11.6. Guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilish psixologiyasi
Ilmiy adabiyotlarda guvohlar va jabrlanuvchilarning so‘roq qilish
psixologiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta e’tibor berilgan.
Bunday qiziqish avvalo guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari
jinoyat ishlari bo‘yicha eng kerakli dalillar ekani bilan bog‘liq.
Guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilishga tayyorlashning psixo-
logik jihatlari quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat:
240
1) ish materiallari hamda aniqlanishi kerak bo‘lgan masalalar
doirasini tahlil qilish;
2) so‘roq qilinayotgan shaxsni o‘rganish;
3) so‘roq qilish muvaffaqiyatli o‘tishi uchun zarur shart-sharoitni
ta’minlash;
4) tergovchining o‘zini tutishi.
Kutilayotgan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish bir qarashda
oson tuyilsa ham, bari bir jiddiy va puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab
qiladi. So‘roq qilishning asosini reja tashkil qiladi. Unda aniqlanishi talab
etilayotgan masalalar doirasi, ularning mazmuni va ketma-ketligi
belgilanadi. So‘roqdan avval ish hujjatlarini o‘rganish, guvoh, jabrlan-
uvchini so‘roq qilish chog‘ida aniqlanishi lozim bo‘lgan masalalar doirasi
bilan bog‘liq dalillarni tahlil qilish zarur. Agar tergovchi so‘roq qilishga
yaxshi tayyorlanmagan bo‘lsa, uni ishonchsizlik bilan va maqsadga
qaratilmagan holda o‘tkazishi deyarli aniq. Tergovchining so‘roqqa
tayyorgarlik ko‘rmaganligini so‘roq qilinayotgan shaxs sezmasligi
mumkin emas, bu esa so‘roq qilinayotgan shaxsning hayajonini kuchay-
tiradi, zarur ma’lumotlarni eslash jarayonini qiyinlashtiradi, umuman
olganda, so‘roq natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bila turib yolg‘on
ko‘rsatma berayotgan guvoh va jabrlanuvchilarga kelsak, tergovchining
yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagani ularning mavqeini kuchaytiradi, xolos.
So‘roq boshlashdan avval guvoh va jabrlanuvchilarning shaxsini
o‘rganish zarur. Bunga ularning tarjimai holi, kasbi, ma’lumoti, ish
sharoiti, turmush tarzi, rivojlanish darajasi, qiziqishlari, eng muhim
shaxsiy psixologik xislatlari, jinoyat hodisasini qanday qabul qilishi,
jinoiy qilmishga, jinoyatchiga munosabati kabi ma’lumotlar kiradi.
Tergovchi so‘roqning rasmiy qismidan avval bo‘ladigan bevosita
muloqotda kuzatish orqali guvoh, jabrlanuvchining tashqi qiyofasi,
ularning madaniyat darajasi, nutqi, mimikasi, imo-ishoralari, o‘ziga xos
xususiyatlari, ko‘zga tashlanadigan psixofiziologik reaksiyalari va
holatlari (parishonligi, hayajonlanishi, qo‘rqishi, xotirjamligi, befarqligi,
adovati va h.k.), tergovga yordam ko‘rsatish istagi yoki, aksincha, juda
kam va muhim bo‘lmagan ma’lumotlar bilan cheklanib qolishga intilishi
kabilar haqida ma’lumot oladi. Guvoh, jabrlanuvchining shaxsiga oid
ma’lumotlar tergovchiga ruhiy aloqa o‘rnatishi, so‘roqning eng oqilona
taktikasini tanlashida katta yordam beradi.
Guvohlar va jabrlanuvchilarni chaqirtirishning aniq vaqti va usuli,
shuningdek, tergov harakatini o‘tkazish sharoiti va joyi psixologik
ahamiyatga ega. Umumiy qoidaga ko‘ra, guvoh va jabrlanuvchilar iloji
241
boricha so‘roq qilinishlari kerak. Biroq, bunda ham istisnoli holatlar
mavjud. Agar jabrlanuvchi, ba’zan esa guvohlar ham sodir etilgan jinoyat
natijasida ruhiy hayajon, zo‘riqish, parishonlik holatida bo‘lsalar, so‘roqni
kechiktirish lozim.
Bezorilik, bosqinchilik, banditizm, terrorchilik, nomusga tegish
jinoyatlarini tergov qilayotganda kechiktirib bo‘lmas so‘rov chog‘ida
jinoyatchini qidirish va ushlash uchun ma’lumotlar olinganidan so‘ng,
jabrlanuvchilar va guvohlarni takroran batafsil so‘roq qilish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Shuningdek, psixologiyada ma’lum bo‘lgan reminissensiya, ya’ni
takroran xayolda tiklashni yaxshilash hodisasini inobatga olish kerak. Shu
bois ko‘rsatmalarni tergovchi yetarlicha to‘liq emas, tushunish qiyin
bo‘lgan joylari bor, ko‘rsatmalari ish uchun juda muhim bo‘lishi mumkin
bo‘lgan guvoh va jabrlanuvchilarni takroran so‘roq qilgan ma’qul.
Birinchi so‘roq natijasida assotsiativ aloqalar yuzaga kelganidan so‘ng
o‘z-o‘zidan eslash jarayoni davom etishi hamda guvoh, jabrlanuvchi
jinoyat voqeasi huquqbuzar sha’ni bilan bog‘liq muhim faktlar va
holatlarni eslashi ham mumkin.
Psixologik nuqtai nazardan guvoh, jabrlanuvchini chaqirtirish vaqtini
belgilashda ish manfaatlarini chaqirtirilayotgan shaxslarni imkoniyatlari
va manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilish kerak. Chaqiruv
so‘roq qilinayotganlarga ortiqcha qiyinchilik va noxush kechinmalar
tug‘dirmasligi kerak, zero bu ularning tergovchi bilan bo‘ladigan muno-
sabatlarini qiyinlashtirishi mumkin. Masalan, chaqirilayotgan odamni o‘z
vaqtini rejalashtira olmaydigan tarzda chaqirtirish, qabulxonada uzoq vaqt
kutishga majbur qilish, so‘roqni boshqa vaqtga ko‘chirish kabilar
bo‘lmasligi kerak
1
. Guvoh, jabrlanuvchini yaxshisi ishdan tashqari
vaqtda, o‘quvchilarni esa mashg‘ulotdan oldin yoki keyin so‘roq qilish
kerak.
Agar chaqirtirilayotgan shaxslarning ko‘rsatmalari ish uchun juda
muhim bo‘lsa, ularni chaqirtirish uchun telefondan foydalangan ma’qul.
Telefon qo‘ng‘irog‘i nafaqat psixologik aloqa o‘rnatishga yordam beradi,
balki so‘roqqa chaqiriladigan odamlarga xos bo‘lgan va kerakli faktlarni
eslashga to‘sqinlik qiladigan ortiqcha hayajonni yo‘q qilishga imkon
beradi. Tergovchi guvoh yoki jabrlanuvchini huquqni muhofaza qilish
organlariga taklif qilish faktini uning qarindoshlari, qo‘shnilari, begona
shaxslardan yashirish uchun ham telefon orqali chaqirtirishi mumkin.
1
Qarang: Васильев А. Н., Корнеева Л. М. Тактика допроса. – М., 1970. – С. 78.
242
Ularni jabrlanuvchi, guvohlarning uy manziliga yuboriladigan yelimlab
yopishtirilgan va begona shaxslar tanishishiga yo‘l qo‘ymaydigan
konvertdagi chaqiruv qog‘ozi orqali ham so‘roqqa chaqirtirish mumkin.
Psixologik jihatdan guvoh, jabrlanuvchini so‘roq qilish joyi haqidagi
masalani ham hal qilish muhim. Ushbu masala qonunda hal qilingan,
guvoh tergov o‘tkazilayotgan joyda so‘roq qilinadi deb belgilangan
bo‘lsa-da, so‘roq qilishga tabaqalashgan holda yondashish lozim. Agar,
masalan, guvohlar, jabrlanuvchilar jinoyat hodisasining ish uchun muhim
bo‘lgan holatlarini unutgan, ularning mexanizmi, ketma-ketligi, ayrim
tafsilotlarini eslay olmasalar, ularni voqea joyida so‘roq qilish uchun asos
bo‘ladi. Uyida, tartibni saqlash jamoat punktida so‘roq qilish ham
psixologik jihatdan o‘zini oqlaydi. Bunda tezkor-taktik mulohazalarga
ko‘ra jabrlanuvchi, guvohni chaqirtirish faktini oshkor etmaslik nazarda
tutiladi.
So‘roq qilish joyini tanlashda axloqiy masalalarni ham unutmaslik
kerak. Yoshi o‘tgan yoki bemor shaxslarni tergovchining huzuriga chaqir-
tirish tavsiya etilmaydi. Ushbu holda uning o‘zi mazkur shaxslarning
oldiga borib, ularni so‘roq qilgani ma’qul. Buning iloji bo‘lmaganida
tegishli tergovchi yoki surishtiruv organiga bu shaxsni turar joyida so‘roq
qilish haqida alohida topshiriq yuborish zarur
1
. Bemor jabrlanuvchi,
guvohni faqat shifokor ruxsati bilan va bemor davolanayotgan joyda
(kvartira yoki shifoxonada) so‘roq qilish mumkin.
So‘roqning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan u o‘tkazilayotgan joydagi
sharoitga bog‘liq. Guvohlarni so‘roq qilish tartibining psixologik asoslari
qonun normasida keltirilgan. Xususan, ayni bir ish bo‘yicha chaqirtirilgan
guvohlar alohida-alohida va boshqa guvohlar yo‘qligida so‘roq qilina-
dilar, bunda tergovchi ayni bir ish bo‘yicha guvohlar o‘zaro muloqot qila
olmasliklari chorasini ko‘radi.
«Ko‘z ko‘zga tushib», begona shaxslarsiz so‘roq qilish eng muhim
psixologik qoida hisoblanadi. Odatda guvohlar va jabrlanuvchilarni
so‘roq qilish tergovchining xizmat kabinetida bo‘ladi. Kabinetdagi sharoit
muhim ahamiyatga ega. Oddiylik, ishga oid va qat’iy uslub ko‘pincha
ishonchli va jiddiy suhbatga sharoit yaratadi. Butun so‘roq davomida
tergovchi, jabrlanuvchi, guvohning diqqatini hech narsa chalg‘itmasligi,
tergovchiga telefon qo‘ng‘iroqlari, kabinetga kiruvchi xodimlar xalal
bermasligi muhim.
1
Qarang: Порубов Н. И. Допрос в советском уголовном судопроизводстве.
– Минск, 1973. – С. 101.
243
Do'stlaringiz bilan baham: |