verbal (nutq orqali) noverbal (nutqsiz)
– og‘zaki nutq;
– imo-ishora;
– yozma nutq;
– mimika;
– pantomimika.
Verbal muloqotning asosiy vositasi inson nutqi bo‘lib, u aloqaning
universal vositasi hisoblanadi. Zero, nutq orqali axborotning mazmuni
deyarli to‘liq beriladi. Verbal muloqot orqali shaxs o‘zining fikr-
mulohazalarini bemalol bayon eta oladi.
Nutq, o‘z navbatida, boshqa noverbal muloqot vositalari bilan birga
olib boriladi. Bunday nutqsiz vositalarga, birinchi navbatda, imo-ishora
va mimika kiradi.
Ichki ishlar idoralari faoliyatida ko‘p holatlarda muloqot shaxslar
uchun majburiydir, ya’ni ayblanuvchi, guvoh va gumon qilinuvchi
muloqot qilishga majburdir. Shuningdek, shaxs muloqot qilmasa,
qonunga asosan jazolanishi mumkin. Muloqotdagi har bir fakt shaxs ongi
orqali amalga oshadi, eng asosiysi, bu faktlar shaxslarda ba’zi bir
narsalarni bo‘rttirib ko‘rsatish yoki yashirishga olib kelishi mumkin.
1
Qarang: Асямов С.В. Пулатов Ю.С. Ички ишлар идоралари ходимлари-
нинг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – 76-б.
88
Ba’zan muloqotga kirishayotgan shaxs o‘z aybini yoki maqsadini
yashiradi, ma’lum bir vaqtdan keyin uning bu yolg‘oni fosh bo‘lishi
mumkin. Ichki ishlar idoralari faoliyatida muloqot ikki yoki bir necha
(ko‘p) kishilik bo‘lishi mumkin. Muloqot maqsadidan kelib chiqqan holda
har xil tugashi, ya’ni keskin, agressiv holatda yoki muloqotni qayta
davom ettirish yoxud butunlay muloqotga qaytmaslik ham mumkin.
Muloqot, shuningdek, individlarning bir-birlariga kommunikativ
ta’sirining muayyan usullarini ham o‘z ichiga oladi. Ta’sir etish
usullarining quyidagi turlari farqlanadi:
Yuqimlilik – ta’sir ko‘rsatishning kishilar ommasini muayyan tarzda,
ayniqsa ommaviy tartibsizliklar, diniy jazavalar, ommaviy psixozlar bilan
bog‘liq ravishda integratsiya qiluvchi maxsus usuli.
Umumiy tarzda yuqimlilikni individning ongsiz, ixtiyorsiz ravishda
muayyan ruhiy holatlarga tushishga moyilligi sifatida ta’riflash mumkin.
U muayyan hissiy holatning birovga o‘tkazilishida namoyon bo‘ladi.
Yuqimlilikning psixologik mexanizmlarini inobatga olish ichki ishlar
idoralari xodimlari uchun ommaviy tartibsizliklar oqibatlarini bartaraf
etish, ommaviy madaniy-tomoshabop va sport tadbirlarini o‘tkazish
davrida jamoat tartibini ta’minlashda muhimdir.
Ishontirish – isbotsiz tasdiqlanadigan yoki inkor etiladigan xabarlarni
tanqidiy qarashsiz qabul qilishga qaratilgan kommunikativ ta’sir
ko‘rsatish usuli. Ushbu psixologik hodisa haqidagi bilimlar rivojining
hozirgi bosqichida «ishontirish mantiqiy isbotlashsiz shakllangan
ishonchga tayanadi va individdan individga, jamoadan shaxsga beriladi
yoki aksincha, aniqroq aytganda, avtomatik tarqaladi», degan qoidaga
asoslaniladi. Inson ishontirish ta’siriga ixtiyorsiz tushib, o‘zi anglamagan
holda harakat qila boshlaydi. Ichki ishlar idoralari xodimlari ta’sir
etishning ushbu usulidan juda ehtiyot bo‘lib foydalanishlari kerak, ba’zan
(masalan, tergov harakatlarini o‘tkazish chog‘ida) undan foydalanish
qonun bilan taqiqlanadi.
E’tiqod mavjud qarashlar, mayllar, nuqtai nazarlar, munosabat va
baholarni o‘zgartirish maqsadida u yoki bu qoida, qarash, qilmishning
to‘g‘riligini yoki ularga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini muloqot, tushuntirish va
isbotlash orqali odamlarning ongi, his-tuyg‘ulari va irodasiga ta’sir
ko‘rsatish bo‘lib, kommunikativ ta’sir ko‘rsatishning eng universal
usulidir. E’tiqod mexanizmi inson aqliy faoliyatini jadallashtirishga,
uning maqsadga erishish yo‘llari va vositalarini ongli ravishda tanlashiga
asoslangan. Kimnidir nimagadir ishontirish – ishontirilayotgan shaxs
89
mantiqiy mulohazalar va xulosa chiqarishlar natijasida muayyan nuqtai
nazarga qo‘shiladigan va uni himoya qilishga yoki unga muvofiq harakat
qilishga tayyor bo‘ladigan holatga erishishni bildiradi.
Ishontirish ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolarga ko‘rsa-
tadigan asosiy ta’sir usuli bo‘lishi kerak. Undan foydalanishning muvaf-
faqiyati quyidagilarga bog‘liq:
– ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsning shaxsiy ishonchi;
– uning tayyorgarligi va bilimi;
– xabar berilayotgan faktlar, hodisalar, harakatlarning to‘g‘riligi,
aniqligi va ishonchliligi;
– foydalanilayotgan faktlarning xarakterli, tipik bo‘lishi;
– odamlarni o‘ziga nisbatan moyil qilish, ularning ishonchini
qozonish;
– ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsning talabchanligi, uning vazminligi va
odobi.
Taqlid qilish ongli yoki ongsiz ravishda namunadan nusxa olishdir. U
guruh, jamoani tashkil etuvchi odamlarning xatti-harakatiga xos bir xil
usullarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Muloqot jarayonida ishtirokchilar bir-birlarini o‘zaro tushunishlari
kerak. Bunda muloqotga kirishgan sherikning uni qanday qabul
qilayotgani katta ahamiyatga ega. Shaxslararo idrok etish qonuniyatlari,
effektlarni inobatga olish ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida,
ayniqsa, shohidlar, guvohlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalarini, shu-
ningdek, o‘z idroklarini baholash chog‘ida katta ahamiyat kasb etadi.
Shaxslararo idrok effektlaridan biri – boshqa shaxs haqidagi umumiy
tasavvurning uning shaxsiga xos xislatlarni idrok etish va baholash
ta’sirida namoyon bo‘ladigan «oreol effekti»dir. Agar umumiy tasavvur
yaxshi bo‘lsa, uning ijobiy xislatlari ortiqcha baholanadi, salbiy xislatlari
esa sezilmaydi yoki aksincha. Ushbu effekt ta’sirida, masalan, ichki ishlar
xodimi «surunkali» huquqbuzarning tuzalish tomon tashlagan dastlabki
qadamlarini ko‘rishi mumkin va, tabiiyki, uni bu ishda qo‘llab-quvvatlay
boshlaydi.
«Izchillik effekti» ma’lumotlar ziddiyatli bo‘lgan taqdirda inson
qiyofasini va u to‘g‘risidagi tasavvurni shakllantirishga birinchi navbatda
kelib tushgan ma’lumotlar eng ko‘p ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi.
Agar bu tanish odamga daxldor bo‘lsa, aksincha, ya’ni eng oxirgilari ko‘p
ta’sir ko‘rsatadi.
«Stereotiplashtirish effekti» idrok etilayotgan kishini muayyan
ijtimoiy guruhga xos xislatlar unga ham xos deb baholashda namoyon
90
bo‘ladi. Har birimizda muayyan ijtimoiy stereotiplar – o‘qituvchi, harbiy
kishi, jinoyatchi kabi guruhlarning stereotiplari mavjud. Muayyan guruh
vakiliga duch kelganda, biz oldindan ushbu guruh kishilarga xos muayyan
xislatlarni unga ham xos deb qabul qilamiz. Ko‘pincha bunday
stereotipdan xalos bo‘lish juda qiyin bo‘ladi.
Ijtimoiy idrok etish effektlari ijtimoiy mayl (ustanovka) bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ijtimoiy
maylning o‘zi insonning boshqa odamni idrok etishga ichidan tayyor
bo‘lishi sifatida ta’riflanishi mumkin. Notanish kishi haqida taassurotning
shakllanishida maylning ahamiyati ayniqsa katta. Fanda A. A. Bodalev-
ning ijtimoiy maylning ahamiyatini ochib bergan tadqiqotlari yaxshi
ma’lum.
Tadqiqotlardan birida ikki guruh odamlarga ayni bir kishining surati
ko‘rsatilgan. Ammo suratni ko‘rsatishdan avval birinchi guruhga
suratdagi kishining ashaddiy jinoyatchi, ikkinchi guruhga esa qahramon
ekanligi aytilgan. Shundan so‘ng har bir guruhga fotosuratdagi kishini
so‘z bilan tasvirlab berish taklif etilgan. Birinchi guruh uni quyidagicha
tavsiflagan: chuqur ko‘zlari yashirin yovuzligidan, bo‘rtib chiqqan engagi
jinoyatda «oxirigacha borishga» qaror qilganligidan darak beradi va
hokazo. Ikkinchi guruhda aynan o‘sha chuqur joylashgan ko‘zlar
tafakkurning teranligidan, turtib chiqqan engak esa qiyinchiliklarni
yengishdagi iroda kuchidan darak beradi, deb baholangan. Shu, ichki
ishlar idoralari xodimlari o‘z faoliyatlarida shaxslararo idrok etish
xususiyatlarini inobatga olishlari, ijtimoiy idrok effektlarining salbiy
ta’sirlarini yo‘q qilishga, o‘zida va tergov qilinayotgan voqeaga daxldor
shaxslarda ijtimoiy maylning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasliklari juda
muhim. Masalan, tergovchi tanib oluvchini tanib olishga tayyorlash
chog‘ida «Hozir sizni tunagan jinoyatchini tanib olishingiz kerak» kabi
iboralardan qochishi lozim. Bunday iboralar jinoyatchini idrok etishga
mayllik yuzaga kelishiga olib keladi, agar tanib olinayotgan shaxsning
qiyofasi «jinoyatchi» stereotipiga mos kelmasa, bu tanib olish
natijalarining noto‘g‘ri chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda
«Hozir siz ko‘rsatilgan shaxslar orasida sizning pul solingan
hamyoningizni tortib olgan odamni tanib olishingiz kerak» kabi neytral
iboralardan foydalanish kerak. Bu maylning salbiy ta’siri imkoniyatini
kamaytiradi
1
.
1
Qarang: Асямов С. В. Пулатов Ю. С. Ички ишлар идоралари ходим-
ларининг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – 75–80-б.
91
Do'stlaringiz bilan baham: |