Nazorat uchun savollar:
1.
Moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga qanday maqsad va vazifalar
qo’yiladi?
2.
Auditning xalqaro standartlariga qanday maqsad va vazifalar qo’yiladi?
3.
Auditda muhimlik tushunchasi to’g’risida nima bilasiz?
4.
Muhimlik darajasini aniqlashning amaliy jihatlari qanday amalga
oshiriladi?
127
5.
Auditorlik riski va uni baholash modellari qanday bo’ladi?
6.
Auditda riskni paydo bo’lish shartlari qanday amalga oshiriladi?
7.
Auditorlik riskini baholashdgai yondashuvlar qanday tuziladi?
128
7-BOB. AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA FIRIBGARLIKNI ANIQLASH
7.1. Auditorlik tekshiruvida firibgarlik tushunchasi
Firibgarlik bu qalloblikni qo’llash bilan bog’liq oldindan bilib amalga
oshirilgan harakatdir. Firibgarlik moliyaviy hisobotini jiddiy o’zgartirib yuboradi.
Noto’g’ri o’zgartirishning ikki turi auditorlik xulosada firibgarlik sifatida ko’rib
chiqiladi: a) aktivlarni noqonuniy o’zlashtirishni noto’g’ri ko’rsatish natijasida
yuzaga kelgan firibgarlik; b) moliyaviy hisobot tuzilayotganda firibgarlik
natijasida yuzaga kelgan noto’g’ri ko’rsatishlar. Firibgarlikni xatodan farqlalab
turuvchi jzihatlarini ataylab chalqashtrish. Auditorlar odatda o’z mijozlari
kitoblarida moliyaviy xatolar topishadi, ammo bu xatolar ataylab qilingan xatolar
qatoriga kirmaydi.
Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirib olish natijasida yuzaga kelgan noto’g’ri
ko’rsatishlar.
Tashkilot aktivlarini ayibdor tomonidan ug’irlansa yoki noto’g’ri ishlatilsa
aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish yuzaga keladi. Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirib
olish firibgarlikning asosiy ko’rinishidir. Bunday firibgarlik kichik biznes
korxonalariga nisbatan qo’llaniladi va odatda ayibdorlar korxona xodimlari
tarkibiga mansub bo’ladi. Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish turli usullar
yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu firibgarlikka tushgan pullarni
o’zlashtirib olish, aktivlarni o’g’irlash kiradi. Bundan tashqari olinmagan tovar va
xizmatlar uchun kompaniyani to’lashga majbur qilish firibgarlikning bir
ko’rinishidir. Odatda aktivlarni noqonuniy o’zlashtiirish quyidagi holatlarda
yuzaga kelishi mumkin.
Pul o’g’irliklarni qoplash uchun naqd pul olishga imkon bo’lish va
hisoblar bilan noto’g’ri ishlash imkoniga ega bo’lish;
Sohta kompaniyalar orqali naqd pullar to’lovini boshqarish;
129
Firibgarlikni yashirish maqsadida zaxiralar va boshqa aktivlarni
o’g’irlash va moliyaviy hisobotlarni o’z manfaatida ishlatish. Noto’g’ri
ko’rsatishlarning yuzaga kelishi, moliyaviy hisobotni ataylab noto’g’ri ko’rsatish
Moliyaviy natijalarni ataylab o’zgartirish, tashkilotning moliyaviy ahvolini
sohtalashtirish moliyaviy hisobotning ataylab o’zgartirib ko’rsatishga kiradi.“The
Great Salad Oil Swindle of 1963” ni auditorlik tekshirish moliyaviy aktivlarni
ataylab noto’g’ri ko’rsatishga misol bo’la oladi. Mazkur firibragalik ijrochisi
aktsiyalar kotirovkasining o’sishi orqali o’zining mutonasib ravishda boyiligini
ortirishga intilgan. Ba’zida jinoyatchi shaxsiy manfaatin ko’zlamay, korxonani
inqirozdan qutqarish yoki boshqa salbiy moliyaviy natijalardan qutulish maqsadida
moliyaviy hisbotni ataylab o’zgartiradi. Moliyaviy hisobotning ataylab
o’zgartrishning uchta keng tarqalgan uch usuli quydagilarni o’z ichiga oladi:
1. Hisob yozuvlari yoki xujjatlarni manipulyatsiya qilish, sohtalashtrish yoki
o’zgartirish.
Berni Medoff Ponzi chizmasi
Oldingi investorlar depozitlaridan olingan daromadni to’lash uchun hozirgi
investorlar depozitlari ishlatilganda Ponzi chizmasi yuzaga keladi. Bunda xech
qanday real investitsiyalar qilinmaydi. Agar oldingi investorlarga tegishli
mablag’larni to’lash uchun yangi investorlar qo’shilmasa yoki ularning depozitlari
juda oz bo’lsa Ponzi chizmasi buzilib ketadi. Ponzi chizmasi ikkita asosiy
tamoyillarga asoslangan: ishonch va ochko’zlik. Potentsial mijozlar bilan
munosabatlarni o’rnatish ishonch asosini tashkil qiladi. Ponzi chizmalarida
firibgarlikni amalga oshirgan kishi quyidagi holatlarda ishonchni qo’lga kiritadi: a)
boshqalarning bevosita haratkatlari, b) professional yoki boshqa ko’shilib kelishlar;
v) o’zining boshqalarga qilingan ishoralari. Ochko’zlik investrlarga xos bo’lishi
mumkin. Chunki ular odatda oddiy foydadan ko’proq foyda oishga intilishadi.
Shuning uchun ular o’z me’yoriy vazifalarini bajarmaganda iishonch yo’qoladi.
Medofffning chizmasida ishonch va ochko’zlik keng o’rin olgan. 2009 yil mart
oyida Medoff 11 federal okrugida jinoyatda ayiblandi. Ayib shundan iborat ediki, u
130
farovonlik boshqaruv biznesni yirik Ponzi chizmasiga aylantirib, minglab
investorlardan milliard dollarni umarib oldi. Medoffninng gapicha, u Ponzi
chizmasini 1990 yillarning boshida boshlagan. Biroq tergovchilarning fikricha,
firibgarlik 1909 yillarning boshida rivojlana boshlangan. Uning investitsion
operatsiyalari xech qachon haqoniy bo’lmagan. Mijozlarning hisobida mavjud
bo’lmagan summa, shu jumladan olingan foyda deyarli 65 mlrd dollarni tashkil
qilgan. 2009 yil 29 iyun kuni Medoff 150 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Doff qonuniy brokerlik firmani boshqarib, ishonchga kirib oldi. U o’tgan
davrda NASDAKda raislik qilgan. U ko’p marta CNBCda chiqib, qimmatli
qog’ozxlar
industriyasi
to’g’risida
gapirgan.
Medoff
investitsiyalarni
rag’batlantirish maqsadida investitsion hamjamiyat bilan o’rnatgan aloqalaridan
samarali foydalandi. U o’z kompaniyasiga investitsiya qilish g’oyasini eng qo’lay
imtiyozlar stifatida sotgan.
Medoff o’zining kitobidagi bitimlar chizmasini keltirgan. U o’z kitobini
tekshirtirish uchchun CPA firmani yodlaydi. Biroq bu firma faqat bir xodimdan
iborat bo’lgan. CPA biror bir vaqtda Medoff ofisiga kelganligi va biror bir marta
jiddiy audit o’tkazganligi haqida xech qanday dalillar mavjud emas. Biroq
investorlar xech qachon bunday auditorlik hisobotlarni talab qilmagan. Bu ularning
ochko’zligi bilan ham izohlanishi mumkin. Investorlar o’zlarining omadli shaxs
ekanligiga ishonch qilib, investitsiyalardan ko’p daromad oishga o’rganib
qolishgan edilar. Shuning uchun uldar Medoffga ishonib, undan tashqi audit
to’g’risida xech qandayq xujjat talab qilmas edilar.
Bu narsa isbotlanmagan bo’lsa ham, Medoff taslim bo’lib, barcha ayiblarini
o’z bo’yiniga olmoqchi bo’lgan. Chunki investorlardan biri rus mafiyasi bilan
bog’liq bo’lgan. Medoff o’z farzandlari va o’zining hayotidan havfsiragan edi.
Medoff bugungi kunda federal kamoqxonasida bir umrga jazoni o’tamoqda. Uning
bir o’g’li firibgarlik fosh qilingandan so’ng o’z hayotiga kasd qildi. Firibgarlik
jarayonida PCAOB Medoffning xedj-fondi PCAOBda ro’yxatdan o’tgan auditorlar
firmalari tomonidan tekshirilishini talab qilmagan. Bedoffning firibgaroligidan
131
so’ng Kongress PCAOBga ro’yxatdan o’tgan SEC- brokerlar va dilerlarni
tekshirishga ruxsat bergan.
1. Ahamiyatli bo’lgan voqelik, operatsiyalar va boshqa ahamiyatli bo’lgan
holatlarni noto’g’ri ko’rsatish.
2. Buxgalterlar tomoyillarini ataylab noto’g’ri qo’llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |