A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Buzish qurollarining umumiy tavsifi va ularning



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
 
1. Buzish qurollarining umumiy tavsifi va ularning 
to‘siqlarga ta’sir qilish usullari 
 
Xususiy mulkka qarshi ko‘pgina jinoyatlar texnik vositalarni qo‘llash 
orqali sodir qilinib, ular qatoriga buzish (buzib ochish) qurollari ham 
kiradi masalan, turli xil maishiy va ishlab chiqarish mehnat qurollari 
(lomlar, changaklar, arralar, bolg‘alar, montaj belkurak-montirovkalar va 
hokazo), shuningdek jinoiy maqsadlarda maxsus yasalgan asboblar 
(«fomka», «balerina», «g‘oz panja»). Bundan tashqari, tasodifiy buyumlar 
(metall o‘zak, quvur, armatura tayoq va hokazo) yordamida turli xil to‘siq 
qisman va to‘liq buziladi. Bu kabi buzilish ta’sirida hosil bo‘ladigan izlar 
trasologik ekspertiza obyekti hisoblanadi. 
Mazkur izlarning ekspert tadqiqoti jarayonida qo‘llangan qurolning 
turi aniqlanadi, aynanlashtiriladi, turli buyumlarga ta’sir qilish mexanizmi, 
to‘siqlar va qulflanadigan moslamalarni buzish usullari aniqlanadi. Bu, o‘z 
navbatida, jinoyat ishlarini tergov qilishda daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan 
ma’lumotlarning olinishiga xizmat qiladi. 
To‘siq va buzish qurollarining o‘zaro ta’sir mexanizmiga ko‘ra, ular 
uruvchi, teshuvchi, richagli, kesuvchi, shuningdek murakkab turlarga 
bo‘linib, ular bir nechta turga kiritilishi mumkin. Masalan, richagli-
kesuvchi, teshuvchi-yoruvchi buzish qurollari kesuvchi qurollar guruhiga 
kiritiladi. 
Quyida yuqorida keltirilgan qurol guruhlarining ishlash mexanizmi, 
to‘siqqa ta’sir etish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. 
Uruvchi (zarba beruvchi) qurollar. Urib ta’sir qilish (zarbali ta’sir) 
to‘siq ishlangan materialdan nisbatan qattiq va pishiq har qanday buyum 
bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda uruvchi qurolning zarba 
berilayotgan buyum og‘irligidan birmuncha og‘irligi zarbaning kinetik 
energiyasini oshiradi va pirovardida uning vayron qilish ta’sirini 
kuchaytiradi. Bular maxsus uruvchi qurollar – bolg‘a, katta bolg‘a 
(kuvalda), bolta (bolta muxrasi) va boshqa katta buyumlar – katta tosh, 
biror-bir buyumning metall detali, qattiq turdagi daraxt poyasining bir 
bo‘lagi bo‘lishi mumkin. 
Teshuvchi qurollar. Teshish, urish (zarba berish) kabi muskul kuchi 
yordamida yetarlicha og‘ir qurol bilan zarbaning kinetik energiyasi 


 106 
oshirilishini nazarda tutadi. Biroq zarba berib, ta’sir qilish asosan to‘siq 
yuzasining bir qismini buzishga qaratilgan bo‘lsa, teshish – material 
ichkarisiga buzib kirish va hosil bo‘lgan yoriqni kengaytirishni nazarda 
tutadi. Buning natijasida teshik, yoriq paydo bo‘ladi. 
Teshish qurollari sifatida lomlar, shlyamburlar, belkuraklar va 
boshqalar ishlatiladi. Ko‘pincha, yoriq qilish maqsadida teshuvchi qurol 
yoki boshqa asbobning richagli (ilgakli) ta’siridan foydalaniladi. 
Richagli qurollar. Buzishning richagli qurollari muskul kuchini ko‘p 
marotaba ko‘paytirish va uni to‘siqning muayyan qismiga 
markazlashtirilgan holda ta’sir etish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda to‘siq 
elementlarining buzilishi (qulf dastasi, qulf yelkasi, panjaraning yulib 
olinishi) yoki uning qisman deformatsiyalanishi yuzaga keladi, masalan, 
eshik tavaqalari, oyna romlarini siqib chiqarish va hokazo. Richag sifatida 
ko‘pincha lomlar, montirovkalar, armatura simlari yoki boltalar (boltaning 
tig‘i eshik qutisi va tasmasi orasiga kiritiladi, bolta dastasi esa siqib 
chiqarishda richag vazifasini o‘taydi). Ba’zida o‘g‘rilarning maxsus asbobi 
«fomka» qo‘llaniladi. U uchi yassilanib yasalgan metall tayoqdan iborat 
bo‘lib, o‘ziga xos ilgak vazifasini o‘taydi (1-rasm). 
 
      
 
 
1-rasm.  O‘g‘rilarning maxsus yasalgan  asboblari: 
a –  «fomka» turlari; b – «g‘oz panja». 
 
Mazkur guruh qurollariga qisqich moslamalari (asboblari va 
qurilmalari) ham kirgan bo‘lib, ular yordamida to‘siqlar qisiladi, so‘ngra 
alohida bo‘laklarga parchalanadi. Ularga domkratlar, iskanja, yassi ombir, 
yumaloq jag‘li ombirlar kiradi. 
Kesuvchi qurollar. Kesish ta’siri mexanik yoki termik bo‘lishi 
mumkin. Mexanik kesish turlarining turli-tumanligiga qaramay, ularning 
asosiga kesiluvchi materialning asbob bilan o‘zaro ta’siri kiradi. Kesuvchi 
asbob ponasimon ishchi qismi va kesuvchi qirrasiga ega bo‘ladi. Kesish 
kesuvchi qirra materialga bosib kiritiladi, ponasimon qismi esa yon yuzasi 
bilan uni yirib, qismlarga bo‘ladi (pichoqda kesish, bo‘lish) yoki undan 
qirrindilar chiqarib kesadi (randalash, parmalash, arralash). 


 107 
Kesish jarayonining yagona prinsipga egaligiga qaramay, uning 
alohida turlarini ajratish kerak: 
– pichoq yoki shu kabi asbobda erkin (pichoq tig‘ining mus-
tahkamlanmagan holda joylashishi) kesish; 
– chopish; 
– uzish; 
– kesib olish; 
parmalash
– arralash; 
– qirqadigan doiralarda kesish; 
– oyna kesish. 
Yuqorida ko‘rsatilgan turlar materialni bo‘lish mexanizmi va 
qo‘llanadigan qurollar qurilmasiga ko‘ra ajralib turadi. 
Kesishning eng tarqalgan qurilmasi sifatida pichoq yog‘ochdan yoki 
boshqa yumshoq moddalardan yasalgan to‘siqqa boshlang‘ich ta’sir qilish 
uchun ishlatiladi. Pichoq yordamida chuqur bo‘lmagan tilish amalga 
oshirilib, so‘ngra urish, richag bilan ta’sir qilish va yopiladigan 
moslamalarga boshqacha ta’sir qiluvchi asboblar samarali ishlatiladi. 
Pichoq tig‘i bilan tilish va kesish ko‘ndalang (tolaga perpendikular 
ravishda) yoki uzunasiga, qiya (tolalarga nisbatan burchak ostida) va 
sirg‘anuvchi harakat bo‘lishi mumkin (bunda pichoq tig‘i bir vaqtning 
o‘zida ikkita yo‘nalishda harakatlanadi: kesish tomonga va pichoq 
tig‘ining uzunasiga o‘qi bo‘ylab). 
Chopish deganda, birmuncha og‘ir buyumning tig‘i bilan to‘siqqa 
qilingan zarbali ta’sir natijasida yuzaga kelgan buzilish tushuniladi. 
Chopish mexanizmining farqlovchi belgisi sifatida zarba kinetik 
energiyasining asbob tig‘ining qirrasiga jamlanishi tushuniladi. Bunda 
asbob tig‘i ta’sir qilinayotgan to‘siq materialiga chuqurroq botadi va 
kuchli buzilishlarni yuzaga keltiradi. Chopish asboblari sifatida boltalar va 
shu kabi maishiy-xo‘jalik asboblari, shuningdek xanjar va machete 
qo‘llaniladi. 
Teshuvchi-chopuvchi asboblar – bu iskana, tarosh, kreysmeysel 
bo‘lib, ularga og‘ir buyum bilan urish orqali ish-harakat amalga oshiriladi. 
Kesishning alohida turlariga uzish va kesib olish kiradi. Uzishda 
ombir, bokorez, yassi ombirlar ishlatiladi, kesib olish qaychilar (maishiy, 
tibbiy, chilangar) yordamida amalga oshiriladi. Ularda richagli-kesuvchi 
o‘q va kesuvchi elementlarning o‘zaro mustahkamlangan joylashishi 
umumiy element hisoblanadi. 


 108 
Metall to‘siqlarni kesish uchun maxsus yasalgan moslama «g‘oz 
panja» ishlatiladi. U konserva kutilarini ochqichni eslatadi: uzaytirilgan 
dastak richag orqali kuchni kesuvchi elementning qirrasiga jamlash va 5 
mm gacha qalinlikdagi metall to‘siqni kesish imkonini beradi (1-rasm). 
Teshish turli xil parmadastalar yoki elektr drellar yordamida amalga 
oshiriladi. Ularning turlariga aylanma tezligi o‘zgaruvchan drellar va drel-
perforatorlar kiradi. Oxirgilari aylanma harakat qilishdan tashqari 
parmaning oldinga intiluvchi (teshuvchi) harakati orqali beton, g‘isht va 
boshqa shu kabi materiallarni teshish imkonini beradi. 
Teshishda ishchi element parma hisoblanadi. Parmalar turlicha 
diametrda, ko‘rinishda bo‘lib, metall va yog‘och materiallarda ishlash 
imkonini beradi. Ko‘pgina parmalar ikkita kesuvchi qirralarga ega bo‘lib, 
ularning har biri qirindi chiqarish orqali teshikni yuzaga keltiradi. Parma 
qirralarining charxlash burchagi, teshish tezligi va material sifatiga qarab 
qirindi yaxlit spiralsimon yoki uzuq-yuluq (fragmentar) ko‘rinishga ega 
bo‘lishi mumkin. Bunda dumaloq teshiklar yuzaga kelib, qulflanadigan  
moslamalar mexanizmlariga kirish yo‘lini ochadi. Ba’zi hollarda 
to‘siqning muayyan yuza sohasida bir nechta yaqin joylashgan teshiklar 
o‘yiladi, so‘ngra mazkur yuza buzib olinadi. 
Teshishda maxsus qo‘lbola yasalgan «balerina» moslamasi ham 
ishlatiladi. U tayanch-tirgak moslamadan (sirkul oyoqchasi kabi) iborat 
bo‘lib, qattiq qotishmali metall keskich shtanga yordamida aylantiriladi. 
Shtanga keskichi aylanganda, qirindi ajralib chiqib, aylanma harakat 
bo‘ylab, sekin-asta to‘siq ichiga chuqurlashadi va oqibatda aylana diametri 
bo‘ylab teshik yuzaga keladi. 
Arralash kesishning maxsus turi hisoblanadi. Arralovchi asboblar 
ko‘psonli kesuvchi qismlar (arra tishlari)dan iborat bo‘lib,  materialni 
kesishni samarali amalga oshirish imkonini beradi. Amalda metall 
kesuvchi va yog‘och kesuvchi arralar ishlatiladi. Ularning bir-biridan 
asosiy farq qiluvchi tomoni tishlarning kattaligi va kesuvchi qirralarning 
joylashishi hisoblanadi. 
Nadfil, egov va shlitsovkalar ham arralash vositasi hisoblanadi. 
Hozirgi kunda metall, beton, tosh kabi materiallarni kesuvchi aylanma 
doiralar keng tarqalgan. Ularning aylanma harakatini amalga oshirish 
uchun burchak-silliqlash uskunalari qo‘llaniladi. Mazkur uskunalar 
«bolgarka» deb ataladi hamda yuqori tezlikda daqiqasiga 11000 ta 
aylanma harakatni amalga oshiradi. Bunda drel (parma dasta) yoki 
elektrdvigatellar quvvatidan foydalanish ularning yetarlicha tez aylanma 


 109 
harakat qilishini ta’minlaydi. Kesuvchi doira aylanganda uning qattiq 
zarralari to‘siq materialiga arra tishlari kabi ta’sir ko‘rsatadi. 
Kesish turlariga oyna kesish kiradi. Shishakeskichning kesuvchi 
elementi sifatida olmosning konussimon bo‘lagi (korunda) yoki qattiq 
qotishmali metalldan yasalgan rolik (g‘ildirakcha) olinadi. Olmos 
bo‘lagining ta’sirida shishaning sirtqi qatlamida tirnalgan iz qoldiriladi, 
g‘ildirak (rolik) esa dumalab, sirtqi qatlamni parchalaydi va ariqcha hosil 
qiladi. Ikkala holatda ham shisha tilinadi, uni oxirigacha kesish 
shishakeskich chizgan chiziq bo‘ylab ikkiga ajratish orqali amalga 
oshiriladi. 
Metallni kesish termik ta’sir ko‘rsatish qurollarini qo‘llash orqali 
amalga oshiriladi. Termik kesishning ikkita usuli mavjud – kislorodli   
(gazli) va elektrli. Kislorodli kesishda metall kislorod oqimida kuydiriladi, 
yoqilg‘i sifatida  atsetilen, propan-butan va boshqa gazlar ishlatiladi; 
elektrli (tokli) kesishda metall elektrod va metall orasida yonuvchi 
sirg‘alma elektr yoyi bilan eritiladi. 
Termik kesish maxsus standart jihozlar yoki  yasama kesuvchi 
moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, metallarni 
kesish uchun kavsharlash-payvandlash qalamlari ishlatilib, ular yonishda 
30000S haroratgacha issiqlik chiqarishi mumkin. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish