A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


 Jinoyatchilarni qo‘lga olishda psixologik



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

12.3. Jinoyatchilarni qo‘lga olishda psixologik 
omillarni hisobga olish 
 
 Qo‘lga  olish  – jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsga 
nisbatan uning jinoyatga aloqadorligini aniqlash hamda unga qamoq 
tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasini hal qilish maqsadida 
qo‘llaniladigan qisqa muddatli majburlash chorasi. 
Gumon qilinuvchini quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lgandagina 
qo‘lga olish mumkin: 
– agar shaxs jinoyat sodir etayotganida yoki bevosita uni sodir 
etganidan keyin qo‘lga tushgan bo‘lsa; 
– shohidlar, jumladan jabrlanuvchi bu shaxsni jinoyat sodir etgan 
shaxs sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatganlarida; 
– gumon qilinuvchining o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida 
jinoyatning aniq izlari topilganida. 
Gumon qilinuvchini qo‘lga olish  shaxsga majburiy (qonun doirasida) 
ta’sir ko‘rsatish, uning erkinligini cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan tergov 
harakati. 
Qo‘lga olish vaziyati odatda o‘zining jadalligi, holatlarning tez 
o‘zgarishi bilan ajralib turadi. U zudlik bilan mas’uliyatli qarorlar qabul 
qilish, vaziyatni har tomonlama tahlil etish, vaqt tanqisligi sharoitida 
qat’iyat bilan harakat qilishni talab etadi. 
Qo‘lga olishda ushlanayotgan shaxsning psixologik xususiyatlarini
uning muayyan vaziyatlarda ehtimol tutilgan harakatlarini inobatga olish 
zarur. Bularning bari muayyan kasbiy bilimlarga ega bo‘lishni, refleksiv, 
noodatiy vaziyatlarda to‘g‘ri fikr yuritishni, ushlanayotgan shaxs xatti-
harakatlarini oldindan ko‘ra bilishni talab etadi. Bunda ushlanayotgan 
shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi, jismoniy va hissiy-irodaviy xislatlari 
(tajovuzkorligi, dadilligi va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar muhimdir. 
Qo‘lga olinayotgan shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari – uning 
g‘ayriijtimoiyligi (retsidivligi), axloqsizligi, psixopatik jihatlari (affek-
tivligi) va boshqalarning darajasini ham inobatga olish muhimdir. Ushbu 
holatlarni inobatga olgan holda ushlash joyi, vaqti va usuli haqida qaror 
qabul qilinadi. Ushlash ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun 
choralar ko‘rilishi kerak. 
Mazkur harakatni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun ushlanayotgan 
shaxsning ayni paytdagi ruhiy holatini ham hisobga olish lozim. Yuqori 
darajadagi xavflilik, zo‘riqish, umidsizlik, nafrat, affekt, stress, frustrat-
siya, shuningdek, alkogol va narkotiklardan mastlik keskin jismoniy 


 259 
harakatlar qilinishiga, tajovuzkor qarshilik ko‘rsatish yuzaga kelishiga 
sharoit yaratadi. 
Tajovuzkor, qurollangan jinoyatchini ushlash favqulodda xususiyatga 
ega bo‘lmagan hollarda (masalan, jinoyatchining yo‘li to‘silgan va u 
yashirinish va atrofdagilarga zarar yetkazish imkoniga ega bo‘lmasa) 
ushlashni haddan tashqari tezlashtirmaslik kerak – chorasizlik holatini 
cho‘zish ushlash uchun qulay ruhiy sharoit yaratadi. 
Yashiringan jinoyatchilarga qaratilgan murojaat qisqa, xushmuomala, 
xotirjam va ishonarli bo‘lishi kerak. Murojaat so‘ngida «ushlangan 
vaqtingizda sizga insoniy munosabatda bo‘linishini kafolatlayman» kabi 
jumlalar bo‘lishi kerak. 
Yashiringan jinoyatchilarni ushlashda ko‘pincha ular bilan ruhiy 
ta’sir ko‘rsatadigan muzokaralarga kirishish zarurati yuzaga keladi.  
Muzokara – jinoyatchilarni bundan buyon jinoiy harakatlardan voz 
kechishga ko‘ndirish maqsadida ularga qonuniy-ruhiy ta’sir ko‘rsatish. 
Muzokaralarda psixologik aloqa o‘rnatish eng qiyin vazifa hisoblanadi. 
Mantiqiy dalillash bilan birga jinoyatchilarning hissiy-irodaviy o‘ziga 
xosliklariga ta’sir ko‘rsatish (qarindoshlik hissiyotlarini qo‘zg‘atish, 
altruistik hissiyotlar, yengilishning muqarrarligi hislari va sh.k.) usulla-
ridan ham jadal foydalaniladi. 
Muzokaralar zarur hollarda jinoyatchilarni kuch ishlatib ushlashdan 
avval uni ruhiy toliqtirish maqsadida ham olib boriladi. 
Muzokaralarni vakolatli shaxslar olib boradilar. Muzokarachining 
nutqi ravon, ishontirish va hissiy ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega, 
operativ va refleksiv tafakkuri rivojlangan, simpatiyasi – shaxsiy jozibasi 
bo‘lishi va  maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi zarur. 
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish