A. D. Kayumov gruntshunoslik


-rasm. Har xil bakteriyalarni asosiy shakillari



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

 
1.16-rasm. Har xil bakteriyalarni asosiy shakillari: 1-6 – sharsimon: 1 – 
stafilokkoklar; 2, 3 – diplokkoklar; 4 – streptokkoklar; 5 – tetrakkoklar; 6 – 
sarsinlar; 7-9 – har xil ko„rinishdagi tayoqchalar: 10-12 – spiral shakldagilar: 10 – 
vibrionlar; 11, 12 – spirallar. 


60
 
 
 
Hamma  mikroorganizmlar  geterotrof  va  avtotroflarga  bo„linadi.  Avtotrof 
mikroorganizmlarning  rivojlanishi  yoriqlik  energiyasi  yoki  bir  qator  neorganik 
birikmalarning  (vodorod,  oltingugurt,  ammiak,  temir  va  boshqalar)  ishqorlanish 
energiyasi  hisobiga  yuz  beradi.  Geterotrof  mikroorganizmlar  o„zlarining  hayotiy 
faoliyatlari  uchun  har  xil  organik  moddalardan  foydalanadilar,  ularning  ayrim 
namoyandalari  o„zlarining  xossalari  bo„yicha  juda  xilma  xildir,  ular  kislorod 
bo„lganda  ham,  bo„lmaganda  ham  rivojlanishlari  mumkin.  Gruntda  yashovchi 
ko„pchilik  geterotrof  mikroorganizmlar,  juda  kam  oziqlantiruvchi  elementlar 
bo„lgan  eritmalarda  (eritmada  organik  modda  konsentratsiyasi  5  mg/l  dan  ko„p 
bo„lmasligi  mumkin)  rivojlanish  qobiliyatiga  egalar.  Bular  –  odatda  mineral 
zarralari  yuzasida  faoliyat  yurituvchi  va  ozuqani  ularning  yuzasini  yuvuvchi 
eritmalardan oluvchi oligotrof mikroorganizmlardan iboratdir.  
Mikroorganizmlarning  yashash  va  faoliyat  ko„rsatuvchi  sharoitlari 
hayratlanarli darajada xilma xildir. Ularning har xil namoyandalari aerob (kislorod 
bo„lganda)  va  anaerob  (kislorod  bo„lmaganda)  sharoitda  ham  yashashi  mumkin. 
Manfiy  haroratda  (-7
o
C)  va  90
o
C  dan  yuqori  issiq  manbalarda  yashovchi 
mikroorganizmlarning  turlari ham  uchraydi. Bu holat  mikroorganizmlarning katta 
chuqurliklarga  kirib  borish  imkonini  beradi.  Vodorod  sulfidlarining  ishqorlovchi 
va yonuvchi gazlarni hosil qiluvchi (CN
4
, N
2
, N
2
S) bakteriyalari Shimoliy Ustyurt 
razrezida  1100  m  chuqurlikda,  Shimoliy  Kavkaz  suvlarida  –  2000  m  chuqurlikda 
ham kuzatilgan. 
Yer  qobig„ida  mikroorganizmlarning  tarqalishi  va  harakatlanishi  yer  osti 
suvlarining  filtratsiyasi  bilan  bog„liq  bo„lishi  kerak.  Mikroblarning  yer  osti 
suvlariga  suv  oluvchi  manbalar  orqali  kirib  borishi  kembriydan  oldin  boshlanib 
hozirgacha davom etadi deb taxmin qilinadi. Yer osti suvlarida turli fiziologik va 
tizimli  guruhlarga  kiruvchi  har  xil  mikroorganizmlar  topilmoqda,  ularning  1  ml 
suvdagi miqdori o„n mingdan milliongacha o„zgaradi.  
Tarkibidagi  mikroorganizmlar  o„rganilgan  hamma  grunt  turlarida:  morena, 
lyoss,  lentali  gillar,  qumtosh  va  gilli  alyuvial  yotqiziqlarda  aniqlangan.  Ularning 


61
 
 
miqdori vaqt va chuqurlik bo„yicha har xil gruntlarda bir xil emas va 1 g gruntda 
10
7
-10
8
  donaga  yetadi,  bu  tupoqdagiga  qaraganda  kam,  ammo  tabiiy  suvga 
qaraganda yuqori. 
Umumiy  holda  hamma  mikroorganizmlar  gruntshunoslik  va  geologiya 
fanlari  nuqtai  nazaridan  qiziqish  uyg„otadi.  Ularning  hayot  faoliyati  natijasida 
qattiq mineral birikmalar (masalan temir oksidi va marganes), geologik muhit bilan 
kimyoviy  reaksiyaga  kirishadigan  va  fizik-kimyo  sharoitini  o„zgartirish 
qobiliyatiga  ega  bo„lgan  almashinuv  mahsulotlari  hosil  bo„ladi.  Bunday 
moddalarga  CO
2
,  organik  kislotalar,  azot  va  oltingugurt  kislotasi,  vodorod 
sulfidlarini  kiritish  mumkin.  Ko„pchilik  mikroorganizmlar  hayot  faoliyati 
davomida  dispers  gruntlarning  tarkibiga,  mikrotuzilishiga  va  xossasiga  ta‟sir 
qiluvchi shilliqlar, yuza-faol moddalar va gazlar hosil qiladi. 
Mikroorganizmlar  [5]  tuproqlarda  va  tog„  jinslarida  yoki  g„ovaklik 
eritmalarida  yashaydi,  yoki  adsorblashgan  holatda  qattiq  zarralarning  yuzasida 
bo„ladi  (1.17  va  1.18-rasmlar).  Ular  o„zlarining  hayot  faoliyati  natijasida 
minerallarni  maydalashi  mumkin.  Minerallarning  maydalanishi  ularning  qayta 
yotqizilgunicha  davom  etishi  mumkin.  Tabiatda  absolyut  mustahkam  mineral 
bo„lmasa  kerak.  U  yoki  boshqa  darajada  eng  mustahkamlari,  alyumosilikatlar  va 
kvarslar  boshqalarga  qaraganda  kam  tezlikda  bo„lsa  ham  maydalanadi.  Masalan 
o„tkazilgan  tajribalar  natijasida  nefelin  zarrasi  mog„orli  griblar  va  bakteriyalar 
ta‟sirida  bir  necha  sutkada  to„liq  erigan,  shuningdek  natriy  plagioklazida,  tajriba 
boshlangandan  7  oy  o„tgandan  so„ng,  buzilishning  birinchi  alomatlarini  ko„rish 
mumkin bo„lgan (Аristovskaya).  
 


62
 
 
 
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish