A. D. Kayumov gruntshunoslik


-BOB. GRUNT KO‘P KOMPONENTLI TIZIM



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

2-BOB. GRUNT KO‘P KOMPONENTLI TIZIM 
 
2.1. Grunt komponentlarining o‘zaro ta’siri va ularda strukturali 
bog‘lanishlar 
 
Tog„  jinsi  tarkibidagi  hamma  strukturali  elementlar  (mineral  donachalar, 
zarralar va kristallar) o„zaro strukturali bog„lanishga ega. Bu bog„lanishning tavsifi 
jinslarning  asosiy  xossalari  shakllanishida  juda  katta  ahamiyatga  ega.  Ayrim 
mineral  donachalari,  zarralari  va  kristallari  mustahkamligi  ichki  kimyoviy 
bog„lanishga  bog„liq  bo„lib,  yuzlab  megapaskal  bilan  o„lchanuvchi  juda  yuqori 
miqdorda bo„lishi mumkin. Shu bilan birgalikda strukturali elementlardan tuzilgan 
jinsning  mustahkamligi  sezilarli  kam  bo„ladi,  ayrim  dispers  sementlashmagan 
gruntlarda u nolga yaqin bo„lishi ham mumkin. Demak, gruntlarning mustahkamlik 
xossalari  ayrim  strukturali  elementlarning  mustahkamligi  bilan  belgilanib 
qolmasdan,  ular  orasidagi  bog„lanishning  mustahkamligiga,  ya‟ni  strukturali 
bog„lanishiga bog„liq bo„ladi. 
Gruntlarning  strukturali  bog„lanishi  deb  kimyoviy,  fizik,  fizik-kimyoviy 
yoki mexanik tabiatga ega bo„lgan va jinsning shakllanish va keyinchalik o„zgarish 
davrida  elementlarning  tutash  joylarida  hosil  bo„lgan  strukturali  elementlari 
orasidagi  o„zaro  tortishish  kuchi  tushuniladi.  Hozirgi  vaqtda  har  xil  petrogenetik 
turdagi  gruntlarda  strukturali  bog„lanishni  tavsiflovchi  umumiy  qonuniyatlar 
aniqlangan, ular quyidagilardan iborat. 
Gruntlarni  turli  xil  petrogenetik  turlarida  ma‟lum  tabiatli  strukturali 
bog„lanish  asosiysi  hisoblanadi:  magmatik,  metamorfik  va  sementlashgan 


66
 
 
cho„kindilarda  –  asosan  kimyoviy  bog„lanish;  cho„kindi  bog„langan  dispers 
gruntlarda – fizik va fizik-kimyoviy bog„lanish; bog„lanmagan dispers gruntlarda – 
mexanik bog„lanish. 
Strukturali bog„lanish energiyasi va mustahkamligi quyidagi qator bo„yicha 
o„zgaradi: kimyoviy > fizik-kimyoviy > fizik > mexanik. 
Litogenezning har xil bosqichlarida ma‟lum bir strukturali bog„lanish yuzaga 
keladi:  rivojlanuvchi  litogenezda  kam  mustahkamlikdagi  bog„lanish  yuqori 
mustahkamlikka o„tib boradi, regressiv litogenezda aksincha yuqori mustahkamlik 
kam mustahkamlikka o„tadi. 
Strukturali  bog„lanish  murakkab  fizik-kimyoviy  jarayonlar  natijasida 
shakllanadi.  Ular  zichlashtirish  jarayonlari,  qarish  va  sinyerezis,  shuningdek 
tabiatda  bor  bo„lgan  birikmalar  kondensatsiyasi  yoki  adsorbsiyalash,  shimilish, 
migratsiya, 
atrof 
muhitdagi 
qandaydir 
sementlashtiruvchi 
moddalarning 
kristallashuvlari ta‟sirida hosil bo„ladi. Strukturali bog„lanishning hosil bo„lishi  – 
bu gruntning «geologik hayoti» davomida rivojlanuvchi juda uzoq davom etuvchi 
tarixiy jarayon hisoblanadi. 
Strukturali  bog„lanishning  tabiati.  Strukturali  bog„lanishlar  mustahkamligi 
bo„yicha juda  xilma xil: oddiy holatlarda sezilmas darajada bo„luvchi va jinsning 
xossalariga  juda  kam  ta‟sir  qiluvchi  juda  bo„shdan,  kiristall  zarralarining 
mustahkamligi  bilan  o„lchanuvchi  juda  yuqori  mustahkamlikkacha  bo„lishi 
mumkin. Bu o„zaro ta‟sirlar o„zlarining tabiati bo„yicha bir necha turga ajraladilar: 
1. Kimyoviy  bog„lanish – bu molekula va kristallarning hosil bo„lishiga olib 
keluvchi  atomlarning  o„zaro  tortishishi  (kovalent,  ion,  metalli  va  vodorodli 
bog„lanishlar); 
2.  Fizik-turli  tabiatli  fizik  maydonda  zarralar  atrofida  o„zaro  ta‟sirda 
bo„luvchi  bog„lanish  (yerni  tortish  kuchi,  elektrostatik,  magnit  va  mexanik 
kuchlanish maydoni); 
3.  Fizik-kimyo  –  har  xil  fizik-kimyoviy  yuza  jarayonlari  va  hodisalari 
hisobiga  zarralarning  o„zaro  ilashishini  keltirib  chiqaradigan  bog„lanish  
(molekulyar, ion-elektrostatik, kapillyar); 


67
 
 
4.  Biogenli  bog„lanish  –  asosan  tirik  organizmlar  ishtirokida  bo„ladigan 
(bioelektrostatik, biokimyoviy, fitogen, zoogen) bog„lanish. 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish