A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Umumiy tergov jarayoni. Bunda tergovchi har xil umum faoliyat 
orqali maqsadga erishadi. Buning uchun turli operatsiyalar o‘ylanadi va 
ko‘pgina shaxslar yordamida amalga oshiriladi. Guvoh, gumondor shaxs-
lar bilan muloqotga kirishish orqali ma’lumotlarni yig‘ishda ichki va tash-
qi bir-biriga bog‘liqlik yuzaga keladi, uning darajasi ham har xil bo‘ladi. 
Alohida tergov harakati ma’lum bir vaqt bir nechta subyektlar bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Ushbu tergov jarayoniga ochiq rivojlanuvchi tizim 
sifatida qarash mumkin, bunda har bir shaxs alohida funksiyani bajaradi. 
                                         
1
 Qarang: Селиванов  Н.  Этико-тактические  вопросы  расследования. – М., 
1989 – С. 55.
 


 218 
Tergov jarayonini olib borish aniq shaxslarga qaratiladi. Tergovning 
obyekti bo‘lib shaxslar va ularning xatti-harakatlari hisoblanadi. 
O‘rganilayotgan obyekt tergov jarayonida nafaqat o‘rganish obyekti, 
shuningdek tarbiya subyekti hamda ma’lumot olish manbai hamdir, uning 
(subyektning) xatti-harakati tergov jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir 
qiladi. Jinoyatchi shaxsning faoliyatini o‘rganish spiral shaklida deb 
qarash mumkin, chunki spiralni bir uchi topilgandan keyin uning oxirini 
topish osonroq bo‘ladi va faktlar bir-biriga ulanadi. Bizga ma’lumki, sodir 
qilingan jinoyat izsiz qolmaydi, qandaydir darajada, qandaydir hajmda iz 
qoladi, bu iz orqali biz jinoyatning tuzilishini tiklashimiz mumkin. 
Tergov ishlarni olib borishda tergovchi nazariy fikrlar asosida, 
yig‘ilgan faktlarga suyanib, eng qulay yo‘l tanlaydi va optimal xulosaga 
keladi. O‘tmishdagi voqealarni tiklashda faqatgina birinchi bosqichda 
hayotiy nazariy bilimlarga tayanadi va taxminiy voqealarning modelini 
tizimlashtiradi, faktlarni bir-biriga bog‘laydi, ish davomida faktlarni 
to‘ldirib boradi. 
Bilish jarayoni tergovchining amaliy faoliyatini ham qamrab oladi. U 
faoliyatida tajribaga ko‘proq suyanadi. Faoliyat davomida tergov 
butunlay shu muammo bilan yashaydi, shu muammo bilan nafas oladi. 
Tergov jarayonida ma’lumotlarning ko‘payib yoki juda ham kamayib 
ketishi tergovchi ishini og‘irlashtiradi. Birinchi qarashda hamma faktlar 
ishga taalluqliga o‘xshaydi, amalda esa keyinchalik ko‘pi puchakka 
chiqib ketadi. Bunday dalillar tergovchining qanday qiyinchiliklar va 
qaysi yo‘l bilan obyektivlik muammosini yechayotganini ko‘rsatadi. 
Tergov harakatini olib borishda tergovchining ruhiy holati ham ko‘p 
narsani belgilaydi.  Jumladan: 
1) jinoyat sodir bo‘lgandan keyin jabrlanuvchilarning holati tergov-
chida ruhiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi; 
2) jinoyat sodir bo‘lgandan keyin shaxsni aniqlashdagi holatlar; 
3) yomon holatni yuzaga keltiruvchi obyektlar (masalan, murda); 
4) tergov faoliyatida kutilmaganda voqealaring birdan o‘zgarishi 
(ko‘rsatmalaridan voz kechish hollari) 
Tergov faoliyatida voqealarning modelini tiklashda tergovchi ikkita 
yo‘lni tanlaydi: 
– obyektiv borliqni qabul qilish (ya’ni xonalarni, narsalarni ko‘rish 
va hujjatlarni tekshirish). 
– og‘zaki, yozma xabar va dalillarni qabul qilish.  
Dastlabki tergovda  tergovchining quyidagi xususiyatlari muhim rol 
o‘ynaydi; 


 219 
1) o‘zi hissiyotini saqlay bilishi
2) tergovda gumondor shaxsning holatini psixologik tushunish; 
3) shaxsning to‘liq gapirishi uchun sharoit yaratib berishi va uni 
eshita bilishi  
Tergov faoliyatida har xil soha kishilarini tergov qilish jarayonida 
tergovchi kerakli, zarur ma’lumotlarni oladi, lekin bu ma’lumotlar hamma 
vaqt ham aniq va ravshan bo‘lavermaydi. Shuning uchun ham turli voqea-
hodisalar bilan taqqoslash, iloji boricha  yonidagi tajribali xodimlardan 
maslahat so‘rash ham kerak bo‘ladi. 
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish