3-Mavzu: XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda movaraunnahrda tarbiya. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda movaraunnahrda maktab va pedagogik fikrlar rivoji

Download 1,52 Mb.
Sana28.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#475451
Bog'liq
3-mavzu

3-Mavzu: XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVARAUNNAHRDA TARBIYA. XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVARAUNNAHRDA MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI.

REJA :

  • 1. Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri.
  • 2. So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri.
  • 3. Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.
  • 4.Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Ulug‘bek davrida maktab islohoti.
  • 5.Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari.

Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri.

  • Movarounnahr mo’g’ul urug’lari va qabilalarining ijtimoiy hayotida yuz bergan katta o’zgarish, ularning mahalliy ijtimoiy tuzumini qabul qilishlari, xo’jalik va madaniy hayotdagi o’zgarishlar mo’g’ullarning etnik xususiyatlarini ham o’zgartirib yuboradi.Mamlakat aholisining ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan jiddiy o’zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo’ldi.
  • XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda xo’jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mo’g’ullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatningayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
  • Garchi yozma manbalarda bizgachaaniq ma’lumotlar etarli darajada etib kelmagan bo’lsa-da, har qalay bu davrda ilm va ma’rifat ham ayrim yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlarida jonlanadi. Buxoroda bino qilingan «Mas’udiya» va «Xoniya»kabi madrasalarning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil ko’radi.
  • SO‘FIYLIK TA’LIMOTINING MA’NAVIY HAYOTGA TA’SIRI.
  • So’fiylik ta’limoti VIII asr oxiri va IX asr boshlarida paydo bo’lib, butun musulmon mamlakatlari, shu jumladan, Movarounnahrda ham keng tarqalgan. So’fiylik butun SHarq ma’naviy hayotida inson kamoloti xususidagi g’oyalarning shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
  • So’fiylik musulmon sharqi xalqlarining ko’p asrlik ma’naviy hayotining g’oyaviy asosini belgilab bergan ta’limot bo’lib maydonga chiqdi. U ilohiy poklik va insoniy go’zallikni idrok etish yo’li, haq va haqiqatni himoya qilish vositasi bo’lib xizmat qildi. So’fiylik ko’p qirrali oqim bo’lib, “sof”, “yagona” so’fiylik hech qachon bo’lmagan. U turli ko’rinishlar, oqimlar tarzida namoyon bo’lgan. Ammo har biri ham inson takomili muammosiga turlicha yondoshib, uni o’ziga xos yo’l, qarash asosida talqin etgan. So’fiylik ta’limoti g’oyalariga e’tiqod va amal qiluvchi kishilar so’fiylar deb nomlanadi.
  • So’fiylik ta’limotida komil inson – bu dono, oqil, pok niyatli odamdir. So’fiylar ilohiy poklik, nafosat, e’tiqod va tafakkur insoniyatni balo-qazolardan asraydi, ularni avaylab asraydi deb bilganlar. Ular mazkur g’oyalarga muvofiq hamda ularga amal qilgan holda haqiqat uchun intilganlar. Aslida esa, komil insonning shakllanishi – bu ularning ideali, orzusi bo’lgan. SHunday bo’lsada, ular komil, yetuk va ma’rifatli inson idealini yaratish asosida jaholat, nodonlik, hirs va ta’maga qarshi kurashganlar.

  • So’fiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo’llarida to’rt bosqichni o’tishi kerak
  • Birinchi bosqich – shariat. Diniy marosimlar va shariat aqidalarini, taqvolarini aynan, izchil bajarish, chunki shari­at qonun bo’lib, bu qonun vujudni va qalbni tarbiyalaydi.
  • Ikkinchi bosqich – tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni o’ylash, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib, xudo to’g’risida o’ylash, ya’ni tariqat – fano, o’zdan kechish, ko’ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi yo’l, faoliyat shakli.
  • Uchinchi bosqich – ma’rifat: hamma narsaning, butun borliqning asosi – xudo ekanini, o’zining mohiyati xudo mohiyati bilan birgaligini bilish va anglash. Bunda odam uchun barcha kibr-u havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo’lib ko’rinadi, shunda u orif, ya’ni bilimli, xudoni tanigan bo’ladi.
  • To’rtinchi bosqich – haqiqat. Bunda so’fiy xudoning dargohiga erishadi, vasliga vosil bo’ladi, u bilan birlashadi, shu orqali inson foniy, ya’ni «analhaq» bo’la oladi.
  • Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.
  • Bizkim — mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim — millatlaming eng qadimi va eng ulug‘i — Turkning bosh bo‘g‘inimiz.
  • Amir Temur
  • Ma’rifatli Movarounnahr ruhi, Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termizning noyob tarixiy yodgor- liklari, buyuk Ipak yuli, Sharq mutafakkirlari yaratgan bebaho ta’limotlar, Amir Temur va Temuriylar davrida gullab-yashnagan ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, naqqoshlik, musiqa, rivojlangan savdo-iqtisodiy munosabatlar, barpo etilgan mustahkam qudratli davlat, uning ichki va tashqi siyosati Yevropadagi Uyg’onish jarayoniga hayotbaxsh ta’sir etgani tarixiy haqiqatdir.
  • XIV asrning ikkinchi yarmidan XVI asrning boshlarigacha bo‘lgan Uyg‘onish davri - madaniy yuksalish birinchi navbatda Amir Temur nomi va faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa, ikkin- chidan bu sohada farzandlari, avlodlari ham katta o‘rin tutganlar. Amir Temur Ko‘ragon ibn Amir Tarag'ay 1336 yilning 9 aprelida o ‘sha paytda Kesh (Shahrisabz)ga qarashli Xo‘jailg‘orqishlog'ida tavallud topgan. Temur bilim olishni yetti yoshidan boshlagan. 9 yoshidan namoz o ‘qigan. 12 yoshida madrasadagi barcha o‘quvchilardan ustun bo‘lgan.
  • «Temuriylar davri haqiqatdan ham ilm-fan, madaniyat va maorifning behad ravnaq topishini ta’minlagan sharq Uyg'onish davri edi» I. A. Karimov
  • Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.
  • Sohibqiron bobomiz jahonda qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan, bepoyon mamlakatni ijtimoiy adolat va qonunchilik asosida boshqarishni yo‘lga qo'ygan buyuk davlat arbobi sifatida ham tarixda ulug'lanadigan mo’tabar zotdir. Shaxsan uning o‘zi odob-ahloq, iymon-e’tiqod, madaniyat, ma’rifat, ma’naviyat, ijtimoiy adolat bobida yuksaklikka, mukamallikka erishgan siymodir. Uning davlati yuksak ma’naviyat va oliy darajadagi madaniyatga yo‘g‘rilgan saltanat edi.
  • Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.
  • Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.
  • Jahongir Umarshayx Mirzo
  • Mironshoh Mirzo
  • Shohruh Mirzo
  • Mirzo Ulug‘bek
  • Zahiriddin Muhammad Bobur
  • Sulton Xusayn Bayqaro
  • Xumoyun Mirzo
  • Komron Mirzo
  • Hindol Mirzo
  • Gulbadanbegim
  • Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.
  • Buyuk saltanat sohibi Amir Temur «Kuch — adolatdadir» degan shiorga qat’iy amal qilib, davlatni boshqargan. Bu qudratli so‘zlar Amir Temur tamg‘asiga naqsh etilgan.
  • Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.
  • Amir Temur o‘gitlari va vasiyatlarini o‘rganaylik!
  • O‘g‘illarim , millatning ulug‘ martabasini, saodatini saqlamoq uchun Sizlarga qoldirayotgan vasiyat va «Tuzuklar»imni yaxshi o‘qing, aslo unutmang va tatbiq eting.
    • Adovat emas, adolat yengadi, Adlu ehson bilan jahon gulshani obod bo'ladi.
    • Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o ‘xshaydi, Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.
    • Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o'zimdan rozi qildim. Gunohkorlarga ham, begunohra ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Hayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko‘nglidan joy oldim.
  • Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Ulug‘bek davrida maktab islohoti.
  • Mirzo Ulug‘bek Movarounnahrda, butun O‘rta Osiyoda madaniy rivojlanish, dunyoviy ilmlarga qiziqish kuchaygan davrda yashagan, ijod etgan. O‘rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan ulug‘ siymolardandir.
  • Ulug‘bek 1394-yil 22 martda tug‘iladi. Otasi Shohruh Amir Temurning o‘g‘li bo‘lib, Xuroson hukmdori, ma’rifatli, ilm-fanga qiziqqan shoh edi.
  • Ulug‘bek 1424-yilda Samarqandda Obirahmat suvi yonida G'iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Abduali Birjandiy, Mansur Koshiy, Maryam Chalabiy va boshqa olimlar bilan birgalikda qurgan Rasadxonasida sayyoralar sirini o‘rgandi. Natijada Ulug‘bek 1018 ta yulduzning holati va harakatini aniqladi, astronomiyaga doir bir necha asarlar yozdi. Bu asarlarning asosiy mazmunini «Ziji jadidi Ko'ragoniy» deb ataluvchi astronomiya jadvali tashkil etadi.
  • Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Ulug‘bek davrida maktab islohoti.
  • Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Ulug‘bek davrida maktab islohoti.
  • Ulug‘bekning astronomiya maktabi o‘z davrining akademiyasi («Dorul-ilm»i) bo‘lgan va O‘rta asrlar musulmon Sharqi astronomiyasining rivojiga katta ta’sir qilgan. Yevropa olimlari uni buyuk astronomlar qatorida e’zozlaganlar. Mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olim Vol’ter (1694-1778) shunday e ’tirof etgan edi. «Ulug‘bek Samarqandda akademiyaga asos soldi, yer kurrasini o‘lchashni buyurdi va astronomik jadvallarni tuzishda ishtirok etdi».
  • Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Ulug‘bek davrida maktab islohoti.
  • Ulug‘bekning eng katta xizmati shundaki, u bevosita ilmiy- pedagogik qarashlari bilan ham odamlami ilmli va ma’rifatli bo‘lishga da’vat etdi. Ulug‘bek o ‘zining falsafa tarixi, falakiyot, matematika, georafiya, adabiyot fanlariga oid ko‘p jildli asarlarida o‘z davri uchun muhim bo‘lgan ilg‘or pedagogik fikrlarni ilgari surdi.
  • Ulug‘bek yoshlarni aqliy va ma’rifiy tarbiyasi haqida gapirib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, ilmsizlikka qarshi kurashdi.
  • Ulug‘bek 1449 yil 27 oktyabrda 56 yoshida yovuzlarcha o‘ldiriladi. Ulug‘bekning do‘sti va sadoqatli shogirdi Ali Qushchi unga ishonib topshirgan «Ziji Ko'ragoniy» nusxasini Istambulga olib ketadi va chop ettiradi.
  • Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Ulug‘bek davrida maktab islohoti.
  • Yosh avlodning erkin va har tomonlama kamol topish huquqini himoya qiladi.
  • Yoshlar o‘rgangan bilimlarini hayotga tatbiq etish yo‘llarini bilishlari, kerakli kasb-hunarlarni o‘rganishlari lozim deb biladi.
  • Axloq tarbiyasi masalasiga e’tibor berib, insonlar orasidagi munosabat, do‘stlik, birodarlikka alohida e’tibor qaratishni ta’kidlaydi.
  • Mehnat tarbiyasi va insonlarni hayotda, o‘qishda chidamli bo‘lishini mehnatsevarlik va matonat timsoli deb ko‘rsatadi.
  • Madrasalardagi o‘quv tizimini isloh qilib, madrasalarda o‘qish muddatini 15-20-yildan 8-yiIgacha qisqartiradi.
  • Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.
  • Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr Sharq madaniyati va ma’naviyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan olim bo‘lishi bilan birga keng dunyoqarash va mukammal aql - zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Bobur- noma» asari bilan jahonni mashhur tarixnavis, adabiyotshunos, tarbiyashunos olimlari qatoridan ham joy oldi.
  • Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda, Farg‘ona hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, tog‘a-jiyanlar, amakivachchalar o‘rtasida hokimiyat ulug‘ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
  • 1494-yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi o'rniga Farg‘ona viloyati hokimi etib ko‘tarilgan Bobur butun aqliy qobiliyati, irodasini qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, tog‘asi Sulton Mahmudxon va boshqa qarindosh raqiblariga qarshi kurashishga majbur bo'ldi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan murosaga kelish uchun unga yon berishga Farg‘ona viloyatini ikkiga taqsimlab, yarmini ukasiga topshirishga qaror qildi va o‘zi Samarqand uchun olib borilayotgan kurashga otlandi. Bir necha yil davom etgan bu kurashda Shayboniyxonning qo‘li baland kelib Bobur Samarqandni tashlab ketishga majbur bo‘ldi. 1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham qo‘lga kiritgandan so‘ng Bobur janubga qarab yo‘l oldi va Qobul ulusida o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Keyinchalik 1526-1527 yillarda Bobur Hindistonga yurish qiladi va Ibrohim Lo‘diy ustidan g‘alaba qozonib, Hindisonda «Boburiylar sulolasi»ga asos soladi. Bobur bu g‘alabadan so‘ng uzoq yashamadi. 1530-yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi. Keyinroq vasiyatiga ko‘ra farzandlari uning hokini Qobulga olib kelib dafn etdilar.
  • Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.
  • «Boburiylar sulolasi» Hindistonda 300-yildan ortiq hukmronlik qildi.
  • Boburning «Mufassal» asari bo‘lganligi ma’lum , biroq bu asar bizgacha yetib kelmagan.
  • Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.
  • «Bobur Hindistonga kelgandan keyin davlat ijtimoiy hayotida katta siljish yuz berdi va yangi hayotni boshlab bergan san’atga, ilm -ma’rifatga, arxitekturaga toza havo baxsh etgan, madaniyat va ma’naviyatni barcha sohalarini bir-biriga tutashtirib bergan buyuk shaxsdir», — deydi taniqli davlat arbobi Javaharla’l Neru
  • Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari.
  • Qomusiy bilimlar sohibi buyuk mutafakkir va m a’rifatparvar Alisher Navoiy (1441-1501) XV asrda - temuriylar davrida yashab ijod etgan allomadir.
  • Mashhur tarixchi Xondamir Navoiyning yoshlarga bilim berish va ularni tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar tug'dirganini bunday tasvirlaydi: «..Atoqli olimlar va hurmatga loyiq bo‘lgan san’at ahllarining darajalarini ko‘tarishda qo‘ldan kelgan qadar harakat qilib, bunday ishlarga ahamiyat berdi. O‘quvchilar faqat o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun ularga nafaqa tayin etib, madrasalar bino qildi»
  • Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari.
  • Alisher Navoiy yosh avlodning ilm-hunar egallashini va eng yaxshi insoniy fazilatlarga ega kishilar bolishini orzu qiladi. Uning ta’lim-tarbiya sohasidagi fikrlarida insonparvarlik g'oyalari markaziy o‘rinda turadi. Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak va qadrlidir.
  • Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari.
  • Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuch-qudratiga alohida e’tibor beradi. Navoiy fikricha, oqil, qobiliyatli, dono inson o ‘zining kuch-quvvatiga, aqlu- zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning ahamiyatini yoritib berar ekan, ilmni qorong‘ulikni yorituvchi chiroq, hayot yo‘lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko‘rsatadigan omil sifatida ta’riflaydi.
  • Tufuliyat o‘tgach ki bo‘ldi shabob, Xirad nuri soldi dumog1ichra tob. Kishining bu vaqt ikkidur holati.
  • Erur aqli yo nafsining quvvati. Agar aqliga quvvat o‘ldi fuzun
  • Bulur yaxshi ishlar son rahnamun.
  •  
  • «Xamsa»dan olingan mazkur parchada Navoiy bolaga yoshligidan tarbiya bermasa, yigitlik davrida yomon yo‘lga tushib ketishi mumkinligini, juda yoshlikdan berilgan tarbiya esa, insonni yaxshi xulq va fazilatlar sari yetaklshini ta ’kidlaydi.
  • Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari.
  • Navoiy tarbiya ta’siriga berilmaydigan, xalqqa musibat kelti- ruvchi fosiqlarga shafqatsiz bo‘lish kerak va ularni tarbiyalash bilan inson qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi deb uqtiradi.
  • Nokasu nojins avlodin kishi bolsin debon, Chekma mehnat kim, latif o‘lmas kasofat olami. Kim kuchuk birla хоtikni necha qilsang tarbiyat. It bo'lur, dog‘i eshshak, bolmaslar aslo odami.
  •  
  • Demak, nokas, vijdonsiz va fosiqlarga haqiqiy kishilik xislatlarini singdirib bo‘lmaydi.
  • Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari.
  • Navoiy hayotda ilmiga amal qilish, o'rganganlarini hayotga tatbiq etish masalasiga alohida e ’tibor beradi. M asalan, «Maxbub ul-qulub» asarida ilm o‘qib uni ishlatmagan kishi, urug‘ sochib hosildan bahra olmagan dehqonga o‘xshaydi deb ta’kidlaydi.
  • Ilm o‘qib qilmag‘on amal maqbul, Dona sochib ko‘tarmadi maqsul.

  • Buyuk mutafakkir bobomiz qariyb olti yuz yil narida turib bo‘lsa-da, nafaqat o‘z xalqining, balki bani bashariyatning ham ma’naviy olamini boyitishda bevosita ishtirok etib, ma’naviy-ruhiy madadkor bo‘lib turibdi. Kurrai zaminda uning asarlaridan bahramand bo‘lmagan, ilg‘or g‘oyalari va ta’limotidan ruhiy quwat olmayotgan, ijodiy foydalanmayotgan mamlakat, xalq va millat yo‘q, deb bemalol aytish mumkin. Alisher Navoiy asarlari jamiki odamzotga mehnat va halol-likdan, do'stlik va hamkorlikdan, rostguylik, sofdillik va samimiylikdan hayotiy saboq bermoqda, ular xaromho‘rlik va adolatsizlikni, fitna-fujur o ‘zaro nizo va qonli to‘qnashuvlarni, vayrongarchiliklarga sabab bo‘ladigan urushlarni esa keskin qoralamoqda. Ana shu ma’noda olganda Alisher Navoiy ta’limoti faqat milliy ahamiyatga ega bo‘libgina qolmasdan, umumbashariy qimmatga ham egadir. Navoiy umuminsoniyatga xos bo‘lgan daholardan biridir.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish