ANJIR (FICUS) TURKUMI
Ushbu turkumga kiruvchi 600 ta turdan eng qimmatlisi
oddiy anjir
(Ficus carica L.)
hisoblanadi. Anjir daraxti
3
kattalikdagi daraxt bo'lib,
yirik bargli, asosan tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan.
Tabiiy sharoitlarda
3-4
metrgacha, madaniy sharoitlarda 10-12
metrgacha o‘suvchi daraxt. Mevalari shirin qand moddasiga boy (20%)
rezavor va quritilgan holda iste’mol qilinadi. Anjir yovvoyi holda
0 ‘zbekiston janubida, Kopettog‘da, Eron va A fg‘oniston tog'larida
uchraydi. Hozirgi paytda anjiming ko'plab madaniy navlari yaratilgan.
Sovuqqa chidamsiz, qattiq sovuqli (-20o) qishlarda o ‘simliklaming yer
usti shoxlari zararlanib, qurib qoladi, shu sababli bog‘larda o ‘suvchi
anjir daraxtlarini qishga ko‘mib, o‘rab qo‘yish tavsiya etiladi. Anjimi
ko‘paytirishning eng oson usuli qalamchalarini ildiz oldirishdir. Buning
uchun noyabr-dekabr oylarida qalamchalar ona daraxtdan tayyorlanadi
va qishga quruq transheyalarga ko‘mib qo‘yiladi. K o‘chatlar bir yilda
doimiy joyiga o ‘tkazish uchun tayyor bo‘ladi.
QOG‘OZLI TUT (VROUSSONETIA) TURKUMI
Bu turkumning vakillari daraxt o ‘simliklardir, ular ikki uyli, ayrim
jinsli. Barglari navbat bilan joylashadi, oddiy tuzilgan, butun yoki
bo‘lakli. Gullari bir jinsli, changchi gullari oddiy boshoq, urug‘chi
gullari sharsimon boshoq hosil qiladi. Mevasi sharsimon to'pm eva
bo‘lib, har biri alohida uzun bandli danakchadir.
Quyida bu turkumning
qog‘ozli tut daraxti (Vroussonetia
rarurifera L.)
turi ustida to ‘xtalib o ‘tamiz.
Qog‘oz daraxtning bo‘yi 20 m ga, diametri 80 sm ga yaqin. Shoxlari
uzun, kul rang, qattiq, dag‘al, kalta tukli. Kurtaklarining bo‘yi 5 mm,
ingichka. Barg bandi 4-8 mm, tukli. Barg plastinkasi keng tuxumsimon
yoki lansetsimon-tuxumsimon, tubi notekis yuraksimon yoki to'm toq,
uchi o‘tkir yoki to‘mtoq b o ‘lib, bo‘yi 8-15 sm, eni 6-10 sm, butun yoki
3-5 bo‘lakli. Yuz tomoni yashil, dag‘al tukli, orqa tomoni kul rang,
baxmal tukli, keyinroq yashil rangga kiradi. Changchi to‘pgullari 3-5
sm, gulbandi mayin tukli, 1,5 sm. Urug‘chi to ‘pgullari baxmal tukli,
bandining uzunligi 1,5 sm. Danakchasi qizil rangda, bo‘yi 2-2,5 sm
keladi. Qog‘oz daraxti yorug‘sevar o ‘simlik. U ildizidan bachkilaydi.
Yaponiyada va X itoyda tarqalgan b o iib , po‘stlog‘ining ichki qavatidan
oliy navli qog‘oz tayyorlanadi. Xushmanzara daraxt sifatida shaharlarda
ekiladi, Toshkent sharoitlarida yaxshi o ‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |