A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


Alohida toifadagi jinoyatchilarning psixologik



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

7.4. Alohida toifadagi jinoyatchilarning psixologik  
xususiyatlari 
 
Zo‘ravonlik
1
 jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi. Zo‘ravonlik 
jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslarning asosiy xususiyati ijtimoiy 
identifikatsiyaning nuqsonli ekanligi, hissiy to‘mtoqlik, impulsiv tajovuz-
korlikdir. Qotillik, badanga shikast yetkazish, qiynash, nomusga tegish, 
bezorilik harakatlari sodir etishda aybdor shaxslar nihoyatda desotsialligi 
(ijtimoiylashmaganligi), g‘ayriijtimoiy ko‘nikmalarining stereotiplash-
ganligi bilan ajralib turadilar. 
Ularning xatti-harakatlariga ashaddiy egotsentrizm, qo‘qqisdan 
yuzaga keladigan istaklarni darhol qondirishga intilish va surbetlik xos. 
Ular zo‘rlikni nizolarni hal etishning yagona vositasi deb biladilar. Ularga 
psixologik himoya vositalaridan keng miqyosda foydalanish, ya’ni 
o‘zlarining g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarini oqlash, aybni jabrlanuvchiga 
va vaziyatga to‘nkash xosdir. 
Ashaddiy zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar quyidagi bir 
qator shaxsiy-tipologik, psixologik xususiyatlarga ega: 
• atrof-muhitni doimo o‘ziga dushman sifatida qabul qilish; 
                                         
1
 Zo‘ravonlik – boshqa shaxslarga nisbatan ularning xohish-istagiga xilof 
tarzda sodir etiladigan, ularga jismoniy yoki ma’naviy zarar yetkazadigan, qonun 
bilan taqiqlangan jismoniy yoki ruhiy ta’sir.
 


 140 
• eng kichik shaxsiy muvaffaqiyatsizlikdan haddan tashqari ta’sirla-
nish, ularni ijtimoiy jihatdan adekvat qoplashga qobiliyatsizlik; 
• autiklik (jamiyatdan begonalashganlik); 
• hissiy jihatdan nihoyatda beqarorlik, yuqori darajadagi jizzakilik
qasoskorlik, ruhiy notayinlik, kayfiyatning tez o‘zgarishi, disforiya; 
• da’vogarlik darajasining nihoyatda yuqoriligi; 
• ekstremal vaziyatlarda bo‘lishga moyillik, ularni faol yuzaga 
keltirish; 
• o‘zini ko‘rsatishga moyillik; 
• o‘zlariga xos hissiy nuqsonlarni doimo giperkompensatsiyalashga 
intilish. 
Ushbu toifadagi jinoyatchilarning salbiy xislatlari ijtimoiy nazorat 
yetarli bo‘lmagan, nihoyatda salbiy mikromuhit sharoitida shakllanadi. 
Ushbu xulq shakllanishining muhim omillariga quyidagilar kiradi: 
• bolalikdagi emotsional zo‘riqish; 
• oila va ijtimoiy foydali guruhlardan ajralish. 
Ularning hayoti va faoliyatida tajovuzkor xulq doimo ustunlik qilgan, 
boshqalarga zarar yetkazishga barqaror tayyorlik shakllangan. 
Zo‘ravonlikka asoslangan jinoyatlarda ko‘pincha shafqatsiz tajovuz-
korlik namoyon bo‘ladi, og‘ir jismoniy va ruhiy shikastlar yetkaziladi. 
Tajovuzkor xulqning bu tipi shaxsning chuqur buzilganidan, shaxsda 
tajovuzkor xatti-harakatga va odamlarga zarar yetkazishga doimiy 
tayyorlikka barqaror moyillikning shakllanganidan, shaxsning o‘zini 
nazorat qilish qobiliyati nihoyatda past darajada ekanidan dalolat beradi. 
Mazkur nuqsonlar qator hollarda ularning spirtli ichimliklarga ruju 
qo‘yganliklari, bosh suyagi va miyaga yetgan jarohatlar, ruhiy kasalliklar 
tufayli kuchayadi. 
Ushbu shaxslarga quyidagi xususiyatlar xosdir: 
• individ tajovuzkor intilishini tiya olmasligi
• nizoning qay yo‘nalishda rivojlanishi va tajovuzkor harakatlarining 
oqibatlarini ko‘ra olmaslik; 
• nizoli vaziyatdan chiqish yo‘llarini bilmaslik. 
Voyaga yetmaganlar sodir etadigan zo‘ravonlik jinoyatlarining 
aksariyati impulsiv tajovuzkorlik, jinoiy guruh ta’sirga berilganlik bilan 
izohlanadi. 
G‘arazli zo‘ravonlik jinoyatlarida tajovuzkorlikdan faqat g‘arazli 
maqsadga erishish vositasi sifatida foydalaniladi. Zo‘ravonlik jinoyat-
larida esa adovatli tajovuzkorlik birinchi o‘ringa chiqadi, tajovuz, birovga 


 141 
ziyon yetkazish asosiy maqsadga aylanadi. Zo‘ravonlikning davomiyligi 
va shafqatsizligi bu o‘rinda jinoiy maqsad – jinoyat qurbonini tahqirlash, 
unga rashk, qasos, o‘zini ko‘rsatish maqsadida og‘ir azob berish kabilarga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Guruh bo‘lib sodir etiladigan zo‘ravonlik jinoyatlari ko‘pincha guruh, 
guruhiy an’analar va ruhiy ta’sir orqasida sodir etiladi. 
Jabrlanuvchi bilan o‘zaro ta’siriga ko‘ra zo‘ravonlik jinoyatlarini ikki 
turga ajratish mumkin:  
1) jinoyat qurboni jinoyatchining tajovuzkorligiga aloqador bo‘l-
maydi; 
2)  jinoyatchi bilan janjalni jabrlanuvchi keltirib chiqargan. 
Jinoyatchining tajovuzkorligi shaxslararo nizoning rivojlanishi, 
jabrlanuvchi va aybdorning maqsadlari uchun qattiq kurashishi, interfaol 
antagonizm natijasida yuzaga keladi. 
Zo‘ravon jinoyatchining barqaror ashaddiy tipi doimiy tajovuzkorlik 
yo‘nalishi, qo‘pol kuch ishlatish stereotipining shakllangani bilan ajralib 
turadi. Uning uchun doimo bahona topiladi. 
Zo‘ravon jinoyatchilarning ashaddiy tiplari uchun tajovuzkorlik – 
ustunlik qiluvchi usul, qilmishning shafqatsizligi esa yagona maqsad. Bu 
tipdagi shaxslar jinoiylashgan mikromuhitda barqaror e’tirofini topadi. 
Ashaddiy zo‘ravon jinoyatchilar ijtimoiy mas’uliyatni yo‘qotib, hatto 
odam o‘ldirishdan ham o‘zlarini tiymaydilar. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish