38
3.5. Turizm sektorida narx farqliligi
Turistik korxonalarda to‘liqlik nisbatlarini oshirish va foyda olishni oshirish
maqsadida, korxona ichida vaqt va joyga ko‘ra farqli narxlarni qo‘llay oladilar.
Boshqa tomondan turizm bozoridagi iste’molchi
guruhlarning ham farqli
xususiyatlarga ega bo‘lishlari sababli, korxonalar ishlab chiqargan mahsulot va
xizmatlarning tamoyilida o‘zgarish qilmasdan narxning farqlanishini yaratadilar.
Narxning farqlanish turlari quyidagicha ifodalanadi;
1. Xaridorning sotib olish kuchiga ko‘ra narxni farqlash.
Xususan tunash
korxonalarida xizmat sifatining bir xil bo‘lishiga qarshi, mehmonxonaning ko‘cha
yoki bog‘chaga qaragan xonalari farqli narxlarda sotiladi. Bir xil lyuks
mehmonxonada a‘la-karte restoran va self-servis restoran usuli qo‘llanilib turli
budjetlarga tavsiya etiladi. Mehmonxona yoki dam
olish maskanlarida turizm
bozoridagi iste’molchilarning katta bir qismini jalb qilish uchun turli tunash va
xizmat shakllari ishlab chiqarilib narx farqliligini qiladilar. Xaridor budjetiga mos
ravishda turli narxlarni qo‘llaydilar.
2. Muddatga ko‘ra narx farqliligi. Turistik korxonalarda eng ko‘p
qo‘llaniladigan uslubdir, ba’zi mintaqalarda turizmning
mavsumlik xususiyat
ko‘rsatishidan vaqtga ko‘ra turli narxlar qo‘llaniladi. Mavsum oldi va mavsum
oxirida 50% ga yaqin narxlarda pasaytirishlar qilinadi. Yarim mavsum, bayram va
ta’tillar sababli turli narxlar qo‘llaniladi. Vaqtinchalik narx farqlashtirishdan
maqsad, talabning yil davomida bir xil shaklda tarqalishi
va mehmonxonalarning
to‘liq nisbat davomida yuqori bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Xaridorning
yashash muddatiga ko‘ra ham narxlarda farqlanish, xaridorga
shaxsiy imtiyozlar
qilinadi.
3. Xaridorlar soniga ko‘ra narxning farqlanishi. Turistik korxonalarga kelgan
turistik guruh yoki xaridorlarga ko‘ra farqli narxnlar ham qo‘llaniladi. Xususan
dam olish maskanlari katta miqdorda sayohat agentliklari
orqali turistlar guruhi
bilan ishlamoqda. Shu sababli, tashrif buyurgan turistlar soniga ko‘ra korxonalar
39
ma’lum miqdorda imtiyozli narxlar belgilashmoqda.
Bu farqlanish korxonaning
to‘liqlik miqdorining va foyda olishligining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.
Tunash korxonalarida yaratilgan bu narx farqlashlashtirish havo yo‘llari
tashuvchiligida ham qo‘llanilmoqda. Guruh holida kelgan turistlar korxonada
to‘liqlik miqdorini oshiradi, tavakkal (risk) qilishni kamaytiradi va o‘zgaruvchan
tannarxlarda tasarruf yarata oladi. “Narx farqlanishiga o‘tishdan oldin” bozorning
bo‘limlariga ajraladigan talab muvozanatiga ega bo‘lmaganiga qarash, agar bozor
bo‘limlarga bo‘linsa bu bo‘limlarni bir biridan ajratadigan va bo‘limlar
orasi
bosqichlarni ta’sirlaydigan kerakli marketing uslublarni qo‘llash va farqli bo‘limlar
uchun uyg‘un narxlar belgilash kerak.
4.Turizmda narx siyosatiga ta’sir qiluvchi atrof muhit omillari.
Narx siyosatiga har xil omillar turli xil shakllarda ta’sir etmoqda. Bular quyidagi
shaklda guruhlarga ajratiladi.
A. Korxona tashqarisidan ta’sir qiluvchi omillar.
- iqtisodiy omillar;
- rasmiy narxga aralashish;
- narx nisbiyligi;
- raqobat shakllari;
- iste’molchi hulqlari (xatti-harakati);
B. Korxonaning ichida ta’sir qiluvchi omillar:
- mahsulotlarning narxi;
- korxonaning maqsadi;
- narx siyosati;
- korxonaning tashkiliy tuzilishi.
Bu omillar ichida 2 ta ahamiyatlisi bordir. Birinchisi bozorning turi,
ikkinchisi esa mahsulotning tannarx bahosi. Buning natijasida 2 shaklda narx
siyosati yaratiladi.
a) tannarx va foyda ustiga qo‘yilgan narx;
b) bozorga ko‘ra (raqobat va talab diqqatga olinib) yaratilgan narx.
40
Narx joriy qilinar ekan, xususan bozorning tuzilishi juda
yaxshi izlanilishi va
o‘rganilishi kerakdir. Ya’ni talab va taklif narxlarning yaratilishida eng ahamiyatli
omildir. Biror korxonaning mahsulotni hosil qilishi va uzoq muddatli narx
siyosatiga, korxonaning ichida bo‘lgan muhit omillari ta’sir qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: