A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


 Kasbiy-psixologik trening haqida tushuncha



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

13.2. Kasbiy-psixologik trening haqida tushuncha  
va uning asosiy   shakllari 
 
Xodimlar psixologik tayyorgarligining mohiyatini belgilovchi marka-
ziy bo‘g‘in va o‘zak uni o‘tkazish usullaridir. Bu o‘rinda operativ xizmat 
vazifalarini samarali bajarishga imkon beruvchi psixologik tayyorgarlik 
rivojlantiriladigan va uning zarur darajasiga erishishga yordam beradigan 
usullar nazarda tutiladi. So‘nggi vaqtlarda psixologik tayyorgarlikni 
tashkil etishda ichki ishlar xodimlarining kasbiy psixologik treningidan 
foydalanish borgan sari ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Kasbiy-
psixologik trening xodim shaxsining kasbiy muhim xislatlarini samarali 
rivojlantirishga imkon beruvchi maqsadga qaratilgan mashqlar tizimidir. 
Ushbu trening xodimning kasbiy faoliyati samaradorligini oshiradigan 
tegishli psixologik usullarni egallashini ham taqozo etadi.  
Psixologik tayyorgarlikni amalga oshirish uchun quyidagi kasbiy-
psixologik trening usullari qo‘llaniladi:  
– bilish xislatlari treningi; 
– kommunikativ trening; 
– rolga kirish treningi; 
psixologik boshqaruv mashqlari; 
– psixo-texnik o‘yinlar. 
Kasbiy psixologik trening usullari operativ xodim uchun zarur 
bo‘lgan xislatlar, ko‘nikmalar va mahoratni samarali shakllantirish va 
rivojlantirishga imkon beradi.  
Bilish xislatlari treningiga kasbiy xotira, kasbiy kuzatuvchanlikni 
rivojlantirish va kasbiy idrok tajribasini to‘plash bo‘yicha treninglar, 
kasbiy ziyraklikni rivojlantirish bo‘yicha mashqlar kiritiladi.  
Kommunikativ trening psixologik aloqa va ishonchli munosabat 
o‘rnatish, operativ qiziqish uyg‘otuvchi shaxslarga psixologik ta’sir 
ko‘rsatish ko‘nikmalarini egallashni o‘z ichiga oladi.  
Xodimlar operativ xizmat vazifalarini bajarish jarayonida turli 
rollarni bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Boshqa qiyofaga kirish, o‘z xatti-
harakatlarini niqoblash va asoslash qobiliyati ichki ishlar xodimlari 
kasbiy mahoratining zaruriy tarkibiy qismi bo‘lib, unda tegishli xislatlarni 
shakllantirish uchun rolga kirish treningi katta ahamiyat kasb etadi. Rolga 
kirish ko‘nikmalari rol gimnastikalari, ya’ni nutqqa va nutqsiz vositalarga 
tegishli rolga mos tashqi ifodali belgilar bag‘ishlash, ushbu vositalarni 
qo‘llashda improvizatsiya qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan 
maxsus mashqlarni bajarish orqali rivojlantiriladi.  


 266 
Hissiy-irodaviy jarayonlarni boshqara olish ko‘nikmalarini egallash 
uchun  psixologik boshqaruv mashqlaridan foydalaniladi. Bu mashqlar 
shaxsning hissiy holatlarini boshqarishga, ortiqcha asabiylik, zo‘riqishni 
bartaraf etishga, xodimning faoliyatida muayyan ijobiy kayfiyat yara-
tishga imkon beruvchi o‘zini o‘zi boshqarishning eng oddiy usullaridan 
foydalanish ko‘nikmalarini egallashga qaratilgan. Ushbu guruhga autogen 
mashqlar, irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish usullarini egallash ham 
kiritilgan.  
Psixotexnik o‘yinlar xodimlarni psixologik tayyorlashning samarali 
usuli bo‘lib, o‘yin tarzidagi xatti-harakatlarni bajarish orqali muayyan 
xislatlarni shakllantirish uchun qo‘llaniladi. Psixotexnik o‘yinlar 
psixologik jihatdan amaldagi vaziyatlarga yaqin bo‘lgan, haqiqatda 
mavjud bo‘lgan vaziyatlarni qaror toptirishga asos bo‘ladigan muayyan 
rollarni, o‘zaro harakatlarni bajarishni nazarda tutadi.  
Psixologik tayyorgarlik usullariga operativ xizmat faoliyati sharoit-
lari va qiyinchiliklarini psixologik modellashtirish ham kiritiladi. Bu 
operativ xizmat faoliyatining haqiqiy vaziyatlariga yaqin bo‘lgan tashqi 
va ichki (psixologik) sharoitlarni yaratishga imkon beruvchi yo‘llar, 
usullar va vositalar majmuidir.  
Psixologik tayyorgarlik usullari orasida amaliy vazifalarni psixologik 
tahlil qilish va bajarish usuli ham ajratilishi mumkin. Ushbu usulning 
afzalligi xodimlar kasbiy psixologik tayyorgarligining darajasini haqi-
qatda tekshirish imkoniyatidadir. Amaliy vaziyatlarni hal qilish xodimlar-
ga erishilgan amaliy bilimlar, ko‘nikmalar va uquvlarni operativ xizmat 
faoliyatida qo‘llashga imkon beradi.  
Kasbiy psixologik trening vazifalari, mazmuni hamda amalga 
oshirish yo‘llarining murakkabligi va mas’uliyatliligi uni o‘tkazishni 
tashkil etishga va usullariga yuqori talablar qo‘yilishini belgilab beradi.  
Kasbiy psixologik treningni amalga oshirishda uni tashkil etishning 
muayyan prinsiplariga suyanish zarur.  
Quyidagi umumiy prinsiplar mavjud:  
– treningning ilmiy asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi
– treningning kasbiy yo‘nalganligi; 
– uni o‘tkazishda muntazamlilik va ketma-ketlik; 
– ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligi; 
– tayyorgarlik ko‘rishning barcha uchun osonligi. 
Kasbiy-psixologik treningning qo‘llaniladigan vosita va usullari 
majmuining  ilmiy asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi uning psixo-
logik jihatdan nozik jihatlarini chuqur va aniq bilish hamda yuridik 


 267 
psixologiya va pedagogika tavsiyalariga rioya qilish zarurligidan kelib 
chiqadi.  
Treningning kasbga yo‘nalganligi tayyorgarlik vazifalari va 
mazmunining xodimlar kasbiy faoliyatining xususiyatlari va ular duch 
keladigan psixologik qiyinchiliklardan kelib chiqib maksimal darajada 
aniqlik kiritilishida ifodalanadi. Shuningdek, ana shundan kelib chiqib 
o‘quv vazifalari, usullari, obyektlarini tanlash, shart-sharoitlar va 
harakatlarni imitatsiya qilish zarur.  
Kasbiy psixologik treningni o‘tkazishda muntazamlik va ketma-ketlik 
yangi bilim, ko‘nikma va uquvlar avvalgilari asosida egallanganda, 
avvalgilari esa rivojlantirishni talab etganda psixologik tayyorgarlikni 
o‘tkazishda qat’iy mantiqiy aloqa bo‘lishini talab etadi. Bunda oddiydan 
murakkabga, sinalgandan sinalmaganga tomon borish; mashq qiluvchilar-
ning haqiqiy bilimlarini va avvalgi mashg‘ulotlarda erishgan natijalarini 
to‘liq hisobga olgan holda katta, ammo bajarsa bo‘ladigan qiyinchiliklarni 
yaratish zarur. Ushbu mashg‘ulot topshiriqlari (vazifalari, sur’ati, 
sharoitlari va sh.k.)dagi qiyinchiliklar avvalgilaridan biroz ko‘proq bo‘l-
gani ma’qul. Agar mashq qiluvchi, harakat qilishiga qaramay, vazifani 
umuman bajara olmayotgan bo‘lsa, qiyinchilikni kamaytirish lozim.  
Mashqlar vaqtidagi qiyinchiliklar talabalarning imkoniyatlarini 
safarbar qiladi, ta’lim jarayoni tezlashadi, natijalar ham oshib boradi. 
Vazifalar oddiy, oson bajariladigan bo‘lsa, mashg‘ulotlarga qiziqish 
pasayadi, ta’lim sur’atlari sekinlashadi.  
Ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligi prinsipi xodimlarning o‘z 
qobiliyatlarini takomillashtirib borishlari, bilim olishlarini faollashtirish, 
psixologik tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarga barqaror qiziqishlarini 
shakllantirishga qaratilgan ongli faoliyatini ta’minlashdan iborat. Mashq 
qiluvchi nimani va qanday tartibda bajarish kerakligini aniq tushunib 
olishi zarur. Bunda harakatni egallash sur’atlari va darajasi hamda 
amaliyotda bajarish samaradorligi oshadi.  
Tayyorgarlik ko‘rishning osonligi prinsipi psixologik tayyorgarlikni 
xodimlarning zarur bilimlar hamda talab etilayotgan ko‘nikma va 
uquvlarni o‘z aqliy va jismoniy kuchlarini muayyan darajada zo‘riqtirish 
evaziga ongli ravishda o‘zlashtira olishlari uchun qulay tarzda tashkil 
etish va o‘tkazishni talab etadi.  
Kasbiy psixologik treningni samarali tashkil etishning muhim 
shartlaridan biri xodimlarning o‘z imkoniyatlarini, kasblari uchun muhim 
shaxsiy xislatlarining rivojlanganlik darajasini bilishlaridir. Bu esa 
xodimga tayyorgarlik dasturini to‘g‘ri belgilash, o‘z kuchlarini kerakli 


 268 
yo‘nalishda jamlash imkonini beradi. Bu borada xodimga o‘z psixologik 
imkoniyatlarini yaxshiroq bilish imkonini beradigan muayyan oddiy 
psixodiagnostik usullardan foydalanish katta yordam berishi mumkin.  
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish