124
bayonnomasidan yoki jinoyat ishi materiallaridan izlarning yuzaga kelish
vaqti va shart-sharoitlari aniqlanadi. Izlari bo‘lgan obyektni o‘rganishda
uning materiali, sirtining holati va tuzilishi aniqlanadi. Buzish qurolini
ko‘zdan kechirishda uning turi, vazifasi, holati aniqlanadi, yaqin vaqt
oralig‘ida
qilingan charxlash, qayta charxlash, buzilish, yopishib qolgan
begona jismlar va nihoyat, izlar hosil bo‘lishiga ta’sir qilishi mumkin
bo‘lgan boshqa belgilar o‘rganiladi.
Sirg‘alish izlarini tekshirish. Batafsil tadqiq qilish jarayonida eng
avvalo iz turi – hajmli yoki yuzaki (qavat bo‘lish yoki ko‘chish)ligi
aniqlanadi, uning shakli, chegaralarining aniqligi e’tiborga olinadi, izning
uzunligi, kengligi, chuqurligi, uning yuzaga kelish mexanizmi
(materialning zichlanishi, ko‘chib tushishi va.h.k.), izning boshlanishi va
qurolning harakatlanish yo‘nalishi aniqlanadi. Izning boshi ko‘ndalang
aniq iz ko‘rinishida bo‘lib, buzish quroli bilan obyektning boshlang‘ich
ta’siriga mos kelishi kerak. Mazkur chiziqning uzunligiga qarab,
buzish
qurolining obyekt bilan aloqa qiluvchi qismining kengligini aniqlash
mumkin. Agar izning boshlanish chizig‘i aniq ko‘rinmasa, qurolning ta’sir
qiluvchi qismining kengligi izning turli qismlarida joylashgan yoyilish
chiziqlari bo‘ylab o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Mazkur yoyiq chiziqlar
buzish quroli to‘xtatilgan yoki iz hosil qiluvchi kuch o‘zgartirilgan va
yo‘nalishi o‘zgartirilgan hollarda yuzaga kelishi mumkin. Mazkur
chiziqlarga qarab, iz hosil bo‘lish jarayonida qurolning joylashish
koordinatasi – qarshi burchak aniqlanadi. Mazkur burchakni izning
boshlanish chizig‘i («yoyilish» va izning tugashi) va
uning buzish
qurolining harakatlanishiga nisbatan chap tomondagi chegarasi tashkil
qiladi. Qarshi burchak transportir yordamida o‘zgartirilishi mumkin.
Transportir bevosita izga yoki uning fototasviriga, basharti izning buzilish
ehtimoli bo‘lmagan taqdirda qo‘yiladi.
Frontal burchak o‘lchamini chuqur sirg‘alish izlari bo‘lgan
taqdirdagina aniqlash mumkin. Buning maqsadida izning oldingi va orqa
devorining burchagi o‘lchanadi. Avvalo, ingichka yumshoq sim yoki folga
yordamida izning burchaklari bilan ko‘ndalang kesuvchi profilining
modeli olinadi, so‘ngra transporti yoki o‘lchash mikroskopi yordamida
burchaklarning kattaligi aniqlanadi.
Shuni unutmaslik kerakki, izning old
burchagi frontal burchakdan o‘lchash asbobining ishchi burchagining
yarmidan katta bo‘lsa, orqa burchak esa frontal burchak aniqlanayotganda
1800dan ayirib tashlanishi, hosil bo‘lgan ayirmaga ishchi burchakning
yarim qoldig‘ini qo‘shish zarur.
125
Identifikatsion masalani hal qilishda iz hosil qiluvchi qurol relyefining
izda aks etishini o‘rganishga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu kabi
chiziqli chuqurcha trassasimon izlar, ular orasidagi bo‘shliq va tasmali
izlar kattalashtiruvchi mikroskoplar yordamida tekshirib ko‘riladi.
Tekshirish jarayonida trassalarning soni o‘lchanadi (bunda eng ko‘zga
ko‘rinadigan va sanash uchun qulay izlar olinadi). Okulyar mikrometr
yordamida ularning kengligi va chiziqlar orasidagi kenglik o‘lchanadi.
Trassalarning joylashishi izlar chegarasiga nisbatan belgilanadi. Bu esa
o‘lcham kattaliklari bilan birgalikda buzish qurolining ta’sir qiluvchi
maydonini aniqlash va uning identifikatsion belgilariga baho berish
imkonini beradi.
Amaliyotda odatda izlarda aks etgan belgilarni baholashda
quyidagilarga e’tibor beriladi: trassalar soni, kengligi
va ular profilining
shakli (hajmli izlarda) iz hosil qiluvchi detal relyefining xususiyatlarini
ifodalaydi, kengligi turlicha bo‘lgan trassalarning majmui – iz qoldirgan
obyekt detallari relyefi orasidagi o‘zaro munosabat, ya’ni uning tuzilishini
aks ettiradi.
Bu kabi ekspertizada to‘g‘ri xulosa qabul qilish ko‘p borada
ekspertning mahoratiga bog‘liq bo‘lib, izda bilinar-bilinmas chiziqlarni
aniqlash va ularni identifikatsiya qilish murakkab masala hisoblanadi. Shu
o‘rinda professor G.L. Granovskiy tomonidan belgilarga baho berishning
obyektiv uslubini misol qilish maqsadga muvofiqdir. Uning mazmuni
quyidagicha: avvalo izda bo‘lgan identifikatsion ma’lumotlarning hajmi
aniqlanadi. Izda bo‘lgan trassalar soni va ular orasidagi bo‘shliq
o‘lchanadi. Trassalar va bo‘shliqlarning uzunligi va kengligi orasidagi farq
aniqlanadi. Shundan so‘ng, 1-jadvaldan
foydalangan holda, trassalar va
bo‘shliqlar to‘plamining identifikatsion axborotining hajmi aniqlanadi, bu
o‘lchamlar qo‘shilib, izda ifodalangan belgilarning umumiy identifikatsion
ayniyati topiladi. Olingan miqdor identifikatsion ma’lumotning
boshlang‘ich 19 ta shartli birligi bilan taqqoslanadi. Agar bu ko‘rsatkich
shartli boshlang‘ich nuqtalardan ortiq bo‘lsa, u identifikatsiya qilish uchun
yaroqli, deb topiladi. 2-jadval bo‘yicha xatolik ehtimolligi va ekspert
xulosasining statistik ishonchliligi aniqlanadi.
Identifikatsion tekshiruv jinoyat sodir etishda faraz qilinayotgan
buzish qurolining iz qoldiruvchi sirtini aniqlashdan boshlanadi. Bunda
buzish qurolidan qoldirilgan
izning shakli, o‘lchami va iz hosil bo‘lgan
buyumga ta’sir qilish xususiyatini o‘rganishdan olingan ma’lumotlardan
foydalaniladi.
126
Basharti qurolda izda bo‘lgan belgilar bo‘lmasa, u tekshirilayotgan
izlar qatoridan chiqariladi va iz aynan shu qurol tomonidan qoldirilmagan
degan xulosa qilinadi. Basharti buzish qurolida izda mavjud bo‘lgan
belgilar topilganida, uning shakli aniqlanadi, chunonchi agar buzish
qurolining tig‘i (lezviya)si bo‘lsa, ishchi burchagining kattaligi, kesuvchi
qirrasining umumiy relyefi, relyefning eng ko‘zga tashlanuvchi va izda aks
etish ehtimoli bo‘lgan elementlarining o‘lchami
va joylashishi aniqlanadi
(g‘ovaklar, darz ketgan joylar, ko‘chib tushgan va qo‘lbola charxlash izlari
va hokazo).
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, buzish quroli harakatlanish
yo‘nalishiga qaysi tomoni bilan o‘girilganini aniqlash muhim ahamiyatga
ega. Bu buzish qurolining buyum bilan ta’sirlanish qismidagi eng ko‘zga
ko‘rinadigan relyef xususiyatlari va iz trassalari bilan izning o‘zaro
joylashishidagi mos kelgan taraflari orqali aniqlanadi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: