A jiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Download 1,47 Mb.
bet14/22
Sana13.08.2021
Hajmi1,47 Mb.
#146860
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Диплом жумиси С.Гаипов

II BOB. BOShLANǴİCH SİNFlarda

uQUvchilarga EKOLOGIK ta`lim-TARBIYa BeRISh TURLARI, ShAKL VA USULLARI

2.1. Boshlanǵich sinflarning uqish darslarida uquvchilarga ekologik ta`lim-tarbiya berish mazmuni

Bugungi kunda yangi pedagogik texnologiya asosida ta`lim-tarbiya jarayoniga yondashish uqitish, rivojlantirish va tarbiyalashning yunalishlari, muammolari, echimlarini tez hal qilishga yordam bermoqda. Ta`lim tizimining yangi mazmuni, uquv rejasi, darsliklar asosida uquv jarayonini loyihalashtirishga ham yangicha yondashishni tashkil etish zaruriyati tuǵilmoqda. Shuning uchun Qoraqaploq maktablarida boshlanǵich sinf uquvchilariga ekologik ta`lim-tarbiya berishni yangi pedagogik texnologiya asosida uqish darsilarida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Uzbekiston Respublikasi birinshi Prezidenti İ.A.Karimov farzandlarimiz ta`lim-tarbiyasiga alohida e`tibor qaratib, quyidagilarni ta`kidlaydi: «Mamlakatimiz istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bulib voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotda nechoǵli faol munosabatda bulishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga boǵlik ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak». Shu sababli ham birinchi navbatda ta`lim mazmuni va uquv materiallari tarkibini kengaytirish, shu asosda ekologik ta`lim-tarbiyani chuqurlashtirish lozim. Bunda nafaqat bilim, kunikma va malakalar, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarini ham kiritish nazarda tutilishi kerak. Boshlanǵich sinf uquvchilarining tevarak atrofga ijobiy munosabatini shakllantirish jarayonida uqish darsligi va uqituvchi mehnati alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, darslik va uquv qullanmalarida fanlar erishgan yakuniy natijalar yaxlit holda aks etadi. Bu esa uning amaliyotdagi ta`sirining xarakterini tashxis qilishimizga imkon beradi. Boshlanǵich sinflarda uquvchilarga uqish darslarida ekologik ta`lim-tarbiya berish ishlari asosiy urinni egallashi lozim. Lekin ushbu talabga qaramasdan, boshlanǵich sinf uqish darsliklarida berilgan har xil hikoyalar, qushiqlarda ekologik mazmundagi matnlar etarli darajada bayon etilmagan. Darslik mualliflari ekologik tushunchalarni singdirishga yunaltirilgan uquv materiallariga juda kam urin ajratganlar. Natijada boshlanǵich sinf uqituvchilari uqish darslarida ekologik ta`lim-tarbiyani kuchaytirish uchun zarur bulgan metodik tavsiyalar, kullanmalarga juda ham muhtojdir.

Shuning uchun ham biz tadqiqot ishimizda boshlanǵich sinf uqish darslarida uquvchilarga ekologik bilim va tarbiya berishning ayrim qirralarini ochishga harakat qildik. Qoraqaploq maktablarida boshlanǵich sinf uquvchilariga uqish darslarida ekologik tarbiya berishga qaratilgan bir qator ishlar mavjud. Boshlanǵich sinf «Alifbe» va «uqish» darsliklarini tahlil qilish natijasida quyidagi xulosaga keldik.

1-sinf Alifbe darsligi «1-sentyabr` Uzbekiston Mustaqilligi kuni» mavzusi bilan boshlanadi. Darslikda Uzbekiston va qoraqalpoǵiston Respublikalarining Davlat bayroqlari, Amir Temur bobomiz haykali va uning orqasida guzal tabiat manzarasi hamda Toshkent shahrining osmonupar imoratlari juda chiroyli tasvirlangan. 1-sinf uquvchilariga birinchi darsning uzidayoq tabiat haqida tushunchalar berish maqsadga muvofiqdir.

Kitobning 3-betida Nukus shahri markazida joylashgan Berdaq haykali va uning atrofidagi daraxtzorlar tasvirlangan.

Kitobning 4-5-betlarida maktab va sinf xonasi tasvirlangan. Maktab va sinf honasi toza va ozoda, uquvchilar ham maktab formasida ozoda kiyinganlar. 6-7-betlarda ham uquvchilarning ertalab turib badan tarbiya, nonushta qilishlari, sungra maktabga borishlari, maktabdan qaytib uz xonasini tozalashi, toza havoga chiqib uynashi, televizor kurishi, uxlashdan oldin dush qabul qilishi tasvirlangan. Yuqorida berilgan rasmlarni tushuntirish jarayonida uqituvchi uquvchilarni ozodalik, kun tartibiga rioya qilish, intizomli bulishga urgatishi lozim.

Kitobning 8-betida katta Qoraqaploq oilasining rasmi tasvirlangan. uqituvchi mazkur rasm orqali uquvchilarga oiladagi tartib, dasturxon atrofida utirish va uzini tutish, uyni ozoda va tartibli saqlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi xislatlarni singdirishi kerak.

16-17-sahifalarda tabiat manzaralari tasvirlangan. Tabiat quynida futbol uynayotgan bolalar, toǵ yon baǵrida quy-quzilarni boqib yurgan otaxon hamda uy hayvonlarining rasmi juda guzal va rang-barang qilib tasvirlangan. Kitobning 18-19-betlarida ham tabiat manzarasi, er haydayotgan traktor, traktor atrofida uchib yurgan qushlar, olisdagi toǵlar, moviy osmon tasvirlangan. Mazkur sahifalardagi mavzularni utish davomida uquvchilarga bizni urab turgan guzal tabiatni asrash, daraxt va gullar ekish hamda uy hayvonlarini parvarish qilish kerakligi haqida tushuntirish kerak.

24-25-sahifalardagi rasmlar orqali uquvchilarni qushlarga mehribon qilib tarbiyalash, ular ham jonli tabiatning bir bulagi ekanligi haqida tushuncha berish maqsadga muvofiqdir.

Kitobning 36-37-sahifalarida guzal dengiz, katta kema, uning atrofida uchib yurgan qushlar tasvirlangan. Mazkur sahifalarda berilgan mavzuni utish bilan bir qatorda, uquvchilarga Orol dengizi nima uchun quriyotganligi haqida tushunchalar berib, uquvchilarning ekologik bilimlarini oshirish zarur.

40-41-sahifalarda uquvchilarga er haqida, erdan qanchadan-qancha noz-ne`matlar etishtirilishi haqida tushuncha berish orqali ularning ekologiyaga oid bilimlarini oshirish mumkin.

55-sahifada ham tabiat manzaralari tasvirlangan bulib, uquvchilarga atrof-muhit, uni asrab-avaylash haqida hikoyalar dars jarayonida uqib berilishi kerak.

Ayniqsa, darslikning 81-sahifasida «Tuǵilgan er» she`ri hamda 82-sahifada «Nukus» mavzusi berilgan bulib, ular uquvchilarning ekologiyaga oid bilimlarini oshirishda katta ahamiyatga ega.

A.Xujanboev muallifligidagi 1-sinf uqish darsligi A.Temur boǵiga baǵishlangan ekologik ta`lim-tarbiyaviy qushiq bilan boshlanadi 1-sinf uqish darsida Uzbekiston Respublikasining ramziy belgilari davlat bayroǵi, gimni matni, gerbining tasviri rasmiylashtirilgan kunlari har bir uquvchi uchun urganishi zarur bulgan holatlar hisoblanadi. Bu ramzlar uqish darsligining dastlabki sahifasidagi qoraqalpoǵiston Respublikasi davlat belgisini ifodalaydigan bayroq, gerb, madhiyadan boshlanadi. Qoraqalpoǵiston Respublikasi davlat bayroǵida ifodalangan paxta, buǵdoy, quyosh tasvirlari qoraqalpoǵiston hududidagi usimlik dunyosini tushuntirishda katta ahamiyatga egadir.

Uquvchilarni «A.Temur boǵimizda» nomli qushiq bilan tanishtirish jarayonida ularni tabiatni sevish, atrof-muhitga mehr-oqibatli bulish ruhida tarbiyalash, buyuk sohibqiron haqidagi haqiqatlarni oddiy suzlar bilan tushuntirish maqsadga muvofiqdir.

Bu yoshdagi uquvchilarga tabiat fasllarini urgatish asosida ekologik ta`lim-tarbiya berish ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, 1-sinfda «qish» mavzusini utish orqali uquvchilarga qish mavsumi haqida kengroq tushunchalar berish imkoniyati tuǵiladi. Bunda uquvchi ongida qishda qanday uzgarishlar buladi degan fikr-mulohazalar hosil qilish katta ahamiyatga egadir. iquvchi bola qish mavsumi, uning uziga xos xususiyatini qay darajada tasavvur qila olishini aniqlash muhim ahamiyatga ega.

1-sinf uqish darsligidagi she`rlarda uquvchilarga ekologik ta`lim–tarbiya berishga xizmat qiladigan fikrlarni kuplab uchratish mumkin. Shu bilan bir qatorda bu yoshdagi uquvchilar sevib uqiydigan ertaklar yordamida ham ularga ekologik ta`lim berishda keng foydalanish mumkin. Masalan, B.Maxmudovning «Aqlli Dehqon bobo» mavzusidagi ertakni misol qilib olishimiz mumkin. Ertakda uz mehnati bilan atrof-muhitni gullatgan, rizqimizni boyitgan, erni qadrlab kelgan aqlli Dehqon bobo tuǵrisida fikr yuritiladi. Uning bor yuǵi ozgina eri bulib, unda qishi-u yoz tinmasdan mehnat qiladi. Dehqon boboning tinimsiz mehnati, erni bilish xususiyati uni yurtga tanitadi. Hatto uning erni parvarish qilish tuǵrisidagi qobiliyati podshohga ham etib boradi. Podshoh Dehqon boboni chaqirtirib:

-qani, aytchi, dunyoda nima barakali - deb surabdi.

Dehqon bobo:

-Dunyoda uruǵ barakalidir -deb javob beradi.

-qanaqa uruǵ

-Bahorda erga tushgan bir dona buǵdoy uruǵi, yozda bir siqm buǵdoy, bir dona chigit, bir ǵalvir paxta, juǵorining bir donasi ming dona buladi. Menimcha dunyoda bundan boshqa barakali narsa bulmasa kerak,-debdi Dehqon bobo.

Podshoh aqlli Dehqonning urinli javobidan kungli tuladi va darhol unga un tilla olib kelib berishni buyuradi. Shunda Dehqon bobo:

-Menga un tillang kerak emas, uning urniga bir ǵalvir uruǵlik buǵdoy ber deb, iltimos qilibdi. Bu javobni eshitgan podshoh Dehqon boboning haqiqiy dehqon ekanligiga ishonch hosil qilibdi va unga bir ǵalvir buǵdoy va un tilla berib siylabdi .

Bu ertakni uquvchilarga oddiy tilda, obrazli qilib etkazishda uruǵlikning dunyoda tilladan ham ustun ekanligi tushuntirib beriladi.

1-sinf uquvchilariga ushbu jarayonni tushuntirishda tabiatni e`zozlaydigan har qanday inson hamma erda hurmatga sazovor bulishiga uquvchilarni ishontirish, ularda ona zaminga , uning boyliklari, saxovatiga muhabbat uyǵotish lozim. Dehqon bobo uzining mirishkorligi tufayli boyigani, ya`ni bir ǵalvir buǵdoy bilan birga un tillaga ham ega bulganligini uquvchilarga ibrat qilib kursatish maqsadga muvofiqdir.

X.Saparov muallifligidagi «Buzoǵim» va «Oq quyon» kabi qushiqlarda 1-sinf uquvchilariga uqish darslarida ekologik ta`lim-tarbiya berishda quyon, buzoq kabi hayvonlarga ham ta`rif beriladi .

uqish darslarida ekologik tushunchalarni darsdan darsga boyitib borish, unda oldingi darsda aytilgan fikrlarni keyingilarida tuldirish, kengaytirish talab etiladi. Masalan, «Nonni e`zozlaylik» mavzusidagi dars jarayonida buǵdoy uruǵidan ungan nonning qadri haqida fikr yuritiladi. uquvchilarga non tirikchilik manbai, inson umrining tayanchi, dasturxon kurkidir, degan fikrlarni obrazli tarzda etkazish samarali natijalar beradi. Birinchi sinf uquvchilariga dars jarayonida kundalik ist`emol qilinadigan nonning qadr-qimmatini oshirish uchun uni tayyorlash kabi mehnat jarayonini oddiy kurgazmali qurollar bilan tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Birinchi sinf uquvchilari nonning qanday bulishini biladilar, lekin ularning barchasi ham buǵdoy nonining tayyorlanish jarayoni, unga sarflanadigan mehnatni bilmaydi. uquvchilarga Qoraqaploq xalqining naqlari, maqollaridagi “nonning ushoǵi ham non” kabi nasihat suzlarini keltirish bilan birga nonni e`zozlash haqidagi fikrlardan keng va urinli foydalanish lozim. Tushuntirish uchun kurgazmali qurolda non va uning tayyorlanish jarayonini tasvirlash kerak. Masalan, buǵdoy uruǵining erga sepilishi, uning usib chuqishi, dehqon uni yil davomida parvarish qilishi, kuzda buǵdoyning hosil berishi, uni urib olish, tegirmonda tortish, un sifatida tayyorlash, xamir qilish, issiq non yopish bilan boǵliq mehnat jarayoni rangli buyoqlar yordamida tasvirlanishi kerak. Shundagina 1-sinf uquvchining er va dehqon mehnati bilan boǵliq ekologik tushunchalarni samarali shaklantirishimiz mumkin.

Shunday qilib, uquvchilarning ekologik tushunchalari “Dehqon bobo” haqidagi ertak, “Nonni qadrlash” haqidagi mavzular, qushiqlar S.Salievning “El rizqi” mavzularini utish jarayonida yanada kengayadi va mustahkamlanadi. “El rizqi” mavzusida ham buǵdoy uruǵi, donning el rizqi ekanligi Otaxon tarafidan bolaning ongiga oddiy, obrazli usul bilan tushuntiriladi .

2-sinf uquvchilarining ekologik tushunchalarini uqish darslarida shakllantirishda darslikda berilgan «Kuz keldi», «Maktab erida», «qudratli kuch nimada?», «quvonib qoldi», «qushlarning foydasi», «qish keldi», «qushlarga don solamiz», «Gulni kimga bersam ekan», «Bahor» hikoyalari hamda «Ozoda qiz Guloyim», «Bobom ekkan boyterak», «Ona Orolimga tilak», «qushlar qaytib keladi», «Yoz mavsumi» she`rlari orqali uquvchilarning ekologik madaniyati, ekologiyaga oid bilim va tushunchalarini rivojlantirish mumkin.

«Kuz keldi» hikoyasida kuz faslining uziga xos xususiyatlari tasvirlanadi. Masalan, «Daraxtlarning yaproqlari sarǵayib tusha boshlaydi. Bizlar erga tushgan yaproqlarni yiǵishtirib, kuchamizning tozaligini saqlaymiz». Bu misralar orqali uquvchilarni tozalikka rioya qilish, xazonlarni yoqmasdan bir joyga tuplash, yashayotgan joyi, mahallasi, maktabi atrofini toza saqlash kerakligini urgatish maqsadga muvofiq buladi. Shu bilan birga hikoyani utish jarayonida ota-onalarga kuzgi yiǵim-terimda yordam berish, meva va sabzavotlarni isrof qilmasdan terib olish kerakligini hayotiy misollar yordamida uqituvchi tushuntirib berishi kerak.

«Maktab erida» hikoyasini utish jarayonida uquvchilarni mehnatsevarlikka urgatish, mevalar va poliz ekinlarini ekish, parvarish qilish hamda uzgalar mehnatining qadriga etish kunikmalarini shakllantirish orqali ularning ekologik bilimlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.

«Qudratli kuch» hikoyasini utish jarayonida uquvchilarni tozalikka rioya qilish ruhida tarbiyalash, «qudratli kuch» insonlarning uzi ekanligini tushuntirish lozim. Hikoyada quyidagi misralar keltiriladi: «...Oyingiz tushlikdan sung oshxonadan chiqib ketganida idish-tovoqlarni ehtiyotkorlik bilan, sindirib quymay, tezgina yuvib quying. Oyingiz oshxonaga kirib idishlarning tozaligini kurib:

-qarang, qarang qandaydir qudratli narsa kelibdi. İdish-tovoqlar iflos edi, ular top-toza bulib qolibdi. Uyimizga qandaydir qudratli narsa kelgan bulsa kerak,-deydi.

Shunda siz:

-Oyi bu qudratli kuch men,-deb ayting».

Bu misralar orqali uquvchilarga insonlar har bir narsani yaratuvchi «qudratli kuch» ekanligi haqida tushuncha berish, ularning ekologik ongini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.

«qushlar qaytib keladi» she`ri hamda «qushlarning foydasi», «qushlarga don solamiz» hikoyalari orqali uquvchilarni qushlarning uyalarini buzmaslik, ularga in yasab berish, don berishga urgatish, qushlarga mehr quyish ruhida tarbiyalash lozim.

3-sinf uquvchilarining ekologik tushunchalarini uqish darslarida shakllantirishda darslikda berilgan «Kuz kelganda», «Kuzning karomati», «Muz ustidagi uyin», «Bizning ovul», «Baliqning aytgan suzi», «Uya siri», «Singan shox», «qushlar qaytib keladi» hikoyalari hamda «Orolga xat», «Buyuk toǵlar», «Yoz kelganda» she`rlaridan foydalanish mumkin.

«Kuz kelganda» hikoyasida uquvchilarga paxta terilganidan keyin paxta punktiga, sungra paxta zavodiga yuborilishi, u erda paxta chigitidan ajratilib, katta-katta toy qilinib ip yigirish fabrikalariga, keyin gazlamalar tuqish fabrikasiga yuborilib, chiroyli matoga aylanishi bayon etiladi. Matolarga rasmlar chizilib, chiroyli kuylaklar tikiladi. Hikoyada keltirilgan ma`lumotlar orqali paxtaning oppoq, yoqimli bulishining sababi unga quyoshning zarrin nurlari, insonlarning mehr-quri, mehnati singdirilganligida ekanligi tushuntiriladi.

«Bizning ovul» hikoyasida shunday iboralar keltirilgan: «Ovulimiz «boǵli ovul» deb ataladi. Bu boǵlarni kimlar ustirgan? Ota-onalarimiz. Ovulimizning boǵboni Allamurod ota bilan bizlar tez-tez suhbatlashib turamiz. U-Boǵ elning kurki, tuǵilgan eringizning chiroyli bulishi uchun mehnat qiling, kuchalaringizni toza, ozoda saqlang. Har bir kuchatni kuzingizning qorachiǵidek asrang-deb nasihat beradi». Bu hikoya orqali yoshlarni atrofni ozoda saqlash, kucha va ariq chetlariga ekilgan daraxtlarni parvarish qilish, maktab ariq chetlariga daraxlar ekish, ariqlarni, maktab atrofini ozoda saqlash ruhida tarbiyalash, ular ota-onalarining ishlarini davom ettiruvchi ekanligini singdirish maqsadga muvofiqdir.

«Uya siri», «qushlar qaytib keladi» hikoyalarida uquvchilarga yaxshi uqish bilan bir qatorda tozalik va ozodalikka rioya qilish, qushlar va hayvonlarga mehrli bulish kerakligi uqtiriladi.

«Singan shox» hikoyasi orqali uquvchilarga davlatimizning mulkini uz mulkimizdek asrash, tabiatni avaylash ruhida tarbiyalash maqsadga muvofiq.

«Orolga xat», «Buyuk toǵlar» qushiqlarida ulkamizning chiroyli manzaralari, toǵlari, Orolning ilgarigi holati tasvirlangan. Bu she`larni urgatish jarayonida ulkamizning tabiatini asrash, Orolning nima uchun bunday ahvolga kelganligi, uni ilgarigi holatiga qaytarish uchun nima qilish kerakligi haqida ma`lumotlar berib borish natijasida uquvchilarning ekologiyaga oid bilimlari ortadi.

4-sinf uqish kitobida ham «Yozgi dam olishda», «qutluǵ makon», «ǵoz otishga borganda», «ǵozning oppoq parlari», «Tengez qanday yuqoldi?, «Ovulga kelgan kiyiklar», «Asalari va qovoqari», «Paxtakorning bolasi», «Sayohatda», «Dam olish kunlarida» kabi ertak va hikoyalar «Bahor keldi», «Kuchat ekkan qiz», «Boǵbon va bola», «ilkani taning bolalar» she`rlari orqali uquvchilar ongiga ekologik tushunchalarni singdirish mumkin.

«Qutluǵ makon» hikoyasida Amudaryo buylarini qoplab turgan qalin urmonzorlar, Amudaryo suvlari va undagi baliqlar, daryo yonbaǵridagi qishloqlar hamda u erda yashovchi odamlar, ularning kasb-hunarlari haqida ma`lumotlar berilgan. Ota-bobolar yoshlarga baliqchilikni emas kuproq sholikorlikni urgatishlari va uning sabablari bayon etiladi. Bu hikoya asosida uquvchilarni tabiatni asrash, ota-bobolarimiz kasbini qadrlash ruhida tarbiyalash ehtiyoji mavdudligi uqtiriladi.

«Tarvuz», «qovun», «Karam», «Bodring», «Pomidor», «Uzum» she`rlari orqali uquvchilarga kuzning turli noz-ne`matlarga boy fasl ekanligi uqtiriladi. Shu orqali ularni atrof-muhitga muhabbat ruhida tarbiyalash mumkin.

«Bahor keldi» she`ri , «ǵozning oppoq parlari» , «Tengiz qanday yuqoldi?» hikoyalari uquvchilarni parrandalarga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

«Ulkani taning bolalar» she`ri va «Dam olish kunlari» hikoyasi orqali uquvchilarga ulkamizning tabiati, uning chiroyi, toǵlari, tiniq suvlari, urmonlari, hayvonot olami, parrandalari haqida ma`lumot beriladi. Shu orqali ularni Vatanni sevish, uning tabiatini asrash ruhida tarbiyalash, ekologiyaga oid bilim, kunikmalarini oshirishda katta ahamiyatga ega.

Kichik maktab yoshidagi uquvchilarga ekologik ta`lim-tarbiya berishda ularda kattalar singari diqqat, xotira, tafakkur kabi psixologik xususiyatlarning dastlabki elementlari shakllanganligini inobatga olish kerak. Chunki bu yoshdagi uquvchilarning psixologik jarayonlarini hisobga olgan taqdirdagina uquv faoliyatini rivojlantirish mumkin.

İlmiy adabiyotlarda olimlar keng izlanishlar natijasida kichik maktab yoshidagi uquvchining uqish, urganish, uzlashtirish faoliyatini rivojlantirishning echimini topishga harakat qilganlar. Ularning fikricha, «Kichik maktab yoshidagi uquvchining xotirasi ikki xil yul bilan rivojlanadi»:

1. Suzni mantiqiy tushunish va esda olib qolish kunikmasi rivojlanadi hamda bola uz xotirasini boshqara olish malakasini egallaydi.

2. Bu yosh davrida birinchi signal tizimi faoliyatining ustuvorligi natijasida aniq, obrazli tafakkur rivojlanadi. Ular uchun mexanik esda olib qolish xarakterlidir.

Boshlanǵich sinf uquvchilarini ekologik tarbiyalashda tabiat ne`matlari haqida keng tushunchalar berish zarurdir. Masalan, bizning Respublikamizda paxta asosiy boylik manbaidir. Bolalarga paxtaning erdan unib chuqishi, uning bahordan kuz oylarigacha parvarishlanishini oddiy misollar bilan tushuntirish maqsadga muvofiqdir.

Kurinishda oppoq momiqdek paxta hosili asosan bitta paxta uruǵidan unib chiqadi. uquvchilarga chigit unib chuqishini oddiy misollar bilan tushuntirish kerak. uquvchilarning ongiga kurgazmali asosda paxtaning oppoq rangda bulishi va undan tola olinishini suzlab berish maqsadga muvofiqdir. 1-sinf uquvchilariga tushunish qiyin bulmasligi uchun sodda va oddiy qilib tasvirlangan paxta tolasidan olinadigan mahsulotlarning rasmini kursatish kerak. Masalan, uquvchilar biladigan sovun, yoǵ, gazlama, ulardan tikilgan har xil kiyim-kechaklarning rasmlari kurgazmali qurollarga tushuriladi. Shunda dars jarayonida uquvchilarga ekologik ta`lim-tarbiya berish natijasida ularda paxta bizning boyligimiz ekanligi haqida tushuncha hosil buladi.

uquvchilarning ruhiy dunyosi ekologik boyliklarga ega bulsada, lekin ular ekologik hissyotlarning barchasini ham tushunavermaydi. Shuning uchun ularga ekologik ta`lim-tarbiya berish zaruriyati vujudga kelmoqda.

uquvchilardagi bu psixologik jarayon uqish darslarida bahorga xos tabiat mashzaralarini tushuntirish jarayonida ekologik talim-tarbiya berish ham alohida ahamiyatga ega. 1-sinf uquvchisining ruhiy dunyosida ayrim xususiyatlar avvaldan shakllangan bulishi mumkin. Masalan, ular bahorda atrof yam-yashil bulishi, sumalak qaynatilishi, Navruz bahorning eng guzal pallasi, obodonlashtirish, poklanish davri ekanligini uqtirish lozim. Albatta, Navruz bayrami hahidagi dastlabki tasavvurlar oila, boǵcha mahalla bosqichlarida bola ongida shakllanadi. Lekin, 1-sinf uquvchisi bahor mavsumining uziga xos barcha xususiyatlarini va unda qanday ishlar amalga oshirilishini tula tasavvur qila olmaydi. Shu jihatlarni hisobga olgan holda uqituvchi bahor fasliga xos bulgan tushunchalar, ekologik bilimlar uqish, Atrofimizdagi olam darslarida uquvchilarga singdirilishi lozim.

uqituvchi uqish darslarida uquvchilarga ekologik hissiyotni uyǵotish vazifasini uz oldiga maqsad qilib quyishi kerak. Masalan, uquvchi tabiatni muhofaza qilishni biladi, bu jarayon bolalarning bahorda qushlarga uya yasab berish kabi ijobiy harakatlarida kurinadi. Shu bilan bir qatorda ularda tabiatni sevish, atrof-muhit, qushlar, usimliklarni himoya qilish, ularni parvarishlash, ǵamxurlik kursatish kabi ekologik hissiyotlari mujassamlasha boshlaydi.

Kichik maktab yoshidagi uquvchilarda bu davrda ekologik sezish, guzallikni his etish kabi xislatlar kuchli buladi. Bu hislatlar uquvchida bahordagi kuklam va gullar hidini sevib his qilish, daraxt gullarining rangi va hidini ajrata olish, atrof-muhitning tabiiy guzalligini fahmlashida namoyon buladi.

Boshlanǵich sinf uquvchisida atrof-muhitni tasavvur etish hislatlari erkin buladi. Undagi bu xususiyat guzallikni his etishga undaydi, uquvchi aynan shu tabiat baǵrida bunyodkorlik qilishga intiladi. Masalan, kuchat utqazish, gulni changdan tozalash, qushlarga uya qurish va hokazolar. Bu yoshdagi uquvchilarda yuqoridagi hislatlardan tashqari guzallikni izlash topish hissi ham paydo buladi.

uquvchilarda ekologik hissiyotni uyǵotish haqida G.Saparovaning quyidagi fikr mulohazalarini keltirish mumkin: «Ekologik sezishni uyǵotish pedagogning oldiga katta vazifalarni eng avvalo uquvchilarda emotsional hissiyotni, tabiatni sevish, muhofaza qilish vazifasini quyadi. Ekologik ijodiy malakada ekologik muhokama asosiy urinni egallaydi. Ekologik muhokama ekologik hissiyotga suyanadi va shu bilan bir vaqtda doimiy va permanentli (uzluksiz) xususiyatlarga ega, bu esa ekologik ijodiy malakani faollashtiradi va tezlashtiradi. uqishda eng asosiysi shundan iboratki: u guzallikka yunaltirilgan bulishi mumkin, shu bilan bir qatorda miyaning xizmati ob`ektiv gormoniyani, guzallikni, etishganlikni izlashga yunaltiriladi.

Oqish darslarida ekologik bilim berishni mustahkamlash uchun badiiy asarlardan foydalanish uzining ijobiy natijasini beradi. Ushbu usulni bahor, yoz mavsumlarini tasvirlovchi matnlarni utish jarayonida qullash yaxshi samara berishi mumkin. Masalan, uquvchilarda bahor va yoz mavsumlarini ajrata bilish, uning xususiyatlarini urganish qobiliyatlarini oshirish uchun bahor va yozni yaqqol tasvirlaydigan badiiy asarlardan foydalaniladi. Unda usimlik va hayvonlar, atrof-muhitning bahor va yoz fasllaridagi uziga xom kurinishlari taqqoslab urganiladi. uquvchilar rang-barang buyoqlar yordamida tasvirlangan atrof-muhit guzalligidan zavqlanadilar. Ularda tabiat olami haqida yangi tushunchalar paydo buladi va rasmlarda yorqin buyoqlar yordamida tasvirlangan turli xildagi manzaralarni kurib, unda ekologik tahlil etish, baholash mustahkamlanadi, atrof-muhitni chuqur urganishga yordam beradi. Masalan, bahor mavzusini urganish jarayonida badiiy manzaralar, daraxtlarning gullashi, erlarning shudgorlanishi, tekislanishi, qushlarning in qurishi kabi jarayonlar tasvirini kuradi.

Shu bilan bir qatorda uquvchilarga ekologik ta`lim-tarbiya berish samaradorligini oshirish uchun shoir va baxshilarning tabiatni madh etuvchi she`r va dostonlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, Qoraqaploq maktablarida tabiatni kuylaydigan yozuvchilarning asarlaridan foydalanish, ushbu hudud tabiatining uziga xos jihatlarini kursatishga yordam beradi. Masalan, bahor mavsumiga xos xususiyatlarni bolalarga oson etkazish uchun S.emberganovning “Bahor keldi”, A.Ajiniyozning «Navbahor Navruz», N.Musaevning «Navruz», shu bilan birga İ.Yusupovning «Sutilmak» she`rlari va hokazolardan foydalanish orqali uqish darslarida badiiy suz bilan ekologik ta`limni uquvchilarning ongiga singdirish mumkin.

Qoraqaploq maktablarida boshlanǵich sinf uquvchilarini uqish darslarida ekologik tarbiyalashni kuchaytirish maqsadida, Qoraqaploq baxshilari kuylagan tabiatga oid dostonlari, jirovlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ularning ekologik taqlimiy-tarbiyaviy ahamiyati kuchlidir. Chunki xalq oǵzaki ijodida tabiatni asrash haqidagi pand-nasihatlar, dastlabki tushunchalar oddiy suzlar vositasida bayon qilib berilgan.

Qoraqaploq maktablarida boshlanǵich sinf uquvchilariga ekologik ta`lim-tarbiya berish jarayonida pedagogik-psixologik asoslarga tayaniladi. Bu jarayonda Qoraqaploq xalqiga mansub bulgan xususiyatlar alohida hisobga olinadi. Shuningdek, boshlanǵich sinf uqish darslarida uquvchilarga ekologik ta`lim-tarbiya berish mazmuni milliy qadriyatlarga tayangan holda tanlanadi.

Uquvchilarga ekologik ta`lim-tarbiya berishda milliy qadriyatlardan keng foydalanish uz samarasini beradi. Bu sohada O.Musurmonova quyidagi fikrlarni bayon qilgan. «İnsonning ma`naviy ehtiyojlari asosida paydo bulgan, amaliy faoliyatda davr sinovidan utgan, uz shakl va mazmunida u yoki bu xalqning ma`naviy olamini mujassam etgan, asrlar davomida xalqning ma`naviy madaniyatini shaklantirish manbai sifatida qadrlanib kelingan ma`naviy ruhiy xatti-harakatlar, narsa va hodisalar majmuidir». Demak, qadriyatlar insoniyatning eng ezgu orzu-uylari, axloq-odob, poklik me`yorlari, moddiy va ma`naviy boyliklari majmuidan iboratdir. Uning mazmun doirasi keng qamrovli bulib, ekologik qadriyatlar umuminsoniy va milliy qadriyatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning mazmuni tabiat jismlari, atrof-muhit (suv, havo, usimlik va hayvonat dunyosi) ga bulgan munosabat, ularni avaylab-asrash va oqilona foydalanish, qadrlashdan iboratdir. Ekologik qadriyatlardan foydalanib boshlanǵich sinf uquvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish ularda milliy ong, milliy ǵoya va tafakkurni tarbiyalashning asosiy negizlaridan biridir.


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish