Izning identifikatsion ahamiyatining ehtimoliy
ishonchliligini aniqlash
Iz alomatlarining identifikatsion
ma’lumotlari va chegaraviy sanalari
orasidagi ayirmasi
Ehtimoliy
xatolik
Ekspert xulo-
sasining statistik
ishonchliligi
1 0,05
0,95
2 0,01
0,99
3 0,003
0,998
4 0,0006
0,9994
5 0,00014
0,99985
6 0,00004
0,99996
7 0,00001
0,99999
8 0,000005
0,999995
9 0,000001
0,999999
10 0,0000001
0,9999995
Dinamik izlarni ekspertiza qilishning o‘ziga xos xususiyati shundaki,
uning obyektlari qoidaga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiyoslanmaydi (chunki
bunday izlarda belgilar o‘zgargan holda ifodalanadi). Shu bois, namuna
izlarni eksperimental tarzda hosil qilish tadqiqotning zaruriy
elementlaridan biri hisoblanadi. Agar buzish qurolining iz hosil qiluvchi
maydoni va uning iz hosil qilish makonida joylashishi aniqlansa,
tekshiruvlarni amalga oshirish birmuncha yengillashadi
127
Aks holda birmuncha yumshoq materialda buzish asbobining turli
tomonlari bilan qarshi va frontal burchakni o‘zgartirgan holda hosil
qilinadi. Bunda tajriba sifatida olingan izlar dastlab hodisa sodir bo‘lgan
joydan olingan izlar bilan taqqoslanadi
1
.
Eksperimental izlar orasidan o‘zining xususiyati, ifodalanish darajasi
va undagi trassalar miqdori, kengligi va shakli, o‘zaro joylashuviga ko‘ra
tekshirilayotgan izga mos bo‘lgan iz tanlab olinadi.
Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan iz hamda eksperimental tarzda
olingan iz ulardagi optik tasvir va fosuratlarni taqqoslash orqali amalga
oshiriladi.
O‘lchami uncha katta bo‘lmagan mayda tarkibli relyef
(mikrotrassalar)ga ega izlar «MSK» rusumidagi mikroskoplar yordamida
tekshiriladi. Pichoq bilan kesish, bo‘lish izlari va boshqalar — fotosuratlar
yordamida amalga oshiriladi. Izlarni mikroskop orqali tekshirishda va
fotosuratga tushirishda ularning bir xilda yoritilishi (yorug‘lik yo‘nalishi,
nur tushish burchagi, yorqinlik darajasi)ga e’tibor qaratilishi zarur.
Bundan tashqari, alohida fotosuratga olishda bir xil masshtabga rioya
qilinadi, fotosuratlarni chiqarishda esa ularning bir xilda
kattalashtirilishiga e’tibor beriladi.
Mikroskop yordamida amalga oshiriladigan taqqoslash izlarning
o‘zaro o‘rnini almashtirish yordamida shunday vaziyatni tanlashga imkon
beradi. Bunday trassalar va ular orasidagi oraliqlar o‘zaro bir-biriga mos
kelib, bu o‘z navbatda, ularning qurolning ta’sir qilish sirtining bir xil
mikrorelyefi yordamida hosil qilinganligi to‘g‘risida dalolat beradi.
Mazkur moslik fotoplyonkaga tushiriladi.
Fotosuratlar bo‘yicha trassalarni taqqoslash quyidagicha amalga
oshiriladi: eksperimental iz fotosurati trassalarga ko‘ndalang chiziq
bo‘yicha qirqiladi va hodisa sodir bo‘lgan joydagi iz tushirilgan fotosurat
ustiga yopiladi. Shundan so‘ng, qirqish chizig‘i bo‘ylab hosil bo‘lgan qirra
(chekkasi) ko‘ndalang va uzunasiga pastdagi surat ustida undagi trassalar
to‘liq mos kelmaguniga qadar yurgiziladi. Mazkur vaziyat fotosuratlarni
bir-biriga yopishtirish orqali amalga oshiriladi. Izlar bir-biriga mos
kelganligini yaqqol ko‘rish maqsadida eksperimental izning fototasviri,
1
Экспериментал изларни ҳосил қилиш учун материал қуйидаги талабларга
жавоб бериши зарур: текширилаётган из қолган материалга мос келиши,
башарти охиргиси юқори даражада қаттиқликка эга бўлса ва бузиш қуролининг
таъсир қилиш сиртини ўзгартирмаса; агар из қаттиқ материалда ҳосил бўлган
бўлса, масалан, пўлат буюмда; эксперимент учун юмшоқроқ металл (мис ёки
алюминий) ишлатилади.
128
siniq chiziqlar bo‘ylab kesilishi yoki bir nechta bo‘laklarga bo‘linishi
mumkin. So‘ngra ular pastki fotosuratda tasvirlangan izning turli
zonalariga qo‘yib chiqiladi. Biroq optik tasvir va fotosuratlar trassalar
kengligi, ulardagi oraliqlar hamda o‘zaro joylashishidagi moslikni aks
ettiradi. Shu bois, izda ifodalangan trassalar va ular orasidagi oraliqning
umumiy identifikatsion ahamiyati past bo‘lgan taqdirda, trassalar
chuqurligi va ular kesimi (profili)ning xususiyatlari to‘g‘risida qo‘shim-
cha ma’lumot olish zaruratini taqozo etadi. Bu maqsadda solishtirilayotgan
izlarni profillashtirish usuli qo‘llaniladi. Amaliyotda paypaslab
profillashtirish va replika (bo‘lak)larni ko‘ndalang kesish usullari keng
tarqalgan.
Paypaslab profillash profilograf-profilometr deb atalgan maxsus
asbobda amalga oshiriladi. Mazkur moslama detallar sirtining tekisligini
tekshirish maqsadida metallni qayta ishlash sanoatida foydalaniladi.
Profilografning turli (modifikatsiya) tuzilishi mavjud bo‘lib, ular tekis,
dumaloq, silindrli yuzalar uchun mo‘ljallangan. Ularning ish prinsipi
quyidagilardan iborat: obyektning sirti bo‘ylab juda ingichka olmos igna
yuritilib, u mayda notekisliklarni paypaslab chiqadi. Ignaning vertikal
tebranishi paypaslanayotgan relyefning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, ular
elektr signal ko‘rinishida o‘zi yozuvchi qalam (samopises)ga uzatiladi. Bu
qalam o‘z navbatida profilogrammani chizadi.
Qiyoslanayotgan dinamik izlar profilogrammasi ularni bir nechta
ko‘ndalang kesimlarni profillashtirish orqali olinadi. Profilogramma aniq
ifodalangan o‘sish va tushish nuqtalaridan iborat bo‘lib, ular bir-biridan
o‘zining kengligi va balandligi (chuqurligi) bilan ajralib turadi. Siniq
chiziqning elementlari vertikal bo‘yicha 400 piksel va gorizontal bo‘yicha
20 pikselga tengligi iz relyefining kattalashtirilganiga teng bo‘ladi.
Tekshirilayotgan va eksperimental izlarning profilogrammalari bir xil
sharoitda olinib, eng ko‘zga ko‘rinarli va barqaror ravishda takrorlanib
turuvchi elementlari orqali taqqoslanadi. Ularni ko‘z bilan ko‘rib
taqqoslash, o‘zaro mosligini tekshirish yoki o‘lchash orqali miqdoriy
xususiyatlarini taqqoslash mumkin.
Izlarni profilli tasvirini tushirishning barcha uchun qulay usuli ham
mavjud. U ham bo‘lsa, qiyoslanayotgan izlarga polimer qoliplash
moddasini quyish hisoblanadi, bunda ularga qora rang berish maqsadida
avvaldan qora kukun solinadi. Polimerizatsiyadan so‘ng qoliplar (nusxa)
replikalardan izlar olinadi va trassalarga ko‘ndalang ravishda o‘tkir
ingichka ustara (lezviya) bilan qirqiladi. Bunda kesilgan joylar suratga
tushiriladi. So‘ngra parallel bo‘lingan qirralar bo‘ylab 0,5 m qalinlikda
129
kertik (kesma) qilinadi. Har bir kesmaning har qaysi qirrasi iz profilini
ko‘zgusimon akslantiradi. Kesma (kertiklar) suratga olinadi va ularning bir
xilda kattalashtirilgan fotosuratlari yasalib, izlar profili taqqoslanadi.
Iz hosil qiluvchi obyektning eng mas’uliyatli identifikatsion bosqichi
qiyosiy tadqiqotni baholash hisoblanadi. Uning birinchi qismi oddiy
ko‘zdan kechirish orqali izdagi belgilarning bir-biri bilan mos kelishiga
ishonch hosil qilishdan iborat. Zero, hodisa sodir qilingan joydan olingan
va eksperimental izlar orasida to‘liq o‘xshashlikka (bir-biri bilan mos
kelgan trassa va bo‘shliqlar) erishish mushkul bo‘lganligi bois, mos kelgan
belgilarning miqdoriy tahlilini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Basharti bir-biriga mos kelgan belgilar miqdori va o‘xshashligi yetarlicha
to‘liq identifikatsion ma’lumotga ega (19 chegaraviy songa teng yoki
undan katta) bo‘lsa, birxillik to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Ya’ni iz aynan
berilgan buzish quroli tomonidan qoldirilganligi to‘g‘risida yetarlicha
ishonch hosil qilish imkonini beradi.
Eksperimental izlarda uning to‘liq ravishda mos kelishiga erishib
bo‘lmasligi bois, bir-biriga mos keladigan belgilarning sonini hisoblab
chiqish zarur. Biri-biriga mos keladigan identifikatsion belgilar yetarli
bo‘lmasa, qo‘shimcha ravishda uning profili va trassalarining chuqurligi
to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi (profilogramma). Bunda
izlarning o‘zaro o‘xshashligi haqidagi masalani hal qilish ekspertdan
yetarlicha tajribalilikni talab qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, trassalar
orasida farq bo‘lganligi bois, o‘xshashlik yo‘qligi to‘g‘risida xulosa
chiqarish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Zero, bunda buzish
qurolining iz hosil qiluvchi mikrorelyefi tekshirish vaqti kelgunigacha
o‘zgargan bo‘lishi, ya’ni identifikatsion davr o‘tib bo‘lgan bo‘lishi
mumkin.
Ekspert xulosasiga berilgan buzish qurolining izlari va uning iz hosil
qilish sirtining fotosuratlari biriktirilib, ularda izlarda aks etgan relyef
elementlari yaqqol ko‘rinib turishi zarur. Shu bilan birga jadvalga bir-biri
bilan kesishgan trassalarning yetarli darajada kattalashtirilgan tasvirlari
ham kiritilib, bir-biriga mos kelish jihatlari odatda belgilanmasligi
mumkin.
Erkin tarzda kesish va bo‘lish izlarining tadqiqoti. Pichoq, bolta,
iskana yordamida iz hosil qilish mexanizmida umumiy jihat kesuvchi
qismining noaniq vaziyati hisoblanadi. Sirg‘alish izlaridan farqli ravishda
ular ikkita yuzada ifodalanadi, bunda bo‘lingan (kesilgan) obyektning
o‘zida yoki payrahada mazkur izlarni topish mumkin. Mazkur jihat
tadqiqot o‘tkazish jarayonida hisobga olinishi zarur. Avvalo, qismlarning
130
bo‘lingan obyektga va izlarning bo‘linish sirtiga tegishliligi aniqlanadi. Bu
qismlarning tashqi qurilishi va bo‘linish sirtlarining bo‘lishdan avval
joylashish xususiyatiga qarab aniqlanadi.
Tadqiqot natijasida qurolning kesuvchi qirrasining iz hosil bo‘luvchi
buyumlarga nisbatan joylashishi hisobga olinadi. Bunda hodisa sodir
bo‘lish joyidan buyumning alohida bo‘lingan qismlarini topishda buzish
qurolining ularga ta’sir qilish yo‘nalishi va mazkur buyumlarda izlarning
holati to‘g‘risida aniq fikr-mulohaza qilish imkoniyatini istisno etadi.
Masalan, gumon qilinuvchi shaxs (o‘naqay yoki chapaqay bo‘lganmi,
zarba chapdan o‘ngga yoki o‘ngdan chapga berilganmi) to‘g‘risidagi
dalillar mavjud bo‘lib, ular darhol ekspertizaga taqdim etilishi zarur. Ular
o‘rganilgandan so‘ng, ekspert izlar tekshiruvini amalga oshiradi: uning
shakli va o‘lchamini, o‘zaro joylashishi, obyekt kesimining yuzasi va
boshqalarni tekshirib ko‘radi.
Xususan, kesish tolalarning o‘sishi bo‘ylab yoki ko‘ndalangiga
amalga oshirilganligi, izlarning hosil bo‘lish yo‘nalishi, yuzaki kesish
(yo‘nish)da qarama-qarshi va frontal burchaklar hamda chuqur kesish
(asbob qirrasi (tig‘i) obyekt materialining ichkarisiga botirilgan) hollarida
qarama-qarshi burchakning kattaligi aniqlanadi. Burchaklarni o‘lchash
sirg‘alish izlarida topilgan belgilarni aniqlash kabi amalga oshiriladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qarama-qarshi burchak ham trassalarga
nisbatan kesish va chopish izlarining o‘zaro joylashishi orqali aniqlanishi
mumkin.
So‘ngra izlar mikroskop ostida tekshirilib, unda aniq ko‘rinadigan
trassalar va ular orasidagi oraliqlar sanab chiqiladi, so‘ngra ularning
kengligi o‘lchanib, barcha belgilarning identifikatsion ahamiyati
aniqlanadi hamda izlar orqali buzish qurolini identifikatsiya qilish
to‘g‘risidagi masala hal qilinadi.
Kesish orqali hosil bo‘lgan bir nechta izlar o‘zaro taqqoslanadi va ular
aynan bitta qurol bilan hosil qilingan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi
dalil-isbot topiladi. Agar hodisa sodir bo‘lgan joydan payraha keltiri-
ladigan bo‘lsa, ularning sirtida identifikatsiya qilinayotgan qurol kesuvchi
qirrasining izlarini topish maqsadida tekshiriladi. Kesuvchi asbob ishchi
qismining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanganidan so‘ng, kesish va
chopishning ekperimental izlari olinishi mumkin. Kriminalistikaga doir
adabiyotlarda eksperimental izlarni olishda texnik moslamalarni qo‘llash
bo‘yicha ko‘plab takliflar berilgan. Xususan, kesuvchi asbob ostiga
turlicha burchak ostida joylashtirish va mumli plastinalarni kesish
imkonini beruvchi sirpanchiq mikrotomni qo‘llash tavsiya etiladi.
131
Shuningdek, maxsus yasalgan mexanik trasograf mavjud bo‘lib, uning
yordamida mum va mis platinalarda ekperimental izlarni qoldirish
imkoniyati yuzaga keladi. Shu bilan turlicha optik trasograflar qo‘llanilib,
ular kesuvchi qirraning soyali proyeksiyasini yorug‘likka ta’sirchan
material bo‘ylab yuritish orqali qora-oq parallel tasmalar ko‘rinishidagi
tasvirlar hosil qilishga imkon beradi. Biroq amaliyotda bu moslamalar
keng tarqalmagan, zero, ko‘pgina hollarda eksperimental tarzda
tekshirilayotgan dinamik izlarda belgilarning ifodalanish birxilligiga
erishishga yo‘l qo‘ymaydi. Hozirgi kunda hamon eksperimental izlarni
qo‘lda bajarish eng ishonarli usullardan biri bo‘lib, bunda buzish
qurolining qirrasini turlicha qarama-qarshi burchak ostida aylantirish
orqali kertik va kesmalar qilinadi hamda navbatma-navbat hodisa sodir
bo‘lgan joydan olingan izlar bilan solishtiriladi. Basharti izlar yirik bo‘lsa,
qoidaga ko‘ra, ular yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usulga ko‘ra masshtabli
fotosuratga olish orqali tekshiriladi.
Kesish va qirqish izlarining tadqiqoti. Kesish va qirqish amalga
oshirilgan asbob turini aniqlash uchun bo‘lish amalga oshirilgan
obyektlarning yon tomonlari qurilishining belgilarini tekshirish zarur.
Mazkur belgilarning mavjudligi asboblar qurilishi va ularning yasash
texnologiyasi, shuningdek undagi kesuvchi qismlarning obyekt materiali
bilan o‘zaro ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, o‘rtasi birga qo‘shilgan
ombir qaychi yordamida kesishda to‘g‘ri burchak ostida bir-biri bilan
birlashadigan ikkita maydon hosil bo‘lib, ularning birida to‘g‘ri burchakli
qirra bo‘lsa, ikkinchisida tepa qismi nayzasimon shakldagi uncha katta
bo‘lmagan do‘ng (g‘o‘la) yuzaga keladi.
Kesish va qirqish izlarini o‘rganishda ularning obyektda joylashishi,
hosil bo‘lish yo‘nalishi, obyekt chekkalarida yuzaga kelgan yuzalarning
kesishish burchaklari, ularning o‘lchami, ifodalanish darajasi va trassaning
yo‘nalishi, bundan tashqari, ularning sifati, kengligi va o‘zaro joylashishi
aniqlanadi. Bularning hammasi obyektda aks etgan belgilarining
identifikatsion ahamiyatini baholash va izlarning identifikatsiya qilish
uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilish imkonini beradi.
Kesish va qirqishning eksperimental izlarini yasash uchun frontal va
qarama-qarshi burchaklarning ta’sirini tekshirishning hojati yo‘q, chunki
asboblarning kesuvchi qismlari (ombir, qaychi va hokazo) bir-biriga va iz
hosil bo‘luvchi yuzaga nisbatan mahkamlangan bo‘ladi. Bunda alohida
e’tiborni iz qabul qiluvchi obyektni tanlashga va izlar qoldirilishi mumkin
bo‘lgan kesuvchi qirralar yuzasini aniqlashga qaratilishi zarur.
132
Qiyosiy tadqiqot asosan taqqoslash mikroskopida optik moslashtirish
uslubi asosida o‘tkaziladi. Bunda kesilgan va qirqilgan obyektlarning qirra
yuzalaridagi tegishli maydonlarida joylashgan trassalar qiyoslanadi.
Teshish izlarining tadqiqoti. Tadqiqotning dastlabki bosqichida
asbobning umumiy belgilari va harakatlanish yo‘nalishi aniqladi.
Chunonchi, teshikning diametriga ko‘ra, qo‘llangan parmaning diametri
aniqlanadi. Shuni alohida nazarda tutish lozimki, teshik diametri doim (0,7
mm gacha) parma diametridan kattaroq bo‘ladi, chunki teshikning qisman
yorilishi yuzaga keladi. Agar ikkala tomoni ochiq teshikning bir tarafida
qirilgan va ko‘chgan joylar soat o‘qi bo‘ylab, boshqa tarafida soat o‘qiga
qarshi tomonga og‘gan bo‘lsa, bunda parmalash (teshish) vaqtida parmani
uzatish qirilgan va ko‘chgan joylar soat o‘qi bo‘ylab ko‘chgan tarafda
amalga oshirilgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Qator hollarda qo‘l dreli yoki elektr drelda teshik qilinganini
aniqlashga muvaffaq bo‘linadi. Qo‘l drelidan foydalanilganini quyidagi
alomatlardan bilsa bo‘ladi: ikkala tomoni ochiq teshikning boshlanish
qismida tirnalgan, kesilgan joylar ko‘p bo‘ladi. Ularda konussimon
shaklda to‘liq yoki qisman saqlanib qolgan teshik tubining qismlari
to‘plangan bo‘ladi. Ba’zida konus shaklidagi teshik tubi saqlanib qoladi;
teshik devorlari sirtida g‘adir-budurlar bo‘ladi; «ko‘r» (ochiq bo‘lmagan)
teshikda uning tubi aniq ifodalangan markazga intiluvchi to‘lqinsimon
chiziqlar, radial tarzda joylashgan do‘ngchalar, ya’ni kesuvchi
qirralarning to‘xtash izlari bo‘ladi. Bunda teshik tubining umumiy shakli
uch qirrali prizmaning izini eslatadi. Odatda payraha (qipiq) fragmentar,
konussimon, chegaralari notekis uzuq-yuluq bo‘ladi.
Elektr drel bilan parmalash (teshish) uchun parma chiqadigan joylarda
tekis qirqilmagan joylarning yo‘qligi xosdir. Teshik devorlari birmuncha
tekis bo‘ladi. Bir tomoni ochiq bo‘lmagan teshiklarning tubi aniq
markazga intiluvchi trassalardan iborat bo‘ladi. Payraha uchun yaxlit,
spiral kabi o‘ralgan, metallning qizib ketish izlari qoramtir va uzun-uzun
dog‘lar ko‘rinishida bo‘ladi.
Yog‘ochli to‘siqlardagi ochiq bo‘lmagan teshiklarda kesuvchi
asboblar (parma, dastparma)ning belgilari ifodalanadi. Masalan, markaz va
tag keskich (podrezatel)ga ega spiralsimon parma yordamida qilingan
teshikning sirtida parma markazining izi va teshik devorlarida
keskichlardan qoldirilgan o‘yiq izlar hosil bo‘lishi mumkin. Spiralli
dastparmani ishlatishda teshik sirti tekis, markazida vintli yo‘nilgan
(narezka) uchining yo‘naltirilgan harakati sababli hosil bo‘lgan chuqurlik
bo‘ladi.
133
Ikkala uchi ochiq bo‘lmagan teshiklarning sirtidagi izlar bo‘yicha
ishlatilgan parmani identifikatsiya qilish mumkin. Bu izlar yuqorida qayd
etilganidek, bir-biriga nisbatan doirasimon joylashgan bo‘lib, parmaning
kesuvchi qirralarining relyefini aks ettiradi. Agar teshik chuqur va undagi
trassalarni suratga tushirishning imkoni bo‘lmasa, qoliplash materiallari
yordamida nusxa olinadi. Aynan shunday nusxalar eksperimental izlardan
olinib, so‘ngra ular bir-biri bilan taqqoslanadi. Tekshirilayotgan va
eksperimental izlardagi parma tashqi tuzilishi belgilari tekshirish
mikrofotomoslamalar va qiya tushuvchi yorug‘lik nuri yordamida bir xil
sharoitda amalga oshiriladi. Shuningdek, fotosuratlar yordamida ham
taqqoslash amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bunda ularning biri diametri
yoki xordasi bo‘ylab kesiladi va doirasimon trassalarni taqqoslash
imkonini beradi.
Parmani identifikatsiya qilish parmalash natijasida hosil bo‘lgan
payrahada kesuvchi qirralar relyefining akslanishi orqali ham amalga
oshirilishi mumkin. Bunda yoki uzun qirqma qirindi (payraxa) yoki 3-4
mmli fragmentar qirindini olish mumkin. Qirindi (payraha) tek-
shirilayotganda uning zichlashib qolishi, parma yoki teshik devorlari bilan
ta’sirga kirishishda buzilish imkoniyati ham hisobga olinishi zarur.
Qirindini tekshirish yuqorida ko‘rsatilgan usullar orqali amalga oshiriladi.
Arralash izlarining tadqiqoti. Arralash izlarining tadqiqotida arralab
kesish qaysi tomondan amalga oshirilgani, arralab bo‘lingan qismlar bir
butunni tashkil etganligi aniqlanadi. Bundan tashqari, to‘liq arralanmagan
va arra sal tekkan joylardagi izlardan arralash asbobining qaysi guruhga
mansubligini aniqlash imkonini beradi.
Arralash yo‘nalishini aniqlashda g‘udurlar (metallda) yoki tilingan
mayda tarasha odatda arralangan joyga nisbatan qarama-qarshi joylashgan
bo‘ladi va arra harakatlangan tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Arra
harakatining yo‘nalishi to‘g‘risida arralangan joyning chekkalaridagi o‘yiq
joylar dalolat berib, ular doim arralash boshlangan tomonga qaragan
bo‘ladi.
Arralaydigan asbobning ko‘rinishi to‘liq arralanmagan joydagi izning
qurilishi, shakli va o‘lchami orqali aniqlanishi mumkin. Metall qirqadigan
dastarra (nojovka)dan qoldirilgan iz ingichka (kengligi 1,2 mm) bo‘lgan
chuqurcha bo‘lib, uning sirti arra tishlarining joylashishiga mos
to‘lqinsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Aksincha, egovdan qoldirilgan iz egov
kesmasining shakliga mos keladi. Egovlar yassi, to‘rtburchak, uch qirrali,
yarim doira shaklda, romb shaklida bo‘lishi mumkin.
134
Arralangan joy sirtida qoldirilgan izlar bo‘yicha dastarra yoki egovni
identifikatsiya qilib bo‘lmaydi, chunki bu izlar navbatma-navbat arra
izlarining buyumga ta’sir qilishidan qoldirilgan trassalardan iborat bo‘ladi.
Arralangan buyum devorlarida o‘yiq statik izlar, arra tishlarining
to‘xtagan (kirib qolgan) joylarini ko‘rish mumkin. Ba’zi hollarda izlar
arra tishlarida bo‘lgan nuqsonlarni o‘zida aks ettirishi mumkin. Aynan
shunday hollarda arralangan buyumdan arrani identifikatsiya qilish
mumkin.
Metallni kesuvchi tasma orqali kesishda undagi tishlarning biri trassa
ko‘rinishida hosil bo‘lgani sababli uni tashqi qurilishi orqali identifikatsiya
qilish imkonini beradi.
Arralash vaqtida hosil bo‘ladigan qirindi bilan ishlash ko‘p mehnat
talab qiladi. Hodisa sodir etilgan joydan to‘plangan qirindi (payraha)da
begona jismlar, masalan kesish tasmasining sinib tushgan tishlari bo‘ladi,
ulardan o‘z navbatida mikroskop ostida ko‘rish orqali xalos bo‘lish
mumkin.
Shundan so‘ng, sirtida arralash izlari bo‘lgan payrahalar tanlab
olinadi. Ular tibbiy leykoplastirda shunday joylashtiriladiki, bunda izlar
kuzatuvchi tomonga qaratilgan, undagi trassalar esa bir yo‘nalishga
qaratilgan bo‘lsin.
Kesish tasma sinchiklab tekshirilgandan so‘ng, uning yordamida
zararlangan to‘siqqa mos mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan metall kesib
ko‘riladi. Arralashda chiqqan qirindi leykoplastirda o‘xshash tarzda
joylashtiriladi. Qiyosiy tekshirish «MSK-1» mikroskopi yoki rastrli
elektron mikroskop (kattalashtirish imkoniyati 70–80x) yordamida amalga
oshirilib, bunda jinoyat sodir bo‘lgan joydan olingan payraha (qirindi)da
hosil bo‘lgan trassalar eksperimetal tarzda olingan payrahalardagi izlar
bilan solishtiriladi. Mazkur izlar va trassalar ikkita yoki uchta payrahada
mos kelsa, arralash ekspertizaga uchun berilgan kesish tasmasi yordamida
amalga oshirilgan, deb xulosa chiqarishga imkon beradi.
Kesuvchi disklar bilan ta’sir qilish izlarining tadqiqoti. Kesuvchi
disklarining ixchamligi, mustahkamligi va yeyilishiga nisbatan
chidamliligi va nihoyat, kesish tezligining yuqoriligi ularni samarali buzish
quroliga aylantiradi. Sanoat usulida «M» va «D» turdagi disklar ishlab
chiqariladi. «D» turdagi disklar – bakalalitli va vulkanitli bog‘lam, «M»
turdagi disklar (olmos doiralar) – metall bog‘lamga ega. Mazkur disklar
ishlab chiqarishda po‘lat, volfram, chinni, shisha, kvars, olovda
yonmaydiga g‘isht, marmar, granit, quvur, quyma kesish, chuqurchalar
o‘yish kabi operatsiyalarni bajaradi. Bunda ular ishlab chiqarish
135
samaradorligi past egovlar va metall doirali arralarning o‘rnini bosadi.
Kesuvchi disklarning o‘lchamlari, diametrining turli-tumanligi, qalinligi
ular bilan ta’sir qilish oqibatida qoldirilgan izlarni tekshirish orqali guruhiy
tegishliligi, buzish holatlari va mexanizmini o‘rganishga imkon beradi.
Kesuvchi disklar kesish asbobi sifatida qo‘llanilgani to‘g‘risida
quyidagi belgilar dalolat beradi:
kesish sirti nisbatan tekis bo‘lib, unda yoysimon chuqurchalar va
do‘ngchalar mavjud;
kesish qirralari odatda to‘g‘ri chiziqli;
metallni kesish sohasida kuyib qolgan (metall «qochgan» kabi) izlar
bo‘lib, ular to‘siq metalli va kesuvchi disk ta’sir qilganda hosil bo‘lgan
yuqori haroratdan dalolat beradi;
to‘siqning ichki tomonida g‘udurlar hosil bo‘ladi. Disklarning ta’sir
qilish yo‘nalishi (kesish amalga oshirilgan tomon) undagi g‘udurlarning
joylashishiga va yoysimon joylashgan chuqurlik hamda o‘yiqlardan bilsa
bo‘ladi, bunda ularning markazi kesishning boshlanishini ko‘rsatadi.
Disklar o‘lchami yuzaki kesish va qisman kesish orqali aniqlanadi.
Chunonchi, mazkur izlarning kengligiga qarab, uning taxminiy kengligi,
kesish maydonidagi trassalar egrilik radiusiga qarab, uning tashqi diametri
aniqlanadi. Agar hodisa sodir bo‘lgan joyda diskning maydalangan va
sinib tushgan bo‘laklari bo‘lsa, ekspert bo‘laklar orqali butunni aniqlash
usulida ularning diskka tegishliligi masalasini hal qilishi mumkin. Yuzasi
kesilgan joylar sirti va qisman kesilgan joylar sirtidagi dinamik izlarga
ko‘ra, diskni identifikatsiya qilib bo‘lmaydi, zero, ular diskning aylanishi
natijasida hosil bo‘lgan izlarning o‘zaro bir-biriga yotqizilishidan hosil
bo‘lgan trassalarni tashkil etadi.
Shishakeskich yordamida hosil bo‘lgan izlarning tadqiqoti. Shisha-
keskichni qo‘llash izlari butun yuzalardagi turli shakldagi chiziqlar
ko‘rinishidagi izlar va shisha ikkiga bo‘linish qirrasidagi izlarni tashkil
qiladi.
Ekspert tadqiqotining asosiy maqsadi asosan buzish vaqtida shisha-
keskichdan foydalanilganmi, degan masalasini hal qilish hisoblanadi. Agar
javob ijobiy bo‘lsa, qaysi turdagi (olmosli yoki rolikli) shishakeskich
ishlatilgani aniqlanadi. Ayrim hollarda asbobdan nuqsonlar (kesish
elementining buzilishi, deformatsiyasi) bo‘lsa va ular barqaror ravishda
izlarda akslansa, identifikatsiya o‘tkazilishi mumkin. Biroq odatda
shishaning mo‘rtligi sababli shishakeskich ta’sirining xususiy belgilari
izlarda ifodalanmaydi.
136
Shu bois, qaysi turdagi shishakeskich qo‘llangani masalasini hal qilish
maqsadida turli yoritish sharoitida «MBS» turidagi mikroskoplar
qo‘llaniladi. Shuningdek, rastrli elektron mikroskopdan foydalanilganda,
tadqiqotni samaraliroq tarzda amalga oshirish mumkin. Chunonchi, uning
yuqori darajada kattalashtirish xususiyati va ravshanlik kuchi (aniqligi)
eng mayda belgilarni ko‘rish imkonini beradi.
Izlarda topilgan differensiyalovchi alomatlar quyidagilardan iborat:
– shishakeskich yordamida hosil bo‘lgan izlar dinamik xususiyatga
ega bo‘lib, uning alohida yuzalari iz bo‘ylab ketgan parallel ariqchalardan
iborat bo‘ladi. Izlar ikkala tomonidan tutashgan darz ketgan joylar segment
(bo‘g‘im) ko‘rinishiga ega;
– rolikli shishakeskich izlari, o‘zining hosil bo‘lish mexanizmiga ko‘ra
statik izlarga yaqin bo‘lib, mikro yoriq va siniqlarni hosil qiladi. Ular
o‘zaro parallel va iz chizig‘i bo‘ylab ko‘ndalang joylashadi. Izlarga
tutashgan yirik yoriqlar uning o‘qiga nisbatan perpendikular yo‘nalishda
cho‘zilgan bo‘ladi.
Shishakeskich turi tadqiqot uchun berilgan shishakeskichga mos kelsa,
uni identifikatsiya qilishdan bosh tortmaslik kerak. Bu maqsadda hodisa
sodir bo‘lgan joydan olingan shishaga o‘xshash nusxasi bir nechta marta
kesib ko‘riladi. Olingan izlar umumiy va xususiy belgilariga qarab
mikroskop ostida ko‘rilib, taqqoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |