Retsidiv jinoyatchilik ruhiy anomaliyalar – oligofreniya, psixopa-
tiyaning yengil darajasi, xarakterning aksentuatsiyalari, alkogolli degra-
datsiya kabilar bilan yuqori darajada mos keladi. Ayollarda retsidivlik
isterik holat va alkogollashuv bilan birga keladi, ular erkaklarga
qaraganda ko‘proq holatlarda nevrotik va psixopatik buzilish holatida
jinoyat sodir etadilar.
Aftidan, bir necha marta sudlangan shaxslarning ijtimoiy
begonalashuvi kuchaygani sayin ularning ruhiy salomatligi yomonlashadi
va jinoiy xulq tarkibidagi quyi motivlar borgan sari sezilarli o‘rin
egallaydi. Retsidivist jinoyatchilarning ijtimoiy-axloqiy buzilishi ozod-
likdan mahrum qilish joylarida uzoq vaqt bo‘lish jarayonida
chuqurlashadi. Nevrotizm, psixopatizatsiya, xarakterning aksentuirla-
shuvi, xatti-harakatning noadekvatligi, tajovuzkor ko‘rinishlarga barqaror
moyillik – bular nafaqat jinoiy turmush tarzining, balki ozodlikdan
mahrum qilish joylarida uzoq vaqt bo‘lishning ham odatdagi oqibatlaridir.
XX asrning 20-yillardayoq mashhur psixolog va psixiatr
A. F. Lazurskiy taklif etgan psixologik tiplashtirishga asoslangan holda
retsidivist jinoyatchini shaxsning buzilgan tipiga kiritish, ushbu tipning
turlarini esa har xil og‘ishlarga qarab aniqlash lozim.
A. F. Lazurskiy barqaror jinoyatchilarni aqlli, irodasi sust, jizzaki va
emotsional turlarga ajratgan. Masalan, irodasi sust retsidivistlar
jinoyatlarni hayotga moslashmaganligi, ijtimoiy adaptatsiyalashmagan-
ligi, nihoyatda noqulay hayotiy vaziyatlar, turmushining yo‘lga tushma-
ganligi sababli sodir etadilar. Ular odatda turli xil jinoyatlarni sodir
etadilar. Bular – vaziyatga bog‘liq individlar.
Impulsiv retsidivistlar – eksploziv (portlovchi) tiplar – o‘z
harakatining oqibatlarini oldindan ko‘rmaydigan individlar, o‘zlarini
to‘xtatish jarayonlari sust shaxslar. Ular arzimagan sabablarga kuchli
ta’sirni namoyon etadilar. Sodir etgan jinoyatlarining og‘irligi odatda
sabablariga mos kelmaydi.
Ular o‘z maqsadlari, stereotiplari, odatlarining qullaridir. Ularning
istaklari (ayniqsa, alkogoldan mast holatda) darhol keskin g‘ayriijtimoiy
harakatga aylanadi, yaxshi ko‘rgan ishi bezorilik, zo‘rlikka asoslangan
qilmishlardir. Ular odatda nevrozlar, alkogollar, aqliy norasolar, infan-
tivizmga duchor bo‘lgan shaxslardir.
Affektiv retsidivistlar nihoyatda emotsional beqarorligi bilan ajralib
turadilar. Ularning affektiv holati hatto murakkab bo‘lmagan nizoli
149
vaziyatlarda ham tezlashadi, nihoyatda xavotirli, tolerantligining pastligi
(qiyinchilikka bardosh bera olmasligi), o‘zini to‘xtatish jarayonlarining
sustligi bilan ajralib turadilar.
Ular o‘zlarining kamchiliklarini o‘ta tajovuzkorlik bilan qoplashga
urinadilar. Doimo fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qilishga,
mulkni ishdan chiqarish va buzishga moyildirlar. Ushbu jinoyatchilarning
retsidivlari odatda bir xil yoki o‘xshash jinoyatlardan tashkil topadi.
Retsidivistning emotsional tipi barqaror, ustunlik qiluvchi salbiy
hissiy holat (haddan tashqari kuchli alam, qasos, rashk hissi)lar bilan
ajralib turadi. Barqaror g‘azab, qasoskorlik, shafqatsizlik, baxllik uni
uzoq vaqt jinoiy qasd rejasini olib yurishiga, jinoiy maqsadga erishish
vositalari va usullarini puxta o‘ylashga undaydi. Jinoiy g‘arazni odatda
o‘ta shafqatsizlik va ustalik bilan bajaradi.
Uning yaxshi ko‘rgan ishi – ashaddiy bezorilik, qiynash, nomusga
tegish, qotillik. Bunday jinoyatchilar hissizligi, achina olmasligi,
shafqatsizligi bilan ajralib turadilar. Bu tipdagi retsidivistlar odatda
psixopatiyalar, degradatsiya va alkogollashuvning yengil darajalariga
duchor bo‘ladilar. Ular o‘zlarining ekspressivligi sababli jinoiy guruh
a’zolariga katta ta’sir ko‘rsatadilar va ko‘pincha ularning boshliqlariga
aylanadilar.
Ushbu toifadagi jinoyatchilarning shaxsiga xos jihatlar orasida
dominantlik – atrofdagilardan ustunlik, tavakkalga borish, soxta qahra-
monligi bilan o‘ziga bino qo‘yish, maqtanchoqlik, savlatga zo‘r berish
ajralib turadi. Jinoyatchilar orasida ular shafqatsizlik, nihoyatda qo‘pollik,
kuch ishlatish, shantaj va tahdidlarni namoyon etadilar.
Retsidivist jinoyatchilarning ijtimoiy xavfliligi axloqiy jihatdan
beqaror shaxslarga, ayniqsa o‘smirlar va yoshlarga g‘ayriijtimoiy
ta’sirining kuchi tufayli oshib boradi. Retsidivist jinoyatchilar tergovga
qarshilik ko‘rsatish tajribasiga egaligi tufayli o‘z jinoyatchilarini puxta
yashiradilar.
Maxsus retsidiv (o‘xshash jinoyatni takrorlash) jinoiy «ixtisos-
lashuv»ning kuchayib borishi jinoiy qilmish usullarining takomillashuvi
bilan bog‘liq. O‘ta xavfli retsidivistning belgilaridan biri – jinoyatni og‘ir
usulda sodir etishdir. Uzoq davom etuvchi jinoiy faoliyat muayyan
barqaror sharoitlarning yaratilishi – «ishonchli» sheriklarning tanlanishi,
jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlar, qimmatbaho narsalarni o‘tkazishning
tashkil qilinishi va ko‘p hollarda jinoiy guruhning tashkil etilishi bilan
bog‘liq.
150
Bir turdagi retsidivning ko‘payib borishi jinoyatchilarning mahorati
oshib borayotganidan, ularning g‘ayriijtimoiy yo‘nalganligi chuqurla-
shayotganidan, jinoiy faoliyatining ta’siri ortib borayotganidan dalolat
beradi. Retsidivist jinoyatchilar – jinoyat olamning o‘zagi, jinoiy
submadaniyatning qo‘riqchilari, jinoyat sodir etish va ularni yashirishning
nozik usullarini ishlab chiquvchilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |