142
affekt holatida uch nafar yo‘lovchiga pichoq bilan hayoti uchun xavfli
bo‘lgan jarohat yetkazdi. Ya’ni qo‘pollik, zo‘ravonlik bilan o‘zini
ko‘rsatishga bo‘lgan «men»ligi ishlab ketdi.
Shaxsning butun tuzilishidagi chuqur g‘ayriijtimoiy buzilish ashaddiy
qotilning asosiy xususiyatidir.
Tasodifiy qotilning psixologik xususiyati. Uning o‘zini ruhiy
boshqarishidagi nuqsonlari quyidagicha: jabrlanuvchini o‘ldirish
uning
uchun fojiali tasodifdir, lekin aslida bu «tasodif» tasodifiy emas. Unda
shaxsning murakkab, nizoli vaziyatdan ijtimoiy moslashgan holda chiqa
olmasligi namoyon bo‘ldi. Odatda bunday qotilliklar uzoq vaqt to‘planib
boradigan salbiy his-tuyg‘ular, boshdan o‘tkazgan azoblar zamirida yuz
beradi.
Individ himoyalanishning axloqiy-ijobiy va qonuniy usullarini
ko‘rmagan holda chidab bo‘lmas tushkunlik, chorasizligi,
hayotiy
ziddiyatlardan qonuniy yo‘l bilan chiqish mumkinligiga ishonmaslik
natijasida oxirgi choradan foydalanadi. Bunda odatda jabrlanuvchi
insoniy munosabatlarning oddiy asoslarini uzoq vaqt va qo‘pol ravishda
buzadi, jinoyat sodir etilishiga zamin tayyorlaydi.
Ayrim tasodifiy qotilliklar qo‘qqisdan, favqulodda vaziyatlarda,
ayniqsa affekt (qo‘rquv, dahshat) holatida sodir etiladi. Xalq tomonidan
la’natlanadigan ashaddiy qotillar hamda ehtiyotsizlik orqasida odam
o‘ldirish o‘rtasida katta axloqiy-psixologik farq borligini
inobatga olish
lozim. Ushbu jinoyatlardagi ayni bir xil jinoiy natija jinoyatchilarning
turli darajadagi ijtimoiy xavfliligi bilan ham, axloqiy-psixologik tipi bilan
ham farqlanadi.
Aksariyat qotilliklar maishiy asosda, impulsiv tarzda, ba’zan nihoyat-
da arzimas sabablarga ko‘ra sodir etiladi. Bu toifadagi qotillar ko‘pincha
hissiy beqarorlik holatidan aziyat chekadilar, ularning tajovuzkor qilmish-
lari giperkompensatsiya bilan bog‘liq bo‘ladi, olinmagan o‘ch alamlar-
ning uzoq vaqt to‘planishi natijasi hisoblanadi.
Ko‘p holatlarda qotillarning hayot yo‘li tajovuzkor
xulqning uzoq
vaqt to‘planishi bilan kechgan. Qotillar orasida ruhiy nuqsonlilari
aholining qonunga itoatkor qismi orasidagi ruhiy nuqsoni borlarga
qaraganda ko‘proq. Zo‘ravon jinoyatchilar jinoyat qurbonining xatti-
harakatiga juda ta’sirchan bo‘ladilar.
Zo‘ravonlikka asoslangan jinoyat qurbonlarining g‘alamis xulqi
viktim xulq deb ataladi (lotincha
viktima – qurbon). Viktim xulq –
yengiltak, haddan tashqari ishonuvchan yoki axloqsiz, janjalkash,
jinoyat
sodir etilishi uchun bahona bo‘luvchi xatti-harakatdir.
143
Viktimlik jinoyati qurbonining jinsi, yoshi, shaxsiy va ijtimoiy
mavqei bilan bog‘liq umumiy hamda shaxsning individual ruhiy
xususiyatlari – ishonuvchanligi, bilimsizligi, irodasining sustligi, huquq-
buzarga ruhan tobeligi, ekssentrikligi, tavakkalga moyilligi, shaxsiy
janjalkashligi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha turlarga bo‘linishi mum-
kin. Jinoyat qurbonining chorasiz holati ham viktim holat hisoblanadi.
Ba’zan jinoyat qurbonining ruhiy xususiyatlari
jinoyatchini izlab topishni
osonlashtiradi – jinoyat qurbonining xulqiga xos xususiyatlari
jinoyatchining ruhiy xususiyati uchun valentli chiqadi, uning psixologik
portretini yaratish imkoniyati yuzaga keladi (ayniqsa, seriyali jinoyatlar
sodir etilganida).
Do'stlaringiz bilan baham: