0 ‘ZBEK3ST0N MUSIQA MADANIYATI VA SAN’ATINING
ASOSIY XUSUSIYATLARI
Mavzu rejasi:
1 .0 ‘zbek musiqasi tarixi fanining asosiy maqsadi.
2. Musiqa san’atining tarixiy taraqqiyot jarayoni, musiqiy
hayoti.
3. Bastakor va kompozitorlik ijodi, musiqa san’atining turli
janr va shakllari.
0 ‘zbek musiqasi tarixi fanining asosiy maqsadi - musiqa
sohasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalariga ushbu fandan asosiy
bilimlami berish, o‘zbek musiqasi haqida kerakli ma’lumotlarga ega
bo‘lish, xalq folklor va mumtoz musiqa haqida tushunchaga ega
bo‘lish, bastakorlik va professional kompozitorlik ijodi bilan
tanishish, musiqaning barcha yo‘nalishlaridagi janrlarining paydo
bo‘lishi, rivojlanish etaplari haqida atroflicha ma’lumot berish,
ularni o'rganish va o‘zlashtirishdan iborat.
Dunyodagi har bir xalqning borligidan darak beruvchi omil -
bu tilidir. Uning buyukligini ifodalovchi mezon - bu ma’naviyatidir.
Demak, ma’naviyatning asosiy tarmoqlaridan biri musiqa ekanligi
barchaga ayondir. Musiqa dunyosi juda keng va barcha sohalarga
teng daxldor ekanligi bilan boshqa sohalardan farq qiladi. Musiqa
dunyosi insoniyatning hayoti, yashash tarzi, faoliyati, mehnati,
qadriyati, an’anasini inikos etuvchi vosita sifatida ahamiyatlidir.
Shu bois musiqa o'zining badiiy va estetik imkoniyatlariga egaligi
bilan xarakterlanadi.
Dunyodagi har bir xalq o‘zining qadimiy tarixiga ega bo‘lgan
musiqiy an’analariga egadir. Shular qatorida o‘zbek musiqasi ham
juda qadimiy va o‘ziga xos an’analariga egadir. 0 ‘zbek musiqasi
azaldan ikki ulkan yo‘nalishda shakllanib, asrlar osha rivojlanib
kelgan. Birinchi yo‘nalish, bu xalq hayotiy voqe’liklari bilan bog‘liq
bo'lgan folklor musiqasidir. Insoniyatning kundalik hayoti, mehnati
9
va faoliyatini in’ikos etuvchi musiqadir. Folklor musiqasining
asosiy mezonlari marosimlar va voqe’liklar bilan bogiiq bo‘lib,
to‘rtta yo‘nalishdan iboratdir. Bular:
1. Bolalar musiqasi.
2. Mehnat qo‘shiqlari.
3. Marosim qo'shiqlari.
4. Diniy, afsuniy qo'shiqlar.
Amaliyotda har bir yo‘nalishga xos va voqe’lik bilan bog‘liq
bo‘lgan janrlar vujudga kelganki, ular asrlar davomida xalqlar milliy
an’analarida yuzaga kelgan. Bular - alia, yalla, lapar, terma,
qo‘shiq, aytishuv kabi janrlardir. Xalq folklor musiqasining asosiy
xususitlaridan biri: folklor musiqasini xalq yaratadi, xalq tomonidan
ijro etiladi va tinglanadi. Lekin folklor musiqasining ham bilimdon
ijrochilari bo‘Iib, xalq orasida ular laparchi, yallachi kabi nomlar
bilan atalib kelinadi. Folklor musiqasining ijrosida va ijodida
muayyan janrlar tarkibiga asoslangan erkinlik xususiyatlari
mavjuddir. Musiqiy namunalaming shakl jihatidan soddaligi, bar-
moq vazniga xos she’riy matnlarga asoslanishi va unchalik katta
bo‘ lmagan diapazon doirasida ijro etilishi bilan xarakterlanadi.
Ikkinchi yo‘nalish mumtoz musiqadir. Mumtoz musiqa
namunalari, har tomonlama mukammallik kasb etishi bilan folklor
musiqasidan farq qiiadi. Mumtoz musiqa alohida yaratuvchisi, ya’ni
bilimdon bastakori tomonidan ijod etiladi. Bilimli va mohir sozanda
yoki xonandalar tomonidan ijro etiladi. Asosan aruz vazniga xos
bo‘lgan so‘z matnlariga asoslab va muayyan shaklda yaratiladi.
0 ‘zbek xalq mumtoz musiqasi o‘zining mukammalligi va
murakkabligi bilan boshqa xalqlar orasida alohida o‘ringa egadir.
Mumtoz musiqaning eng yirik shakli maqomlardir. Maqomlar 0 ‘z-
bekistonnirig
uch
vohasida
mavjud
bo‘lib,
Buxoroda
“Shashmaqom”,
Xorazmda “Xorazm
maqomlari”,
Farg'ona
vodiysida “Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” deb yuritiladi.
Bundan tashqari, maqomlar yoilarida yaratilgan, shaklan va ijroviy
xususiyatlari doirasi maqomlarga xos bo‘lgan “Suvora”lar, Katta
ashula, Sumay maqom yo‘llari, dutor maqomlari hamda cholg'u
yo‘llari mavjuddir. Mumtoz musiqaning shaklan muqimligi, qonun-
qoidalarga
egaligi,
talqin
uslublarining
mavjudligi
uning
murakkabligidan dalolat beradi.
10
Maqomlami ijro etish uchun maxsus tayyorgarlik, bilim va
albatta keng diapazonli ovozga ega boiish lozimdir. Maqomlar,
odatda bir necha yillar davomida hamda ustoz-shogird qabilidagi
ta’lim asosida o‘zlashtiriladi. Maqomlami - “sifatsiz ijro etish - deb
yozadi maqomdon olim I.Rajabov - maqom yo'llari haqida
noto‘g‘ri tasavvur qoldirishi mumkin”1. Bu mumtoz musiqa
merosimizning asrlar osha o‘z badiiy va estetik imkoniyatlari saqlab
kelishining asosini bildiradi.
Shu bilan birga qayd etish lozimki, “Maqom yo‘llari ijrosi
uchun hofizda keng diapozon, yoqimli ovoz va yuksak aytish
texnikasi bo‘lishi shart.”2
0 ‘zbek musiqasining ijodiyoti yillar davomida turli janrlar
bilan boyib kelgan. XX asrga kelib, bastakorlik an’analariga xos va
jahon musiqa ijodiyoti namunalariga mos kompozitorlik ijodiyoti
kirib keldi. Bu albatta o‘zining yangidan-yangi janrlari, ulami
yaratish va ijro etish qonuniyatlari bilan bog‘liqdir.
Kompozitorlik ijodiyoti bilan birga o‘zbek musiqasiga yevropa
musiqiy an’analarida mavjud bo‘lgan opera, balet, simfoniya, kamer
musiqa, cholg'u musiqa kabi bir qator janrlarda ijod etish an’anasi
kirib keldi.O‘tgan asr davomida bu an’ana o‘zbek musiqiy hayotida
o'z о‘mini topdi. 0 ‘zbek kompozitorlik maktabi shakllandi, yetuk
kompozitoriar tarbiyalanib samarali ijod etdilar. Olamshumul
ahamiyatga ega boigan musiqiy asarlar yaratdilar.
Bu jarayon ham o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish
bosqichlarini o‘taganini qayd etish lozimdir. Chunki, bu an’ana
avvalo rus musiqashunos va kompozitorlari tomonidan boshlab
berildi, so‘ngra milliy an’analami saqlash maqsadida, bastakorlar
bilan kompozitorlaming hamkorlik davri ham o‘z mevasini berdi.
1930-yillaming oxiridan o‘zbek kompozitorlik ijodiyoti o‘zini
ko‘rsata boshladi va tez orada kompozitorlaming yangi avlodi
tarbiyalandi. Eng muhimi kompozitorlikning barcha janrlarida
o‘zbekona ohanglarga ega boigan milliy ruhdagi asarlar yaratilib,
jahon sahnalarida o'zini namoyon etib kelmoqda.
Ushbu fan bo'yicha talabalar mukammal ravishda musiqiy
san’atning tarixiy taraqqiyot jarayoni, Vatanimizning musiqiy
! I.Rajabov. “Maqomlar masalasiga doir”. Т.: 1963 у. 268 b.
J Shu manba. 269 b.
11
hayoti, bastakorlar va kompozitorlami yillar davomida, musiqiy
san’atning turli janr va shakllarida yaratgan asarlari, ijrochi
namoyandalar ijodiy faoliyatlari, bosqichma-bosqich rivojlanish
jarayoni, ijodkorlami noyob asarlariga tahlil qilish borasidagi bilim
va ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Musiqa sohasida ta’lim olayotgan har bir sozanda, xonanda va
ijodkorlar o‘z musiqa an’analarini bilib olishlari va kelgusida
avlodlarga xos an’anani munosib davom ettirishlarida “0 ‘zbek
musiqasi tarixi” fanida olgan saboqlari aibatta dasturi amal bo‘lib
xizmat qiiadi. Zero, xalq musiqasi, bu hayot manbai, ijod manbai,
ruh ozug‘i, millat ko‘zgusidir.
Tayanch so‘zlar: bastakor, kompozitor, folklor, mumtoz
musiqa, an’ana, sozanda, xonanda, ijodkorlik, ijrochilik.
Mavzu bo‘yicha savollar:
1. 0 ‘zbek musiqasi tarixi fanining asosiy maqsadi nimadan
iborat?
2. Musiqa dunyosining insoniyat hayotidagi o‘mi, ta’siri,
vazifasi, ahamiyati xususida misollar bilan so‘zlab bering.
3. Qadimiy hisoblangan o‘zbek musiqa merosining o‘ziga xos
an’analari va uning tarkibidan o‘rin olgan ikki ulkan yo‘nalish
xususida ma’lumot bering.
4. 0 ‘zbek folklor musiqasida mavjud bo‘lgan va asosiy mezon
hisoblangan yo‘nalish nechta va ulaming xususiyatlari qanday?
5. XX asrga kelib, o‘zbek bastakorlik an’analariga xos bo‘lgan
hamda jahon musiqa ijodiyoti namunalariga mos kompozitorlik
ijodiyoti o‘zbek musiqa merosiga qachon kirib kelgan?
6. Kompozitorlik ijodiyoti bilan birga o‘zbek musiqasiga
yevropa musiqiy an’analariga xos qanday professional janrlar kirib
kelgan?
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
1.
0 ‘zbek musiqasi tarixi yoritilgan adabiyotiar bilan tanishib
chiqish.
12
2. Musiqa dunyosining insoniyat ma’naviyatida turgan o‘mi
va ahamiyati xususida bayon yozing.
3. Musiqa merosining ikki ulkan yo‘na!ishi va o‘ziga xos
an’analarini yoritib bering.
4. 0 ‘zbek folklor musiqasining yo‘nalishlarini o‘zlashtiring.
5. 0 ‘zbek kompozitorlik ijodiyotini bastakorlik an’analaridan
faqini asoslang.
6. Kompozitorlik ijodiyotidagi janrlami aniqlab ularga
xarakteristika bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |