11-MAVZU
JINOYATCHILARNI TERGOV QILISHNING PSIXOLOGIK
ASOSLARI
11.1. Jinoyatlarni tergov qilish faoliyatiga psixologik tavsif
Respublikamizda hozirgi siyosiy ahvol, jinoyatchilikning o‘sishi
huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari zimmasiga mas’ul vazifa-
larni yuklamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tinchlik-
osoyishtalik har bir insonga daxldor bo‘lgan hayotiy zaruratki, uni saqlash
shu yurtda yashaydigan har bir fuqaroning muqaddas burchi bo‘lmog‘i
kerak», degan so‘zlari bejiz emas, albatta.
Shuning uchun ham jinoyatchilikka qarshi kurashishda, uning oldini
olishda xalqimiz psixologiyasidan, ijtimoiy muhitdan kelib chiqishimiz
kerak.
Dastlabki tergovni o‘tkazish ko‘pgina fanlar tomonidan o‘rganiladi
va ularning obyekti hisoblanadi. Masalan, kriminalistika, tezkor-qidiruv,
pedagogika, jinoyat protsessi muammoga o‘z nuqtai nazaridan qaraydi va
o‘rganadi Tergov tergovchi va jinoyatchi o‘rtasidagi psixologik qarama-
qarshilik bo‘lib, bunda jinoyatchi tomonidan yashirilgan narsani tergovchi
va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qidirib topishlari kerak
bo‘ladi.
Yuridik psixologiya dastlabki tergov harakatlarini olib borish, voqea
sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv va boshqa tergov
harakatlarining psixologik aspektlarini boshqa fanlar bilan bog‘langan
holda tadqiq etadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi.
Biroq sud ish holatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirishi
uchun dastlabki tergov deb ataladigan tayyorgarlik ishlari talab qilinadi.
Dastlabki tergovning vazifalari quyidagilardan iborat:
– jinoyatni ochish – jinoyat hodisasini va jinoyatchi shaxsini aniq-
lash;
– dalillarni mustahkamlash, tekshirish va dastlabki tartibda baholash.
Bundan maqsad aybdorni sudga topshirish, ya’ni uning bir tomondan
aybiga muqarrar bo‘lishiga, boshqa tomondan esa yetarlicha asoslarga ega
bo‘lishga erishishdir.
Tergov faoliyatining maqsadi – asosiy ijtimoiy qadriyatlarni huquqiy
qo‘riqlash, sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish chog‘ida haqiqatni
214
aniqlash, aybdor shaxslarni sudga topshirish. Shu bois tergovchi
shaxsining kasbiy-psixologik sifatlari uning faoliyatiga xos ijtimoiy-
siyosiy, axloqiy va psixologik xususiyatlar bilan bog‘liq.
Tergovchi faoliyatiga tergov vositalari va muddatlarining protsessual
jihatdan tartibga solinganligi, ijtimoiy vazifasining shakllanganligi;
muayyan bilish-izlash faoliyati; harakatlarining tezkorligi va niqoblan-
ganligi; manfaatdor shaxslarning ehtimol tutilgan qarshiliklarini yengish-
ga yo‘nalganligi; hokimiyat vakolatlarining mavjudligi, keng miqyosdagi
ijtimoiy kommunikativlik (kirishimlilik), qabul qilinadigan qarorlar uchun
nihoyatda katta shaxsiy mas’uliyat kabi xislatlar xosdir.
Tergovchi faoliyati psixologik tuzilishining asosiy hal qiluvchi
elementi uning xilma-xil faktlarni to‘plash va tekshirish borasidagi bilish
faoliyatidir. Ushbu faktlar asosida u o‘tmishda bo‘lgan voqeani, ushbu
hodisa bilan bog‘liq turli shaxslarning barcha o‘zaro munosabatlarini
to‘liq tiklaydi, jinoyat sodir etgan subyektning shaxsini bilib oladi. Aynan
dastlabki tergovda o‘tmishda sodir etilgan jinoyatning modelini yaratish
jarayoni amalga oshiriladi.
Tergovchi faktlarni to‘plash jarayonini boshlar ekan, ko‘pincha
ushbu ma’lumotlarni to‘plash qanday natijaga olib kelishi mumkinligini
bilmaydi, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqeaning to‘liq fikriy modelini
tasavvur eta olmaydi. Bilish faoliyatining bu xususiyati olingan ma’lu-
motlarni to‘plash, tanlash va baholashda jiddiy qiyinchiliklarga olib kela-
di, u yoki bu faktlarning tabiati va haqiqiy qadr-qimmati, alohida faktlar
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa masalasida nihoyatda ko‘p va turli-tuman tusmol-
lar (taxminlar)ni ilgari surish va tekshirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Tergovchining faoliyatida mavjud axborotni tushunish, uni izlash,
zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlash uchun sharoit yaratadigan krimina-
listik bilimlar va tajriba katta ahamiyat kasb etadi. Bu bilim va tajriba
tiklovchi xayolotni faollashtirish uchun ham zarur hisoblanadi.
O‘tmishdagi voqeani bilish doimo ayni paytda faktlarga asoslanadi.
Shu sababli mavjud faktlar va hodisalarning bo‘lib o‘tgan voqea bilan
o‘zaro aloqalarining fikriy modellarini qurish zarurati yuzaga keladi.
Bilish jarayoni o‘rganilayotgan faktlar, hodisalarni tekshirish va
baholashga qaratilgan amaliy faoliyatni ham qamrab oladi. Ushbu faoliyat
jarayonida aniqlangan obyektlar bilan keng miqyosdagi eksperimentlar
o‘tkaziladi
1
. Dastlabki tergovda bilish jarayoni axborot kelib tushishining
1
Qarang: Селиванов Н. Критерии допустимости применения тактических
приемов при расследовании // Законность. – 1994. – №. 3. – С. 23–28.
215
muayyan tartibsizligi bilan ajralib turadi. Jinoyat tadqiqot predmeti
sifatida murakkab va ko‘p qirrali hodisadir va hech bir shohid barcha
elementlarni, ya’ni tayyorgarlik harakatlari, ishtirokchilarning til birik-
tirishi, subyektiv tomoni – harakat bilan uning natijasi o‘rtasidagi sababiy
aloqa, jinoyat sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-
sharoitlar va boshqalarni mushohada etishi mumkin emas. Bularning bari
birgalikda boshqa faktlar orqali aniqlanadi (isbotlanadi)
1
. Umuman
olganda, dastlabki tergov nazariy bilish faoliyati emas, balki jinoyat-
protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan amaliy faoliyat.
Qonun nafaqat tergov harakatlarining ayrimlarini tartibga soladi, balki
butun tergovning muayyan tartibini belgilaydi.
Odillik, xolislik, ayblovga yon bosishdan qochish, qonunni
og‘ishmay amalga oshirish – tergov faoliyatining asosiy talablari.
Tergov faoliyatining vazifalari nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib
turadiki, ularning to‘g‘ri hal qilinishi tergovchidan turli-tuman xislatlar,
ko‘nikmalar va bilimlarni talab qiladi. Tergovchiga tibbiyot va pedago-
gika, tovarshunoslik va buxgalteriya, transport va psixologiya singari turli
sohalardan olinadigan maxsus bilimlar kerak. Bu bilimlarni tergovning
murakkab vaziyatlarida qo‘llash uchun ular muayyan tartibga solingan
bo‘lishi zarur. Tergovchi u yoki bu tergov harakati davrida amal qiluvchi
obyektiv psixologik qonuniyatlardan samarali foydalanish uchun yana uni
shaxsni diagnostika qilish hamda axborot olish va qayta tarbiyalash
maqsadida unga ko‘rsatiladigan psixologik ta’sirni uyushtirishga
qaratilgan psixologik dasturga ham ega bo‘lishi lozim
2
.
Tergov faoliyatiga jinoyat ishining muvaffaqiyatli tergov qilinishidan
manfaatdor bo‘lmagan shaxslarning qarshilik ko‘rsatishini yengish xosdir.
Aybdorlarning tergovchining jinoyatni tergov qilish va ochishga
qaratilgan faoliyatiga uyushgan holda qarshilik ko‘rsatishi ushbu
faoliyatni jiddiy qiyinlashtirishi mumkinligini inobatga olish lozim.
Bundan avvalo jinoyatchining o‘zi eng ko‘p darajada manfaatdor. U
odatda butun kuchini sarflab tergovchiga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Bu
borada u xilma-xil nayranglarni ishlatadi: shantaj, aldash, tuhmat qilish,
qalbakilashtirish, guvohlarni sotib olish kabi u qo‘llaydigan vositalarning
ushbu to‘plami amalda hech cheklanmagan. Tergovchi faqat qonuniy hamda
axloqiy jihatdan nuqsonsiz vositalardangina foydalanishga haqlidir.
1
Qarang: Ратинов А. Р. Судебная психология для следователей. – М.,
1967. – С. 46.
2
Qarang: Васильев В. Л. Юридическая психология. – М., 1991. – С. 331.
216
Tergovchi taktik usullardan, jumladan psixologik reagentlarni qo‘l-
lashga asoslangan, foydalanish huquqiga ega. Ushbu reagentlar ulardan
foydalanishning haqiqiy yoki niqoblangan maqsadlari belgisiga ko‘ra
muayyan tartibga solinishi mumkin (masalan, qo‘qqisdan ishga solish
omilidan foydalanishga asoslangan tergovchi harakatlarining haqiqiy
maqsadlarini oshkor etmaslikka asoslangan; gumon qilinuvchida uning
ishtirokchisi fosh etilganligi haqida tasavvur hosil qilishga asoslangan;
gumon qilinuvchining «maqsadga muvofiq» harakatlari haqidagi fikrni
singdirishga asoslangan va h.k.). Biroq psixologik reagentni muvaffa-
qiyatli qo‘llashga haddan tashqari yuqori baho bermaslik kerak. Bu
tergovchidan ayblanuvchining har qanday ko‘rsatmalarini puxta tekshi-
rish, jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun barcha choralarni
ko‘rish, o‘z harakatlarini huquqiy va axloqiy qoidalar bilan qat’iy
muvofiqlashtirish majburiyatini soqit qilmaydi
1
.
Tergovchi va manfaatdor shaxslar holatidagi tengsizlik manfaatdor
shaxslar qaysi holatlarni yashirish ma’qulligini bilishlari bilan ham
bog‘liq. Ayni vaqtda tergovchi ish yuzasidan aynan nima aniqlanishi
kerak va mumkinligi xususida nihoyatda kam tasavvurga ega bo‘ladi.
Tergovni o‘tkazayotgan shaxs jinoyat izidan borar ekan, doimo «voqealar
ortida» bo‘ladi. Jinoyatchi esa doimo vaqt va tashabbusda muqarrar
ustunlikka ega bo‘lib, tergovchini nihoyatda qiyin vaziyatda harakat
qilishga majbur etadi.
Bularning bari tergovga kurash tusini beradi, ushbu kurash ba’zan
nihoyatda keskin shakllarga kiradi. Xavfli vaziyatlarni yengish, tergov-
chining yo‘lida atayin yaratiladigan to‘siqlarni bartaraf etish zarurati
tergovchida turli hissiy reaksiyalarni yuzaga keltiradi, undan doimiy
irodaviy zo‘riqishni va kuchli aqliy faoliyatni talab etadi
2
.
Tergovchining kasbiga xos xislatlar orasida aqliy, irodaviy va kom-
munikativ xislatlar birinchi darajali ahamiyatga ega.
Tergovchining asosiy vazifalaridan biri yuzaga kelgan nizoli
vaziyatni hushyorlik bilan baholashdir. Bunda esa uni tizimli tahlil qilish
yordam berishi mumkin. Tergovchi unga ko‘rsatilayotgan qarshiliklarni
inobatga olishi lozim, ular xolisona tergov qilishga xalal beradi.
Tergovchi muayyan yo‘lni tanlar ekan uning harakat strategiyasi ushbu
1
Qarang: Селиванов Н. Критерии допустимости применения тактических
приемов при расследовании // Законность. – 1994. – №. 3. – С. 26–28.
2
Qarang: Чуфаровский Ю. Юридическая психология. – М., 1995. – С. 152–
153; Унинг ўзи. Юридическая психология. – М., 1997. – С. 205–206.
217
vaziyatda eng yaxshi strategiya ekanligini ko‘rsatadigan asosga ega
bo‘lishi, o‘z tanlovini mustahkamlashga, miqdorga oid ma’lumotlar bilan
asoslashga harakat qilishi kerak.
Ta’kidlash lozimki, tergovga faqat kurash xos emas, haqiqiy
tergovchi uchun yanada ko‘proq darajada so‘roq qilinayotgan shaxsga
nozik psixologik ta’sir ko‘rsatish xosdir. Bundan maqsad jinoyatni ochish
va jinoyatchilikning oldini olish uchun ushbu shaxsning holatini va hatto
harakat yo‘nalishini o‘zgartirishdir.
Yuridik adabiyotlarda tergovda «psixologik reagent»dan foydalanish
bilan bog‘liq taktik usullar qo‘llashga yo‘l qo‘yilishi ko‘rsatilgan. Bunday
reagentlar vazifasini narsa, inson, fakt, hodisa, xabar bajarishi mumkin.
Ushbu usulning mohiyatini gumon qilinuvchiga reagent, ya’ni biror
yolg‘on fikrga yo‘l qo‘ymaydigan sharoitda potensial psixologik ta’sir
ko‘rsatilishi tashkil qiladi. Bunda aybsiz odamga u farqsiz bo‘ladi, aybdor
ongida esa u jinoyat bilan bog‘lanadi va tegishli psixologik reaksiyani
keltirib chiqaradi. Ushbu reaksiya ko‘pincha tashqaridan ham ko‘rinib
turadi
1
.
Tergov jarayonida maxsus bilimlarni ishlatishning eng muhim
shakllaridan biri tergovchi tomonidan jinoyatlarni tergov qilganda, ya’ni
jinoyat voqeasi va uni sodir etgan shaxslarni aniqlashda, bevosita tegishli
faktik ma’lumotlardan foydalanish alohida o‘rinni egallaydi.
Tergovni olib borishda ko‘p hollarda voqeadagi mujmallik va har xil
subyektiv sabablar kriminalistikadan, sud meditsinadan mutaxassislarni
jalb qilishni taqozo etadi, ikkinchi tomondan mutaxassisning fikri
shartdir. Bunday shaxslar shu sohada maxsus bilim va tajribaga ega
bo‘ladi.
Tergov jarayoni psixologik tahlil obyekti sifatda quyidagilarga
bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |