A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

To‘xtasin Jalilov
0 ‘zbekiston xalq  artisti,  ulug‘  bastakor — sozanda,  ustoz hofiz 
va rahbar To‘xtasin Jalilov ko‘p qirrali ijodiy faoliyati bilan XX asr 
o‘zbek  musiqasi  tarixi  sahifalarida  unutilmas  iz  qoldirdi.  U  juda 
mashaqqatli va faro von hayot va ijod yo‘lini bosib o‘tdi.
Musiqiy san’at sohasida uning hayotida ro‘y bergan  burilishni 
ustoz  shunday  eslaydi:  -  “  Orif garmon  tashkil  qilgan  “Tashviqot 
aravasi” nomli ansamblda ishlab yurgan kezlarimda  1919-yili  shoir 
Hamza  Hakimzoda  Niyoziy  Farg‘onada  1918-yili  tashkil  qilgan 
“Yosh  musulmonlar  sayyor  teatri”  bilan  Andijonga  keldi.  Ana  shu 
teatr  jamoasi  bilan  bizning  ansamblimiz  Hamza  tuzgan  “Sharq 
kechasi”  nomli  konsert  dasturida  jaranglagan  Hamzaning  otashin 
nutqi,  zamonaviy  she’r va qo‘shiqlarini maroq bilan tingladim, yod 
oldim  va  ulaming  ta’sirida  yashadim.  Mazkur  kechada  men  ham 
xalq kuy va ashulalaridan ijro etdim. Konsertdan so‘ng Hamza meni 
qizg‘in  tabrikladi.  Menga  bo‘lgan  munosabatini  rahbariyatimizga 
izhor  qilgan  ekan.  Hamza  bilan  uchrashuv  menda  juda  katta 
taassurot  qoldirdi  va  mening  san’atkorlik  faoliyatimda  keskin 
burilish  boidi.  1920-yiIda  mening  yoshligimga  qaramay  Andijon
36


viloyat  musiqali  drama  teatriga  musiqa  rahbari  lavozimiga 
tayinlandim.
San’atkor  T.Jalilovning  bastakorlik  ijodiyoti  mazkur  teatrda 
ishlab yurgan kezlarida boshlandi.  Sahnada qo‘yilayotgan asarlarga 
xalq  musiqa  merosidan  tanlab  kiritdi.  So‘z  mazmunidan  kelib 
chiqqan  holda  ayrim  kuylaming  jumlalarini  o‘zgartirdi,  o‘zi  ham 
kuylar  yaratdi.  Uning  ilk  bor  yaratgan  kuylari  orasida  “Signal” 
nomli orginal kuyi juda ham mashhur bo‘lib ketdi.
Bastakor  T.Jalilov  kelgusi  yillarda  ijodiy  izlandi,  zamonaviy 
yangi-yangi  kuy  va  qo‘shiqlar  yaratdi.  Ular  orasida  “Dovruq”, 
“Yosh  qo'mondon”,  “Yer  ekkanniki”,  “Ey,  har  Vatan”,  “Azim 
Vatan”  “Ona  Vatan”,  “Kuylasam”,  “Yalla”  (Uyg'un so‘zlari),  “Oq 
oltin”  (Kamtar  so‘zi),  “Gulistonim  mening”  (Muqimiy  g‘azali), 
“Bahor  ayyomida”  (Furqat  g‘azali),  ayniqsa,  xalq  orasida  uning 
“To‘ylar  muborak”  qo‘shig‘i  juda  ham  mashhur  bo‘lib  ketdi.  U 
qo‘shiqehilik  faoliyatida  A.Navoiy,  Z.Bobur,  Muqimiy,  Furqat 
g‘azallariga,  shuningdek,  S. Abdulla,  Uyg'un,  M.Shayxzoda, 
Mirtemir,  H.Olimjon,  G‘.G‘ulom,  T.To‘la  kabi  shoirlaming 
she’rlariga kuylar bastaladi.
Bastakor T.Jalilov Andijon teatriga musiqa rahbari  lavozimiga 
tayiniangan  yildan  boshlab,  sahnaga  qo‘yilayotgan  spektakllarga 
xalq  musiqa merosidan tanlab,  kirita boshladi.  Xususan,  dramaturg 
Komil  Yashinning  “Lolaxon”,  Sobir  Abdullaning  “Qashqar  qizi”, 
G‘ulom  Zafariyning  “Erk  bolalari”  va  “Halima”,  Shamsiddin 
Xurshidning  “Farhod  va  Shirin”,  “Layli  va  Majnun”  kabi 
spektakllariga ilk bor o‘zbek va uyg'ur xalq qo‘shiq, yalla, ashulalar 
hamda  cholg‘u  musiqalar  tuzilgan  bo‘lsa,  kelgusi  yillarda  ayniqsa, 
Muqimiy  nomidagi  musiqali  teatrga  badiiy  rahbar  va  bosh  dirijor 
lavozimida  ishlagan  yillarida  “Tohir  va  Zuhra”,  “Nurxon”, 
“Alpomish”,  “Ravshan  va  Zulxumor”,  “Qurbon  Umarov”, 
“G‘unchalar”,  “Orzu”  (S.Abdulla  pyesalari),  “Farg‘ona  hikoyasi” 
(H.G‘ulom  pyesasi) kabi musiqali  dramalarga yaratgan musiqalami 
simfonik  orkestrga  moslashda  B.Brovsin,  L. Stepanov,  G.Mushel, 
A.Sobitov  kabi  kompozitorlar  bilan  hamkorlikda  bastaladi. 
Umurnan  0 ‘zbekiston  Xalq  artisti,  bastakor  -  sozanda  TJalilov 
benazir mahorat bilan ajoyib qo‘shiq lirik ashulalar va 40 dan  ortiq
37


musiqali  spektakllar  yaratdi.  U  XX  asr musiqasi  tarixi  sahifalarida 
chuqur iz qoldirdi.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish