonidan inglizlarga bir qator talablar qo‘yi-
ladi. Jumladan, inglizlaming afg‘on davlati ichki ishlariga ara-
lashuviga butunlay chek qo‘yish, Afg‘onistonda Sheralixon va
uning vorislaridan boshqa hech kimni do‘st sifatida tan olmaslik,
Sheralixonning o ‘g ‘li Abdullajonni taxt vorisi etib tan olish kabilar
ilgari suriladi. Afg‘on amirining mazkur talablariga javob berish
chog‘ida inglizlar Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaslik
majburiyatini oladi va afg‘on amiriga moddiy ko‘mak berishga
va’da beradi.
Hindistondan qaytib kelgan Sheralixon mamlakatda bir qator
ichki islohotlami amalga oshirishga kirishib ketadi. Uning rejasiga
ko‘ra, harbiy va soliq sohasida islohot o‘tkaziladi. Bundan maqsad
davlatning harbiy qudratini oshirish hamda davlat g‘aznasiga
tushadigan daromadlami keskin ko‘paytirish edi. Biroq, qabila
yetakchilari va sardorlarining ta’siri hamda hokimiyati kuchli bo‘ lgan
Afg‘oniston sharoitida buni amalga oshirishning iloji yo‘q edi. Shu
sababli amiming bu boradagi sa’y-harakatlari kam samara berdi
hamda yuqoridagi islohotlardan ko‘zlangan natijalarga erishilmadi.
Islohotlardan keyin ham mamlakatda qabila yetakchilarining
mavqei balandligicna qolaverdi. Sheralixonning qabila yetakchilari
daromadlarini davlat g‘aznasiga topshirishga qaratilgan siyosati
mahalliy hokimiyat vakillarining noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa,
mamlakat aholisi ixtiyorida bo‘lgan ortiqcha qurol-aslahani ham
davlatga topshirish bo‘yicha amir tomonidan chiqarilgan farmon
xalqning keskin noroziligiga olib keldi. Mamlakatni birlashtirish
siyosatini davom ettirgan Sheralixon 1869-yilda Qunduz va
1873-yilda Badaxshonni o ‘z davlati tarkibiga qo‘shib oladi.
Buyuk
Britaniya
hukumati
1838-1842-yilgi
birinchi
ingliz-afg‘on
urushidagi
sharmandali
magMubiyatni
unu-
tib, 1878-yil yana afg ‘on davlatiga nisbatan urush boshladi.
1878-yil noyabrida Hindistonda turgan inglizlar qo ‘shini uch
yo ‘nalishda A fg'oniston tomon yo ‘lga chiqdi. General S.Broun
boshchiligidagi 16 ming nafar harbiydan iborat birinchi gu-
ruh Peshovar shahridan Xaybar dovoni tom onga qarab yo‘lga
tushgan bo ‘lsa, general F.Roberts boshchiligidagi 6,5 ming nafar
harbiydan iborat ikkinchi guruh Koxatdan Xost shahriga qarab
y o ‘lgatushdi. D.Styuart boshchiligidagi 13 ming nafar harbiydan
iborat uchinchi guruh janubiy yo ‘nalishda harakat qilib, Kvetta
shahridan Bolan dovoni orqali o ‘tib, Qandahor shahrini egallash
uchun y o ‘lga chiqdi49.
Xaybar dovoniga yetib kelgan ingliz qo‘shini bilan afg‘on
qabilalarining ko‘ngilli qo‘shini o ‘rtasida dastlabki to ‘qnashuv
bo ‘lib o ‘tdi. Garchi ushbu to ‘qnashuvda afg‘onlar yengilgan
bo‘lishsa-da, ularning son jihatdan bir necha barobar ustun
dushmanga qarshi mardonavor harakatlari butun mamlakat
bo‘ylab tarqaldi. General F.Roberts boshchiligidagi qo‘shin ham
tog‘li hududlarda afg‘onlarning kuchli qarshiligiga duch keldi va
yuzma-yuz jangda muvaffaqiyat qozona olmagan inglizlar harbiy
hiyla orqali afg‘onlarni mag‘lub etdilar va Xost shahrini egalladilar.
Shundan so‘ng darhol Kobul tomonga yo‘lga tushmoqchi bo‘lgan
general F.Roberts afg‘on zaminining b a’zi qiyinchiliklari tufayli
o‘z harakatini sekinlashtirishga majbur bo‘ldi.
Ingliz qo‘shinlarining afg‘on zaminiga bostirib kirganidan
so‘ng amir Sheralixon mazkur bosqinchilik urushini qoralab ingliz
m a’murlariga murojaat qildi hamda Peterburg shahriga borib, ingliz
hukumatining bosqinchilik xatti-harakatlari muhokama qilinadigan
Xalqaro konferensiya chaqirish rejasi borligini ma’lum qildi.
Sheralixonning fikricha, Peterburgda chaqirilishi lozim boMgan
Do'stlaringiz bilan baham: |