A. Karimov, X. Xoshimov Umumiy kimyodan Masalalar va testlar to`plami Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o`quv qo`llanma so`z boshi



Download 0,92 Mb.
bet27/78
Sana29.11.2022
Hajmi0,92 Mb.
#874310
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
Bog'liq
Kimyo yangi kitob KARIMOV

Javob: 380 g cho`kma; 44 %
Mustaqil yechish uchun masalalar

  1. KNO3 ning 60°C dagi to`yingan eritmasida 52,4% tuz mavjud. Shu temperaturadagi tuzning eruvchanlik koeffisientini aniqlang.

  2. Kaliy nitratning 40°C dagi eruvchanlik koeffitsienti 61 ga teng. Uning 250 g to`yingan eritmasini bug`latish natijasida olingan tuz massasini (g) va shu temperaturadagi eritmasida erigan tuzning massa ulushini toping.

  3. Kaliy dixromatning 20°C dagi eruvchanligi 12,5 grammni tashkil etadi. Shu moddaning 400 g suv bilan hosil qilgan to`yingan eritmasining massasi necha (g) bo`ladi?

  4. Kaliy bromidning 80°C dagi to'yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda, 45 g cho'kma tushgan bo'lsa, ushbu to'yingan eritmani (80°C da) tayyorlash uchun zarur bo'lgan kaliy bromid va suvning massasini (g) hisoblang. S(20°C)=60 S(80°C)=90

  5. Kaliy sulfatning 50°C da to`yingan eritmasidan 58 g miqdorini bug`latilgandan keyin 8 g tuz qolgan. Tuzning eruvchanligini aniqlang.

  6. 60°C da 200 g to`yingan eritmada 36,5 g suvsiz CuSO4 bor. Agar eruvchanlikning o`lchami sifatida to`yingan eritmada 100 g eruvchiga to`g`ri keladigan erigan moddaning massasi bo`lsa, mis kuporosi CuSO4 ∙ 5H2O ning shu temperaturadagi eruvchanligi qanchaga teng bo`ladi?

[Ar(Cu)=64], Ar(S)=32

  1. 80°C da natriy xloridning 600 g to`yingan eritmasi 0°C ga qadar sovutilganda, necha gramm tuz cho`kmaga tushadi? Osh tuzining 80°C dagi eruvchanligi 38 g ga, 0°C dagi -35,8 g ga teng.

  2. 80°C da 300 g to`yingan natriy nitrat eritmasi 20°C gacha sovutilganda

cho`kmaga tushgan tuzning massasini (g) va eritmada qolgan tuzning massa ulushini (%) hisobida toping. S(20°C)=88; S(80°C)=148

  1. Kaliy bromidning 90°C dagi to'yingan eritmasi 30°C gacha sovutiiganda, 120 g tuz cho'kmaga tushgan bo'lsa, ushbu to'yingan eritmani (90°C da) tayyorlash uchun zarur bo'lgan kaliy bromid va suvning massasini (g) aniqlang.

  2. Natriy sulfatning to'yingan (120°C da) eritmasi 25°C gacha sovutilganda 200 g tuz cho'kmaga tushg'an bo'lsa, ushbu to'yingan (120°C da) eritmaning va uning tarkibidagi natriy sulfat massalarini (g) hisoblang, S(25°C) =10; S(120°C) =50

  3. 100 g suvda 110°C da 160 g, 0°C da esa 110 g kaliy karbonat eriydi. Kaliy

karbonatning 1040 g to'yingan (110°C da) eritmasi 0°C gacha sovutilganda cho'kmaga tushadigan kaliy karbonatning massasini (g) hisoblang.

  1. Bir tuzning xona temperaturasidagi to`yingan eritmasidagi massa ulushi 0,2 ga

teng. Shu tuzning massa ulushi 0,3 bo`lgan 300 g eritmasi uy temperaturasigacha sovutilganda, qancha (g) tuz cho`kmaga tushadi?

  1. Tarkibida 400 g suv bo'lgan ammoniy xloridning to'yingan (100°C dagi) eritmasi 0°C gacha sovutilganda necha gramm cho'kma tushadi? S(0°C)=40; S(100°C)=80

  2. 25°C da kaliy nitratning to`yingan eritmasida uning massa ulushi 34% ni tashkil etsa, uning shu temperaturadagi eruvchanlik koeffisienti qanchaga teng bo`ladi?

  3. Natriy nitratning 1440 g to'yingan (70°C dagi) eritmasi 15°C gacha

sovutilganda cho'kmaga tushadigan tuzning massasini (g) va eritmada qolgan tuzning massa ulushini (%) hisoblang. S(15°C]=80; S(70°C)=140

  1. Agar ammoniy xloridning 100°C dagi to`yingan eritmasi tarkibida 50 ml suv

bo`lsa, bu eritma 0°C gacha sovutilganda, qancha ammoniy xlorid cho`kmaga tushadi? S(0°C)=37,0, S(100°C)=77,0

  1. Kaliy dixromatning 80°C dagi 200 g to'yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda cho'kmaga tushgan tuzning massasini (g) hisoblang. S(20°C)=12; S(80°C)=45

  2. Kumush nitratning 600C dagi to`yingan eritmasi 200C gacha sovutilganda, 15 g

tuz cho`kmaga tushishi uchun zarur bo`lgan eritmani tayyorlash uchun talab etiladigan tuz va suvning massasini toping. S(200C)=222, S(600C)=450

  1. 100 g suvda 80°C da 520 g, 30°C da esa 220 g kumush nitrat eriydi, Kumush nitratning 80°C dagi 1240 g to'yingan eritmasi 30°C gacha sovutilganda cho'kmaga tushadigan kumush nitratning massasini (g) hisoblang.

  2. Kaliy bromidning 80°C dagi to`yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda, 120 g tuz cho`kmaga tushishi uchun zarur bo`lgan eritmani tayyorlash uchun talab etiladigan tuz va suvning massasini toping? S(20°C) = 60 S(80°C) = 90

  3. Natriy nitratning 20°C dagi to`yingan eritmasidagi tuzning massa ulushi 85%

bo`ladi. Shu temperatura 200 g suvda qanday massadagi tuzni eritish mumkin? 224. Natriy sulfatning to'yingan (120°C dagi) eritmasi 25°C gacha sovutilganda
150 g tuz cho'kmaga tushgan bo'lsa, ushbu to'yingan (120°C da) eritma va uning tarkibidagi natriy sulfat massalarini (g) hisoblang. S(25°C)= 10; S(120°C)=50

  1. Kumush nitratning 20°C dagi eruvchanlik 228 g, 80°C dagisi esa 635 g bo`lsa, 80°C dagi 100 g to`yingan eritmasini 20°C gacha sovutilganda, kristall holda ajraladigan tuzning massasi (g) ni hisoblang.

  2. 0°C da vodorod bromidning eruvchanligi 171 g bo`lsa, shu temperaturada 1 litr suvda qanday hajmdagi (l) gaz eriydi?

  3. 100 g suvda 80°C da 520 g, 30°C da esa 220 g kumush nitrat eriydi, Kumush nitratning 800C dagi 930 g to'yingan eritmasi 30°C gacha sovutilganda cho'kmaga tushadigan kumush nitratning massasini (g) hisoblang.

  4. Litiy xloridning 80°C dagi to`yingan eritmasidan 645 g miqdorini 10°C gacha sovutilganda ajralib chiqadigan LiCl ∙ H2O kristallogidratidan necha gramm hosil bo`lishini hisoblang. (S10°=72 gr, S80°=115 gr).

  5. Ammiakning 20°C dagi eruvchanligi 1 ml suvda 702 ml ga teng bo`ladi. To`yingan eritmadagi ammiakning massa ulushini (%) hisoblang. Ammiakning bosimini normal atmosferma bosimiga teng deb oling.

  6. Kaliy bromidning 80°C dagi to'yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda, 90 gr

cho'kma tushgan bo'lsa, ushbu to'yingan eritmani (80°C da) tayyorlash uchun zarur bo'lgan kaliy bromid va suvning massasini (g hisoblang. S(20°C) = 60 S(80°C) = 90

  1. 80°C da kaliy yodidning 146 g to`yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda, necha gramm kristall ajralib chiqadi? [S20,0=144 g, S80,0=192 g]

  2. 80°C da magniy sulfatning to`yingan eritmasidan 821 g miqdorini 20°C gacha sovutilganda, kristall holida ajralib chiqadigan MgO4 ∙ 6H2O cho`kmasining massasini hisoblang. [S20,0=44,5 g va S80,0=64,2 g]

  3. Kumush nitratning 60°C da 1250 g to`yingan eritmasini 10°C gacha sovutilganda, kristall holida necha gramm cho`kma ajraladi? [S60,0=525 g, S10,0=170 g]

  4. 10°C da 1427,15 g ammiakning to`yingan eritmasini 50°C gacha qizdirilganda ajralib chiqadigan ammiak hajmini (l, n.sh) hisoblang.

[S50,0=22,9 g, S10,0=67,9 g]

  1. Kaliy karbonat tuzining 25°C dagi eruvchanligi 112,3 ga teng bo`lsa, uning shu haroratidagi to`yingan eritmasining (ρ=1,567g/ml) molyar konsentratsiyasini hisoblab toping.

  2. 100 hajm dietil efirda 0,85 hajm suvda eritilganda to`yingan eritma hosil bo`ladi. Efirdagi suvning eruvchanligi (S) ni hisoblang (refir=0,71 g/ml).

  3. 30°C da KNO3 ning 50 gr 20% li eritmasining to`yinishi uchun yana 6,8 g KNO3 tuzi qo`shilishi kerak bo`lsa, shu tuzning eruvchanligini aniqlang.

  4. Vodorod bromidning n.sh.da suvdagi eruvchanligi 221 g. Shunday sharoitda bir hajm suvda necha hajm vodorod bromid eriydi?

  5. 60°C dagi AgNO3 ning to`yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda, 15 g tuz cho`kmaga tushishi, uchun qancha tuzni qancha suvda eritish kerak?

200С(AgNO3)=222, Э600C(AgNO3)=522]

  1. 20°C da 545 g bariy nitrat eritmasida 45 g tuz erigan bo`lsa, shu haroratdagi bariy nitratning eruvchanligini toping.

  2. 0°C da 50 g kaliy sulfat eritmasida 3,44 g tuz erigan bo`lsa, uning eruvchanlik koeffisientini va tuzning eritmadagi massa ulushini (%) hisoblang.

  3. Agar 100°C da 100 g suvda 155 g, 0°C da esa 111 g potash erib, to`yingan eritma hosil qilsa, uning 770 g eritmasi 100°C dan 0°C gacha sovutilganda, cho`kmaga tushadigan tuzning massasini (g) hisoblang.

  4. Tuzning to`yingan eritmasi 90°C dan 25°C gacha sovutilganda, 200 g tuz kristallandi. Agar 90°C va 25°C da tuzning eruvchanligi 42,7 va 6,9 gramni tashkil etsa, boshlang`ich eritmadagi suv va tuz qancha massadan (g) olinishi kerak?

  5. 100 g suvda 110°C da 160 g, 0°C da esa 110 g kaliy karbonat eriydi. Kaliy

karbonatning 390 g to'yingan (110°C da) eritmasi 0°C gacha sovutilganda cho'kmaga tushadigan kaliy karbonatning massasini (g) hisoblang.

  1. Mis (II) nitratning 60°C suvda eruvchanligi 64,2% ga teng. To`yingan eritma hosil qilish uchun 500 g mis(II) nitratni 60°C suvning qancha miqdorida (g) eritish kerak?

  2. 24°C da natriy nitratning molyar eruvchanligi 8,76 mol/l ga (ρ=1,2g/ml) teng. Shu moddaning 100 g suvga nisbatan eruvchanligini (%) toping.

  3. Kaliy nitratning 40°C dagi eruvchanlik koeffitsienti 61 ga teng bo`lsa, uning 500 g to`yingan eritmasini bug`latish natijasida olingan tuzning qattiq qizdirilishi natijasida ajralib chiqqan gazning hajmini (l, n.sh.) toping.

  4. Kaliy nitratning 40°C dagi eruvchanlik koeffitsienti 61 ga teng. Uning 500 g to`yingan eritmasidagi suvning massasini (g) toping?

  5. Kumush nitratning 70°C dagi to'yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda 30 g tuz cho'kmaga tushgan bo'lsa, ushbu to'yingan eritmani (70°C da) tayyorlash uchun zarur bo'lgan kumush nitrat va suvning massasini (g) hisoblang. S(20°C) = 200; S(70°C)=500


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish