A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

Bastakorlik ijodiyoti
Asosan  mumtoz,  qisman  xalq  ijodiyoti  bilan  bevosita  bog‘liq 
bo‘lgan bastakorlik sohasi qariyb bir yarim, ya’ni ming yillik tarixiy 
davr  mobaynida  shakllanib,  rivojlanib  kelmoqda.  Uning  qator 
sifatlarini  anglash  borasida  “bastakor”  so‘zining  lug‘aviy  ma’nosi 
ham e’tiborlidir. Atoqli maqomshunos olim I.R.Rajabovning bergan 
ta’rifiga ko‘ra, “bastakor” forscha so‘z bo‘lib, uning zamirida “kuy- 
ni  tashkil  etuvchi  unsurlami  bir-biriga  bog‘lovchi”  degan  ma’no 
yotadi (“basta” -  bogiangan, “kor” -  ish, ishlovchi ma’nolarida).
Bastakorlikning musiqa ijodiyotidagi mohiyati ma’lum qonun- 
qoidalar  bilan  bevosita  bog‘liq  holda  yuzaga  chiqadi.  Bunda, 
bastakor  ko‘p  asrlik  an’anaviy  kuylaming  ritmik  va  ohang 
variantlarini  yaratishi,  shuningdek  kuy  yo‘llariga  yangi  lavhalar, 
tayyor  holdagi  avjlar  kiritishi  nazarda  tutiladi.  Ashula  yo‘llariga 
yangi  she’rlami  moslab  tushira  bilgan  san’atkorlar  ham  bastakor 
nomiga sazovor bo‘ lganlar.
Ma’lum  bo‘Iadiki,  bastakorlar  musiqa  amaliyotida  keng 
qo'llanib  kelingan  kuy  andozalari  asosida  ham  musanniflik 
qilganlar,  ularni  (kuylami)  she’riyat  namunalari  bilan  bogiab, 
ashula  yo‘llarini  ham  yaratganlar.  Bunda  badiiy  an’ana  -   eski  va 
yangi  ijodiy  hodisa  o‘rtasidagi  biridan-biriga  o‘tib  boruvchi  uzviy 
aloqa  -   keyingi  davr  ijodkorlari  tomonidan  qabul  qilingan  va 
rivojantirilgan  g‘oyaviy-badiiy  xususiyatlar  tarzida  namoyon 
boiadi.  Bu  jarayonda  bastakorlar  iste’dodi  ana  shu  an’analar 
doirasida  badiiy  mahorat  ko‘rsata  bilishga,  tabiiy  holda  yangi 
imkoniyatlami  yuzaga  keltirishga,  “tanish”  shaklu-shamoyilning 
yangi  qirralarini  ochib  berishga  xizmat  qiiadi,  Zotan,  tarixiy 
rivojlanish  jarayonida  badiiy  merosxo‘rlik  yo‘li  bilan  asrlar 
davomida  ustozdan-shogirdga  meros  o‘tib  kelayotgan  musiqiy 
qadriyatlar  muayyan  tarixiy  shart-sharoitlarda  turlicha  ko'rmish 
kasb  etib  kelgan.  Binobarin,  badiiy  an’ana  yangilikni  mustasno
34


etmaydi,  balki  yangilik uchun  muhim  zamin, poydevor asos  bo‘lib 
xizmat  qiladi.  Muqim  an’anani  yangilik  bilan  boyitish  uchun  esa, 
tabiiyki,  har  bir  ijodkordan  badiiy  an’anani  teran  anglash  hamda 
yuqori mahorat talab qilinadi8.
0 ‘tmishdagi bastakorlik ijodiyoti bilan hozirgi davr bastakorlik 
ijodiyoti  orasida albatta tafovutlar bor.  Bastakorlar mumtoz musiqa 
hamda xalq musiqa ijodiyotining chuqur bilimdonlari, ustoz sozanda 
va xonandalardir.
Respublikamizda  XX  asr  mobaynida  maxsus  musiqa  o‘quv 
yurtlari  tashkil  etilishi  munosabati  bilan  ta’lim  tizimida  an’anaviy 
bastakorlik emas, balki  Yevropacha kompozitorlik mutaxassisligiga 
ustuvor  ahamiyat  berildi.  G‘arbda  shakllangan  musiqiy  yaratuv- 
chilik yo‘nalishida esa aksincha, kompozitorlik ma’lum bir “Musiqa 
yozuvchisi” mutaxassisligini anglatgan.
Musiqa  merosimizning  yangilanishidagi  tashabbuskor 
targ‘ibotchilari  bastakorlardir.  Bastakorlarimiz  hozirda  mavjud 
maqom turkumlari zaminida noyob asarlar yaratmoqdalar. Shu bilan 
bir  qatorda,  ulaming  ijodida  yangi  uslubiy  yo‘nalish  va  ijodiy 
maktablar  shakllandi.  Shu  asnoda  bastakorlaming  ijodiy  mahsuli 
bo‘lmish turli kuy, qo‘shiq va ashulalar musiqiy xazinamizni yanada 
boyitib bormoqda. Bastakorlik ijodiyotida sozandalik va xonandalik 
faoliyati  qadimdan  alohida  ahamiyat  kasb  etib  kelgan.  Hozirgi 
kunda  ham  bastakorlarimiz  ijrochilik  hamda  ijodkorlikning  o‘zaro 
uzviy bog‘liqligini o‘z faoliyatida ko‘rsatib kelmoqdalar.
XX 
asming  20 -   40-yillarida zamonaviy  musiqiy  san’atning 
rivojlanish  jarayonida  bastakorlik  ijodiyoti  muhim  o‘rin  egalladi. 
Ya’ni  ana  shu  davr dan  boshlab  poytaxt  va  viloyatlarda  istiqomat 
qilgan  har  xil  yoshdagi  xalq  bilan  hamnafas  boigan  bastakorlar 
mehnatkash ommaning fikr o‘ylarini,  orzu-umidlarini  va respublika 
hayotida  ro‘y  berayotgan  muhim  voqealami,  madaniy  -  ma’naviy 
o‘zgarishlami o‘z ijodlarida aks ettirdilar.  Ular an’anaviy bir ovozli 
musiqiy  uslubida  zamon  talabi  va  xalq  ruhiga  moslab  turli 
mavzularda klassik va zamondosh shoirlaming she’rlariga ommaviy 
va  lirik  qo‘shiqlar,  sahna  asarlariga  esa  xalq  musiqa  merosidan
*  «Bastakorlik  ijodiyoti'’  mavzusi  yoritilishida  tadqiqodchi  Ch.Ergashevaning  “0 ‘zbek  kasbiy  musiqasida  nazira 
an’analari” mavzusidagi dissertatsiyasi materialiaridan foydalanildi.
35


ijobiy  foydalangan  holda  noyob  hamda  betakror  musiqiy  asarlar 
yaratdilar.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish