A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Ziddiyat  ijtimoiy-psixologik muammo bo‘lib, konfliktologiyaning 
asosiy tushunchalaridan biri.  Ziddiyat muhokama yuritishda, matnda, 
nazariyada va umuman predmet, hodisalarda biri ikkinchisini inkor 
etadigan ikki mulohazaning mavjudligi va ular o‘rtasidagi munosabatlar. 
                                         
1
 
Qarang: Гришина Н.В. Психология конфликта. – СПб., 2000. – С. 464.
 


 96 
U obyektiv olamning va bilishning o‘z-o‘zidan harakati va taraqqiyotida 
namoyon bo‘ladi
1
.  Fan tarixida dastlabki ziddiyatlar konsepsiyasi Gerak-
litga taalluqlidir, ya’ni «abadiy vujudga kelish» faqat ziddiyatlarning 
birligi sifatidagina mumkin.  
Bundan ko‘rinadiki, «ziddiyat» tushunchasi  «nizo» tushunchasiga 
qaraganda kengroq ma’noni kasb etib, o‘zida hodisa, voqea, jarayon,  
narsa va predmetlar hamda insonlar fikri o‘rtasidagi o‘zaro nomuta-
nosiblikni, ya’ni qarama-qarshilikni aks ettiradi. 
Nizo esa o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik orqasida 
tug‘ilgan holat, munosabat, ixtilof
2
.  
Nizo jamiyatdagi guruhlar yoki individlar o‘rtasidagi antoganizm, u 
ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchisi, ikki yoki undan ortiq individ yoki 
guruhlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi yuz berishi, ikkinchisi, o‘zaro 
kurashga faol jalb etilishi. Manfaatlar zidligi har doim ham ochiq 
kurashga olib kelavermaydi
3
 
Ziddiyatlarning psixologik xususiyatlarini  o‘rganish ichki ishlar 
organi xodimlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z xizmat faoliyatida maishiy 
ziddiyatlardan tortib, to jinoyatchilar o‘rtasidagi ziddiyatlargacha duch 
keladilar. Shuning uchun ular ziddiyatli holatlarda sharoitdan tez chiqib 
ketishi, chiqqanda ham to‘g‘ri yo‘l topishi, ziddiyatni yechishi shart, 
chunki ziddiyat yo ijobiy, yo salbiy natija bilan tugaydi.  
Ziddiyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hodisadir. Ziddiyat keng va 
tor ma’noda tushuniladi. Keng ma’nodagi ziddiyat jamiyatdagi yangi va 
eski qarashlar o‘rtasidagi kurashdir. Tor ma’nodagi ziddiyat bir muam-
moni yechishda har bir shaxsning o‘z fikrini qattiq turib himoya qilishida 
yuzaga keladi. Masalan, har bir yangilik yaratilgunga qadar va yaratil-
gandan keyin ham ma’lum vaqt ziddiyatlarga uchraydi. 
Ziddiyat ijtimoiy psixologiyada muomalaning buzilishi yoki psixo-
logik jihatdan ichki ruhiy kelishmovchilikdir. Umuman olganda, ziddiyat 
insonlar o‘rtasida ijtimoiy va shaxsiy masalalarni yechishda vujudga 
keladigan holat, lekin har qanday qarshilik ziddiyat bo‘lavermaydi. 
Odamlar bir-birining fikri bilan kelishmasligi, tortishishi mumkin, har biri 
o‘z fikrida qoladi va baribir ko‘p hollarda kelishib ishlashga majbur 
bo‘ladilar. Qarama-qarshilik, ba’zan yoqtirmaslik, salbiy emotsiya, 
                                         
1
 Qarang: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Т.2. – Т., 2006. – 147-б.
 
2
 Qarang: Ўзбек тилининг изоҳли луғати.  Т.3. – Т., 2006. 
3
 Qarang: Энтони Гидденс. Социология. –Т.,   2002.
 


 97 
tushunmaslik, ko‘ra olmaslik va boshqa sabablar ziddiyatning kelib 
chiqishiga sabab bo‘ladi. Ziddiyat nafaqat qarama-qarshilik, shuningdek, 
o‘ziga xos kurashish hamdir. Har ikkala tomon ham bunday holatda 
o‘zlarini haq deb bilishadi va o‘z qarashlari uchun kurashadilar. Ziddiyat 
qarama-qarshiliklar negizida yuzaga keladi, uni albatta hal qilish kerak, 
chunki busiz hayot me’yorda davom etmaydi.  
Yuqorida aytib o‘tilganlarni tahlil qilib, psixologik nuqtai nazardan 
«ziddiyat» tushunchasini quyidagicha tavsiflash mumkin. Ziddiyat 
shaxslar o‘rtasidagi qarashlar, qiziqishlar, qarama-qarshiliklar natijasida 
yuzaga kelgan psixologik holat bo‘lib, shaxslarning o‘zaro hamkorligi 
jarayonida yuzaga keladi. Ziddiyat bor joyda rivojlanish bor, ayni paytda, 
ma’lum ma’noda orqaga qaytish ham kuzatiladi. 
Umuman olganda, ziddiyat shaxslarning psixologik tuzilishga bog‘liq 
bo‘lsa-da, ammo hayotning o‘zi ziddiyatsiz bo‘lishi mumkin emas. 
Ziddiyatlarni baholash va tahlil etish ularni turlariga ko‘ra  guruhlash 
va tizimlashtirishni taqozo etadi.  
Sotsiologlar ziddiyatlarning makro yoki mikro darajasiga, asosiy 
tiplariga, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-etnik, siyosiy tabiatiga e’tibor 
beradilar. Huquqshunoslar esa ichki va tashqi tizimli ziddiyatlar, ularning 
namoyon bo‘lish sohasi, shuningdek, maishiy-oilaviy, madaniy va 
ijtimoiy mehnat hamda bozor iqtisodiyoti jarayonida  keng xo‘jalik 
yo‘nalishidagi moliyaviy va mulkiy  nizolarga ajratadilar. 
 Boshqaruvda ziddiyatlarni tasniflash nizoning elementlari, xususiy 
holatlari, ularning o‘ziga xos namoyon bo‘lish sabablariga, nizoli 
vaziyatga, motivlariga, qiziqishlarga alohida shaxsning faoliyati, ijtimoiy 
guruh (jamoa) va jamiyat maqsadlariga tayanib amalga oshiriladi.  
Ziddiyatlarni ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lish shakliga qarab 
quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
• iqtisodiy ziddiyatlar (insonlarning moddiy iqtisodiy faoliyati 
doirasida vujudga keladi); 
• ijtimoiy ziddiyatlar (sotsial guruhlarning ijtimoiy xususiyatlaridan 
kelib chiqadi); 
• sinfiy ziddiyatlar (ijtimoiy sinflar o‘rtasidagi tafovut asosiy nizo 
manbai); 
• siyosiy ziddiyatlar (ma’lum guruhlarning manfaatlari doirasidagi 
kurash); 
• mafkuraviy ziddiyatlar (dunyoqarashlar  o‘rtasidagi tavofutlar 
asosida vujudga keladi); 


 98 
• madaniy ziddiyatlar (turli madaniyat vakillari o‘rtasidagi to‘qna-
shuvlar jarayonida vujudga keladi); 
• aksiologik ziddiyatlar (qarama-qarshi qadriyatlarga ega har xil 
guruhlarni boshqarish oqibati tarzida); 
• pozitsiyali ziddiyatlar (tashkiliy munosabatlar tuzilishidagi o‘rniga 
qarab farq qiluvchi manfaatlari bir-biriga zid ijtimoiy guruh yoki shaxslar 
o‘rtasida vujudga keluvchi nizolar).   
Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning turli vaziyatlariga qarab, 
nizolarni ketirib chiqaruvchi sabablarni quyidagi uch guruhga ajratish 
mumkin: 
• mehnat jarayonidagi;  
• shaxslararo munosabatlardagi psixologik xususiyatlar, simpatiya va 
antipatiya, madaniy va etnik tafovutlar, rahbarning yomon kommu-
nikatsiyaga egaligi va boshqalar; 
• guruh a’zolarining o‘ziga xosligi, masalan, emotsional holatlarini 
boshqara olish uquviga ega emasligi, agressivligi, kommunikabellik va 
taktning yetishmasligi. 
Ziddiyatning o‘ziga xos xususiyati buzish va buzilish xarakteriga 
egaligidir. Ziddiyatli holat jamoaning buzilishiga, undagi ijtimoiy-
psixologik sharoitning yomonlashuviga olib keladi. Ziddiyatli holatni hal 
qilish uchun uning tuzilishini o‘rganib chiqish kerak. 
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish