3Tabiiy va sun’iy yadro reaksiyalari — bu atom yadrolarining elementar zarrachalar bilan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasidagi o‘zgarishidir. Yadro reaksiyalari yordamida radioaktiv xususiyati bor izotoplar (radioaktiv izotoplar) olinadi. Ularning hammasi beqaror va radioaktiv parchalanish natijasida boshqa elementlarning izotoplariga aylanadi. Tabiiy radiaktiv elementlarning boshqa elementlarga aylanishi turli tezlikda sodir bo‘lib, bu elementlarning fizik va kimyoviy holatiga bog‘liq emas. Vaqt birligi ichida parchalangan (yemirilgan) atomlar soni ayni radioaktiv element atomlari soniga to‘g‘ri proporsional ekanligi tajriba yo‘li bilan aniqlangan. Radioaktiv element atomlarining dastlabki miqdori ikki marta kamayishi uchun ketgan vaqt yarimyemirilish davri deyiladi. Radioaktiv yemirilish vaqtida elementlarning atom yadrolari ava b- zarrachalar chiqaradi, natijada boshqa kimyoviy elementlarning atom yadrolari hosil bo‘ladi. Radiyning radioaktiv parchalanib, radon bilan geliy hosil qilishini quyidagicha yozish mumkin:
Elementlarning radioaktiv yemirilishi natijasida o‘zgarishi siljish qonuniga bo‘ysunadi: atom yadrosidan a-zarrachalarning uchib chiqishi natijasida yadro zaryadi 2 birlikka kamayadi, natijada hosil bo‘lgan element davriy sistemada oldingi elementdan 2 qator chapga siljiydi; b- zarrachaning chiqishi natijasida atom yadrosining zaryadi bir birlikka ortadi va hosil bo‘lgan element davriy sistemada dastlabki elementdan bir nomer o‘ngda joylashadi. Barcha kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplari olingan. Ularning taxminan 1500 turi ma’lum. Faqat radioaktiv izotoplardan tarkib topgan elementlar radioaktiv elementlar deyiladi. Bular Z= 43, 61 va 84 — 109 elementlardir. Bunday reaksiyalarning tenglamalarini yozish massa va zaryadning saqlanish qonunlariga asoslangan. Bu degan so‘z, tenglamaning chap qismida massalar yig‘indisi bilan zaryadlar yig‘indisi tenglamaning o‘ng qismidagi massalar yig‘indisi bilan zaryadlar yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak, demakdir. Masalan: ta’sirlashganda kremniy atomi bilan proton hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. Sun’iy yo‘l bilan olingan atom yadrolarining radioaktiv o‘zgarish Bu tenglama aluminiy atomi a- zarracha bilan o‘zaro (boshqa atom yadrosiga aylanish) hodisasi sun’iy radioaktivlik deyiladi. 1919- yilda Rezerford azot atomlarining yadrolarini a- zarrachalar bilan bombardimon qilib, birinchi marta sun’iy ravishda yadro reaksiyasini amalga oshirdi:
Barqaror (radioaktiv emas) izotoplardan 300 ga yaqini ma’lum. D.I. Mendeleyev elementlar davriy sistemasidagi ko‘pgina kimyoviy elementlar ana shunday izotoplardan tarkib topgan. Ba’zi elementlarda barqaror izotoplar bilan birga uzoq vaqt yashaydigan radioaktiv izotoplari ham bo‘ladi. Bular
Kimyoviy xossalari jihatidan radioaktiv izotoplar barqaror izotoplardan deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun ular „nishonlangan atomlar“ sifatida ishlatiladi, bunday atomlar radioaktivligining o‘zgarishiga qarab berilgan element barcha atomlarining xususiyatini va ularning siljishini kuzatishga imkon beradi. Radioaktiv izotoplar ilmiy-tekshirish ishlarida, sanoatda, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, biologiya va kimyoda keng ko‘lamda ishlangan. 4Kimyoviy elementlar o‘zaro bog‘lanish tabiatiga qarab kovalent, ionli, metall va vodorod bog‘lanishlarga bo‘linadi. Elektron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog‘- lanish kovalent bog‘lanish deyiladi. Bu ikki elektronli va ikki markazli (ikkita yadroni tutib turadi) bog‘lanishdir. Kovalent bog‘lanishli birikmalar gomeopolar yoki atom birikmalari deyiladi. Kovalent bog‘lanishning ikki turi: qutbsiz va qutbli bog‘lanish bor. Qutbsiz kovalent bog‘lanish. Elektrmanfiyliklari bir xil bo‘lgan atomlar o‘zaro ta’sirlashganida kovalent qutbsiz bog‘lanishli molekulalar hosil bo‘ladi. Bunday bog‘lanish H2, F2 Cl2, O2, N2 kabi oddiy moddalarning molekulalarida bo‘ladi. Bu gazlarda kimyoviy bog‘lanishlar umumiy elektron juftlar vositasida, ya’ni muvofiq elektron bulutlarning o‘zaro qoplanishi tufayli hosil bo‘ladi; bu jarayon atomlar bir-biriga yaqinlashganida yadro bilan elektron orasidagi tortishuv natijasida amalga oshadi. Qutbli kovalent bog‘lanish. Elektrmanfiyliklari jihatidan bir-biridan u qadar keskin farq qilmaydigan elementlarning atomlari o‘zaro ta’sirlashganida umumiy elektron juft elektrmanfiyligi kattaroq bo‘lgan atom tomon siljiydi. Buning natijasida kovalent qutbli bog‘lanish hosil bo‘ladi. Kimyoviy bog‘lanishning bu ko‘rinishi anorganik va organik birikmalarda eng ko‘p uchraydi. Nisbatan erkin elektronlarning metall ionlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan bog‘lanish metall bog‘lanish deyiladiBog‘lanishning ana shund turi metallarda uchraydi. Metall bog‘lanishning hosil bo‘lish mohiyati quyidagilardan iborat: metall atomlari o‘zlarining valent elektronlaridan osongina ajralib, musbat zaryadli ionlarga aylanadi. Atomlardan ajralib chiqqan, nisbatan erkin elektronlar musbat zaryadli metall ionlar orasiga tarqaladi. Ionlar bilan elektronlar orasida metall bog‘lanish yuzaga keladi.