A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


Go‘zal katalpa (Satalpa speciosa (Werd.) Engelm.)



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

Go‘zal katalpa (Satalpa speciosa (Werd.) Engelm.) 
katta daraxt 
bo‘lib. bo‘yi 30 m, diametri 1,5 m ga yetadi. Tanasi tik o ‘sadi, shox- 
shabbasi piramida shaklda yoki keng. Tanasi va shoxlarining po ‘stlog‘i 
qizil-qo‘ng‘ir, bo‘yiga enli yorilgan. Barglari keng-oval shaklda, goho 
cho‘ziq, bo‘yi 15-30 sm ga yetadi, uchi o ‘tkir, tubi to ‘mtoq, cheti 
tishchali. Yuz tomoni tiniq yashil, tuksiz, orqa tomoni sertuk hidsiz. 
Barg bandi 10-15 sm. Gullari kam gulli ro ‘vak hosil qiladi. Ro‘vaginig 
bo‘yi 20 sm ga yetadi. Ko‘sakchasining uzunligi 45 sm, eni 1,5 sm 
po‘sti juda qalin, urug‘i yumaloq, kalta tukli.
Go‘zal katalpaning yog'ochi oq, yengil, nihoyatda pishiq, namda 
chirimaydi, shu sababli undan shpal va telegraf ustunlari uchun 
foydalaniladi. Katalpa juda chiroyli daraxt, u parklarga va ko‘chalarga 
ko‘p ekiladi. Shimoliy Amerikada Missisipi va Missuri, Ogayo daryolari 
bir-biriga qo‘shiladigan tumanlarda, Tennesi shtatida va Shimoliy 
Arkanzasning g ‘arbiy tumanlarida tarqalgan. 0 ‘zbekistonga X X asr 
boshlarida keltirilgan, shahar parklarida kam uchraydi. Chiroyli daraxt 
bo‘lganidan ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi.
Katalpaning ikkinchi 
turi-bignoniya katalpasi (Satalpa bigno-
nioides Wald.) 
ham Toshkentda o ‘stiriladi. Bu tur qisman past b o ‘yli va 
sershox, barglari o ‘tkir uchli bo‘lishi, guli maydaligi, meva pallalari 
yupqa bo‘lishi va erta gulga kirishi bilan oldingi turdan farq qiladi. 
Boshqa xususiyatlari bilan go‘zal katalpaga o ‘xshaydi. Bu katalpa ham 
Shimoliy Amerikadan keltirilgan.O‘zbekistonga introduksiya qilinga- 
niga 100 yildan oshdi. Juda manzarali daraxt hisoblanadi.
Chilopsis yoki cho‘l toli (Chilopsis linearis (Gav.)Sweet.) 
buta 
yoki kichik daraxt bo‘lib, bo‘yi 10 m ga yetadi. Barglari lansetsimon
bo‘yi 15-20 sm, tuksiz, ko‘pincha yelimli, kalta bandli. Gullari to ‘pgul 
hosil qiladi, to‘pgullari novdalaming uchida joylashadi, kosachasi tukli, 
gultojisi qizil yoki oq rangda, bo‘yi va eni 3,5 sm gacha. Mevasi ensiz 
ko‘sakcha b o iib , bo‘yi 30 sm, eni 6 mm.
Chilopsis urug‘idan ko‘payadi. Toshkent sharoitlarida yaxshi o ‘sadi, 
lekin qishda shox-shabbasi sovuqdan zararlanadi, so‘ng yana ko‘karadi. 
Shimoliy Amerikada, Janubiy Kalifomiyada va Meksikada tarqalgan. 
Seleksiya va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida katta ahamiyatga ega.

Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish