Jadidchilik
harakatining asosiy
maqsad va vazifalari
O'rta asr maktab-
lari o ‘rniga, ona
tilida o'qitishga
moslangan yangi
usuldagi maktab-
larni tashkil etish
Jadidchilik g‘oya-
larini xalq omma-
siga singdirish,
matbuot hurriyati
uchun kurash, xalq
uchun tushunarli
adabiyot va teatmi
yaratish;
Xotin - qizlarni
paranjidan chiqa-
rish, jadid maktab-
lariga qatnashish-
larini ta’minlash
orqali taqdirlarini
o'zgartirish
^
______
J
Jadidchilik harakati namoyandalari:
Ma’rifat nurini va vatan tuyg'usini targ‘ibot etishda va amalda
joriy qilishda, jadidchilik harakatining rahbarlaridan biri Abdulla
Avloniyning (1873 - 1934) ijodini alohida qayt etish lozimdir. U
1904-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida yangi usulli jadid
maktabini ochdi, o‘zi unga mudirlik va o‘qituvchilik qildi. 1909-
yilda kambag‘al, yetim - yesirlarga ko‘mak beruvchi “Jamiyati
xayriya” uyushma tashkil qiladi. “Turkistonda birinchilardan bo'lib,
adabiyotshunos olim B.Nazarov - maktabga Avloniy geografiya,
kimyo, handasa, fxzika fanlari kiritilishiga ta’sir ko‘rsatdi, ta’limni
real turmush bilan bog‘lashga intiladi, bir dars bilan boshqasi
o‘rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o‘tishdagi
imtihonni joriy etdi, ta’lim tizimining dunyoviy yo‘nalishini
kuchaytirishga alohida e’tibor berdi. Uning “Birinchi muallim”
(1909), “Ikkinchi muallim” (1912) nomli darsliklari hamda “Turkiy
guliston yoxud axloq” (1912) nomli qoilanmasi o‘z davrida
16
yoshlami yangicha yo‘nalishda o‘qitish va an’anaviy milliy ruh
asosida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U yaratgan 5
to‘plamdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” (1909 - 1916)
maktablarda qo‘ilanma vazifasini o'tadi.
Abdulla Avloniy ko‘plab
she’rlar,
she’riy to‘plamlar
muallifidir. Uning she’riyatida vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik va
milliy - ozodlik taronalari alohida o‘rin tutadi. Masalan, bolalarga
bag‘ishlangan “Vatan” (1916) she’rida dunyodagi eng ulug‘ va
muqaddas tushuncha vatandir, vatanga sadoqatli bo‘lmoq har bir
insonning vijdoniy burchidir, degan g‘oyani ilgari suradi5’4.
Ushbu harakat faoliyatida shoir, dramaturg va adabiyotshunos
olim A bdurauf F itrat (1886 - 1938)ning ijodini alohida e’tirof
etish lozimdir. U jadidchilik harakatining asoschilari va rahbaridan
biri edi. 0 ‘rta Osiyoda eski maktabni va maorifhi isloh etish, yangi
usulli jadid maktabini hayotga joriy etish g'oyalarini ilgari surdi,
jamiyatni, xususan Buxorodagi tuzumni keskin tanqid ostiga olib,
turli omma harakatlarida faol qatnashdi. Uning dunyoqarashida
ma’rifatparvarlik va vatanparvarlik g‘oyalari yetakchilik qildi.
Xususan Abdurauf Fitratning musiqa san’atiga qo‘shgan
hissasi alohida e’tirofga loyiqdir. 1921-yili Buxoroda Sharq musiqa
maktabini tashkil etib, uning birinchi rahbari bo‘lgan. Maktabga
mumtoz musiqa bilimdonlari (sozanda va xonandalar) bilan birga
Viktor Aleksandrovich Uspenskiy singari musiqashunoslami ham
taklif etgan. U shu vaqtdan boshlab “Shashmaqom” kuylarini
to‘plash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi.
Fitrat tashabbusi bilan Ota Jalol Nosirov va Ota G‘iyos
Abdug‘anilardan Buxoro Shashmaqomi Viktor Uspenskiy tomo
nidan ilk bor notaga olinib, nashr etildi (1924). Bundan tashqari,
Fitrat
“Shashmaqom”,
“0 ‘zbek
musiqasi
to‘g‘risida” deb
nomlangan maqolalari hamda “O'zbek klassik musiqasi va uning
tarixi” (1927) risolasi bilan XX asr o‘zbek musiqashunoslik fanini
boshlab berdi.
4 XX asr o‘zbek adabiyoti, 11 sinf uchun darslik, Т.: M0 ‘qituvchi”, 1995 y., 35- bet
17
Atoqli shoir, dramaturg, bastakor va jam<
Hakimzoda Niyoziy (1889 - 1929) ham ijodi
davrida Nihoniy taxallusi bilan turli mavzu va
yozdi. Hamza 1913-yilda Toshkentning Qashqar mahallasida yangi
“Jadid” maktabini ochdi.
1915 - 17-yillar orasida muallif “Milliy ashulalar uchun milliy
she’rlar” nomli majmuani yaratdi. “Oq gul”, “Qizil gul”, “Pushti
gul”, “Savsar gul”, “Sariq gul”, “Yashil gul” va “Atir gul” nomlari
bilan to‘plamga kiritgan she’riy turkumlari omma o‘rtasida keng
tarqaldi.
Hamzaning mazkur “Milliy she’rlar”ida ilgari surilgan g‘oya
0 ‘zbekiston milliy mustaqillikni qo‘lga kiritib, taraqqiyot uchun
kurashayotgan bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega”5.
Xullas, jadidchilik harakati paydo bo‘lishi bilan chor Rossiya
ma’muriyati va mahalliy muttasiblar va “qadimiy”laming qattiq
qarshiligiga duch keldi. Shunga qaramay, jadidchilikning g‘oya va
harakatlari yildan-yilga avj ola boshladi va mahalliy xalqlar orasida
ommalasha bordi. Ayniqsa, jadidchilar harakati va uning
namoyandalari adabiyot va san’at an’analarini davom etish bilan
yangi uslubli milliy teatmi barpo etishga ham katta ahamiyat
berdilar. Yevropa uslubidagi milliy teatrning ravnaq topishida 0 ‘rta
Osiyo jadidchilar harakatining tashkilotchisi,
Mahmudxo‘ja
Behbudiy birinchilardan bo‘lib, 1911-yilda “Padarkush” nomli
pyesani yozdi. 1914-yili Samarqandda o‘zi tashkil qilgan havas-
korlar teatrida, bu fojiali asami ozarbayjonlik rejissyor Aliasqar
Asqarov sahnalashtirdi. “Padarkush”ning sahnada ko'rsatilishi katta
madaniy voqeaga aylanib ketdi. Spektakl tez orada Toshkent,
Kattaqo‘rg‘on, Qo‘qon, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro
shaharlarida namoyish qilindi6. .
“Padarkush” fojiali spektaklining asosiy g‘oyasi ma’rifatpar-
varlikka qaratilgan jamiyatdagi barcha baxtsizlik, zamon talab
5 “XX asr o‘zbek adabiyoti” 11 sinf uchun darslik. Т.: “O'qituvchi”, 1995 y., 82-bet.
6 “Padarkush” (Yoxud o‘qiraagan bolaning hoK, Turkiston hayotidan olingan ibratnoma, uch par da to‘rt
manzanili, milliy birinchi fojia) spektaklining qisqacha mazmuni shundan iborat: katta mulkdor boy
Toshmtirod ismli yolg‘iz o‘g‘lini erka o‘stirib maktabga bennaydi. Savodini chiqarishni istamaydi. Bundan
achingan domla uning huzuriga kirib amri ma’rif qiladi. Ammo boy uning nasihat gaplariga ensasi qotib quloq
solmaydi. Domlaga javoban; “Ey domla! Siz menga tahqiqchi-mi? 0 ‘g‘il maniki, davlat maniki, Sizga nima!?
0 ‘qig‘omu bin siz. Yemoqqa nosingiz yo‘q. Bu holingiz ila menga nasihat qOasiz. Mirzasi Xayruiloni chaqirib
uyqum keldi, joy tayyorla” debT domlani haydaganday qilib jo ‘natadi. Bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng Ovrupocha
kfyingan, o‘rischa o'qigan ziyoli boynikiga keladi va nasihat qiladi. Unga ham domlaga berilgan javob beriladi.
Natijada, o‘qishda-to‘qishda yo‘q o ‘g‘li Toshmurod axloqsiz boMib o‘sadi, bezori Tangriqul va uning hamtovoqlari
bilan oshno boladi, Maishat, ichimlik va qimorga berilib ketadi. Restoranda maishat paytida puli yetmay qoladi.
Tunda Toshmurod do‘sti Tangriqul bilan otasmi pul omcnadni o‘g‘irlasli paytida, otasi uyg‘onib qoladi va o'z
padarini oidirishga yordam beradi. Oqibatda sheriklari bilan qo'lga olinib Sibirga qamoqqa jo ‘natiladi.
18
qilayotgan ilmlami egallamaslik tufaylidir. Mazkur drama XX asr
o‘zbek adabiyoti va milliy teatri tarixida chuqur iz qoldirish bilan
bir qatorda, yozuvchi va san’at ahliga ijobiy ta’sir qilib ibrat
maktabini ham o‘tadi.
Shuni aytib o‘tish joizki, XX asming boshlarida Turkistonda
yangi usulli ustoznavozlik milliy teatrining barpo etilishida, rus
teatridan tashqari, ayniqsa qozon, tatar va ozarbayjon teatrlarining
oMkamizga 1910-yillardan boshlab drama,
1914-yildan esa
Ozarbayjon musiqali teatrlarining gastrolga safari ulkan madaniy
voqeaga aylanar edi va o‘zbek ziyolilariga katta tassurot qoldirardi.
Ular ham milliy teatmi barpo etishni orzu qildilar. Ozarbayjon
musiqali teatrining gastrollari davrida ulug‘ kompozitor Uzeir
Gadjibekovning “Layli va Majnun”, “Asli va Karim” operalari,
“Arshin Molchi” hamda “U o'lmasin, bu o'lsin” kabi musiqali
komediyalarini o‘zbek tomoshabinlari zavq bilan tomosha qildilar.
M.Behbudiyning “Padarkush” dramasidan keyin Turkistonda o‘zbek
yozuvchilari birin-ketin turli mavzularda pyesalar yoza boshladilar
va ko‘p mahalliy havaskorlik teatr jamoalarini tuzdilar. 0 ‘lkamizda
1911-yildan to 1917-yilga qadar o‘zbek shoir, dramaturglari
tomonidan quyidagi pyesalar yozildi va sahnalashtirilgan edi:
Sh.Xurshidning “Bezori”, “Terakxo‘r”, “Qora xotin”, “Orif va
M aruf’; A.Samadovning “Mahramlar”; Xoji Muin Shukrulloning
“Mazluma xotin», “Juvonbozlik qurboni”, “Qozi ila mulla”, “Eski
maktab, yangi maktab”; Abdulla Badriyning “Juvonmarg”, “0 ‘gay
ota”, “Boyvachcha”, “Saodat bitdi”; Abdulla Avloniyning
“Advokatlik osonmi”, “Pinak”; Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz
kuyov”; Hamzaning “Zaharli hayot”, “Feruzaxonim”, “Ilm hido-
yati”, “Mulla Normuhammad domlaning muf xatosi”, “Loshmon
fojiasi”; Abdurauf Fitratning “Begi jon” va boshqa asarlar yaqqol
misol bo‘la oladi. Xullas, Turkistonning yirik shaharlarida
bunyodga kelgan havaskorlik teatrlari va ayniqsa, Toshkentda
Mannon Uyg‘ur tashkil qilgan “Turon” teatrining faoliyati olqishga
sazovor bo‘ldi. Kundan-kunga, yildan-yilga teatrlar ijodiy faoliyati
saviya jihatidan yuksala bordi va kelgusida juda ko‘p iste’dodli
yoshlar o‘zlarining hayot taqdirlarini teatr va musiqiy san’atlar bilan
bog‘ladilar.
19
0 ‘zbek xalqining musiqa merosi boy an’analarga va qadimiy
tarixga egadir. Uning davrlar osha rivoj i, xalq musiqasi va mumtoz
musiqasi negizida rivoj topib kelganligi amaliyotdan ma’lumdir.
Musiqa san’ati insoniyatning ma’naviy boyligi, estetik dunyoqarashi
va kelajak kamolotini belgilovchi mezonlardan biri sifatida
ardoqlanib kelinadi, Unda har bir xalqning milliy an’analari, urf-
odatlari, marosim va qadriyatlari munosib o‘rin olgan. Musiqa
ijrochiligi, xalq musiqa madaniyatining shakllanib, rivoj topuvchi
jonli jarayoni ekanligi hammaga ma’lum. Uning namoyandalari
bo‘lmish sozanda, xonanda va bastakorlar xalq madaniyatining
o‘ziga xos mutasaddilari sifatida e’zozga loyiq ko‘rilgan. Bu borada
o‘tmish risolalarida ham tarixiy ma’lumotlar zikr etib kelingan. Abu
Nasr
Farobiyning
“Katta
musiqa
kitobi”,
Zaynullobiddin
Husayniyning “Qonuni ilmi, amali musiqi”, Abdurahmon Jomiy-
ning “Risolai musiqiy”, Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”,
Darvesh Ali Changiyning “Musiqiy risola”lari bunga yorqin
misoldir.
XIX asming ikkinchi yarmi va XX asming boshlarida o'zbek
musiqa san’ati, azaliy an’analar negizida yangicha munosabatlar
davri sifatida tarixga muhrlandi. Davming yetakehi hofizlari
Hamroqul qori, Hoji Abdulaziz Adurasulov, Mulla To‘ychi
Toshmuhamedov, Domla Halim Ibodov kabi namoyandalarining
ijodlari,
ijrochilik
uslublari
mumtoz
musiqa
an’analariga
asoslangan. 1920-yillardan boshlab xonanda va sozandalaming
yangi avlodi shakilandi.
0 ‘zbek musiqasining XX asr jarayonida, zamon talabi
doirasida keskin rivoj langanligi tuzumning o‘zgarishi, yangi
munosabatlami yuzaga kelganligi bilan bog'liqdir. Buning zaminida
eng avvalo yevropa madaniyatining kirib kelishi va unga asoslangan
holda turmush tarzini shakllanganligi hamda musiqa ijodkorlarining
yangi avlodi tarbiyalanganligi bilan bog'liqdir.
XX asr o‘zbek musiqa ijodiyoti yangi avlod shakllanishi bilan
bog‘liqdir. Uning shakllanish mezonlari va rivojlanish yo‘lining
o‘zbek kompozitorlik ijodi hamda zamonaviy musiqa san’atining
ommalashishi bilan bog‘liq bir qator omillari mavjuddir. Shunga
ko‘ra XX asr о‘zbek musiqasi rivojlanish jarayonini uch bosqichga
bo‘libtahlil qilish o‘rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |