92
Natijada muloqot jarayonida har xil psixologik to‘siqlar paydo bo‘lib,
ko‘proq ular sun’iy ravishda vujudga keltiriladi.
Muloqot jarayonida quyidagi psixologik to‘siqlar vujudga kelishi
mumkin:
1) motivatsion to‘siqlar;
2) aqliy to‘siqlar (intelektual);
3) emotsional to‘siqlar;
4) tarbiyaviy jarayondagi to‘siqlar.
Motivatsion to‘siqlar shaxsning muloqotga kirishishdan bosh tortishi,
muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xohlamasligida
namoyon bo‘ladi.
Aqliy to‘siqlar shaxsning xodimga nisbatan bilim doirasining
kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi
yuqori bo‘lgan taqdirda vujudga keladi.
Emotsional to‘siqlar muloqotga kirishuvchilarning psixologik va
emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (tajovuzkorlik, qo‘rquv,
asabiylashish, xo‘rlanish va boshqalar).
Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlarga ichki
ishlar idoralari xodimlari
tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar, nosog‘lom oilalar va muqaddam sudlangan
shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlar olib borayotgan vaqtda uchraydi.
Psixologik aloqa o‘rnatishning bir necha bosqichlari mavjud:
1) bo‘lajak muloqotni bashorat qilish;
2) aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish;
3) tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi;
4) umumiy va betaraf qiziqish doiralarini aniqlash;
5) muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish;
6) individual ta’sir ko‘rsatish.
Bo‘lajak muloqotni bashorat qilish. Psixologik aloqa o‘rnatishning
samarali bo‘lishi uchun dastlabki rejalar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun muloqotga kirishuvchi shaxs haqida zarur ma’lumotlarga
ega bo‘lish kerak. Bundan tashqari, shaxsning psixologik
xususiyatlarini
bilish ham aloqa o‘rnatishda yordam beradi. Shuningdek, shaxsning
emotsional psixologik sifatlari: jizzakilik, tajovuzkorlik, yashirin xarakter,
gumonsirash va boshqalar psixologik aloqa o‘rnatishga salbiy ta’sir etadi.
Keltirilgan sifatlar bashorat qilish davrida inobatga olinishi kerak.
Aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish. Muloqotda
namoyon bo‘ladigan har qanday holatlarda tashqi omillar ijtimoiy
vaziyatlarga mos tushishi zarur. Suhbatdoshingizga hech nima xalaqit
93
bermasligi va uni chalg‘itmasligi kerak. Suhbat davomida o‘zaro ishonch
muhiti saqlanib qolinishi shart.
Tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi. Nutq
madaniyati, mimika, tashqi ko‘rinish psixologik aloqa o‘rnatishda ijobiy
natija beradi. Suhbatdoshingizda ham shunga qarab ijobiy emotsional
holatlar yuzaga keladi, bu esa aloqa o‘rnatishda zarur
omillardan
hisoblanadi. Suhbatdosh bilan muloqotning boshidan hamfikr bo‘lishga
harakat qilish kerak.
Umumiy va betaraf qiziqish doiralarini aniqlash. Muloqotning
boshida shaxs bilan umumiy til topish muhimdir. Bu vazifani hal etishda
umumiy, shu bilan birga, betaraf qiziqishlar doirasi, masalan, tangalar,
markalarni yig‘ish, sport, sayohat va boshqa qiziqishlarni aniqlash
yordam beradi. Umumiy qiziqishlarni qidirib topish ijobiy emotsional
holatlarga olib keladi. Bu o‘z-o‘zidan muloqotda suhbatdoshni
yaqinlashtiradi. Betaraf qiziqishlar psixologik muhitni yengillashtiradi va
mavqeni tenglashtiradi.
Muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish. Shaxslar bilan psixologik
aloqa o‘rnatish davrida muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etishga diqqatni
ko‘proq qaratish kerak, chunki bu og‘ishlar, masalan, bo‘lajak emotsional
zo‘riqish, muloqotning shakllanishiga ta’sir etuvchi salbiy omillar,
muloqot mobaynida begona shaxslarning aralashuvi va boshqalar
muomalaga salbiy ta’sir etadi. Muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish –
psixologik aloqa o‘rnatishning majburiy shartidir.
Individual ta’sir etish. Psixologik aloqa o‘rnatishning yakuniy
bosqichida xodim suhbatdoshga individual ta’sir ko‘rsatishi lozim. Bu
ta’sirning maqsadi suhbatdoshidan ishonchli ma’lumotlarni olish, shu
bilan birga, kelajakda ishonchli aloqa o‘rnatishdir.
Muloqotning muvaffaqiyatli bo‘lishida shaxsning shakllangan
sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta.
Jumladan, shaxsda ijobiy
fazilatlar yaxshi shakllangan bo‘lsa (xushmuomalalik, kamtarlik,
insoniylik, to‘g‘ri so‘zlik, vijdonlilik kabilar), muloqot jarayoni ham
yaxshi o‘tadi. Chunki shaxslar bir-birini to‘g‘ri tushunishlari, muloqot
muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun samimiy bo‘lishlari lozim.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, muloqot ichki ishlar
idoralari xodimlari faoliyatida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Muloqotning
verbal va noverbal turlari, ijtimoiy idrokning effektlari shaxslararo
munosabatlarda hamma vaqt ishtirok etadi. Keltirib o‘tilgan
fikrlarni
inobatga olgan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin:
94
1) muloqot murakkab jarayon bo‘lib, inson hayotida muhim omil va
shaxsning shakllanishida katta rol o‘ynaydi;
2) muloqot ichki ishlar idoralari xodimlari uchun kasbiy vazifalarini
bajarishlarida asosiy vositadir;
3) muloqotni olib borish vositalarini to‘g‘ri qo‘llash ichki ishlar
idoralari xodimlari faoliyatining samaradorligini oshiradi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda aholi
bilan muloqot qiladilar va, tabiiyki, ushbu faoliyatning samaradorligi
ularning odamlar bilan muloqotga kirishish, psixologik aloqa o‘rnatish
qobiliyatiga bog‘liq. Kommunikativ xususiyatlar ichki ishlar idoralari
xodimlari kasb mahoratining muhim tarkibiy qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: