XX asrning 20-30-yillarida
0 ‘zbekistonda musiqiy
havoskorlar jamoalarining paydo
bo‘lishi, faoliyat va mohiyatlari
Musiqa targ‘iboti
sohasidagi asosiy vazifaiar
Zavod va fabrikalarning
ishehi klablari qoshidagi
havaskorlik to'garaklari
29
san’atni xalq orasida targ‘ibot qilishda tashabbuskorlik qildi. Uning
rahbarligida
tuzilgan
ansamblda,
ustozi
Mulla
To5ychi
Toshmuhammedov, Ilhomjon dutorchi, Karimbek Xo‘ja g‘ijjakchi,
Shoborot - tanburchi, Ilyosxo‘ja - changchi va ulaming shogirdlari:
Yunus va Risxi Rajabiylar, g ‘ijjakchi bastakor Imomjon Ikromov,
kamonchi bastakor Po‘lat Rahimov, dutorchi Abdusoat Vahobov,
hofizlar Shoqosim, Shoolim, Shoakbar Shojalilovlar kabi san’at
ustalari xalqqa faol xizmat qildilar. Ustoz Shorahim Shoumarovning
chorsu bozori yonida joylashgan ansambli va Yunus Rajabiyning
“Chaqar” mahalla choyxonasida tuzgan ansambli yosh havaskor
san’atkorlar uchun haqiqiy musiqa maktabi bo‘ldi.
Bu ikki dargohda Toshkent san’atkorlaridan tashqari Farg‘ona
vodiysidan, Buxoro, Samarqand, Xorazmdan mashhur san’at
ustalari va ulaming shogirdlari ham birgalikda xalqqa o‘z
san’atlarini namoyish qilishardi. Ulaming konsert dasturlari asosan
maqom, mumtoz ashuialar va o'zlari bastalagan kuy va qo‘shiq-
lardan iborat edi. Bundan tashqari, ustoz san’atkorlar o‘zlari ham
turli klub-maktablarda musiqiy havaskorlar to‘garaklarini tuzib
yoshlarga saboq berib, ko‘p yosh sozanda va xonandalami
tarbiyaladilar.
Xuddi shunday “Sanoyi Nafisa” kabi uyushmani 1920-yili
Andijon shahrida xalq orasida Orif garmon nomi bilan tanilgan Orif
Toshmatov tashkil qildi. 0 ‘zbek san’atkor va ziyolilaridan tuzilgan
jamoada Muhiddin Xo‘ja Najmiddinov, Sobirjon Siddiqov,
Berkinboy Fayziyev, Dehqonboy Hofizlar, Yoqibjon changchi,
Ashurali Oxun dutorchi, Zokir eshon doirachi, Hayit Oxun
tanburchi, Rustam Mehtar sumaychi, Ismat kamaychi, Sayfi
qayroqchilar bor edi. Ulaming ishtirokida zikr qilingan uyushma va
“Tutzor” guzarida xalq ansambli tuzildi. Bu ansamblda g‘ ijjakchi
bastakor To‘xtasin Jalilov, Hayitxon tanburchilami yonlarida:
Komiljon Jabborov, Lutfullaxon Xo'jayev, Rahmat Otaboyev,
G‘anijon Toshmatov, Isxoq Qori, Salohiddin hoji kabi havaskor
yoshlami ham ko‘rish mumkin edi. Ansamblning dasturi keng edi.
Ular nafaqat Andijon, balki Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona,
Namangan, Jalolobod, O'sh shahar va qishloqlarida ham ish olib
bordilar. Mazkur jamoani keyinchalik To‘xtasin Jalilov ham
boshqargan edi. Mashhur bastakor, 0 ‘zbekiston xalq artisti
30
To‘xtasin Jalilov o‘zining ustozi Orif Toshmatov faoliyatini
shunday ta’riflagan edi: “Bizning rahbarimiz Orif aka garmonda
o‘zbek xalq kuylaridan “Abdurahmonbegi”, “Nasrulloi”, “Ajam”,
“Tanavvor”, “Ufor” kabi klassik musiqalardan tashqari “Дунайские
волны”,
“Амурские
волны”,
“Краковяк”,
“Полька”,
“Варшавянка”, “Смело мы пойдём” kabi ruscha, bundan tashqari
Hamzaning kuyiarini hamda o‘zi bastalagan musiqalarni jo ‘shqinlik
bilan ijro etib hammani lol qoldirar edi. Shular orasidan o‘zlari
yaratgan “Andijon polkasi” esa juda ham mashhur bo‘lib ketdi.
Shunisiga qoyil qolar edimki, ustoz o‘zbek xalqining mumtoz
kuylarini dutorda qanday chalsa garmonda ham shunday nozik
mohirlik bilan ijro etar edi. Bular o‘sha muhitda o‘zbek
tomoshabinlari uchun ham qiziqarli, ham yangilik edi7.
Yana shuni aytib o‘tish joizki, “Inqiiob”dan avval Farg'ona
vodiysida, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va
Qashqadaryo vohalarida istiqomat va ijod qilgan, mashhur, el-yurt
hurmatiga sazovor bo'lgan san’atkorlar, sho‘ro hokimiyati davrida
ham, shogirdlari bilan, o‘z faoliyatlarini davom ettirib xalqqa xizmat
qildilar. Ular yangi zamonda, shahariaming xalq bilan gavjum
boigan katta choyxonalarida o‘z san’atlarini namoyish qildilar.
Ayniqsa, yuqorida zikr qilganimizdek O'zbekistonning 1924 - 1932-
yillarida poytaxti bo‘lgan Samarqand shahrining Registon yaqinidagi
“Rastai Nov” choyxonasida Hoji Abdulaziz Abdurasulov ishtirokida
boiadigan musiqiy kechalarda ko'pincha Buxoro, Toshkent,
Farg‘ona vodiysidan, Xorazm va boshqa hududlardan kelgan mohir
sozanda va xonandalar ishtirok etishardi. Ulaming orasida Ota Jalol
Nosirov, Levicha Boboxonov, Domla Halim Ibodov, Qori Siroj
Yusupov, Tolibjon Sodiqov, Abduqodir Ismoilov, Matyusuf
Xarratov, Ahmadjon Umrzoqov, Shohnazar Sohibov, Faziiddin
Shahobov kabi qator san’atkorlami ko‘rish mumkin edi.
Xulosa qilib aytish joizki, yuqorida nomlari tilga olingan va
olinmagan o‘zbek xalqining sevimli san’atkorlari o‘z ijrochilik
san’atlarini namoyish etish bilan birga turli musiqiy to‘garaklar
tuzib, yoshlarni musiqiy meros an’analarida tarbiyaladilar va
kelgusida el yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan san’atkorlami yetkazib
7Ahmad Jabborov tomonidan Usta To'xtasin Jalilov bilan, O'zbekiston kompozitoriar uyrehmasinmg binosida 1964-
yilning 19-dekabrida, suhbat paytida yozib olingan.
31
berdilar. Ustoziaming ayrimlari hokimiyat tomonidan tashkil
qilingan musiqiy o‘quv maskanlarida teatr va konsert tashkilotlarida
faol xizmat qildilar.
Shuni aytish joizki, 20 - 30-yillarda yuqorida nomlari esga
olingan, xalqimizning sevimli san’atkorlari, Respublikamizda
tashkil topgan musiqali teatr va konsert tashkilotlarining, musiqiy
ansambllarning asosiy guruhini tashkil qilishdi va respublikada
hamda Butunittifoqda 1925,1930,1932,1933,1935,1938 - yillarda
o‘tkazilgan teatr va olimpiadalarda, ko‘rik - tanlovlarda faol
qatnashganlar. 0 ‘zbek musiqa san’atini namoyish etishda, ayniqsa
1936-yilda tashkil topgan 0 ‘zbekiston davlat filarmoniyasi katta
ro‘l o‘ynadi. Mazkur filarmoniya qoshida boshqa ijrochi jamoalar
bilan birga 1936- yilda mashhur bastakor, ustoz To‘xtasin Jalilov
rahbarligida 100 kishidan iborat “Etnografik ansambl” tuzildi. Bu
ansamblga respublikaning ko‘plab viloyatlaridan keksa va yosh
san’atkorlar jalb qilindi. Ular orasida: Usta Olim Komilov, atoqli
qiziqchi Yusuf qiziq Shakarjonov, naychi Abduqodir Ismoilov,
qo‘shnaychi Ahmadjon Umrzoqov, naychilar Saidjon Kalonov,
Valijon Hoshimov, g‘ijjakehilar Po‘lat Rahimov, Nabijon Hasanov,
Doni Zokirov, Said Aliyev, Xayri Izomov, Mamadali Niyozov,
rubobchilar — Tavur Jumayev, Ergash Shukrullayev, changchilar -
Fahriddin Sodiqov, Matyusuf Xarratov kabi sozandalar bilan
birgalikda quyidagi xonanda va hofizlar qatnashdilar: Mamat bobo
Sattorov, Muhiddin Qoriyoqubov, Domla Halim Ibodov, Mulla
To‘ychi
Toshmuhamedov, Halima Nosirova, Tamaraxonim,
Abdulla baxshi Nurullayev, Erka Qori, Gabriel Mullaqandov, Karim
Mo‘minov, Jo‘raxon Sultonov, Lutfixonim Sarimsoqova, Ma’mur-
jon Xudoyberganov, Berkinboy Fayziyev, Nazira Inog‘omova,
Nazira Ahmedova, Fotima Boruxova, Shoista Zokirova va ular
qatorida Madrahim (Sheroziy) Yoqubov bor edi. 0 ‘zbek raqs
san’atini dekada konsertlarida: Rahim Ollaberganov, Xoji Tam -
Tam, Shukur Hamdamov, Ashur qori Rasulov, Ismoil PoMatov,
Usmon qori, Mukarrama Turg‘unboyeva, Roziya Karimova, Halima
Rahimova, Lizaxonim va boshqalar namoyish qilishdi.
Mazkur san’atkorlar Moskvada 1937-yilning may oyida o‘tgan
dekada kunlari o'zbek xalqining musiqiy san’atini shoir dramaturg
Komil Yashin (Nug‘monov)ning “Sayl” ikki bo‘limli ssenariy
32
asosida katta konsert dasturi namoyish qilindi. Sahnalashtirishda
bosh rejissor Mannon Uyg'ur (Mannon Majidov), rejissorlar: Yetim
Bobojonov, Sora Eshonto‘rayeva, rejissor yordamchisi Miroqilov,
Ali
Ardobus
Qo‘ldoshev,
rassomlar:
X.X.Ikromov
va
MA.Gvozdikov, musiqa rahbari hamda dirijor Tolibjon Sodiqov,
dirijorlar Muxtor Ashrafiy va Nikolay Mironov, “Etnografik
ansambi”ning rahbari To‘xtasin Jalilovlar faol qatnashdilar.
Umuman mazkur dekada 0 ‘zbek xalqining boy musiqiy merosini va
mohir ijrochilik san’atining katta jozibali ruhda namoyish qilishda,
san’atkorlaming ko‘p guruhlari hokimiyat tomonidan orden, medal
va unvonlar bilan taqdirlandilar.
Umuman, ushbu davrda ruspublikamizda, o‘zbek va rus
san’atkorlarining hamkorligida musiqa maktabiari, 1934-yiIda
Namangan va Buxoro musiqa o‘quv bilim yurtlari, 1935-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |