1. Quyidagi Angliya qirollaridan qaysi birining
hukmronlik yillari Amir Temur hukmronligi
davriga to‘g‘ri keladi?
A) Richard I Sheryurak B) Genrix IV
C) Genrix II D) Ioann
2.
Quyidagi fransuz qirollari hukmronlik qilgan
yillari bilan mos ravishda ko‘rsatilgan javobni
aniqlang.
1) Filipp IV; 2) Lyudovik XI; 3) Karl VII;
a) 1285-1314-yillar; b) 1422-1461-yillar;
c) 1461-1483-yillar; d) 1377-1399-yillar
A) 1-d, 2-a, 3-b B) 1-a, 2-c, 3-b
C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-d, 3-b
3. Q
uyidagi qaysi voqea Buxoro hukmdori
Abdulazizxon (ashtarxoniy) hukmronlik qilgan
yillar oralig‘ida sodir bo‘lgan?
A)Yalangto‘sh Bahodir Tillakori
madrasa-masjidini o‘z mablag‘lari hisobidan
bunyod ettirdi
B)Mahmud ibn Valining o‘zining "Bahr
ul-asror" ("Sirlar dengizi") asarini yozdi
C)Muhammadniyoz Nishotiy o‘zining ajoyib
"Husn-u Dil" dostonini yaratdi
D)Shayx Abdulla tomonidan Mir Arab
madrasasi qurildi
4. . Quyidagilardan mil.avv. 1 mln. - 100 ming
yillik davriga oid bo‘lganlarini aniqlang.
1) avstralopitek, zinjantrop, pitekantrop,
sinantrop odamlari yashagan; 2)
kromanyon
odami yashagan; 3) ilk diniy tasavvurlar paydo
bo‘la boshlagan; 4) buyuk muzlik davri
boshlangan.
A) 1, 4 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 3
5. Quyidagi voqealardan qaysi biri o’rta asrlarda 80-100 ming aholisi mavjud bo’lgan shaharda sodir bo’lmagan?
A) zargarlik, movutchilik va boshqa boy sexlar vujudga kelgan
B) XIV-XV asrlarda shahar kambag’allari qo’zg’alonlari bo’lib o’tgan
C) Ushbu shaharda sodir bo’lgan qo’zg’alonda arab va forslar – shahar kambag’allari va hunarmandlar qatnashgan
D) IX-x asrlarda yuksalgan
6. Quyidagilardan nisbatan ko’proq yashaganini toping.
A) Abu Sahl Masihiy B)
Abulxayr ibn Hammor
C) Al Farg’oniy D) Abu Rayhon Beruniy
7. Qarshi shahrida tayyorlangaan qurol yordamida egallangan davlatning birinchi hukmdori necha yil hukmronlik qilgan?
A) 72 yil B) 66 yil C) 18 yil D) 21 yil
8. Dastlab Mo’ynoqdagi eski maktabda, keyinchalik Xivadagi Sherg’ozixon madrasasida ilm olgan shoir tavalludi nechanchi yilda nishonlangan?
A) 1996 B) 1997 C) 1998 D) 1999
9. Qo’shni viloyatlarga tarqalib, yuz mingga yaqin kishi qatnashgan qo’zg’alon sodir bo’lgan davlat tarixiga oid to’g’ri ma’lumotni toping.
A) 1377-yilda qo’shimcha jon solig’i joriy etiladi
B) Ushbu davlatning markazlashuvi nikoh natijasida yakunlangan
C) Ushbu qo’zg’alonni bostirgan shaxs 755-yilda o’ldirilgan
D) Ushbu davlatning birinchi poytaxti Damashqda bo’lgan
10. Temuriylar saltnati inqirozga yuz tutgan davrni belgilang.
A) XV asrning ikkinchi yarmi
B) XV asrning birinchi yarmi
C) XIV asrning oxirgi choragi
D)
XIV asrning ikkinchi yarmi
11. Quyidagi Qo’qon xonlaridan qaysi biri “Amir al -muslimin “ unvonini qabul qiladi?
A) Olimxon B) Umarxon C) Madalixon D) Sulton Mahmudxon
12. Quyidagi soliqlardan qaysi biri sotilgan molning 1/30 qismida undirilgan ?
A) targ’u B) shulen C) kalon D) qopchur
13. “ O’zbeklar Xorazmda”, “ Inoqlar hukmdorligi”, “ Qo’ng’irot sulolasi” asarlarining muallifini toping.
A) Baziner B) Danilevskiy C) Muravyov D) Vasilevskiy
14. Quyidagilardan uchinchi va to‘rtinchi salib
yurishlari amalga oshirilgan yillar oralig‘ida
bo‘lib o‘tgan voqealarni aniqlang.
1) mo‘g‘ullar Koryo qirolligini bosib oldi;
2) Rim papasi Innokentiy III ning papalik davri
boshlandi; 3) Sulton Sanjarga qarshi
ko‘chmanchi o‘g‘uzlar isyon ko‘tardi; 4) Xo‘jand
shahri yaqinida qoraxitoylar qoraxoniylarning
eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba berdi;
5) Richard
I Sheryurakning ukasi Ioann
Angliya taxtiga o‘tirdi; 6) Xorazmshoh Takash
saljuqiylar sultoni To‘g‘rulga qaqshatqich zarba
berib, Eronni Xorazmga bo‘ysundirdi;
7) Mo‘g‘ullar davlati tashkil topdi
A) 2, 5, 7 B) 2, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 1, 6, 7
15. Buxoro amirligida aminning asosiy vazifalariga
quyidagilardan qaysilari kirganligini aniqlang.
1) bekliklardan askar to‘plash; 2) soliq va
boshqa tushumlarni yig‘ish; 3) ta’lim
muassasalari faoliyatini nazorat qilish;
4) ariqlardagi suvni ekin maydonlariga
taqsimlash; 5) aholi ustidan nazorat olib borish.
A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 3, 4
16. Quyidagi qaysi shaharga «boqiy shahar» deya
ta’rif berilgan?
A) Rimga B) Spartaga C) Afinaga
D)
Bobilga
17. Quyidagilardan to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan
javobni belgilang.
1) Arab xalifaligida markaziy hokimiyat
749-yilga qadar Damashqda bo‘lgan; 2) VII asr
boshlarida arablar Movarounnahr hududini
to‘liq bosib olishga kirishdilar; 3) 806-yilda
Samarqandda arab lashkarboshisi Rofe ibn
Lays boshchiligida xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon
boshlangan; 4) Muqanna Kesh yaqinidagi tog‘
tepasida bino qilingan Som qal’asini o‘z
qarorgohiga aylantirgan; 5) arablarning
Movarounnahrga ilk bor hujumlari 654-yilda
Maymurg‘ va 657-yilda Buxorodan boshlandi
A) 2, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 3, 4
18. VI asrda va VIII
asr boshlarida Ispaniyaga
harbiy yurish qilgan davlatlarni belgilang.
A)Franklar imperiyasi va Germaniya qirolligi
B)Vizantiya va Arab xalifaligi
C)Franklar davlati va Britaniya
D)Vizantiya va Fransiya
19. Nima uchun Movaraunnahr aholisi Muhammad
Shayboniyxonni temuriylar saltanati
hududlarini egallab, o‘z hokimiyatini o‘rnatish
harakatini qo‘llab quvvatlagan?
A)Qozoq sultonlariga qarshi kurashda
Movarounnahr bilan ittifoqchi bo‘lishini
xohlagani uchun
B)Dashti Qipchoq aholisi bilan aloqalarni
mustahkamlashni
maqsad qilganliklari uchun
C)Safaviylar hukmdori Ismoil Safaviyning
Movarounnahrdagi hujumlariga chek
qo‘yadigan yagona shaxsni ko‘rganligi uchun
D)Muhammad Shayboniyxon timsolida
Movarounnahrda tinchlik o‘rnatishga qodir
yagona shaxsni ko‘rganlari uchun
20. Maurya hukmdori Ashoka bilan bir asrda o‘z
davlatini boshqargan shaxsni belgilang.
A) Demosfen B) Mark Krass
C) Sin Shixuandi D) Perikl
21. Usmonli Turklar g’alabasi omillari.
22. Najmidin Kubro
23. Kushon davlatida me’morchilik va san’at
24. 3 xonlikni boshqargan sulolalar
25. Franklar imperiyasi tashkil topishi