Imomjon Ikromov
0 ‘zbekiston Xalq artisti, sozanda va bastakor Imomjon
Ikromov XX asr o‘zbek musiqasi tarixida chuqur iz qoldirdi. Imom
jon Ikromovning bastakorlik ijodiyoti XX asrning 20-yillaridan
Turkiston Xalq konservatoriyasida tahsil ko‘rayotgan davrdan bosh-
langan.
I.Ikromov bastakorlik ijodiyoti uning ko‘p yillik sozandalik
faoliyati negizida shakllandi. Zero, I.Ikromovning ijrochi sifatidagi
noyob sozandalik fazilatlari tabiiy bir yo‘l bilan bastakorlik
iste’dodini uyg‘otdi.
Ilk ijod qadamini 20-yillarda boshlagan bastakor o‘zbek
musiqiy an’analariga suyangan holda yangi zamon talabiga binoan
musiqiy doirani kengaytirish, yangicha intonatsiya va ohanglar
topishga harakat qilib ajoyib natijalarga erishdi. I.Ikromov yarim
asrdan ziyodroq ijodiy faoliyati davomida qo‘shiq va ashula
janrlarida ko‘plab asralar yaratdi. Bastakor asarlariga nazar solsak, u
ko‘proq zamondosh shoirlarning nazmiy asarlariga murojaat
qilganligi ayon bo‘ladi. Yillar davomida zamondosh shoirlar
Hamza, H.Olimjon, S.Abdulla, Habibiy, Mirtemir, H.G‘ulom,
S.Zununova, G‘ayratiy, Chustiy, Charxiy, T.To‘la, P.Mo‘min,
E.Vohidov va ayniqsa Navoiy, Bobur, Mashrab, Muqimiy, Furqat
kabi ulug‘ shoirlarning she’rlariga 200dan ortiq qo‘shiq va ashulalar
yaratdi.
“I.Ikromovning ijodida Alisher Navoiyning merosi alohida
o‘rin tutib, xususan, bastakor musiqiy “Navoiynomasi”ga doir
“Sarvi gulro‘ kelmadi”, “Qoldimu”, “U1 qaro ko‘z” nomli ashulalari
hozirda ham juda mashhurdir. Aynan shu asarlarida nazira
an’analari yorqin namoyon bo‘ladi”9.
Ma’lumki, “Munojot”, “Cho‘li Iroq”, “Ajam” singari kuylar
uzoq yillar davomida asosan mumtoz cholg‘u asarlari sifatida ijro
9 Ergasheva Ch. “Bastakorlik an’analari kesimida Imomjon Ikromov ijodi”. // “Barkamol avlod shakllankhida
san’atning ahamiyati” mavxuidagi iimiy-amaliy kortferensiya materiailari. - Toshkent, 2010.46-49 beriar.
39
etilib kelingan. Bastakor ushbu kuylar zaminida ulaming ashula
yo'llarini ijod etdi.
I.Ikromov har bir yaratgan asarini o‘zi birinchi bo‘lib
xonandalarga o‘rgatar edi. “Sarvi gulro‘ kelmadi” ashulasining
birinchi ijrochisi O'zbekiston xalq hofizi Akbar Haydarov bo‘lgan.
1940-yillammg o‘rtalarida bu ashulani 0 ‘zbekiston xalq artisti
Berta Dovidova o'zgacha talqin ila ijro etgan.
Misol tariqasida ayrim qo'shiq, ashula va ilk ijrochilaming
nomlarini eslatib o‘tamiz: O'zbekiston xalq artisti, xonanda Berta
Davidovaning mohirona ijrosida “Munojot” yoki “Sarvi gulro‘
kelmadi” (A.Navoiy g'azali) ashulasi juda ham mashhur bo‘lib
ketdi.
Munojot kabi o ‘zbek mumtoz ashula yoilari asosida
bastalangan: “Diloromimga ayt”, “Bir pari” (“Ajam”), “Qorasoch”,
“Zori ko'ngil”, “U1 qaro ko‘z”, “Qoldimu”, “Topilmas”, “Aylay
desam”, “Bir kelsangiz”, “Keldilar”, “Qoshi qarosini ko'ring”,
“Kim desun” kabi ashulalami xalqimizning sevimli mashhur
hofizlari: Mo‘lIa To‘ychi Toshmuhammedov, Akbar Haydarov,
Shojalilovlar, Orif Alimaxsumovlaming shirali ovozlari bilan
musiqa shinavandalarining qalblarida saqlanib kelmoqda. Bastakor
I.Ikromov yuqorida nomlari tilga olingan zamondosh shoirlaming
she’rlariga bir talay ommaviy va lirik qo'shiqiar yaratdi. U ijodiy
qadamini yurtimizning go‘zal tabiatini, mehnatkash insonlarning
ishda ko‘rsatgan jasoratlarini, yoshlaming his-tuyg‘ular ini, chin
muhabbatni madh etuvchi “Chaman”, “So‘lim”, “Paxtakorlarga”,
“Sher yigitlar”, “Mirzacho‘1 qahramonlari”, “Yangiyer taronasi”,
“Davru - davronim go'zal”, “Olqish”, “Vatan mehri”, “Aziz
Vatanim”, “Shon muborakdir senga”, “Terimchi qiz yorim bor”,
“Tinchlikka - tinchlik”, “Yor armug'oni”, “Vasli yorim”, “Gul
diydor”, “Roziman” kabi qo'shiqlar ayniqsa ustozning shogirdi
0 ‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist xonanda Ne’matjon
Qulabdullayev ijrosida “Indamadi”, “Qo‘lda ra’nosi bilan”, “Jon
bo‘libdi, jonon bo'libdi” (P.Mo‘min so‘zlari ), “0 ‘ynasin”, “Suluv
chechaklar” (Mirtemir g‘azallari) kabi qo'shiqlar mashhur bo!lib
ketdi.
Umuman, o‘zbek xalq musiqa merosining bilimdoni, mashhur
sozanda va bastakor I.Ikromov ijodiy faoliyati bilan milliy
40
qo‘shiqchilik san’atining yorqin namunalarini yaratib, XX asr
musiqa tarixi sahifalarida chuqur iz qoldirdi. Imomjon Ikromov
1943-yilda 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist va 1953-yilda
0 ‘zbekiston Xalq artisti faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |