maqsadlarda, yangi yerlarni o’zlashtirish, daraomad topish, o’qish, yashash hamda siyosiy nuqtai-
nazardan yashash joyini doimiy yoki vaqtincha o’zgartirishiga uning mexanik harakati deyiladi.
Aholi migratsiyasi ikki shaklda ichki migratsiya va tashqi migratsiya shaklida ro’y beradi. Agar
aholi mamlakat ichida hududlar bo’ylab (shahar-qishloq,
qishloq-shahar, tuman-viloyat va hokazo)
ko’chishni amalga oshirsa bunday migratsiya ichki migratsiya deyiladi. Aksincha, aholi o’zi yashab
turgan mamlakatdan boshqa mamlakatlarga, qit’alarga ko’chib borsa bunday migratsiyani tashqi yoki
xalqaro migratsiya deb ataymiz. Migratsiyaning har qanday turida ishtirok
etgan kishilar migrantlar
deyiladi. Tashqi migratsiya ikkig bo’linadi: emigratsiya va immigratsiya.
Emigratsiya- kishilarning doimiy yoki vaqtincha yashash uchun o’z vatanidan boshqa
mamlakatlarga ko’chib ketishi. Emigratsiyada qatnashgan aholi emigrantlar deb ataladi.
Immigratsiya- kishilarning uzoq muddatga doimiy yoki vaqtincha yashashi uchun biron bir
mamlakatga boshqa davlatlardan ko’chib kelishi. Imigratsiyada qatnashgan aholi “immigrantlar”
deyiladi.
Reemigratsiya- kishilarning uzoq muddatga doimiy yoki vaqtincha yashash uchun o’z vatnidan
boshqa mamlakatga ko’chib ketib, muayyan muddatdan so’ng yana kaytib ko’chib kelishidir.
Reemigratsiyada qatnashgan kishilar “reemigrantlar” deyildi.
Shuningdek, aholi migratsiyasi o’z mohiyatiga ko’ra
uch turga, ya’ni doimiy, vaqtincha
(mavsumiy) va tebranma (mayatniksimon) migratsiyaga bo’linadi. Sabablariga qarab ixtiyoriy hamda
majburiy migratsiya turlari ham mavjud.
Doimiy migratsiya- aholining uzoq muddatga (bir yildan oshiq) bir joydan ikkinchi bir joyga
ko’chib yana qaytishidir.
Mavsumiy migratsiya- aholining ma’lum bir vaqtga (mavsumga) bir joydan ikkinchi bir joyga
ko’chib yana qaytishidir.
Tebranma migratsiya- aholining bir joydan ikkinchi bir joyga har kuni
yoki har haftada borib
qaytishi. Bunga misol tariqasida Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan aholining poytaxtimiz Toshkent
shahriga turli maqsadlarda har kuni yoki bir haftaga kelib qatnaydiganlarni keltirish mumkin. Demak,
tebranma migratsiya urbanizatsiya xarakteriga ega desak hato bo’lmaydi. Sababi, tebranma
migratsiyada ishtirok etganlarning aksariyati, qishloqdan
tuman yoki viloyat markaziga, qishloq-
shahar, kichik shaharlardan yirik shaharlarga tomon harakat qilishadi. Mayatniksimon migratsiyada
ba’zan aholi bir davlat hududida yashab ikkinchi bir davlat hududiga ishlash, o’qish uchun har kuni
yoki haftada chegaradan o’tib borib kelishadi. Bu G’arb davlatlarida yaqqol kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: