306
vaziyatlarni ko‘z oldingizga keltiring, savollarga qisqa va lo‘nda javob
berishga harakat qiling.
1. Siz bilan doimo muloqotda bo‘luvchi do‘stlaringiz ko‘pmi?
2. Ko‘pchilik o‘rtoqlaringiz aynan sizning fikringizga qo‘sqilishiga erisha
olasizmi?
3. Do‘stlaringizdan biri sizni xafa qilib qo‘ygudek bo‘lsa,
buni ancha
vaqtgacha unutmaysizmi?
4. Favqulodda vaziyatlarda o‘zingizni qo‘lga olishda, idora qilishda har
doim qiynalasizmi?
5. Turli yangi odamlar bilan tanishishga intilasizmi?
6. Sizga jamoa ishlarini bajarish yoqadimi?
7. Siz uchun odamlar bilan muloqotda bo‘lgandan ko‘ra kitob o‘qish
afzalroqmi?
8. Niyatingizni (rejangizni) amalga oshirishda to‘siqlarga uchrasangiz,
undan osonlikcha voz necha olasizmi?
9. O‘zingizdan yoshi ancha katta odamlar bilan qiynalmasdan muloqotga
kirisha olasizmi?
10. Do‘stlaringiz bilan turli o‘yin va ko‘ngil ochar tadbirlarni (damlarim)
o‘ylab topish va tashkil qilish Sizga yoqadimi?
11. Yangi odamlar davrasiga qo‘shilib ketishingiz qiyinmi?
12. Bugun bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni
boshqa kunlarga qoldirish
Sizga xos xususiyatmi?
13. Notanish odamlar bilan muloqotga kirishishda qiynalmaysizmi?
14. Barcha do‘stlaringiz Sizning fikringizga binoan faollik ko‘rsa-
tishlariga harakat qilishga intilasizmi?
15. Yangi jamoaga moslashib, kirishib ketishga qiynalasizmi?
16. O‘rtoqlaringiz o‘z so‘zining ustidan chiqmasa, majburiyatini bajar-
masa, Sizda ularga nisbatan norozilik tug‘ilmaydimi?
17. Qulay imkoniyatlardan foydalanib, yangi odamlar bilan tanishib
suhbat qurishga intilasizmi?
18. Muhim masalalarni hal etishda Siz tez-tez tashabbusni o‘z qo‘lingizga
olasizmi?
19. Tevarak-atrofdagi odamlar g‘ashingizga tegadimi va yolg‘iz qolishni
istaysizmi?
20. Notanish sharoitda o‘zingizni noqulay sezishingiz to‘g‘rimi?
21. Doimo odamlar davrasida (orasida) bo‘lish Sizga yoqadimi?
22. Boshlagan
ishingiz oxirigacha yetmasa, ta’bingiz xira bo‘ladimi?
23. Begona odam bilan tanishish uchun tashabbus ko‘rsatishingiz zarur
bo‘lsa, o‘zingizni noqulay sezasizmi?
24. O‘rtoqlaringiz bilan tez-tez muloqotda bo‘lishdan charchaysizmi?
25. Ko‘pchilik qatnashadigan o‘yinlarda ishtirok etishni yoqtirasizmi?
307
26. Do‘stlaringiz manfaatiga aloqador masalalarni yechishda tez-tez
tashabbus ko‘rsatasizmi?
27. Sizga yaxshi tanish bo‘lmagan odamlar orasida o‘zingizni erkin tuta
olmasligingiz to‘g‘rimi?
28. O‘zingiz haq ekanligingizni isbotlashga
kamdan-kam vaziyatlarda
intilishingiz to‘g‘rimi?
29. Tanishchiligingiz kam bo‘lgan odamlar
davrasiga bemalol fayz,
jonlanish kirita olaman deb hisoblaysizmi?
30. Ishxonadagi jamoat ishlarida qatnashasizmi?
31. Tanishlaringiz sonini kamaytirishga harakat qilasizmi?
32. Boshidan o‘rtoqlaringizga ma’qul bo‘lmagan
fikr yoki qarorda turib
olmasligingiz to‘g‘rimi?
33. Noma’lum ulfatlar orasida o‘zingizni erkin, bemalol tuta olasizmi?
34. Do‘stlaringiz uchun har xil tadbirlarni bajonidil
tashkil etishga kirisha
olasizmi?
35. Omma o‘rtasida so‘zga chiqish zarur bo‘lib qolsa, o‘zingizni dadil va
erkin tuta bilmasligingiz to‘g‘rimi?
36. Ishga, turli uchrashuvlarga kechikib kelish odatingiz bormi?
37. Do‘stlaringiz diqqat-e’tiborida tez-tez bo‘lib turasizmi?
38. O‘zingiz yaxshi tanimagan odamlar bilan
muloqotga kirishganda
tortinasizmi?
39. Ko‘pchilik do‘stlaringiz o‘rtasida o‘zingizni dadil tuta olmasligingiz
to‘g‘rimi?
40. Zarurat bo‘lganda yolg‘on gapirib, keyin to‘g‘rilashga
harakat
qilasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: