Javob: Na2 HPO4 ∙ 3H2O
7-masala. Xrom va alyuminiydan iborat 110 g qotishmadagi alyuminiyning massa ulushi 70 % bo’lsa, unga necha (g) xrom qo’shilganda Cr2Al3 tarkibli qotishmaga aylanadi.
Yechish:
1) Dastlab 110 g qotishma tarkibida necha grammdan xrom va alyuminiy borligi aniqlanadi:
110 g 100 % x = 77 g Al ekan 70 %
110 – 77 = 33 g Cr
x 77
Cr2 Al3 x = 98,86 – 33 = 65,86 104 – 81
Javob: 65,86 g Cr qo`shish kerak.
Mustaqil yechish uchun masalalar.
Kimyoviy birikmani tashkil etuvchi elementlarning massa ulushlari quyidagicha Na-27.38%; H–1.19%; C-14.28%; O–57.15%. Shu birikmaning formulasini aniqlang.
0,2 mol kalsiy karbonat va 0,1 mol malaxit aralashmasidagi uglerodning massa ulushini (%) hisoblang.
Kristall soda deb ataluvchi Na2CO3 . n H2O modda tarkibida natriy va uglerodlarning massa ulushlari 20.28 % bo’lsa, “n” qiymatini toping.
Kimyoviy birikmani tashkil etuvchi elementlarning massa ulushlari quyidagicha Na - 27.05 %; N – 16.47 %; O – 56.48 %. Shu birikmaning formulasini aniqlang.
0,6 mol kaliy, natriy va kalsiydan iborat aralashmaning og’irligi 22,1 g bo’lib, suv bilan reaksiyaga kirishganda 0,9 g vodorod ajralib chiqdi. Boshlang’ich aralashmadagi natriyning massasini (g) hisoblang.
Kimyoviy birikmani tashkil etuvchi elementlarning massa ulushlari quyidagicha Hg - 86.27 %; S– 13.73 %; Shu birikmaning formulasini aniqlang.
5 litr (n.sh.) etanni yoqish uchun tarkibida 12 % (hajm bo’yicha) ozon bo’lgan kislorod va ozon aralashmasidan qancha hajm (l, n.sh.) zarur bo’ladi?
0.23 g nomalum modda yonganda 0.44 g CO2 va 0.27 g H2O hosil bo’ldi. Noma’lum moddani formulasini aniqlang.
80 g kalsiy karbonat parchalanganda uning massasi 10 gramga kamaysa hosil bolgan aralashmadasi kaltsiy karbonataing massasini va kalsiy oksidning massa ulushini aniqlang.
0.32 g noma’lum modda yonganda 0.44 g CO2 va 0.36 g H2O hosil bo’ldi. Noma’lum moddaning formulasini aniqlang.
Kalsiy bromidning 80 g (60% li) to’yingan eritmasi qizdirildi va unda 20 g kalsiy bromid eritildi. So’ngra eritma sovutilib, oldingi holatga keltirilganda 42 g kristallgidrat cho’kmaga tushdi. Kristallgidratning formulasini aniqlang.
2.25 g ishqoriy yer metall suvda eritilganda (n.sh) da 5600 ml gaz ajralgan bo’lsa, reaksiya uchun qaysi metall olingan.
5.32 g ishqoriy metall suvda eritilganda (n.sh) da 0.448 litr gaz ajralgan bo’lsa, reaksiya uchun qaysi metall olingan.
Na2B4O7 . nH2O kristalgidrat tarkibida kislorodning massa ulushi O-72.7 % ga teng bo’lsa “n” qiymatini toping.
Davriy sistemaning II-guruh elementining yuqori oksidi tarkibida kislorodning massa ulushi O - 10.46 % bo’lsa, elementni toping.
0.9 mol azot va 0.9 mol ammoniy nitratdagi azotning massa ulushini aniqlang.
Temir kuporosi deb ataluvchi FeSO4 ∙ n H2O modda tarkibida temir va oltingugurtlarning massa ulushi 31.65 % ga teng bo’lsa, “n” qiymatini toping.
CaHPO4 ∙ n H2O kristalgidrat tarkibida vodorodning massa ulushi H-2.9 % ga teng bo’lsa “n” qiymatini toping.
Davriy sistemaning VII-guruh elementining yuqori oksidi tarkibida E-38.8 % bo’lsa, elementni toping.
13,4 g kristall sodaga mo’l miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirilganda 1,12 litr (n.sh) gaz ajralib chiqsa, kristallogidrat formulasini aniqlang.
15.6 g metall oksidlanganda 18.8 g oksid hosil qilsa. Bu qaysi metall.
0.24 g nomalum modda yonganda 0.16 g Fe2O3 va 0.256 g SO2 hosil bo’ldi.
Nomalum moddani formulasini aniqlang.
168 g sariq qon tuzida necha dona azot atomi bor.
Reaksiya uchun 20 g temir va 20 g oltingugurt olingan bo’lsa, reaksiya natijasida necha (g) FeS hosil bo’ladi? Qaysi moddadan necha (g) ortib qoladi? 93. Natriy sulfatning 60 g to’yingan (34% li) eritmasi qizdirildi va unda 10 g natriy sulfat eritildi, So’ngra eritma oldingi holatigacha sovutilganda 35 g kristallgidrat cho’kmaga tushdi. Kristallogidratning formulasini aniqlang.
14 g metall kislota bilan o’zaro ta’sirlashganda 5,6 litr (n.sh.) vodorodni siqib chiqardi. 11,2 g ushbu metall 21,3 g metalmas bilan to’la reaksiyaga kirishdi. Metalmasning molyar massasini hisoblang.
4,26 g A2B5 modda tarkibida 36,12∙1021 dona A atomi bo’lsa. Ushbu moddaning molekulyar massasini hisoblang.
6,2 g noma’lum modda yonganda 8,8 g karbonat angidrid, 9 g suv va 2,8 g azot hosil bo’lsa, uning formulasini aniqlang.
Bir xil miqdordagi metall 0,36 g kislorodni yoki 3,6 g galogenni biriktirib olishi mumkin. Galogenning ekvivalentini aniqlang.
Kislorod orqali elektr uchqunlari o’tkazilganda hajmi 2,5 litr (n.sh.) ga kamaysa, uning boshlang’ich hajmini (l, n.sh.) aniqlang.
Mis va qalay qotishmasida har uch atom misga ikki atom qalay to’g’ri kelishi uchun shu qotishmada necha foiz mis bo’lishi kerak?
4.6 g metall oksidlanganda 6.2 g oksid hosil qilsa. Bu qaysi metall.
Gips va glauber tuzi aralashmasi tarkibida 50 % suv bo’lsa, aralashma tarkibidagi glauber tuzining massa ulushini (%) hisoblang.
Reaksiya uchun 4 g H2 va 32 g O2 olingan bo’lsa, reaksiya natijasida necha (g) suv hosil bo’ladi? Qaysi moddadan necha (g) ortib qoladi?
Mis va ruxdan iborat 120 g qotishmadagi misning massa ulushi 60% bo’lsa, unga necha (g) rux qo’shilganda Cu3Zn5 tarkibli qotishma hosil bo’ladi?
25,2 g temir kukuni qizdirilib yetarli miqdorda suv bug’i yuborilganda 1,2 g vodorod ajralsa, hosil bo’lgan mahsulotning kimyoviy formulasini aniqlang.
6,39 g marganes oksidi alyuminotermiya usuli bilan qaytarilganda 1,806∙1022 ta alyuminiy oksid hosil bo’lsa, marganesning qaysi oksidi qaytarilgan?
MgCO3 хH2O tarkibli tuzning ma’lum miqdordagi massasi gazlar ajralib chiqishi to’xtaguncha qizdirildi. Gazlar konsentrlangan sulfat kislota va oxakli suv solingan yuvish sklyankalari orqali o’tkazildi. Birinchi sklyankanining massasi 1,8 grammga ortdi, ikkinchi sklyankada esa 1,97 g cho’kma tushdi. Boshlang’ich kristallgidratning massasini va tarkibini aniqlang.
Mis kuporosi va kristall soda aralashmasi tarkibida 41.4% suv bo’lsa, aralashma tarkibidagi sulfat ionining massa ulushini (%) hisoblang.
28.4 gramm glauber tuzida nechta atom bor.
FeCI3 ∙ nH2O kristalgidrat tarkibida O-22.17 % bo’lsa “n” ning qiymatini aniqlang.
Mis va mis(II) nitrati ochiq havoda yuqori temperaturada qizdirilgandan keyin, massa o’zgarmagan. Aralashmadagi boshlang’ich moddalarning tarkibini (%) toping.
BaCl2 ∙ nH2O kristallgidrat tarkibida O-13.11% bo’lsa, “n” ning qiymatini aniqlang.
6.06 g ishqoriy metall nitrati qizdirilganda 5.1 gramm nitrit xosil bo’ldi. Qaysi metall tuzi parchalangan.
Xrom va qalaydan iborat 220 g qotishmadagi xromning massa ulushi 15% bo’lsa, unga necha gramm qalay qo’shilganda Cr2Sn5 tarkibli qotishmaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |