A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


Markaziy bankning mustaqilligi darajasini



Download 1,87 Mb.
bet67/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Markaziy bankning mustaqilligi darajasini aniqlashda uning pul kredit siyosatini tanlash va oʻtkazishda davlat boshqaruv organlariga koʻproq yoki kamroq qaramligiga e’tibor beriladi.
Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi - bu uning oʻz instrumentlaridan oʻzi xohlagan yoʻnalishda va chegaralanmagan miqdorda foydalana olishga aytiladi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar markaziy banklarining turkumlanishi pul kredit siyosati masalalarini hal etishdagi mustaqilligi xorijiy adabiyotlarda turli mezonlarga qarab amalga oshiriladi.
Rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklari mustaqilligining ob’ektiv omillariga baho berishda quyidagi omillarga baho berishda quyidagi mezonlarni kiritish mumkin:

  • Markaziy bank kapitalida va foydani aniqlashda davlatning ishtiroki;

  • Bank rahbarini tayinlash (saylash)dagi tartib va ularning faoliyat koʻrsatish muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning faoliyatini nazorat qilish shakli;

  • Markaziy bank vazifalarini aniqlashning qonunchilikda yoritilish darajasi;

  • Markaziy bank raxbariyati qarorini davlat organlari oʻrnatilgan qonun bilan toʻxtatishning yoki davlatning umumiqtisodiy yoʻnalishi bilan Markaziy bankning pul kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga solishning mavjudligi;

  • Mamlakat Markaziy bankining davlat harajatlarini toʻg‘ri va egri moliyalashtirishni tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va uning shakillari.

Markaziy bankning kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning ishtiroki omili markaziy bank iqtisodiy mustaqilligining qanchalik darajadaligini koʻrsatish. Lekin bu qaramlik ikkilamchi rol oʻynaydi, chunki Markaziy bankning kapitali toʻg‘ridan-toʻg‘ri davlatga tegishli boʻlmasa ham, qonunchilikda ma’lum sharx (izoh) mavjud boʻladi. Agar mavjud boʻlmasa davlat egri usullardan foydalanadi.
Misol uchun, Avstriya milliy banki haqidagi qonuni olaylik. Bu bank huddi xissador jamiyat shaklida tuzilgan va faoliyat koʻrsatmoqda. Markaziy bankning 50 % kapitali Federatsiyaga, qolgan 50 % kapitali Avstraliya huquqiy va jismoniy shaxslariga tegishli. Moliya vazirligida ruhsat olgan huquqiy va jismoniy shaxslargina ulush qoʻsha olish huquqiga egadirlar.
Bundan tashqari, ushbu qonunda Markaziy bankning funksiya va vazifalari qonunda koʻrsatilgan. Shu sababli ulush egalari yig‘ilishi chegaralangan maqsadlarni echa oladi. Albatta, bu masala bankning iqtisodiy siyosati toʻg‘ridan - toʻg‘ri bog‘liq boʻlmaydi.
Mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100 % davlatning ishtiroki koʻproq Markaziy bank salohiyatiga va an’analariga hamda ulush egalariga ham bog‘liq. Misol tariqasida, AQSHning Federal Rezerv Tizimini va Germaniyaning Federal bankini koʻrsatish mumkin. Ikkala Markaziy bank jahonda eng mustaqil markaziy banklar sifatida tan olingan. Shunday boʻlsada, Nemis federal bankining 100 % kapitali Federatsiyaga, Federal rezerv Tizimi kapitali esa, 100 % a’zo banklarning toʻliq mulkiga tegishli. Aksincha, banklar va sug‘urta kompaniyalarining mulkiga tegishli boʻlgan Italiya Markaziy banki davlat boshqaruv organlariga qaramdir.
Bu omilning tahlilidan koʻrinadiki, markaziy banklar kapitali egalarining tarkibidan qat’iy nazar, ular uning pul kredit siyosatidagi mustaqilligiga ahamiyatli ta’sir koʻrsata olmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Gollandiya, Daniya va Rossiya kabi davlatlarning markaziy banklari guruhlari qatoriga kirishi mumkin, chunki bu guruhlar kapitalning 100 foizi davlat mulki hisoblanadi.
Jadval. Markaziy bank kapitalida davlatlarning ishtiroki32


Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish