305
ishlarni sizga topshirib bo‘lmaydi. Odamlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishga
intiling.
Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 25–29 ball bo‘lsa: Siz indamassiz,
kamgapsiz, yolg‘izlikni yoqtirasiz.
Yangi ish, yangi muloqotlar sizni
anchagina muvozanatdan chiqaradi. Sizni bu xususiyatingiz ko‘pincha
o‘zingizga yoqmaydi. O‘zingizni o‘zgartirish o‘zingizga bog‘liq.
Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 19–24 ball bo‘lsa: Atrofdagilar bilan
osoyishda muloqotda bo‘lasiz va notanish sharoitda o‘zingizga ishonasiz.
Yangi masalalar sizni cho‘chitmaydi. Odamlar bilan kelisha olasiz,
tortishuvlarda qatnashishni unchalik yoqtirmaysiz
Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 14–18 ball bo‘lsa: Siz qiziquvchansiz,
sergap suhbatdoshingizni qiziqish bilan tinglaysiz. O‘z nuqtai nazaringizni
jahlsiz himoya qila olasiz. Shunga qaramay shovqinli davralarni yoqtirmaysiz.
Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 9–13 ball bo‘lsa: Atorfdagilar bilan
tez muloqotga qirishasiz, ko‘plab yangi odamlar bilan tanishishni istaysiz.
Qiziquvchansiz, sergapsiz, har xil masalalar bo‘yicha gapirishni yoqtirasiz.
Hech kimning iltimosini rad etmaysiz, har doim ham uni bajarish imkoniyati
bo‘lmasada. Hammaning diqqat-e’tiborida bo‘lishni istaysiz. Murakkab
masalalarni hal qilishda sabr-toqat, qat’iyatlilik yetishmaydi.
Lekin
xohishingiz bo‘lsa, maqsadingizga erishish uchun o‘zingizni majbur qila
olasiz.
Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 4–8 ball bo‘lsa: Atrofdagilar bilan
muloqotda bo‘lishga intilish sizni tinch qo‘ymaydi.
Siz har doim hamma
yangiliklardan xabardor bo‘lishni istaysiz. Har qanday masala bo‘yicha gapirib
ketaverasiz, har qanday sharoitda o‘zingizni erkin tutasiz, har qanday ishni
cho‘chimay, ishonch bilan boshlaysiz, vaholanki, ko‘pchilik hollarda uni
oxirigacha yetkazmaysiz. Shu sababli hamkasblaringiz sizga ishonchsizlik
bilan qaraydi.
Agar siz to‘plagan ballar yig‘indisi 0–3 ball bo‘lsa: Sizning
muloqotga
bo‘lgan intilishingiz kasallik xarakterini olgan. Siz ezmassiz, sizga hech
qanday tegishli bo‘lmagan masalalar bo‘yicha ham hukm chiqarmoqchi
bo‘lasiz. Jahldorsiz, tez xafa bo‘lasiz, ko‘pincha qat’iy va odil bo‘lmaysiz.
Atrofdagi odamlarning siz bilan birga bo‘lishi qiyin. O‘z ustingizda ishlash
sizga xalal
bermaydi, o‘zingizda sabr-toqatni, o‘z-o‘zini boshqarishni,
odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalang.
Do'stlaringiz bilan baham: